Angliya Premyer-ligasi, 33-tur.
| 5 aprel, soat 21:30 | ||
CHELSIM.Saloh (32)
Lempard (61) Villian (72) |
3 : 0 |
STOK SITI |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Chex Ivanovich Keyxill Terri Aspilikueta Lempard Matich Villian Shyurrle Salax Torres |
Begovich Kemeron Uilson Shoukross Piters Uelan Nzonzi Odemvingi Palasios Arnautovich Krauch |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat | |
| 90+2' | ![]() |
O‘YIN YAKUNLANDI! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 88' | Asosan kichik follar ko‘proq qayd etilmoqda | |
| 86' | O‘yin tugashiga 4-5 daqiqa qolmoqda. Bosh hakam ham ikkinchi bo‘limga ko‘p vaqt qo‘shmasa kerak. Boisi, barcha masala hal bo‘lgan va jamoalar u qadar oldinga o‘tishayotgani yo‘q | |
| 81' | ![]() |
Har ikkala jamoa shu hisobga rozi. Faqatgina Muhammad Salox uch futbolchini aldab, jarima maydonchasiga kirib kelayottganida uchinchi futbolchiga urilib ketdi va yiqildi. Hakam jarima zarbasi bermadi |
| 78' | ![]() |
Villian maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Eshli Koul tushirildi. |
| 76' | ![]() |
Nazarimizda o‘yin taqdiri hal bo‘ldi. "Stok" hisobga rozi bo‘lmay, oldinga o‘tmoqda, ammo maqsadsiz o‘tmoqda. Bu esa faqat "Chelsi"ning foydasiga ishlashi mumkin |
| 72' | ![]() |
Qarshi hujum paytida Villian jarima maydonchasi tashqarisida, deyarli chiziq ustida hech qanday qarshiliksiz zarba yo‘lladi va to‘pni darvoza to‘riga joylab qo‘ydi. Chiroyli va aniq-hisob kitob bilan yo‘llangan zarba! |
| 72' | ![]() |
Gooooollllll!!! |
| 70' | ![]() |
Lempard maydonni tark etdi va uning o‘rniga David Luiz tushirildi |
| 68' | ![]() |
BUrchak to‘pi bartaraf etildi. Mehmonlar hujumning ikkinchi to‘lqinini amalga oshiridi va o‘tir burchak ostida darvoza tomon zarba berildi. Chex to‘pni egallab oldi |
| 67' | ![]() |
"Stok Siti" burchak to‘pi ishladi. |
| 65' | ![]() |
Mehmonlar endi oldina o‘tishga harakat qilishmoqda. Ammo "Stok"ning hujumda ishlari umuman yurishayotgani yo‘q |
| 61' | ![]() |
To‘pga Lempard yaqinlashdi va zarba berdi. To‘pni Begovich qaytardi, ammo uni yon tomonga urib yuborish o‘rniga, o‘z oldiga qaytardi. Frenk takroriy zarba bilan hisobni 2:0ga yetkazdi! |
| 60' | ![]() |
Penalti! Uilkinson Salohga nisbatan jarima maydonchasi ichida qoida buzdi! |
| 58' | ![]() |
Shyurrle o‘rniga Eden Azar tushirildi |
| 57' | ![]() |
"Stok Siti" jarima zarbasini tepish huquqini qo‘lga kiritdi. Charli Adam jarima to‘pini shunday amalga oshirdiki, unga na darvozabon, na hujumchilar yeta olishdi. O‘rtadan o‘tib, maydonni tark etdi |
| 53' | ![]() |
Odemvinge hozirgi daqiqada himoyachidan o‘tib ketishga urindi. Ammo to‘p uning oyog‘iga tekka holda maydonni tark etdi |
| 51' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pi ishlashdi. Villian bunga sababchi |
| 48' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim ham birinchi 45 daqiqalikdan farq qilmayapti. "Stok" himoyalanmoqda, "Chelsi" esa oldinga katta kuch bilan o‘tmayapti |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi! |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Chelsi" - "Stok Siti" - 1:0 |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 42' | ![]() |
Burchak to‘pi amalga oshirilayotgan paytda jarima maydonchasiga yetib kelgan Branislav Ivanovich ortga quruq qaytmasligi mumkin edi. Ammo qanot hakami kichik ofsaydni ko‘ra oldi va o‘z vaqtida bayroqchasini ko‘tardi.i |
| 42' | ![]() |
Gooooooolllll emas! |
| 38' | ![]() |
Shyurlening uzoq davom etgan hujumidan keyin Shyurle zarba berdi. Ancha noaniq chiqdi bu zarba |
| 34' | ![]() |
Villian maydon markazida to‘pni egallab olib, tezlik olayotgan Muhammad Salohni to‘p bilan ta’minladi. Ammo misrlik futbolchi himoyachi ta’qibidan qochish maqsadida to‘pni o‘zidan uzoqlashtirdi. To‘p esa darvozabonga nasib etdi |
| 32' | ![]() |
