O‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati
| Yarim final. 3.10.2012. 18:30. | ||
O‘ZBEKISTON U16Dostonbek Hamdamov (13)
Izzatilla Ibrohimov (36) Otabek Shukurov (43) |
3 : 2 |
ERON U16Sayidmajid Hussayniy (4)
Amirmuhammad Mazlum G‘azianiy (87) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1. Sarvar Karimov 2. Jamshid Boltaboyev 3. Islom Ismoilov, 4. Akromjon Komilov 6. Ulug‘bek Davlatov 7. Ravshanbek Xursanov 9. Ibrohim Abdullayev 11. Akobir To‘rayev 15. Izzatillar Abdullayev 17. Dostonbek Hamdamov 20. Otabek Shukurov (S) |
12. Daniyel Kozim Nia 2. Amir Nasr Azadoniy 3. Sasan Jafariy 4. Komil Haqzoda 5. Sayidmajid Hussayniy (S) 6. Sayid Ezatolahiy Afoq 8. Muhammadrizo Bazaj 9. Amirmuhammad Mazlum G‘azianiy 10. Rizo Karmollachab 11. Ali Rigi 12. Milad Daiy |
|
| ZAHIRA | ||
|
5. Shohjahon Qilichev 8. Ilhomjon Abdug‘aniyev 10. Javohir Siddiqov 13. Alisher Mirzayev 14. Islombek Karimov 16. Adhamjon Ahmadjonov 18. Oybek Erkinov 21. Shohjahon Abbosov 22. Abbosbek O‘lmasbekov 23. Muhiddin Odilov |
||
Matn
| ' | BARCHANI TABRIKLAYMIZ!!!! | |
| ' |
FINALDAMIZ O‘RTOQLAR!!!! |
|
| 90+4' | ![]() |
O‘YIN TUGADI!!! |
| 90+4' | Qo‘shib berilgan daqiqalarning eng so‘nggisi boshlandi! yana 30 soniya! | |
| 90+3' | ![]() |
O‘smir futbolchilarimizning oyoq tomirlari tortishib qolmoqda. Shifokorlar va yordamchi xodimlar maydonga chiqib kelishdi |
| 90+2' | ![]() |
Eronlik ikki nafar futbolchi oldinga intilgandi. Islom Ismoilov to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. |
| 90+1' | Qo‘shib berilgan daqiqalarning birinchisi ortda qoldi | |
| 90' | ![]() |
O‘yinning ikkinchi bo‘limiga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 88' | O‘yin tugashiga 3 daqiqa qolganida Eron hisobdagi farqni bittaga qisqartirdi. Himoyachilarimiz Amirmuhammad Mazlum G‘azianiy 15 metrdan zarba yo‘llash imkonini berishdi. 9-raqamli hujumchining bergan zarbasi darvozabonimizning o‘ng burchagiga borib tushdi | |
| 87' | ![]() |
Gol! Eron ikkinchi golni urdi! |
| 86' | ![]() |
Eronning xavfli hujumi. Himoyachimizning oyog‘idan sakragan to‘pni Sarvar Karimov egallab oldi. |
| 85' | O‘yinning asosiy vaqti tugashiga roppa-rosa 5 daqiqa qoldi. O‘yinda deyarli to‘xtalishlar bo‘lmayapti | |
| 84' | Eron o‘smirlar terma jamoasi ketma-ket burchak to‘plarini o‘yinga kiritmoqda. Hozircha himoyachilar va darvozabonimiz xavfni bartaraf etib turishibdi. | |
| 82' | ![]() |
Terma jamoamizda o‘zgarish bo‘ldi. Izzatilla IBrohimov (15) o‘rniga Oybek Erkinov (18) maydonga tushdi |
| 81' | ![]() |
Burchak to‘pi xavfli bo‘ldi. Eronliklar sardori bosh bilan zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Baxtimizga zarba noaniq. |
| 80' | ![]() |
Ux! Sarvar Karimov darvoza to‘sini ostiga kirib ketayotgan to‘pni amallab maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pi! |
