Oliy liga-2014, 2-tur
| 23 mart, soat 16:00 | ||
DINAMOS.Shixov (45+1)
G‘.O‘runov (55) |
2 : 0 |
METALLURG |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
27.Andrey Melenchuk 4.Asror Aliqulov 5.Ildar Mamatkazin 7.San’at Shixov 8.G‘ulom O‘runov 10.Zayniddin Tojiyev 16.Akmal Xolmurodov 17.Sirojiddin Sayfiyev 21.Azamat Bobojonov 22.Alisher Samatov 55.Avaz Agaliyev; |
1.Mamur Ikromov 4.Hikmat Hoshimov 6.Dilmurod Karimov 7.Doniyor Adilov 8.Sunnatilla Mamadaliyev 9.Shahzodbek Nurmatov 10.Shohnazar Norbekov 11.Shuhrat Yo‘ldoshev 14.Davronbek Karimqulov 15.Alisher Ziyavuddinov 22.Ma’rufxon Toshmatov |
|
| ZAHIRA | ||
|
1.Igor Mixaylov 3.Saddam Boymatov 6.Akmal Bozorov 12.Iskandar Xolmirzayev 17.Abdullo Nabiyev 26.Komil Sharofiddinov 95.Firdavs Abdusamatov |
32.Suhrob Sutonov 3.Saidkomil Akbarov 17.Nozimxon Esonov 20.Mirg‘iyos Sulaymonov 21.Sardor Rasulov 23.Akbarov Mirto‘ra 77.Saidov Sardorbek |
|
Matn
| 90' | ![]() |
O‘yin tugadi |
| 89' | ![]() |
Abdulla Nabiyev ofsaydda qoldi |
| 86' | ![]() |
San’at Shixov qanotdan oldinga bordi va himoyachilarni aldab o‘tib ajoyib zarba yo‘lladi. Darvozabon o‘z o‘rnida |
| 83' | ![]() |
Mehmonlar 30 metrlardan juda kuchli zarbani amalga oshirishdi. Melnichuk juda zo‘r harakat qildi va to‘pni qaytardi |
| 81' | ![]() |
Siroj Sayfiyev o‘rniga Akmal Bozoroav tushdi |
| 79' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Siroj Sayfiyev jarima maydonida juda faol harakat qildi va havodan kelayotgan to‘pga bosh bilan zarba berdi. To‘p ustunga tegib qaytdi |
| 77' | ![]() |
Shohnazar Norbekov o‘rniga Sardor Rasulov tushdi |
| 74' | ![]() |
Zayniddin Tojiyev o‘rniga Abdullo Nabiyev tushdi |
| 72' | ![]() |
!!!!!!!!!!!! Mehmonlarning navbatdagi hujumidan keyin himoyachilar yana Shahzod Nurmatovni yolg‘iz qoldirishdi. Lekin uning zarba berishiga Samatov yo‘l qo‘ymadi |
| 70' | ![]() |
Sunatulla Mamadaliyev o‘rniga Sardor Soipov tushdi |
| 67' | ![]() |
Akmal Xolmurodov o‘rniga Komil Sharofuddinov tushdi |
| 65' | ![]() |
Yana Tojiyev jarima maydoniga kirib bordi, undan Shixov to‘pni qabul qildi va zarba berdi, lekin noaniq |
| 63' | ![]() |
Zayniddin Tojiyev tezlikda yaxshi o‘ynay olmayapti, lekin uning tajribasi o‘z so‘zini aytmoqda. Bu gal Zayniddin qanotdan oldinga bordi va to‘pni G‘ulom O‘runovga tashlab bergan edi. Yarim himouyachi to‘pga ulgurmadi |
| 60' | ![]() |
Goldan keyin «Metallurg» hujumga zor bermoqda, lekin hozircha «Dinamo» juda yaxshi himoyalanmoqda |
| 56' | Alisher Samatovnig to‘p uzatishidan keyin jarima maydoni ichida yolg‘iz qolgan G‘ulom O‘runov bo‘sh darvozani aniq nishonga oldi | |
| 55' | ![]() |
Goooooooooooooooooooooooooooooool |
| 52' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Fantastik vaziyat. «Metallurg»ning navbatdagi hujumidan keyin Shahzod Nurmatov himoyachilardan o‘zib ketdi va zarba berdi. To‘p to‘singa tegib qaytdi. |
| 49' | ![]() |
Doniyor Adilovga sariq kartochka ko‘rsatildi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi |
| 45+2' | ![]() |
Fantastik gol. San’at Shixovning ajoyib zarbasini darvozabon qaytara olmadi. Juda chiroyli gol |
| 45+1' | ![]() |
Goooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooool |
| 45+1' | ![]() |
San’at Shixovni jarima maydoni odida yiqitishdi. Juda qulay vaziyat |
| 45' | ![]() |
G‘ulom O‘runov qanotdan oldinga bordi. Uning to‘p uzatishidan keyin mehmonlar to‘pni qo‘l bilan o‘ynashdi. Jarimadan uzatilgan to‘pga yana G‘ulom zarba berdi, lekin noaniq |
