Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Evropa chempionlar ligasi, chorak final

Dastlabki uchrashuv. 2 aprel, soat 23:45

REAL MADRID

Garet Beyl (3)
Isko (27)
Ronaldu (57)

3 : 0

BORUSSIYa D

JAMOALAR TARKIBI
Kasilyas
Karvaxal
Pepe
Ramos
Koentrau
Alonso
Modrich
Isko
Beyl
Benzema
Ronaldu
  Vaydenfeller
Pishchek
Xummels
Papastatopulos
Durm
Kel
Shaxin
Grosskroyts
Mxitaryan
Roys
Obameyang

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat!
'
"Real" muxlislarini chiroyli o‘yin va ajoyib oqshom bilan tabriklaymiz! Yevromavsumning eng hal qiluvchi pallasiga kirib bormoqdamiz!
'
"REAL" - "BORUSSIYa" - 3:0. Bu Madrid tomonidan yarim final tashlangan jiddiy qadam!
90+4'
UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90+3'
"Madrid" maydon markazida to‘pni yo‘qotishi oqibatida "Borussiya" yarim himoyachisi bitta pas bilan hujumchini birga-bir vaziyatga chiqarishni maqsad qilgandi. Pepe to‘pni to‘xtatib qoldi
90+1'
Xummels jarima maydonchasi ichidagi yakkakurashda Moratadan ustun keldi va xavfni bartaraf etdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Avvalgi vaziyatda Pepe yaxshi harakat qildi. Hozir ham u raqibdan ustun keldi
89'
Eh, Marko Roys! Jarima maydonchasi ostonasida tezkor qarorga kela olmadi (zarba berish yoki sheriklariga to‘pni uzatish borasida) va to‘pni yo‘qotdi!
88'
Yuqoridagi qoida buzilishi uchun Grosskroyts ogohlantirilgandi
88'
Ramos ijrosidagi jarima zarbasi noaniq chiqdi
87'
Alvaro Morata shundoqqina jarima maydonchasi ostonasida jarima zarbasini ishladi.
84'
Vuuuuuuh, Beyl! Maydon markazining o‘ng qanotidan o‘z yo‘lidagi barcha futbolchilardan qochdi, ammo uning so‘nggi zarbasi noaniq bo‘ldi. Deyarli birga-bir vaziyat edi!
80'
Ronaldu maydonda o‘tirib qoldi va jarohat olgandek ko‘rindi. Uning o‘rniga yosh Kazimiro maydonga tushdi
78'
Penalti belgilanishi mumkin edi! Belgilanishi ham kerak edi. Zaxiradan tushgan Milosh Yoyich jarima maydonchasi ichida Alonsodan o‘tib ketayotganida Xabi Alonso kech qoldi va oyog‘i bilan uni ilib qoldi. Ammo Mark Klatenburg bunga ahamiyat qaratmadi.
77'
Anchelotti hisobni ushlab qolish yo‘lida yurishlarni amalga oshirdi. Mudofaa qo‘rg‘oni mustahkamlandi. Shundoq ham "Borussiya" ko‘p vaziyatlar yarata olmayotgan edi
75'
Karim Benzema maydondan olindi, Morata tushirildi.
73'
"Dortmund" vaziyatni o‘zgartirishga harakat qilmoqda! Hozir to‘p Obemeyangga tegib, "Borussiya" hujumchisiga kelib tushdi. 7-8 metrlar oralig‘ida yo‘llangan zarbani Kasilyas qaytardi! Ammo biroz avval, to‘p Obemeyangning qo‘lidan jarima maydonchasiga kirgan ekan!
70'
Isko maydonni tark etdi va Asyer Ilyaramendi maydonga tushdi
69'
"Real"dan navbatdagi qarshi hujum. Ronaldu o‘ng qanotda ochilgan Benzemani to‘p bilan ta’minladi va Karimning o‘zi 16 metrdan zarba yo‘llashga qaror qildi! Vaydenfeller o‘z o‘rnida
67'
Bugun "Madrid" mudofaasi juda zo‘r o‘ynamoqda. Olis masofadan berilayotgan zarbalar yo‘liga ham himoyachilar o‘zlarini qalqon qilishmoqda!
66'
Pishek o‘rniga Shiber tushirildi. Mehmonlarda ikkinchi o‘zgarish. O‘yinni o‘zgartirishga urinishlar kuzatilmoqda
64'
Genrix Mxitaryan maydonni tark etdi, uning o‘rniga Xoffman tushirildi, "Borussiya"da
61'
Vaydenfelllleeeer! navbatdagi seyvini namoyish qildi. Benzema o‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni to‘xtatmasdan darvoza tomon yo‘lladi. To‘sin ostiga kirayotgan to‘pni dortmundliklar darvozabon urib yuborishga ulgurdi!