| 80' | ![]() |
Terma jamoamiz hujumchilaridan biri to‘pga biroz kech qoldi, aks holda darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketardi. |
| 79' | Eronliklar o‘ng qanot chizig‘iga yaqin joydan jarima to‘pi tepish huquqini qo‘lga kiritishdi. Bu standar mezbonlarga naf keltirmadi. | |
| 77' | Nuraliyev shogirdlari maydonda ishonch bilan to‘p surishmoqda va yaxshi himoyalanishmoqda! Bo‘shashish kerakmas! Yana ozgina qoldi! | |
| 76' | O‘smirlarimiz raqibning hamlalalrini bartaraf etish bilan birga hujum qilishni ham unutishmayapti! | |
| 75' | ![]() |
Mezbonlar futbolchilaridan biri ogohlantirildi |
| 71' | Akobir To‘rayev o‘yin davomida juda yaxshi ishladi, gol ura olmagan bo‘lsa ham. Shohjahondan gol kutib qolamiz | |
| 70' | ![]() |
Terma jamoamiz tarkibida ikkinchi o‘zgarish: Akobir To‘rayev (11) o‘rniga hujumchi Shohjahon Abbosov (21) |
| ' | "Bunyodkor" va "Adelaida" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlanishi bilan O‘zbekiston va Eron o‘smirlar terma jamoalari orasidagi o‘yin "Sport" kanali orqali translyasiya qilinadi | |
| 67' | Akobir To‘rayev bugun ofsaydda qolish bo‘yicha rekord o‘rnatsa kerak. Yo‘qsa hisob hozir 3:1 emas, 6:1 yoki 7:1 bo‘larmidi... | |
| 67' | Muhiddin ham kurashdan qochmaydi, har bir to‘p uchun kurashadi, xuddi hozirgidek. O‘zi vaziyat yaratadi, faqat to‘g‘ri zarba bersa bo‘ldi. | |
| 65' | ![]() |
Said Izzatullohiyga bunday zarbalar uchun imkon bermaslik kerak, ey! Himoyachilarimiz yo Sarvarning seyvlarini ko‘rgilari keldimi? |
| 63' | O‘zbekiston o‘smirlari tarkibidagi eng yorqin o‘yinchi - himoyachi Jamshid Boltaboyev. Umuman kurashdan qochmaydi. Haqiqiy jangchi | |
| 61' | ![]() |
Ajoyib hujum vakillarimizdan. Muhiddin vaqtida oshirdi, Akobir esa ham chiroyli, ham aqlli o‘ynadi. Gol bo‘lishiga sal qoldi. :) |
| 60' | ![]() |
Eron tarkibida ikkinchi o‘zgarish: hujumchi Rizo (10) o‘rniga himoyachi Sodiq Muharramiy (18) |
| 59' | Davlatov bugungi o‘yinda maydon markazida juda katta hajmdagi ishni amalga oshirdi, birinchi golga hammualliflik qildi. | |
| ' | "Bunyodkor" - "Adelaida Yunayted" o‘yinining birinchi bo‘limi tugadi. HIsob 1:1 | |
| 58' | ![]() |
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi tarkibida ilk o‘zgarish: Ulug‘bek Davlatov (6) o‘rniga Muhiddin Odilov (23). Yarim himoyachi o‘rniga hujumchi tushdi. |
| 58' | Eron butun jamoa bo‘lib hujumga o‘tgan, Sarvar Karimov esa o‘z o‘rnida ishonchli turibdi | |
| 56' | ![]() |
Eron tarkibida birinchi o‘zgarish: Muhammadrizo Bazaj o‘rniga Ali Hazomiy maydonga tushdi |
| 53' | Bu vaqtda esa Izzatilla Abdullayev hisobni yirik ko‘rinishga keltirishi mumkin bo‘lgan biroz kuchliroq zarbani bera olmadi | |
| 53' | Eron tezlikni oshirdi, uzoqdan ham zarbalar berishni boshladi. O‘yinning qiyini endi boshlandi | |
| 52' | ![]() |
