Angliya Premyer-ligasi, 31-tur.
| 22 mart, soat 20:00 | ||
MANCHESTER SITIYaya Ture (26, 53, 66)
Demichelis (88) Fernandinyo (86) |
5 : 0 |
FULHEM |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01. Jo Xart 13. Aleksandr Kolarov 26. Martin Demichelis 06. Joleon Leskott 05. Pablo Sabaleta 25. Fernandinyo 08. Samir Nasri 07. Jeyms Milner 21. David Silva 42. Yaya Ture 09. Alvaro Negredo |
13. Devid Stokdeyl 03. Yon-Arne Riise 35. Fernando Amorebyeta 05. Brede Xangeland 04. Jonni Xeytinga 15. Kiran Richardson (10. Lyuis Xoltbi, 55) 06. Uilyam Kvist 11. Aleksandr Kachaniklich (Roberts, 56) 27. Sasha Riter 07. Stiv Sidvell 25. Koli Vudrou |
|
| ZAHIRA | ||
|
30. Kostel Pantilimon (d) 22. Gael Klishi 38. Dedrik Boyata 14. Xavi Garsiya 15. Xesus Navas 17. Jek Roduell 35. Stefan Yovetich |
01. Marten Stekelenburg (G) 22. Elsad Zverotich 08. Paytim Kasami 14. Yorgos Karagunis 39. Darren Bent 20. Ugo Rodalyega |
|
Matn
| ' | ![]() |
O‘yin yakunlandi! E’tiboringiz uchun rahmat. |
| 88' | Fernandinyo jarima maydonining o‘ng qanotidan darvozaga zarba yo‘llagach, darvozabon Devid Stokdeyl uni qaytara olmadi. To‘p unga tekkach yo‘nalishi biroz o‘zgartirdi va markazda butunlay bo‘sh turgan Demichelisga borib tushdi. Uning vaziyatida esa gol urishdan ko‘ra urmaslik qiyinroq edi... | |
| 88' | ![]() |
Goooool! Hisob 5:0ga yetdi. Demichelis - gol muallifi! |
| 85' | ![]() |
Vudrou o‘rniga Kasami maydonga tushirildi. |
| 85' | "Fulhem" standart vaziyatlarni bartaraf etishda katta qiyinchilikka uchramoqda. Bu safar ham to‘p burchakdan Fernandinyoga oshirilgach, unga zarba berish uchun to‘sqinlik qilinmadi. Natijada o‘ng oyog‘i bilan kuchli zarba berish imkoniga ega bo‘lgan 25-raqam egasi mo‘ljalda adashmadi - 4:0! | |
| 85' | ![]() |
Goooooool!!!!! Fernandinyo! |
| 84' | ![]() |
Nasri maydonni tark etmoqda. Uning o‘rniga Yovetich o‘yinni yakunlab qo‘yadi. |
| 73' | ![]() |
Burchakdan uzatilgan to‘pni Kolarov darvozaga havolatib zarba berdi. Darvozaning markaziga yo‘llangan to‘pni "Fulhem" posboni katta qiyinchilik bilan qaytarishga erishdi. |
| 72' | ![]() |
"Siti" jarima zarbasi tepish huquqiga ega bo‘ldi. O‘zaro to‘p uzatishlardan so‘ng Milner darvoza tomon zarba berdi. Biroz kuchsiz chiqqan zarbadan so‘ng mezbonlar burchak to‘pi tepish huquqini qo‘lga kiritdi. |
| 70' | ![]() |
"Fulhem" to‘pni yaxshi nazorat qilib, hujum uyushtirgandi. Jarima maydoniga oshirilgan to‘pni Jo Xart qiyinchiliksiz egallab oldi. |
| 68' | ![]() |
Silva maydonni tark etmoqda. Uning o‘rniga Navas safga qo‘shildi. |
| 66' | Jarima maydoni ro‘parasida himoyachilar uni ochiq qoldirishdi. O‘ng oyog‘i bilan darvozaning yuqori o‘ng burchagini nishonga olgan Ture APLdagi mavsumda 16-to‘pini kiritdi. | |
| 66' | ![]() |
Gol!!! Yaya Turedan xet-trik! |
| ' | Magat o‘yinga qo‘shgan Roberts Premyer-ligadagi debyut o‘yinini o‘tkazmoqda. E’tiborli tomoni, u 1997 yilda tug‘ilgan. | |
| ' | Yaya Ture bugungi ikki goli bilan "Siti"ning mavsumdagi to‘purarlari safida Agueroga yetib oldi. | |
| 56' | ![]() |
Feliks Magat goldan so‘ng tarkibda ikkinchi o‘zgarishni ham amalga oshirdi: Kachaniklich o‘rniga Roberts harakat qiladi. |
| 55' | ![]() |
"Fulhem" safida o‘zgarish: Richardson o‘rniga Xoltbi maydonga tushdi. |
| 53' | ![]() |
Gol! Yaya Ture birinchi penaltidagi kabi zarba bilan hisobni 2:0ga oshirdi. |
| 53' | ![]() |