60'
Mezbonlarning tezkor qarshi hujumi. Benzema to‘p bilan oldinga bordi, unda 2ta variant bor edi. Ammo u Beylga ham, Ronalduga ham to‘pni yetkaza olmadi!
59'
Vuuuuuuuuhhhhh! Pepe jamoasini muqarrar goldan qutqarmoqda! O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Kasilyas o‘z oldiga urib yubordi. Mxitaryan 6 metrdan zarba berdi va Pepe to‘p yo‘liga o‘zini tashladi! To‘p uning oyog‘iga tegib, maydonni tark etdi!
57'
Modrich to‘pni jarima maydonchasiga kirib kelgan Ronalduga uzatdi va uyog‘ini Krishtianu muammosiz amalladi! 3:0. Bu "Real" hujumchisining YECHL-2013/2014dagi 14-gol. Mavsum to‘purari!
57'
Gooooollllllll!
55'
"Borussiya" hisobni qisqartirishiga bir bahya qoldi. Avvaliga hujumchilardan biri darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarildi, ammo u to‘pga biroz yeta olmadi va keyinchalik to‘pni egallab orqaga uzatdi. Obemeyang esa 10-12 metrlardan to‘g‘ri zarba bera olmadi!
53'
Vuuuuhhh! Ronaldu o‘ng qanotda barcha ishni qildi! Va to‘pni darvozadan ikki metr masofada turgan Benzema tomon to‘pni uzatdi. Himoyachi Papostopulos esa yiqilayotib (!) to‘pni darvoza ustidan oshirib yubordi!
51'
Mxitaryan hujumda Koentrauga nisbatan fol ishlatdi. Yakka kurashda Fabio raqibidan ustun kelgandi
49'
Dortmundning javob hujumi! Roys oldinga intildi va jarima maydonchasining o‘ng qanotida ochilgan Obemeyangga to‘pni uzatdi. Uning olis burchak tomon yo‘llagan zarbasiga esa aniqlik yetishmadi
48'
Vuh! Ikkinchi bo‘limning 3-daqiqasida ham Beyl gol urishiga sal qoldi. O‘tkir burchak ostidan darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va posbonning yonidan to‘pni o‘tkazayotganida, Vaydenfeller oyog‘i bilan to‘p yo‘lini to‘sishga ulgurdi!
46'
IKKINCHI BO‘LIM BOSHLANDI!
'
Bugun bo‘lib o‘tayotgan ikkita o‘yinning birinchi bo‘limida muxlislar 2tadan gol urishdi. Qiziq tomoni, ikkala o‘yindagi gollar 3 va 27-daqiqalarda kiritildi. Farqli tomoni, Madridda hisob 2:0, Parijda esa 1:1
45+2'
BIRINCHI BO‘LIM TUGADI
45+2'
"Madrid" qarshi hujumga o‘tdi. Beyl jarima maydonchasi atrofida katta tezlikdu yuguruayotgan Ronalduga to‘pni yetkazdi. Markaziy himoyachi yonma-yon borayotgan Krishtianuni yelka aralash qo‘l bilan turtib yiqitdi. Hakam esa jim
45+1'
"Real" burchak to‘pini bartaraf etayotganida Beyl va Erik Durm to‘qnashib ketishdi. Natijada germaniyalik futbolchi qornidan kichik lat yedi
45'
"Borussiya" burchak to‘pini tepish huquqiga ega bo‘ldi
42'
Obemeyang 20 metrlardan darvozani o‘qqa tutdi. Ammo zarba ancha balanddan o‘tib ketdi
40'
Vuuuuhhhhh! Ramos chap qanotdan to‘pni Ronaldu tomon uzatdi. Krishtianu oyog‘ini uchi bilan to‘pni qaytarishda kichik texnik xatoga yo‘l qo‘ydi. Natijada himoyachi to‘pga birinchi bo‘lib yetib keldi va to‘pni tepib yubordi. Aks holda, "Real" uchinchi golni urishi ham mumkin edi
38'
Beyl qanotidan hujum tashkil etildi. Uelslik hujumchi bir himoyachini chalg‘itib, keyin Karvaxalga to‘pni uzatdi. Danni tomonidan yetkazilgan to‘pga Benzema bosh bilan zarba berdi. Noaniq va kuchsiz chiqdi zarba
35'
Mxiteryan jarima maydonchasida yiqildi. Yiqilishidan biroz avval to‘pni deyarli to‘pni yo‘qotgan va keyin Pepening yelkasiga urilib, keyin yiqildi. Penalti yo‘q
32'
