Ispaniya La-ligasi, 31-tur
| 29 mart, soat 20:00 | ||
ESPANYOL |
0 : 1 |
BARSELONAMessi (77-pen.)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Kasilya Xavi Lopes Kolotto Moreno Fuentes V.Sanches D.Lopes Stuani Pissi Simau Serxio Garsiya |
Xose Pinto Dani Alves Pike Maskerano Alba Buskets Xavi Fabregas Pedro Messi Neymar |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat. Saytdan uzoqlashmang | |
| ' | "Atletiko"ni esa bugun qiyin o‘yin ktuib turibdi. Ular ikki soatdan keyin boshlanadigan o‘yinda "Atletik Bilbao" mehmoni bo‘lishadi | |
| ' | ![]() |
"Barselona" ancha qiyin, ammo muhim g‘alabani qo‘lga kiritmoqda va kamida 4 soatga jadval peshqadamiga aylandi |
| 90+4' | ![]() |
O‘YIN YAKUNLANDI! |
| 90+2' | ![]() |
Vuaxaxaa! Aleksis Sanchem birga-bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qila olmadi! Darvozabonning ustidan to‘p oshirgandi, u Lopesning qo‘liga tegib, shundoqqina darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi. |
| 90+1' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Fabregas maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Serxi Roberto tushiildi |
| 89' | ![]() |
Eslatib o‘tamiz, "Espanyol" darvozazasida himoyachi Lopes turibdi. Hozir Sanches o‘tkir burchak ostida darvozabon bilan yuzma-yuz holatga chiqib keldi va darvozaga zarba berdi. Joyidan qimirlamagan darvozabon/futbolchi to‘pni qo‘li bilan qaytardi. |
| 88' | ![]() |
"Barsa"ning yana bir hujumi! Chap qanotdan yetkazilgan Sanches yaqin masofadan darvozaga yo‘llay olmadi. Himoyachi unga xalal berdi |
| 85' | ![]() |
Messi esa jarima zarbasini darvozaga to‘g‘ri yo‘llay olmadi |
| 85' | ![]() |
Qiziq, mezbonlar barcha o‘zgarishlarini qilib bo‘lishgandi. SHUning uchun Kasilya o‘z futbolkasini va qo‘lqoplarini jamoadoshlaridan biriga qoldirdi |
| 84' | ![]() |
Shubhasiz, bu qizil kartochka! Fransisko Kasilya o‘yinni biroz erta yakunlashga majbur bo‘lmoqda |
| 83' | ![]() |
Ohhhohooo!!!! Raqib darvozaboni Kasilya jarima maydonchasi tark etdi va Messi to‘pni uning ustidan o‘tkazib yuborayotganida to‘pni qo‘llari bilan ochiqchasiga qaytarib qoldi! |
| 83' | ![]() |
Inyesta goldan keyin maydonga tushdi. Pedro maydonni tark etgandi |
| 82' | ![]() |
Gol urib olganidan keyin "Barsa" hujumni yanada kuchaytirdi. Sanches o‘yinga kirishib ketdi. O‘ng qanotda burchak to‘pi ishladi |
| 81' | ![]() |
Qulay imkoniyatlardan foydalana olmagan bo‘lsa-da, har qalay penalti ishlab, o‘z vazifasini bajargan Neymar maydonni tark etdi. Sanches o‘yinni davom ettiradi |
| 78' | ![]() |
Penalti belgilangan vaziyatga tasvirlaymiz. To‘p diagonal tarzda o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yetkazildi. Neymar to‘pni ko‘kragi bilan qaytarib, darvozabon bilan birga -bir vaziyatga chiqishi mumkin bo‘lgan vaziyatda uning yonida turgan himoyachi Xavi Lopes qo‘lini baland ko‘tarib, to‘pni qo‘li bilan qaytarib qoldi. Himoyachiga sariq kartochka ko‘rsatildi |
| 77' | ![]() |
Leo kuchsiz, ammo burchakka yo‘llangan zarba orqali hisobni ochmoqda! |
| 77' | ![]() |
MessI! zarbaaaaa!!! goooooooolll1!!! |
| 76' | ![]() |
Penalti! "Espanyol" darvozasiga! Himoyachi to‘pni qo‘li bilan qaytarib qoldi! |
| 74' | ![]() |
Vauuuuuu!!! BUrchak to‘pidan keyin Pike to‘pni oyoq bilan darvozaga yo‘lladi! To‘p darvoza to‘siniga tegib osmonga ko‘tarildi va uni darvozabon egallab oldi! |
| 72' | ![]() |
Mezbonlar ham bitta javob hujumini tashkil etishdi. 12-13 metrlardan (o‘tir burchak ostida) berilgan zarbani Pinto egallab oli |
| 72' | ![]() |
Vuuuuuhhhh! Messi va Fabregas chiroyli "devorcha" o‘ynashdi va Messi 8-9 metrlardan yo‘llagan zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi. Alvesning takroriy zarbasini darvozabon egallab oldi |
