Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Ispaniya La-ligasi, 30-tur

26 mart, soat 00:00

BARSELONA

Neymar (6, 67)
Messi (30)

3 : 0

SELTA

JAMOALAR TARKIBI
Valdes
Alba
Bartra
Maskerano
Adriano
A.Song
Fabregas
Sanches
Inyesta
Neymar
Messi
  Yoel
Ugo Malyo
Gustavo Kabral
Andreu Fontas
Xonni Kastro
Yon Aurteneche
Augusto Fernandes
Aleks Lopes
Levi Madinda
Fabio Orelyana
Santi Mina

Matn

90'
O‘yin tugadi 3:0
88'
!!!!!!!!!!!!! Messining navbatdagi reydi juda ajoyib chiqdi, lekin unga zarba berish imkonini qoldirishmadi
86'
!!!!!!!! Orexo darviza yaqinida to‘pni qabul qilib oldi va zarba berd. PINTOOOO to‘pni ushlab oldi
83'
«Barselona»ning navbatdagi hujumi markazdan rivojlandi. Pedrodan to‘pni qabul qilib olgan Aleksis zarba berdi. OOOOzgina noaniq
80'
Pintoga yordam ko‘rsatishdi va u o‘yinni davom ettirmoqda, lekin u ham bildirmayaptikuya jarohat olgan bo‘lishi mumkin.
77'
!!!!!!!!!!! Endi Pinto jarohat oldi. Oyog‘ini shtangaga urib oldi Pinto
75'
«Selta» safida o‘zgarish. «Barselona» futobli tarbiyalanuvchisi Fontas o‘rniga Ubina tushdi
73'
Pedro Aleksisga juda zo‘r pasni amalga oshirgan edi, lekin unga erkin zarba berish imkonini qoldirishmadi
71'
Neymar o‘rniga Pedro tushdi
68'
Maydon markazidan turib hujumda yolg‘iz qolgan Neymaritoga to‘p uzatishdi. Ikkita himoyachi orasida bo‘lishiga qaramay, Neymar darvozani aniq nishonga oldi 3:0
67'
Goooooooooooool
67'
O‘yinda biroz sokinlik. Stadion bo‘ylab yomg‘ir yog‘moqda
65'
!!!!!!!!!!! barcastuff'ning xabar berishicha, Valdes olti oy maydonga tusha olmasligi mumkin ekan.
62'
Ohhho Pinto juda zo‘r o‘yinga qo‘shilib ketdi. Burchak to‘plarini beayov qaytarmoqda
60'
Belgilangan jarima zarbasini Messi amalga oshirdi. Fabregas to‘pni darvozaga yo‘lladi, lekin ofsaydda qolgan edi
58'
Neymar endi markazdan to‘pni qabul qilib oldi va oldinga bordi. Himoyachi juda qo‘pol harakat bilan hujumchini to‘xtatib qoldi.
56'
!!!!!!!!!!!!!!! Naymaaaaaaaar. Neymar juda oddiy fint bilan himoyachini ortda qoldirdi, lekin himoyachi qoida buzdi
54'
!!!!!!! Mehmonlarning qarshi hujumidan keyin Augustoning zarbasi juda kuchli va aniq chiqdi, Pinto fantastik seyvni amalga oshirdi ikki martalab. Qoyil Pinto
52'
Neymar juda chiroyli tarzda himoyachini aldadi va Adriano bilan devor uslibida kombinasiya qilib oldi, lekin keyinchalik Neymarning to‘p uzatishiga aniqlik yetishmadi.
50'
«Selta» burchakdan to‘p tepdi. «Barselona» bu mavsumda burchak zarbasidan keyin juda ko‘p gol o‘tkazib yubormoqda, lekin bu gal hujumdagi «Selta» hujumchisi qoida buzdi
48'
Ikkinchi bo‘lim avvalida Messi qanotdan oldinga bordi va himoyachilardan tezlikda o‘zib ketdi, lekin to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+4'
Birinchi bo‘lim tugadi
45'
Birinchi taymga 4 daqiqa qo‘shib berildi
42'
To‘pni nazorat qilish bo‘yicha 69/31
