Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Ispaniya La-ligasi, 29-tur

24 mart, soat 01:00

REAL MADRID

Benzema (20, 24)
Ronaldu (55-pen.)

3 : 4

BARSELONA

Inyesta (7)
Messi (42, 65-pen., 84-pen.)
JAMOALAR TARKIBI
25.Diyego Lopes
12.Marselo
15.Daniel Karvaxal
3.Pepe
4.Serxio Ramos
11.Garet Beyl
14.Xabi Alonso
19.Luka Modrich
22.Anxel Di Mariya
7.Krishtianu Ronaldu
9.Karim Benzema
  1.Viktor Valdes
14.Xavyer Maskerano
18.Jordi Alba
22.Daniel Alves
3.Jerar Pike
16.Serdji Buskets
6.Xavi
8.Andres Inyesta
9.Aleksis Sanches
10.Lionel Messi
11.Neymar
ZAHIRA
01.Iker Kasilyas
05.Fabiu Kuentrau
18.Nacho Fernandes
02.Rafayel Varan
23.Isko
24.Asyer Ilyaramendi
21.Alvaro Morata
  13.Xose Pinto
21.Adriano
15.Mark Bartra
17.Aleks Song
24.Serxi Roberto
09.Aleksis Sanches
07.Pedro Rodriges

Matn

'
Barchangizga tashakkur, aziz futbol muxlislari!
'
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Biz hali bu o‘yinga, uning tahliliga, o‘yindan keyingi voqealarga qaytamiz! Bizga ajoyib spektaklni taqdim etgan "REAL" va "BARSELONA"ga alohida minnatdorchilik bildiramiz!
'
Mana sizga intriga!
'
"Atletiko" o‘zaro o‘yinga ko‘ra jadval yuqori qismida qoladi!
'
Endi, "Atletiko" — 70, "Real" — 70, "Barselona" — 69 holatida Ispaniya chempionati davom etadi!
'
Yaqin orada bunaqasi bo‘lmagandi!
'
Tengma-teng ketayotgan o‘yinning burilish nuqtasi sifatida Messining chiroyli pasi, Neymarning darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borishi va Serxio Ramosning qizil kartochka olishi bo‘ldi!
'
Dahshatli klassiko! Naq 7ta gol a, 7ta gol!
'
EL-KLASSIKO o‘z nomini to‘la oqladi!
90+4'
O‘YIN YAKUNLANDI!!!
90+3'
"Barsa"ning chap qanotda boshlangan hujumi qisqa paslar orqali Messi va Sanchesga yetib bordi. Aleksisning zarbasini himoyachilar qaytarishdi
90+2'
Beyl maydonning raqib tomonida fol ishlatishga majbur bo‘ldi
90+1'
Alonso jarima to‘pni to‘ppa-to‘g‘ri "Barsa" jarima maydonchasiga uzatdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishib, tezkor qarshi hujumga o‘tishdi. Alves yetkazib bergan to‘pga Messidan ko‘ra Lopes tezroq harakat qilib, egallab oldi
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Modrich maydonni qarama-qarshi tomondan tark etdi (vaqt yo‘qotmaslik uchun), Morato maydonga tushdi
89'
Ronaldu qarshi hujumga o‘tdi. Chap qanotdan o‘zi yugurishda davom etish o‘rniga biroz tezliqni pasaytirdi, sheriklarini kutdi va himoyachilar xavfni bartaraf etishdi
88'
Modrich maydon markaziga yaqin joyda MEssini qo‘pollik bilan to‘xtatgani uchun ogohlantirish oldi
87'
Di Mariya maydonni tark etdi, uning o‘rniga Isko tushirildi.
86'
Aleksis Sanches ofsaydda qolib ketdi. Aks holda darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqishi mumkin edi
86'
Endi esa Ronalduga "Sariq". To‘p uchun kurashda Maskeranoning yuziga tirsagi bilan turtgani uchun
85'
Hakam bilan tortishgani uchun Alonso ogohlantirildi
84'
Lopesga hech qanday imkoniyat qoldirmadi Leo! Yana kuchli zarba!
84'
GOoooooooolll!!!!! Messsssiiiiii, albatta!!!!
83'
Inyesta jarima maydonchasi ichida Varan va Karvaxal orasidan o‘tib ketayotganida, ular yarim himoyachini o‘rtalarida siqib yiqitishdi!