Himoyachilar va darvozabonimiz o‘rtasida tushunmovchilik va sal qolsa Amirmuhammad Mazlum darvozani ishg‘ol qilardi. |
| ' | Eh, "Bunyodkor" oldinga chiqib olish mumkin edi! Yan Kozak juda qulay masofadan darvozaga zarba bera olmadi! | |
| 50' | ![]() |
Akobir To‘rayev qulay vaziyatga chiqayotgandi, biroq shubhali ofsayd qayd etildi. Murabbiylar shtabimiz bundan norozi |
| ' | Bunday xatolar kerakmas, Sarvar! | |
| 49' | ![]() |
Sarvar Karimov juda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi, agar Amirmuhammad Mazlumning zarbasi biroz kuchliroq bo‘lganida bo‘sh darvozamizga gol bo‘lardi |
| 47' | O‘smirlarimiz 2 to‘p bilan oldindan borishmoqda. Ikkinchi bo‘limda bexato va tartibli o‘yin qilishimiz kerak | |
| 46' | Tarkibda o‘zgarishlar yo‘q. | |
| 46' | ![]() |
Tehrondagi "Pas" o‘yingohida esa ikkinchi bo‘lim boshlandi! |
| ' | "Jar"dagi o‘yin bir maromda ketmoqda. Xavfli vaziyatlar hozircha yo‘q | |
| ' | "Jar"dagi o‘yinning 26 daqiqasi ortda qoldi. O‘yin tempi biroz tushdi. Mehmonlar oldinga o‘tishga shoshilishmayapti | |
| ' | Murzoyev bu safar bosh bilan zarba berdi! Noaniq! Jasur HAsanov uni to‘p bilan ta’minlagandi! | |
| ' | Eh, Murzoyev! Hozirgina darvozabon bilan birga bir vaziyatda hammasini to‘g‘ri bajardi — darvozaga zarba berdi. Yana Galekovich! | |
| ' | "Bunyodkor" - "Adelaida" o‘yinida bundan taxminan 10 daqiqa avval Kamoliddin Murzoyev 3-4 metr masofadan bo‘sh qolgan darvozaga gol ura olmagandi. AVstraliyaliklar darvozaboni Galekovich g‘ayritabiiy seyv bilan to‘pni qaytarib yuborgandi. | |
| ' | Ko‘z tegmasin, hozircha kayfiyatlar yaxshi! | |
| ' | Tehrondagi o‘yin tanaffusidan foydalanib, e’tiborni "Jar"ga qaratamiz! Bu yerda esa Lutfulla To‘rayev gol urdi!!!! | |
| ' | Birinchi bo‘limdan so‘ng hisob 3:1, O‘zbekistn foydasiga! Hammasi zo‘r hozircha! Oxirigacha zo‘r bo‘lsin! | |
| 45+2' | ![]() |
BIRINCHI BO‘LIM TUGADI! |
| 45' | Dilshod Nuraliyev joyida o‘tira olmayapti. Tushunamiz, hayajon kuchli. | |
| 45' | ![]() |
Kuvaytlik Yusuf al-Marzuqiy birinchi bo‘limdagi to‘xtalishlarni to‘ldirish uchun 2 daqiqa qo‘shib berdi |
| 45' | Islom Ismoilov bugun biroz, birooozgina hayajonlanyapti shekilli, Eronning chap qanotidan kirishlar xavfliroq | |
| 44' | Dahshat! Otabek Shukurov maydon markazida to‘pni egallab, raqib jarima maydonsigacha hech qanday to‘siqqa uchramadi! Haqiqiy sardor! | |
| 43' | Bu bolalar endi ochildi! OTABEK SHUKUROV!!! 3:1! BIZ OLDINDAMIZ!!! | |
| 43' | O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 3-golni urdi!!! | |
| 43' | ![]() |
GOO-O-O-O-O-O-O-O-OO-L!!!! |
| 42' | Bugungi o‘yinda darvozabonimiz Sarvar Karimov o‘z nuqtasini o‘zgartirib, so‘nggi himoyachi o‘rnida harakat qilishi normal, shekilli | |
| 40' | Boltaboyev - Izzattilla kombinasiyasi yana xavfli bo‘lishi mumkin edi, so‘nggi lahzada Akobir tushunmadi jamoadoshini | |