| 43' | ![]() |
Maydon markazida «Metallurg» futbolchisi Marufxon Toshmatov yotibdi. Unga shifokorlar yordam ko‘rsatishmoqda |
| 40' | ![]() |
Siroj Sayfiyev qanotda to‘pni egallab oldi va katta tezlikda oldinga bordi. Uning uzatgan to‘piga esa Tojiyevdan oldin himoyachilar ulgurishdi |
| 38' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!!!!! O‘yindagi eng xavfli vaziyatni «Metallurg» yuzaga keltirdi. Shahzod Nurmatov jarima maydoni ichida yolg‘iz qoldi, lekin shoshib qoldi. Uning zarbasi kuchsiz va noaniq chiqdi |
| 33' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!!!!! Ofsayd chizig‘ida Shahzod Nurmatov juda aniq o‘ynadi va himoyachilardan o‘ziob ketdi. Lekin hakam o‘yindan tashqari holatni qayd etdi. Ofsayd yo‘qday ko‘ringan edi |
| 30' | ![]() |
«Dinamo» yana qanotdan hujum qilmoqda. Bu gal o‘ng qanotdan to‘p uzatildi. San’atning zarbasini himoyachilar qaytarishdi |
| 27' | ![]() |
Yomg‘ir qorga aylandi. Endi o‘ynash qiyinlashmoqda |
| 24' | ![]() |
Mezbonlarning o‘ng qanotdan uzatilgan to‘pidan keyin Siroj Sayfiyev bosh bilan zarba berdi, lekin juda kuchsiz |
| 21' | ![]() |
Shahzod Nurmatov jarima maydoni ichidan himoyachini chirloyli tarzda aldab o‘tdi, lekin Samatov to‘pni qaytarishga ulgurdi |
| 18' | ![]() |
Shuhrat Yo‘ldoshevning to‘p uzatishidan keyin Shahzod Nurmatov ofsaydda qoldi |
| 16' | ![]() |
«Dinamo» futbolchilari to‘pni nazorat qilishga e’tibor qaratishmoqda |
| 14' | ![]() |
Alisher Samatov qanotdan juda katta tezlikda oldinga bordi va to‘pni darvoza yaqinidagi San’at Shixovga uzatdi. Hujumchining zarbasini darvozabon ushlab oldi |
| 12' | ![]() |
San’atning jarima maydoniga uzatgan to‘pini Ma’mur Ikromov ushlab oldi. |
| 11' | ![]() |
Jarima maydoniga yaqin joyda San’at Shixovga nisbatan juda qo‘pol harakat qilindi. 40 metrlardan jarima zarbasi belgilandi |
| 10' | ![]() |
Alisher Samatov qanotdan oldinga bordi va to‘pni Siroj Sayfiyevga uzatdi, lekin Siroj to‘pni oldirib qo‘ydi |
| 7' | ![]() |
Qanotdan to‘pni egallab olgan San’at Shixov darvoza tomon zarva yo‘lladi, lekin noaniq. |
| 5' | ![]() |
Maydon markazdai Sunatulla Mamadaliyev to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi |
| 3' | ![]() |
«Dinamo»ning ilk hujumi markazdan rivojlandi. Zayniddin Tojiyev jarima maydoniga yorib kirmoqchi bo‘ldi, lekin unga tezlik yetishmadi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi. «Dinamo» bugun noananaviy sariq rangli formada maydonga tushgan. Mehmonlar ko‘k rangli kiyimda |
| ' | ![]() |
Ikki jamoa sardorlari ishtirokida o‘zoga xos qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Jamoalar maydon va to‘pni tanlashadi. |
| ' | ![]() |
O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi ostida har ikki jamoa sardorlari O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarishmoqda. |
| ' | ![]() |
Jamoalar stadionga chiqib kelishdi. Oliy liganing ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. |
| ' | ![]() |
O‘yinning badiiy qismi tugadi. Futbolchilari kiyinish xonasiga kirib ketishdi. |
| ' | Yomg‘ir yog‘ib turgan bo‘lishiga qaramay, stadionga muxlislar tashrifi davom etmoqda. | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadlir futbol muxlislarni. Sizlarni O‘zbekiston chempioanti 2-turidan o‘rin olgan «Dinamo» hamda «Metallurg» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni onlayn kuzatishga taklif qilamiz. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|