83'
Penaaaaaaltiiiii!!!!
82'
Maskerano kutilmaganda 30 metrlardan zarba yo‘llashga qaror qildi. To‘p darvoza ustidan yarim metrlar yuqoridan o‘tib ketdi
80'
Marselo chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Pike qaytarib yubordi
78'
Hozirgi daqiqalarda avval Beyl, keyin Pedro raqib jarima maydonchasi ichida yiqilishdi. Har ikkala vaziyatda qoida buzilmagandi. Hammasi toza
78'
Ha, taxmin qilganimizdek, Fabregas maydonni tark etdi, Sanches maydonda paydo bo‘ldi
77'
Xerardo Martino maydonga Aleksis Sanchesni tashlamoqchi. Kimning o‘rniga? Balki Fabregas maydonni tark etar
75'
"Real" kamchilikda o‘ynab, mehmonlarning o‘yin uslubiga moslashishga majbur bo‘lmoqda. Aks holda raqibga bo‘sh zonalarni taqdim etib qo‘ymoqda
74'
Alveesssssss! "Real"ni darvoza ustuni goldan qutqarmoqda! Mezbonlar braziliyalik himoyachiga 22 metrdan zarba yo‘llashiga imkon berishdi. Lopes to‘pga yeta olmadi. Faqatgina darvoza ustuni...
73'
"Barsa" Madrid himoyasidagi bo‘shliqlarlardan foydalanib, xavfli hujumga o‘tdi. Messining 16 metrdan yo‘llagan zarbasiga madrdikliklar o‘z vaqtida g‘ov bo‘lishdi
72'
BUrchakdan yetkazilgan to‘pga Buskets bosh bilan zarba berdi. Noaniq
71'
Hozircha "Barsa" shoshmayapti. O‘yinni o‘z ritmiga solishga urinmoqda. Tinimsiz to‘p oshirishlar oqibatida burchak to‘pi ishlandi
70'
Buyog‘iga jamoalarning vazifalari tushunarli. Endi "Real"ni durang ham qoniqtiradi. Albatta, madridliklar qarshi hujumga gol urishga harakat qiladi. "Barsa" jesa maydonda bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynab, g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirishga urinadi
68'
Neymar maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Pedro tushirildi. Buyog‘iga taktik yurishlar boshlandi
67'
Serxio Buskets ogohlantirish oldi. U Karvaxalga nisbatan qo‘pol o‘ynadi
66'
"Real"da o‘zgarish yuz berdi. Benzema maydonni tark etdi. Varan maydonga tushdi. Rafael maydonni tark etgan Ramosning o‘rnini to‘ldirishi kerak
65'
Messsssiii! Zarbadan adashmadi! Lopes to‘p yo‘nalishini topdi! Ammo zarba kuchl edi! 3:3!
64'
Ramosga esa qizil kartochka!
64'
MEssi shunaqanggi chiroyli pas bilan Neymarni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yubordiki, Ramos braziliyalik futbolchini faqat qoida buzgan holda to‘xtatdi. Penalti!
63'
Mana bu El-KLASSIKOOOO!!!!
61'
Neymar 25 metrlardan aniq va biroz kuchsiz zarba yo‘lladi. Lopesga "semichka po‘choq".
61'
Beylning deyarli 70 metrlik sprinti besamar ketdi...
60'
BUrchak to‘pidan keyin Marselo uzoqlashtirgan to‘pni Inyesta to‘xtatmasdan darvoza tomon tepdi. To‘p shundoqqina darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi.
59'
"Barsa"ning navbatdagi keng ko‘lamli hujumi... MEhmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishadi.
58'
Di Mariyani Maskerano taktik fol ishlatib chaldi. Jarima zarbasidan so‘ng Ronaldu-Benzema uzatmasi orqali Beyl o‘tkir burchak ostida zarbaviy vaziyatga chiqarildi. Valdes to‘pga yuugurib chiqdi va qaytardi. Burchak to‘pi
57'
Hozir Messini qo‘pollik bilan to‘xtatib qolishdi. Darvozagacha ancha bor...
56'
"Madrid" hisobda oldinga chiqib oldi!
55'
Krishtianu Ronaldu! Go-ol! Gooooooooooool emas, Go-olliga sabab, Alvesh KR7ni jarima maydonidan tashqarida chalgan ekan.
'
Serxio Ramos gunohkor Dani Alveshga sariq yoki qizil kartochka tilamoqda...
54'
Ronaldu penalti ishladi!!!!
53'
Eh Di Mariya, bunaqa vaziyatlar uchun jarima belgilanaversa El-Klassikoning El-Klasskoligi qoladimi?
53'
Xavfli vaziyat! Garet Beyl oltinchi tezlikda "Barsa" jarima maydoniga bostirib kirdi. Benzemaning aniq zarbasini Valdes to‘sdi. Keyin KR7... Xullas vaziyat sovurildi..
52'
Neymarning yengil jarohat olganini ko‘rib Marselo jamoadoshlari hujumini to‘xtatdi. Vatandoshi-da!
51'
"Barsa"ning shu aniqligiga ozgina tezlik bo‘lsami. Albatta, tezlik oshirilgach aniqlik yo‘qoladi...
50'
Ikkinchi bo‘lim ehtiyotkorlik bilan boshlandi ancha...
50'
Ikkinchi bo‘lim ehtiyotkorlik bilan boshlandi ancha...
49'
Albatta Pike... Albatta Pepe...
49'
O‘yindagi ikkinchi burchak to‘pi. Alvesh qanotidan ishlandi.
47'
KR7 mutlaqo o‘ziga o‘xshamayapti. Masalan, hozir u "Barselona"ning hujumlaridan birini boshlab berdi
46'
IKKINCHI BO‘LIM BOSHLANDI! Ikkinchi taymni "Barselona" boshlab berdi. Ketdik!!!
'
Darvoqe, Lionel Messi o‘zining el-klassikolardagi 19-golini kiritdi va eng yaxshi to‘purarga aylanib oldi!
'
Birinchi bo‘lim ancha shiddatli o‘tdi. Muxlislar 45 daqiqa ichida 4ta gol ko‘rishdi va yana bir qancha golga aylanmagan vaziyatlar ham yuzaga keldi
'
So‘nggi yillarda El-Klassikoda kuzatilgan klassik hisob - 2:2
45'
Mayyenko birinchi bo‘limga hushtak chaldi. Hozircha hisob 2:2. Ikkinchi bo‘limda ham biz bilan birga bo‘ling.
45'
Uxxxx! Karvaxalning o‘ngdan havolatgan to‘piga Benzema yana kalla qo‘ydi. To‘p ustun oldidan santimetrlar naridan o‘tib ketdi...
42'
Fabregasning golni nishonlashi Serxio Ramosga yoqmadi shekilli, uni urmoqchi bo‘ldi. Vaziyatga Pepe ham aralashdi. Natijada Fabregas yerga quladi. Hakam esa har ikkalasiga sariq kartochka ko‘rsatdi!
42'
Messsssiiiii!!!! "Real" maydon markazida to‘pni yo‘qotishi natijasida "Barsa" o‘ng qanot chiziqdan autni o‘yinga kiritdi va to‘pni jarima maydonchasigacha olib keldi. U yerda Messi-Neymar-Messi "devorchasi"dan so‘ng kiritildi. Maestroning o‘z uslubida.
42'
Goooooollllllllllllllllllllllllll!!!!
40'
To‘p Pikening boshini topdi, aqlini topolmadi... Madridlik himoyachilar ham unga qarshilik qilishdi.
40'
Uchrashuvdagi ilk burchak to‘pi. Alba ishladi. Xavi tepadi.
39'
KR7 o‘ng tomondan to‘pni qabul qila turib, Pikega qarshi qo‘polroq o‘ynab yubordi...
37'
Eh, Fabregas! Neymarning ajoyib uzatmasiga yeta olmadi. Qaribdi... Yo o‘yin amaliyoti kam... Jamoaviy o‘yinga uncha tushmayapti
35'
Mana, "qahramonimiz" sariq kartochka ishlab oldi. Neymarni chalgani uchun. Jarima. 30 metrlardan. "Barsa" tepib o‘tirmadi. O‘ynab ketdi tiki-takani
35'
Krishtianuning o‘yini chiqmayapti. Uni yaxshi qo‘riqlashayapti. Lekin Di Mariyani...