| 38' | ![]() |
Hisobni oshirish uchun yana bir zo‘r qarshi hujum imkoniyati bo‘lgandi, Ulug‘bek Davlatov to‘pni uzatishga kech qoldi va hujum "uxladi" |
| 37' | Endi Eronda bir jarima zarbasi, xavfli bo‘lishi mumkin. | |
| 36' | Maydon markaziga yaqin nuqtada Jamshid Boltaboyev jarima tepdi, to‘p jarima maydonchasidan qaytib chiqdi, Izzatilla esa!!! Yasadi, xullas! 2:1! | |
| 36' | Izzatilla Abdullayev, superzarba!!! | |
| 36' | ![]() |
GGOOLLLLLLL!!!! O‘smirlarimiz hisobda oldinga chiqib olishdi!!! |
| 34' | Keyin esa normal hujum tashkil etib, xavfli jarima zarbasi ishladik. Jamshid Boltaboyev o‘zini ko‘rsatarmikin? Bu Jamshid Boltaboyevning musobaqa davomidagi eng yomon va eng noaniq zarbasi bo‘ldi. Hisob hali ham 1:1 | |
| 33' | ![]() |
Ah! Qanday imkoniyat! Vakillarimiz olti kishi bo‘lib qarshi hujumga o‘tib, uni rivojlantira olishmadi. |
| 31' | ![]() |
Sarvar Karimov ham joyini tashlab chiqdi (xatomidi bu?), Ibrohim ham to‘pga chiqdi, qaytardi Ibrohim. Xavfli vaziyat bartaraf etildi |
| ' | Afsuski, Toshkentdagi o‘yinning ham 4-daqiqasida hisob ochildi. Yan Ramsey gol urdi | |
| 30' | ![]() |
Izzatilla Abdullayev to‘pni ajoyib olib qo‘ydi, aldab o‘tdi, lekin to‘pni yaxshi oshira olmadi. Yo‘qsa, yaxshi hujum bo‘lardi. |
| 28' | Sarvar Karimov joyini tashlab chiqib, g‘aroyib pas berdi, lekin Akobir To‘rayev ofsaydda qoldi. Hech kim Sarvardan bunday pas kutmagandi | |
| ' | Toshkentdagi "Jar" stadionida esa shyin boshlandi. Tshpni o‘yinga mehmonlar kiritishdi | |
| 27' | Tashabbus Eronda, biz qarshi hujumga o‘tmoqchimiz, hisob esa 1:1 | |
| 27' | ![]() |
Eron yana burchak zarbasini amalga oshirdi, eronliklar zarba berolishdi, Sarvar Karimov o‘z o‘rnida! |
| 25' | Eron yana xavfli jarima zarbasi tepadi. To‘p oldida yana Hussayniy. Hussaynyining zarbasini Akramjon Komilov bosh bilan qaytardi, qarshi hujumga o‘tdik. Akobir to‘pni ajoyib olib qo‘ydi. | |
| 24' | Jamshid Boltaboyev har doimgidek faol. Hujumga ham qo‘shilib, raqamdoshi Amir Nasr Ozodoniyning oyog‘iga tepib, o‘z joyiga qaytdi | |
| 22' | "Sport" kanali endi e’tiborni "Bunyodkor" o‘yiniga qaratadi va OCHL o‘yini tanaffusida yana ushbu o‘yinga ham qaytishadi | |
| 20' | Maydon markazida Dostonbek Hamdamovga nisbatan maydon markazida qo‘pollik ishlatildi. | |
| 17' | ![]() |
Mazkur burchak to‘pi ham biz uchun yakunlandi va terma jamoamiz tezkor qarshi hujum uyushtirdi! Endi biz burchak to‘pi tepamiz! |
| 16' | ![]() |
Eronliklar bu o‘yinda ko‘plab burchak to‘plariga ega bo‘lishmoqda. MAna yana bittasi... |
| 15' | Hisob tenglashdi, hammasi joyida! Davom etamiz | |
| 13' | ![]() |
Terma jamoamiz futbolchisi Ibrohim Abdullayev Dostonbek Hamdamovni to‘p bilan ta’minladi va bu futbolchi darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, posbonning oyoqlari orasidan o‘tkazib, gol urdi! |