| 71' | ![]() |
Mehmonlar tezkor qarshi hueum uyushtirishdi. Xavining uzatmasidan keyin Martino jamoasi burchak to‘pi ishladi! |
| 70' | ![]() |
To‘p asosan maydon markazida. Inyesta esa maydonga tushishga tayyorgarlik ko‘rmoqda |
| 66' | ![]() |
"Espanyol"da esa ikkinchi o‘zgarish: Luisha Pissi o‘rniga Aleks Fernandes tushirildi |
| ' | Martino yangi kuchlarni maydonga tushirishga shoshilmayotgandek | |
| 64' | ![]() |
Messi o‘yindan tashqari holatda qolib ketdi. Avvalgi hujumdan keyin u ortga qaytishga ulgurmagandi |
| 58' | ![]() |
Pissi chap qanotda to‘p uchun kurashda Alvesdan ustun keldi va to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Stuani to‘pni darvozaga yo‘llay olmadi |
| 56' | ![]() |
Mehmonlar hujumlar seriyasini boshlashdi. Messi maydon markazida to‘p bilan oldinga intildi va darvozaga zarba berish o‘rniga to‘ni o‘ng qanotda ochilayotgan Pedroga uzatdi. Rodriges biroz kechroq yugurdi. Natijada faqatgina burchak to‘pi |
| 55' | "Barsa" katta hujum uchun kuch to‘playotgandek, raqibining charchashini kutayotgandek... | |
| 54' | ![]() |
Oq-ko‘k rangli futbolkada o‘ynayotgan jamoa nisbatan faol harakat qilmoqda. "Barsa" himoyalanmoqda |
| 50' | ![]() |
Mezbonlar hujum tashkil etishdi. Serxio Ramos jarima maydonchasining yon tomonida ochilgandi. Pike juda mahorat bilan o‘ynab, avvalgi hujumchiga nisbatan korpus qo‘ydi, keiyn to‘p forvardning oyog‘idan maydonni tark etishini ta’minladi. |
| 49' | Tomonlar ikkinchi bo‘lim boshida ancha ehtiyotkorlik bilan o‘ynashmoqda | |
| 48' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlaganidan keyin 3 daqiqa o‘tib, baribir futbolchi almashtirildi. Ektora Moreno maydonni tark etdi, Sidney maydonga tushirildi |
| 47' | Hozircha tarkibda o‘zgarishlar qilinmadi | |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi! |
| ' | Birinchi bo‘lim davomida "Barselona" ustunlikka ega bo‘ldi. Raqibga nisbatan xavfli vaziyatlarni biroz ko‘proq yaratdi. Ammo "Espanyol" ham bo‘sh klayotgani yo‘q | |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi. TANAFFUS! |
| 45+2' | ![]() |
Simau jarima to‘pini jarima maydonchasining yon tomoniga uzatdi. Mehmonlar to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. |
| 45+1' | ![]() |
Buskets maydon markazida raqibning tezkor qarshi hujumini to‘xtatish maqsadida, qoidani buzishga majbur bo‘ldi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 43' | ![]() |
Maydon egalari ketma-ket 3ta burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Qiziq tomoni, 40-daqiqaga qadar ular birorta ham burchak to‘piga ega bo‘lishmagandi. "Barsa" burchak to‘pi paytda vaziyatni nazorat qilib turdi. |
| 39' | ![]() |
!!! Neymarga biroz texnika yetishmadi! Jamoadoshlari uni chiroyli pas bilan darvozabon maydonchasining burchagi tomon boshlashdi. Brazaliyalik futbolchi gavdasi bilan to‘pni Kolottodan yashirdi. Neymar darvozabonning yonidan o‘tkazib, olis burchakni nishonga olmoqchi bo‘ldi. Biroq to‘pni biroz ko‘proq aylanma harakat bera olmadi. |
| 37' | ![]() |
"To‘tiqushlar" juda ko‘p fol ishlatishmoqda. Simau Sabroza to‘pga o‘ynashni niyat qilib, Alvesning to‘pig‘iga tepib yubordi. Hakam Klos Gomes sariq kartochka bermadi, ammo og‘zaki tarzda jiddiy ogohlantirdi. |
| 36' | ![]() |
Xavi jarima to‘pini darvozabon maydonchasi atrofiga yetkazdi. Himoyachi esa to‘pni qaytarishga ulgurdi. |
| 36' | ![]() |
Neymar o‘z qanotida fint orqali raqibni qoida buzishga, hakamni esa unga sariq kartochka ko‘srsatishga mujbur qildi |
| 32' | ![]() |
Xavfli vaziyatlar nuqtai nazaridan o‘yin biroz sokinlashdi. Ammo uchrashuv tempi aslo tushgani yo‘q. Futbolchilar o‘zlarini ham, raqibni ayab o‘tirishmayapti |
| 30' | ![]() |
Burchak to‘pi Martino shogirdlariga naf keltirmadi |
| 26' | ![]() |
Kristian Stuani sariq kartochka olyapti. Derbida ogohlantirishlar bo‘lishi tabiiy. |
| 22' | ![]() |
!!! Hamma narsa bor, biroq gol yo‘q hozircha. Mezbon futbolchisi Serxio Garsii o‘ng qanotdan to‘pni darvzabon maydonchasiga chiroyli tarzda yetkazdi. Mehmonlar Pissini unutib qo‘yishdi, Luish esa to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon tepmoqchi bo‘lgandi, amm to‘p mezbon muxlislariga sovg‘a bo‘ldi. |
| 21' | ![]() |
! Vaziyat ketidan vaziyat yuzaga kelmoqda. Juda chiroyli o‘yin. Dayarli maydon markazidan yetkazib berilgan uzatma Pinto darvozasiga oldigacha bordi. Xose sakragan holda to‘pni ushlab olmoqchi edi, ammo to‘p u bilan birga darvozaga kirib ketishiga oz qoldi. |
| 19' | ![]() |
!!! Eh, Neymar! Hujumni Dani Alves boshladi. U oldinga intildi va darvozabon maydonchasi tomon to‘pni kuchli tarzda yetkazdi. Neymar to‘pni bo‘sh darvozaga shundoqqina burib yuborsa kifoya edi. Ammo braziliyalik futbolchining tizzasidan to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 18' | ![]() |
OXo-xo-xo! Endi "to‘tiqushlar" qulay vaziyatdan foydalana olishmadi! Pissi jarima maydonchasining o‘ng burchagidan ketma-ket ikki marta zarba berdi. To‘p biroz darvoza ustidan o‘tib ketdi. |
| 17' | ![]() |
Vuhhhh! Messi nafaqat chap oyoqda yaxshi zarba bera olishini, balki uning o‘ng oyog‘i ham xavfli ekanini isbotlagandek... Dastlab argentinalik futbolchi jarima maydonchasining chap tomonidan o‘ng oyoqda zarba yo‘lladi. To‘pni himoyachi qaytardi. Messi jarima maydonchasini tark etmadi va o‘z tomon to‘p uzatilishini kutdi. Bu safar esa chap oyoq bilan to‘pni darvozabon ustidan oshirishga qaror qildi. To‘p esa darvoza ustiga kelib tushdi. |
| 14' | ![]() |
Mezbonlarning kam sonli hujumlaridan biri paytida to‘p Simauga uzatilgandi. Fabregas to‘pni egallab oldi va xavfni bartaraf etdi |
| 12' | ![]() |
Hozircha gol yo‘q, ammo maydon egalari mudofaa chizig‘i Martino shogirdlarining hujumiga dosh bera olmayapti. Yana Neymar tomon to‘p uzatilishi bilan boshlandi navbatdagi hujum. Brazaliyalik to‘pni egallab turib, kichik pauza qildi va Messi tomon uzatmani amalga oshirdi. Messi chap oyog‘ida zarba berdi, biroq himoyachi zarba yo‘lishga tashlanishga ulgurdi. |
| 11' | ![]() |
!!! Mehmonlar o‘z jarima maydonchalarini tark etishga kech qolishdi. Darvozabon maydonchasi chizig‘ida turgan Messiga to‘p uzatildi. Ofsayd yo‘q edi! Leo o‘girilgancha to‘pni darvoza tomon tepdi. Darvozabon oldinga chiqib keldi va zarba yo‘liga g‘ov bo‘ldi. |
| 9' | ![]() |
"Espanyol" futbolchisi Fuentes Pedroni chalib yiqitdi. |
| 7' | ![]() |
Messining uzatmasidan keyin Neymar ofsaydda qolib ketdi |
| 5' | ![]() |
Mezbonlarning javob hujumi: Serxio Garsiya ("Barselona" tarbiyalanuvchisi) to‘pni jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni qabul qilib, pastki burchakni nishonga olishga harakat qildi. Zarbaga biroz aniqlik yetishmadi. |
| 4' | ![]() |
Dastlabki xavfli vaziyat! Neymar bosh bilan kuchli zarba bera olmadi. U jarima maydonchasining chap qanotidan ochildi. O‘zi tomon uzatilgan diagonal pasni darvozaning yaqin burchagiga yo‘lladi. Zarba kuchsiz chiqdi. |
| 2' | "Espanyol" bugun hamshaharlariga aslo osonlikcha ochko bermoqchi emas. Ular o‘yin boshidanoq mehmonlarga nisbatan keskin o‘ynay boshlashdi | |
| 1' | O‘yinni Xerardo Martino shogirdlari boshlab berishdi | |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! |
| ' | Musobaqa jadvalining 2-pog‘onasiga qaytgan "Barselona" o‘z hamshaharlari - "Espanyol" mehmoni bo‘ladi | |
| ' | Barchangizni Kataloni derbisidan uyushtiradigan matnli onlayn translyasiyamizni kuzatib borishga taklif etamiz! | |
| ' | Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|