Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

16:00. Oliy liga-2014, 4-tur

7 aprel

LOKOMOTIV

Ivan Nagayev (28)
Vyacheslav Shevchenko (31)
Jasur Hasanov (kichik) (72)

3 : 1

SO‘G‘DIYONA

Suhrob Berdiyev (83)
JAMOALAR TARKIBI
1.Ignatiy Nesterov
4.Boburbek Yo‘ldoshev
17.Salim Mustafoyev
18.Fozil Musayev
20.Islom To‘xtaxo‘jayev
22. Viktor Karpenko
23.Ivan Nagayev
24.Ibrohim Rahimov
77.Jasur Hasanov
88.Lutfulla To‘rayev
9. Vyacheslav Shevchenko
  1.Aleksandr Melenchuk
3.Ilhom Komilov
6.Ayubxon No‘’monov
7.Rasul Hayitov
13.Rustam A’zamov
14.Orif Mamajonov
15.Jasur Hakimov
18.Sardor Eminov
19.Suhrob Qobilov
24.Asiljon Begimqulov
25.Suhrob Berdiyev
ZAHIRA
84.Temur Jo‘rayev
8.Akmal Xolmatov
9.Sardor Mirzayev
10. Farhod Tojiyev, 11.Aleksandr Shadrin
16. Jasur Hasanov (kichik)
30.Dilshod Jabborov
  16.Nodirjon Ashurmatov
8.Botirjon Karimjonov
17.Sanjar Rashidov
20.Vusal Mageramov
21.Akmal Abdurahmonov
22.Furqat Hasanboyev
23.Bobur Qosimov

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
90+4'
O‘YIN NIHOYASIGA YETDI!
90+3'
Mageramov o‘ng qanotdan hujumga o‘tdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p darvoza ustuni yonida o‘tib ketdi
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Katta Hasanovning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi, To‘rayev zarbasi esa himoyachilardan biriga tegib qaytdi
90'
Mezbonlar shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i ustida jarima zarbasini tepish huquqini qo‘lga kiritishdi.
88'
Rasul Hayitov jarima maydonchasi ustida turgan hujumchi Berdiyevga uzatgandi. To‘xtaxo‘jayev to‘pni qaytarib qoldi
86'
Kichik Hasanov jarima maydonchasi ichida zarba yo‘llay olmadi. To‘rayevning zarbasi esa noaniq chiqdi
84'
"So‘g‘diyona"ning bu galgi hujumi chiroyli tashkil etildi. