Evropa chempionlar ligasi
| Chorak final | ||
PSJLavessi (4)
David Luiz (61-avtogol) Pastore (90+3) |
3 : 1 |
CHELSIAzar (27-pen.)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Sirigu Jaye Aleks Silva Maksvell Verratti T.Motta Matyuidi Kavani Ibrohimovich Lavessi |
Chex Ivanovich Keyxill Terri Aspilikueta Ramires David Luiz Villian Oskar E.Azar Shyurrle |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin tugadi |
| 90+3' | ![]() |
Fantastik golllllllllll. Pastore uchta fubolchini o‘zi bilan olib yurdi, Lempard hamda Aspini ortda qoldirib yaqin burchakni aniq nishonga oldi |
| 90+3' | ![]() |
3:1. Pastore!!!!!!!!!!!!!! |
| 90+2' | ![]() |
Goooooooooooooooooool |
| 89' | ![]() |
O‘yinga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 86' | ![]() |
Lavessi o‘rmniga Xavyer Pastore tushdi |
| 84' | ![]() |
Hakam bilan tortishgani uchun Kavani hamda David Luisga sariq kartochka ko‘rsatildi |
| 83' | ![]() |
Villianga qarshi qo‘pollik uchun Mottaga sariq kartochka ko‘rsatildi |
| 81' | ![]() |
Veratti o‘rniga Kabay tushdi |
| 79' | ![]() |
Bu Lempardning chempionlar ligasidagi 100-o‘yini bo‘ldi |
| 76' | ![]() |
Villian markazdan oldinga bordi, lekin uni Jalle munosib kutib oldi |
| 74' | ![]() |
«Chelsi»da ham o‘zgarish: Oskar o‘rniga Lempard |
| 72' | ![]() |
Ha, Zlatan o‘ynolmaydi. Uning o‘rniga Lukas Moura tushdi |
| 70' | ![]() |
OOOO Zlatanni maydondan olib chiqib ketishdi |
| 68' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Ibrohimovich maydonda yotibdi. |
| 66' | ![]() |
Shyurle o‘rniga Torres tushdi |
| 63' | ![]() |
Lavessi jarima maydoniga kirib bordi va to‘pni havolatib darvoza yaqiniga uzatdi va Luis o‘z darvozasini ishg‘ol qildi |
| 61' | ![]() |
David Luis o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. |
| 60' | ![]() |
Goooooooooooooooool |
| 55' | ![]() |
«PSJ»ning navbatdagi hujumi. Matyudidan kross qabul qilib olgan Lavessi katta tezlikda oldinga borayotgan edi, lekin himoyachilar uni to‘xtatishdi |
| 53' | ![]() |
!!! Maydon markazida Ramires Verattini to‘xtatib qoldi, lekin hakam uni ayadi va ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatmadi |
| 51' | ![]() |
Taymdagi ilk hujumni «PSJ» amalga oshirdi. Ibrohimovichning jarima maydoniga kirmay bergan zarbasini Chex qaytardi |
| 49' | ![]() |
!!!!!!!! Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Felippe Skolari stadionda |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi |
| 42' | ![]() |
Taym oxirida «Chelsi» butunlay ustunlikga ega bo‘lmoqda |
| 40' | ![]() |
Ohohoho Ibrohimovich qopqonda. Uni juda zo‘r ushlashmoqda. Maydonda ko‘rinmay qoldi |
| 37' | ![]() |
«Chelsi»ning qanotdan uyushtirgan hujumi xavfli chiqdi. Villian qanotdan oldinga bordi va jarima maydoniga yaqin turgan Azarga to‘pni tashlab berdi, uning zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi |
| 35' | ![]() |
«PSJ» mamlakat chempionatdagi «Gengam»ga qarshi o‘yinda ham shu kabi ustunlikni ilk daqiqada qo‘lga olib, keyin berib qo‘yishgandi. |
| 32' | ![]() |
!!!! Villian juda qo‘pol harakat qildi. Unga ham sariq kartochka |
| 30' | ![]() |
OOOO «Chelsi» o‘ziga kelmoqda. Goldan ruhlangan Shyurle katta tezlikda oldinga bordi, lekin u yolg‘iz qolib ketdi |
| 28' | ![]() |
Villiandan to‘pni qabul qilib olgan Oskar jarima maydoniga kirib bordi, lekin uni Silva qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi. Azar penaltini juda aniq amalga oshirdi |
| 27' | ![]() |
Gol. 1:1. Azar. |
| 25' | ![]() |
Penalti |
| 23' | ![]() |
«Chelsi» kichik ustunlik bilan to‘pni nazorat qilmoqda. Blan jamoasi ilk daqiqalardagi faolligi evaziga g‘alaba qozonmoqda, desak adashmagan bo‘lamiz |
| 20' | ![]() |
Aleksga sariq kartochka ko‘rsatildi |
| 18' | ![]() |
Oskar maydon markazida to‘pni qabul qilib oldi va jarima maydoniga kirmay zarba berdi, lekin Silva to‘pga blok qo‘yib ulgurdi |
| 15' | ![]() |
Veratti jamoasining navbatdagi hujumini tezkor tazrda rivojlantirdi va to‘pni Kavaniga tashlab berdi. Hujumchi esa qanotdan to‘pni qabul qilib olib nimagadir uni ortga qaytardi. |
| 13' | ![]() |
Lavessiga qarshi qo‘pollik uchun Ramiresga sariq kartochka ko‘rsatildi |
| 11' | ![]() |
«Chelsi» qanotga yaqin joydan jarima zarbasi tepdi. To‘p Keyxilldan chiqib ketdi, lekin hakam burchak to‘pi belgiladi |
| 9' | ![]() |
«Chelsi»ning ilk hujumini Azar rivojlantirdi. U qanotdan Kavanini aldab o‘tolmadi. |
| 6' | ![]() |
Matyudi qanotdan to‘pni jarima maydoniga uzatdi va Terri to‘pni boshi bilan to‘g‘ri Lavessining oyog‘iga tashlab berdi. Hujumchi sovg‘ani jon deb qabul qildi va to‘pni darvozaga yo‘lladi. |
| 4' | ![]() |
Lavessiiiiiiiiiiiiiii |
| 4' | ![]() |
Goooooooooool |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi |
| ' | ![]() |
Assalomua alaykum, qadrli futbol muxlislari. Sizlarni «PSJ» hamda «Chelsi» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni kuzatishga taklif qilamiz. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|