34'
Jordi Albaning chapdan yerlatgan uzatmasi chiroyli chiqdi, biroq jamodoshlari oyog‘igacha yetib bormadi
33'
"Real" hisobda oldinga chiqib olgach, o‘yinning umumiy sur’ati biroz pasaygandek...
32'
Bugun "Real" tarkibida eng zo‘r kim hozircha, degan savolga ikkilanmasdan Di Mariya degan bo‘lar edik. "Barselona"da yaqqol ajralib turgan o‘yinchi yo‘q. Maskeranoni aytmasak...
30'
Xavi kimningdir boshini nishonga oldi. Takroriy vaziyatda aniqlaymiz... Bugun maydonda oltin bosh egasi bitta - Benzema!
29'
"Barsa"ning hujumi va yana jarima zarbasi. 22 metrlardan
29'
KR7 jarima zarbasi ijro etganida to‘p sakrayotgan Pikening qo‘liga tekkan ekan...
28'
"Real" 18 metrdan jarima to‘pi tepish huquqini qo‘lga kiritdi. Ronalduning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi. Modrichning takroriy zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi.
27'
Di Mariya Benzema kombinasiya yana gol bilan yakunlanishi mumkin edi. Kirib ketayotgan to‘pni Pike qaytardi
26'
Messi kuchli zarba bilan jonli devorni nishonga oldi
25'
Serxio Ramos Messini qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi. Jarima to‘pi. 27 metrlardan. To‘p oldida Xavi va Messi
24'
Bugun Fabregasning o‘yini chiqmayapti. Sesk maydon markazida o‘ziga xos tarzda to‘pni yo‘qotgach, "Real"ning hujumi rivojlandi. Yana chapdan Di Mariya, yana Maskerona bo‘y yetishmay qoldi va yana Benzema. bu safar oyoqda.
24'
Goooooooooooooooooooooooollll!!!!
22'
Di Mariya jarohatlanganga o‘xshayapti. Vrachlar maydonda
20'
Yigirma daqiqa ichida 2ta gol ko‘rdik! O‘yin yanada qiziydi endi. BUnga shubha yo‘q!
20'
Di Mariyaning chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasi ichiga havolatishidan so‘ng Benzema pakana Maskeranodan havodagi kurashda ustun kelib, to‘pni boshi bilan Valdes darvozasiga yo‘lladi
20'
Gooooooollllll!!!!! Gooooolll!!! Gooolll!!! Hisob tenglashmoqda!
20'
Oho! Oldingi vaziyatlardan birida Pepe Neymarni jarima maydoni ichida penaltiga tortadigan qilib chalgan ekan
19'
Neymar ajoyib pozisiyaga chiqarildi. Yakkama-yakka vaziyatda to‘pni sekin tepib qo‘ydi...
18'
Di Mariya-Benzema-Ronaldu kombinasiyasi KR7 ning 25 metrlardan kuchli zarbasi bilan nihoyalandi. Valdes o‘z o‘rnida
17'
"Barselona" o‘yin sur’atini biroz tushirishga muvaffaq bo‘ldi.
16'
Takroriy lavhada to‘p Pepening tirsagiga tekkani ma’lum bo‘ldi. Ataylab qilinmagan harakat
16'
Hozir Pepe jarima maydoni yaqinida to‘pni qo‘li bilan o‘ynagandek bo‘luvdi. Mayyenko jim.
15'
Ehhh, Messii! Yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, o‘tkir burchak ostida Lopes darvozasini aniq nishonga ola bilmadi!
14'
Realning hujumlari o‘ta xavfli tus olmoqda...
12'
1 daqiqa ichida Benzemada ikki bor ajoyib imkoniyat paydo bo‘lgan edi
12'
Di Mariyaning himoyani yorib kirib uzatgan uzatmasini Benzema ko‘kka sovurdi! BUnday vaziyatlardan foydalanish kerak!
12'
Garet Beyl chiroyli reyddan so‘ng Benzemani zarbaviy pozisiyaga chiqardi, lekn zarba juda sust!
11'
Krishtianu Ronaldu chap qanotda to‘p surmoqda. Unga qarshi hozircha Dani Alvesh samarali harakat qilmoqda. Ronuldu hozirga qadar 3 marta hakamga iltijo qilishga ulgurdi...