Adashmasak, "Real" darvozasi tomon to‘g‘ri berilgan ilk zarba. Grosskroyts tomonidan yo‘llangan zarbani qaytarish Kasilyasga muammo tug‘dirmadi
30'
Roman Vaydenfeller!!!!! Ajoyib seyv! Bu safar Beyl jarima zarbasini amalga oshirdi. Tabiiyki, chap oyoqdagi zarbadan keyin to‘p bu safar boshqa tomonlama aylanma hosil qildi, ammo yana darvoza markazidan to‘sin ostiga kirayotganida "Borussiya" darvozaboni to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
27'
"Madrid" qarshi hujum tashkil etdi. Isko hujum chizig‘ida to‘pni qabul qildi va biroz pauza orqali to‘pni o‘zida ushlab turdi. Keyin esa o‘ng qanotda yetib kelgan Beylga to‘pni uzatdi. Garet narigi qanotdagi Ronaldu to‘p bilan ta’minladi. Krishtianuning darvozabon maydonchasi tomon yetkazgan to‘pi noaniq bo‘ldi va mehmonlar xavfni bartaraf etishgandek bo‘ldi. Ammo mezbon jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni qaytarishdi va Isko 20 metrlarda uncha kuchli bo‘lmagan zarba bilan hisobni 2:0ga yetkazdi!
27'
Gooooooolllllll!!!!! Iskkkkooooo!
26'
Kichik "tinchlik"dan keyin mehmonlar burchak to‘pini ishlashdi
23'
ECHL bahslarini barchadan ko‘proq Kasilyas kutsa kerak. Ushbu mavsumda Iker faqat Chempionlar ligasi va mamlakat kubogi bahslarini maydonga tushmoqda
21'
"Madrid" yaxshi himoyalanmoqda. "Borussiya" esa hozircha imkoniyatlar, vaziyatlar qidirmoqda. QArshi hujumda esa "Real" dunyoning eng kuchli jamoasi ekanini yaxshi bilasiz. Hozircha barchasi Anchelottti shogirdlari rejasi asosida ketmoqda.
17'
Maydonning Madrid tomonidan Modrich to‘pni egallab oldi va uzun pas bilan Ronalduni oldinga boshladi. U nozik uzatma bilan Beylga to‘pni yetkazgandi. Vaydenfeller chaqqonlik qilib, uni egallab oldi
16'
Tezkor gol o‘tkazib yuborib, biroz dovdiragan "Borussiya" to‘pni nazorat qilish orqali o‘z o‘yinini topib olishga harakat qilmoqda.
14'
Chap qanotdan yetkazilgan to‘pga Krishtianu Ronaldu qaychi uslubida 11 metrli nuqta atrofida zarba berdi. To‘p rekoshet holatida maydonni tark etdi
12'
Ronaldu to‘pni darvozabonning chap burchagi tomon aylantirgandi, to‘p aylanma harakat orqali darvozaning o‘rtasi tomon bordi va darvozabon mushti bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi!
12'
Mezbonlar jarima zarbasini ishladi. Luka Modrichga nisbatan qoidab buzildi
10'
Ronaldu 25 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p yerga tegib, sakrab kelgani orqali darvozabonga kichik muammo yaratdi. Vaydenfeller esa to‘pni qaytardi, unga yetib keladigan madridlik futbolchi yo‘q edi
9'
Garet Beyl yana bitta gol urdi, ammo hisobga olinmaydi. U ofsaydda qolib ketgandi.
6'
Mezbonlar bosim uyushtirishga harakat qilmoqda.
3'
"Real" birinchi hujumdayoq hisobni ochmoqda. Benzema o‘ng qanot burchagi yonida to‘pni qabul qildi va hujumga qo‘shilgan Karvaxalga uzatdi. Danni esa bitta urinishda jarima maydochnasiga kirib kelgan Beylga to‘pni uzatdi. Garet chaqqonlik-la darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va oyog‘ining uchi bilan zarba berib, hisobni ochdi! Tezkor gol!
3'
Gooooooollll1lllll!!!!!
2'
Burchakdan yetkazilgan to‘pni Ronaldu bosh bilan qaytardi va qarshi hujum paytida Benzema maydon markazida o‘yin qoidasini buzdi
1'
Birinchi hujumni dortmundliklar boshladi va burchak to‘pi ishladi.
1'
UCHRASHUV BOSHLANDI!
'
Onlayn translyasiyani boshlaymiz! "REal" - "Borussiya"!
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.