| 13' | ![]() |
GOOOLLLLLL!!!! |
| 13' | ![]() |
Izzatilla Ibragimov o‘z qanotida (o‘ng) to‘pni qabul qilib oldi, ammo sirpanib ketib, to‘pni yo‘qotdi. |
| 12' | ![]() |
Akobi To‘rayev o‘tkir burchak ostida darvoza tomon zarba berdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi. Terma jamoamiz asta-sekin o‘z o‘yinini topib bormoqda |
| 10' | Goldan ruhlangan mebonlar ketma-ket hujum uyushtirishmoqda. Vakillarimiz goldan keyin hali o‘zlariga kelib olishmadi | |
| 9' | ![]() |
Himoyachimiz jarima maydonchasi ichida to‘pni uzoqlashtira olmadi va to‘pni eronlik futbolchiga berib qo‘ydi. Hujumchining o‘tkir burchak ostidan bergan zarbasi Sarvarning qo‘liga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 9' | ![]() |
Uchinchi burchak to‘pi... |
| 8' | ![]() |
Darvozamiz oldida burchak to‘pi tepildi. Endi esa narigi burchakdan yana bir marta tepiladi |
| 6' | ![]() |
Akobir To‘rayev ogohlantirildi |
| 4' | ![]() |
GOOOOL!!! Mazkur standart vaziyat gol bilan yakunlandi. To‘p futbolchilarimizdan biriga tegib, rekoshet holatida sekingina Sarvar Ikromov qo‘riqlayotgan davroza burchagiga borib tushdi. |
| 3' | Darvozamizga 25 metrlar masofadan jarima zarbasi belgilandi. | |
| 1' | Dastlabki hujumni O‘zbekiston uyushtirdi | |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! |
| ' | O‘zbekiston va Eron davlatlari madhiyalari yangradi. Jamoalar esdalik uchun suratga tushishmoqda. | |
| ' | Kutib oling, O‘zbekiston va Eron o‘smirlar terma jamoalari maydonga chiqib kelishmoqda! | |
| ' | O‘yinni internet orqali http://www.ustream.tv/afcu16 saytidan ko‘rish mumkin. | |
| ' | Umuman, Eron o‘smirlari musobaqa davomida, 4ta o‘yinda 14ta gol urishgan. O‘zbekiston esa 4 o‘yinda 5ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan | |
| ' | Musobaqa davomida Ali Rigiy va Mazlum 2tadan gol urgan bo‘lsa, Rizo Karmollacha’b 3ta gol urgan | |
| ' | Eron o‘smirlari ustozi Ali Do‘stmehr O‘zbekistonga qarshi o‘yinni uchta hujumchi bilan boshlaydi: Mazlum, Rizo Karmollacha’b, Ali Rigiy | |
| ' | Ushbu o‘yinni O‘FF matbuot xizmati vakili Muhrim A’zamxo‘jayev Erondan turib Tvitterdagi @Uzbffonline aakaunti orqali matnli trnaslyasiya qilmoqda. | |
| ' | "Sport" kanalidan olgan xabarlarimizga qaraganda, telekanal xodimlari soat 18:00dan boshlab mazkur o‘yinning translyasiyasini boshlashadi va soat 19:00dan "Jar" stadionida boshlanadigan "Bunyodkor" - "Adelaida Yunayted" o‘yiniga e’tiborni qaratishadi. | |
| ' | Yana 50 daqiqadan so‘ng O‘zbekiston va Eron o‘smirlar terma jamoalari o‘rtasidagi qit’a chempionatining yarim final bahsi boshlanadi. Yana 10 daqiqadan keyin jamoalar maydonga chiqishadi va chigalyozdi mashqlarini boshlashadi. | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari, saytimiz mehmonlari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|