9'
"Barselona"ning odatdagidek kombinasion hujumlaridan tashqari qarshi hujumlariga ham guvoh bo‘lmoqdamiz
8'
Neymar markazdan yaxshi pozisiyaga chiqarildi, biroq to‘p yo‘qotildi.
8'
El-klassikolarda "Barsa" ko‘p ham xos bo‘lmagan tezkor gol yuzaga keldi
7'
Messining zargarona to‘p oshirishidan Inyesta Lopes bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va ruschasiga "podperekladina" gol urdi! Hisob - 0:1
7'
Gooooooollll!!!!! Gooool! goooolll!!!
5'
Alves jarima maydonchasi ichida Ronalduni yiqitdi. Ammo penalti yo‘q
5'
Vuuuuhhhh, Benzema! "MAdrid" raqib jarima maydonchasi yaqinida kuchli pressing uyushtirdi va to‘pni egallab oldi. Benzema esa jarima maydonchasi ichida noaniq zarba berdi
2'
Maydonda g‘ala-g‘ovur! Har ikkala jamoa ijrosida pressing va to‘p yo‘qotishlar..
1'
O‘YIN BOSHLANDI!
'
Diqqat! Jamoalar va hakamlar maydonda saf tortishdi!
'
Darvoqe, "Atletiko", "Real", "Barselona" jamoalarining o‘zaro o‘yinlari xususida. "Atletiko" - Madrid" to‘qnashuvida ustunlik "Atletiko" tomonida, "Barselona" esa birinchi davrada "Real"ni o‘z maydonida 2:1 hisobida mag‘lub etdi. BU ko‘rsatkich ochkolar teng bo‘lib qolganida inobatga olinadi
'
Yana 3-4 daqiqalardan keyin jamoalar maydonda saf tortishadi
'
Mana shu to‘qnashuvlar o‘yinda ko‘pgina narsalarni hal qilib yuborishga qodir.
'
Bugun maydonda qiziqarli to‘qnashuvlar yuzaga keladi. Ularning eng asosiysi - bu Ronaldu/Messi to‘qnashuvi bo‘lsa, keyingisi Beyl/Neymar qarama-qarshiligi
'
Jamoalar tarkibi kutilganidek bo‘ldi. Hech qanday syurpriz yo‘q. Har ikkala jamoa o‘zining eng optimal tarkibini maydonga tushirdi
'
"Barselona" esa mavsum boshida ashaddiy raqibidan 8 ochkoga ilgarilab ketdiyu, ammo fevral oyidagi muvaffaqiyatsizliklar tufayli bugungi kunga kelib 3-pog‘onaga tushib qoldi. Ammo kataloniyaliklar o‘yinga jiddiy yondashishsa, hech bir raqibni ayab o‘tirmasligini "Manchester Siti" va "Osasuna" bilan o‘yinlarda isbotlashdi
'
"Real" oktyabr oyidan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelyapti. Anchelotti jamoasining barqaror o‘yiniga barcha ko‘nikib bo‘ldi.
'
Agar mana shu "Atletiko" bo‘lmaganida, bugun "Madrid" g‘alaba qozonganida, biz Ispaniya chempioni nomini muddatidan avval bilib olgan bo‘lardik. Ammo chempionlik masalasi Ispaniyada so‘nggi turga qadar davom etadi. Agar "Barselona" g‘alaba qozonsa-ku, shiddat va intriga yanada oshadi
'
Bundan bir soat ilgari "Atletiko" o‘zining navbatdagi g‘alabasini tantana qildi va "Real"ga ochkolar bo‘yicha yetib oldi. Endi ular ham mazkur o‘yinni tomosha qilishadi. Jamoalarning ochko yo‘qotishini (bugun kamida bitta jamoa ochko yo‘qotadi) "matraschilar" foydasiga ishlaydi
'
"REAAAAAAL MADRIIIIIID" VA "BARSELOOOONAAA" jamoalari o‘rtasidagi BUYUK o‘yin boshlanish arafasida!
'
Yana ooozgina qoldi, ozginagina!
'
Ayni daqiqalarda saytimiz "SANTYAGO BERNABEU" STADIONIga aylanadi!
'
ASSALOMUUUUU ALAYKUUUUUM, QADRLI FUTBOL ISHQIBOZLAR, EL-KLASSIKO SHAYDOLARIYU, BEDOR FANATLAR!!!!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.