Ikkinchi penalti! David Silvaga nisbatan Amorebyeta jarima maydoni ichida qo‘pollik ishlatdi. Uning sariq kartochkasi bor edi, hakam esa bu safar to‘g‘ridan to‘g‘ri unga qizil kartochka ko‘rsatdi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi taym yakunlandi. Kutilganidek mezbonlar ustunligi ostida o‘tgan bo‘limda "Fulhem" ham bir nechta vaziyatlar yarata olganini ta’kidlash o‘rinli. |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa vaqt qo‘shib berildi. |
| 45' | ![]() |
"Siti"ning navbatdagi hujumlaridan birida Aleksandr Kolarovning zarbasi o‘ta xavfli chiqdi: to‘p darvoza to‘siniga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi. |
| 40' | Silva maydon markazida dastlab Uilyam Kvistga va hech qancha vaqt o‘tmay Stiv Sidvellga nisbatan qoida buzdi. | |
| 37' | ![]() |
Xavfli!!! "Siti"ning chap qanotdan rivojlangan hujumi David Silvaning jarima maydoniga yorib kirib bergan juda xavfli zarbasi bilan yakun topdi: darvoza tomon boratyogan to‘pni so‘ngni lahzada Amorebyeta qaytarib qolishga erishdi. |
| 35' | Negredoning raqib jamoa a’zosi Xangelandga nisbatan qo‘pollik ishlatgani jamoasining hujumi besamar yakunlanishiga sabab bo‘ldi. | |
| 33' | O‘yin kuchli yomg‘ir ostida o‘tmoqda. | |
| 31' | ![]() |
"Fulhem" tezkorlik namoyish etib, chap qanotdan hujum uyushtirdi. Richardsonning jarima maydoniga oshirgan to‘pini Sasha Riter boshi bilan darvozaga noaniq yo‘lladi. |
| 28' | ![]() |
"Manchester Siti" hujum uyushtirmoqda. Milner va Sabaletaning jarima maydonida o‘zaro to‘p oshirishidan so‘ng zarbagacha ish yetib bormadi. |
| 26' | ![]() |
Darvoqe, penalti belgilangan vaziyat uchun Amorebyeta ogohlantirildi. |
| 26' | ![]() |
Gol! Yaya Ture penaltidan hisobni ochdi. |
| 25' | ![]() |
Bu safargisi endi penalti.Fernando Amorebyeta jarima maydoniga kirib borayotgan Alvaro Negredoga nisbatan qoida buzdi |
| 22' | ![]() |
"Fulhem" faollik ko‘rsatmoqda! Jarima to‘pi jonli devorga tegib qaytdi. Shundan so‘ng berilgan ikki zarba ham ancha xavfli ko‘rinish oldi! |
| 18' | ![]() |
"Fulhem" futbolchilarining ancha uzoq vaqt davom etgan hujumlari jarima zarbasiga olib keldi. Udro faol o‘ynamoqda. |
| 17' | ![]() |
Samir Nasri o‘rta masofadan to‘pni darvozaga yo‘lladi: noaniq. |
| 16' | ![]() |
Milnerning kuchli zarbasidan so‘ng Demichelis mahorat ko‘rsatdi! Burchak zarbasi tepiladi. |
| 14' | O‘yinda katta ustunlik mezbonlar tarafda. Hujumlar asosan o‘ng qanotdan tashkil etilmoqda. | |
| 11' |
Milner jarima maydoni ichida yiqilib tushdi, hakam penalti belgilamadi. |
|
| 4' | Feliks Magat oldida ushbu o‘yin uchun tarkib bilan bog‘liq jiddiy muammolar bor: Demyen Daff va Mettyu Briggs va Kostas Mitroglu va Skott Parker va Darren Bent jamoasiga yordam bera olmayapti. | |
| 3' | David Silva to‘p bilan oldinga intilgandi, unga nisbatan qoida buzilgandek ko‘ringan vaziyatda himoyachi to‘pni olib qo‘ydi. | |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi. Mezbonlar an’anaviy havorang, mehmonlar esa qizil rangli libosda harakat qilishmoqda. |
| ' | Uchrashuvda favorit va autsayderni aniqlab olish qiyinchilik tug‘dirmaydi. "Fulhem" bugungi raqibini so‘nggi bor 2009 yilda mag‘lub etgan. | |
| ' | Premyer-liganing eng ko‘p gol uruvchi va eng ko‘p gol o‘tkazuvchi jamoalar bahsi boshlanmoqda. | |
| ' | Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar, Stadion mushtariylari! Angliya chempionatidan taqdim etayotgan navbatdagi matnli translyasiyamizga ham befarq bo‘lmaysiz degan umiddamiz. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|