Kombinasiya chap qanot chizig‘idan to‘pni otib berish bilan boshlandi. Matich to‘pni jarima maydonchasi yerlatib uzatdi va misrlik Muhammad Saloh chap oyoqda kuchli zarba berib, hisobni ochdi! |
| 32' | ![]() |
Gooooolllll!!!! |
| 30' | ![]() |
Torres jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi, ikki himoyachi orasidan o‘tib keta olmadi, keyinchalik himoyachi ta’qib ostida yiqildi. Penalti emas |
| 29' | ![]() |
"Stok Siti" zich himoyalanishda davom etmoqda. Hozircha ular xatoga yo‘l qo‘yishmayapti |
| 24' | ![]() |
"Chelsi" 10-15 soniya ichida 2ta xavfli vaziyat yaratdi. Avvaliga Shyurlening zarbasini Petr Chex egallab oldi. U to‘pni o‘ng qanotda turgan himoyachiga uzatdi. FUtbolchi ko‘kragi bilan to‘xtatayotgan paytda "Chelsi" futbolchisi to‘pni olib qo‘ydiyu, darhol jarima maydonchasiga uzatdi. Himoyachi ko‘kragi bilan to‘pni darvozabon tomon uzatganidan Torres ildamlik qilib, to‘pni egallab oldi. Biroq zarba berishga ulgurmadi. Darvozabon to‘pni o‘ziniki qilib oldi |
| ' | Aslida "Chelsi" (Mourinyo jamoalari) birinchi raqam ostida o‘ynashga qiynalishadi. Bugun ham shunday bo‘lmoqda. | |
| 23' | O‘yin tempi u qadar yuqori emas | |
| 20' | ![]() |
Ehhhh, Ivanovich hujum emasligini bildirib qo‘ydi. Shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i ustidan hech kim xalal bermayotgan vaziyatda u darvozaga aniq zarba bera olmadi |
| 19' | ![]() |
Villian raqib jarima maydonchasi ostonasida to‘pni egallab olib, zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Rekoshet holatida darvozaga borgan to‘pni "Stok Siti" darvozaboni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 16' | ![]() |
Adashmasak, "Stok" ilk marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbon himoyachilari hozircha Krauchni yaxshi qo‘riqlashmoqda |
| 14' | ![]() |
O‘zbekistonda tug‘ilgan Odemvingening olis masofadan yo‘llagan zarbasi aniq bo‘ldi, ammo Chex to‘pni muammosiz egallab oldi |
| 11' | ![]() |
Lempard burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ivanovich bosh bilan zarba berdi, noaniq |
| 9' | ![]() |
"Chelsi" o‘ng qanotdan yaxshi hujum tashkil qildi va to‘p jarima maydonchasi ichidagi Lempardga yetkazildi. Frenk to‘pni o‘ziga bo‘ysundirishda texnik xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘p yo‘qotildi. Ammo londonliklar tezda to‘pni egallab olishdi va Torres 20 metrlardan zarba yo‘lladi. Ammo uning zarbasiga aniqlik yetishmadi |
| 8' | ![]() |
Salohga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Ivanovich esa jarima to‘pini darvoza ortidagi muxlislarga sovg‘a qildi |
| 7' | ![]() |
Qiziq holat, to‘pni ko‘proq "Stok" futbolchilari nazorat qilishmoqda. Jamoaning o‘yin uslubi shunday shekilli |
| 5' | ![]() |
Mehmonlar faqatgina himoyada yotishayotgani yo‘q. Ular ham oldinga o‘tishmoqda. |
| 3' | ![]() |
Villian maydon markazida to‘pni egallab olib, Torres tomon uzatdi. To‘pga birinchi bo‘lib darvozabon yetib keldi va egallab oldi |
| 2' | ![]() |
Maydon markazini katta tezlikda bosib o‘tayotgan Villianga nisbatan qoida buzildi |
| 2' | "Chelsi" - ko‘k, "Stok Siti" qizil-oq yo‘l-yo‘l kiyimda o‘ynashmoqda | |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! Ketdik! "Stok Siti" boshlab berdi |
| ' | Mourinyo bugun Muhammad Salohni ilk marta asosiy tarkibda maydonga tushirdi | |
| ' | O‘yin boshlanishiga tobora kam vaqt qolmoqda. Jamoalar hozir maydonga chiqib kelishadi | |
| ' | Tajribali Joze vaziyatdan qanday chiqib ketishini esa bugungi o‘yin ko‘rsatib beradi | |
| ' | Boshqa tomondan Mourinyo "PSJ"ga qarshi kechadigan YECHL javob o‘yinini ham o‘ylashga majbur. | |
| ' | Musobaqa peshqadamlaridan biri - "Manchester Siti" bugun o‘zining 3 ochkosini qo‘lga kiritdi. "Chelsi" ham chempionlik kurashidan chiqib ketmaslik uchun g‘alaba qozonishga harakat qiladi | |
| ' | Angliya Premyer-ligasi bahslaridan uyushtirilayotgan matnli onlayn translyasiyalarimizni davom ettiramiz | |
| ' | ![]() |
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|