39'
Neymar qanotdan juda chiroyli tarzda oldinga bordi va himoyachilarni xohlaganicha aldab to‘pni darvoza yaqiniga uzatdi, lekin darvozabon o‘z o‘rnida
36'
Mezbonlar to‘pni nazorat qilishni boshlashdi
34'
Bu Messining chempionatdagi 22-goli bo‘ldi.
32'
Inyesta geometrik aniqlikda to‘pni ofsayd chizig‘idagi Messiga uzatdi. Messi esa darvozabonni ham aldab darvozani ishg‘ol qildi.
30'
Gooooooooooooooool
28'
Mehmonlar futbolchisi Kabral ham maydonda yotibdi. Nahotki u ham jarohat olgan.
26'
Valdes ko‘z yoshlarini tiya olmadi. Bu uning jamoa safidagi oxirgi o‘yini bo‘lishi mumkin.
24'
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Valdes maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Pinto tushmoqda.
23'
Valdesga hamon yordam ko‘rsatishmoqda. Pinto ham tayyorlanmoqda
22'
Jarima zarbasini Valdes to‘pni qaytardi. Darvozabon to‘pni qaytarishda noqulay tarzda yerga yiqildi.
21'
Kechirasiz penalti emas, jarima zarbasi ekan. Chiziqning ustida
20'
«Barselona» futbolchisi to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi va penalti belgilandi
20'
«Barselona»ning navbatdagi hujumi qanotdan rivojlandi. Messi o‘ng qanotdan oldinga bordi va zarba berdi. Darvozabon o‘z o‘rnida
17'
«Barselona»ning navbatdagi hujumi juda zo‘r chiqdi. Adriano to‘pni Sanchesga fantastik tarzda tashlab berdi. Sanches o‘z navbatida to‘pni Messiga uzatdi, lekin Messi sal kuchliroq tepib yubordi. Neymar to‘pga yeta olmadi.
15'
Adriano qanotdan juda chioryli to‘p uzatishini amalga oshirdi. Neymar to‘pga boshini qo‘ysa bo‘ldi edi, lekin hujumchi to‘pga yeta olmadi, Baribir ofsayd bor edi.
13'
Naymar qanotdan juda chiroyli tarzda oldinga bordi va himoyachini ajoyib tarzda aldab to‘pni Sanchesga tashlab bermoqchi bo‘ldi, lekin himoyachilar uni qaytarishdi.
11'
Messi yana ofsaydda qoldi. Bugun Leo ikki marta ofsaydda qolib ulgurdi.
9'
Gol bo‘lga vaziyatda Aleksis ofsaydda qolgan edi, lekin bu holatni ko‘rish uchun mikroskop kerak edi.
7'
Messi jarima maydoni yaqinida ajoyib to‘p uzztishi bilan Aleksisni oldinga boshladi. Sanches darvoza yaqinidagi Neymarga uzatdi. Hujumchi bo‘sh darvozani aniq nishonga oldi.
6'
Goooooool
5'
Messi Inyestadan fantastik pasni qabul qilib oldi va darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib, hisobni ochdi, lekin ofsayd.
3'
«Barselona»ning ilk hujumi qanotdan rivojlandi. Neymar chap qanotdan oldinga borgan edi, lekin himoyachilar to‘pni undan olib qo‘yishdi.
1'
O‘yin boshlandi.
'
Jamoalar bir daqiqa sukut saqlashmoqda. Ispaniyaning sobiq bosh vaziri olamdan o‘tgan edi. Shu munosabat bilan bo‘lsa kerak.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Sizlarni «Barselona» hamda «Selta» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni onlayn kuzatishga taklif qilamiz.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.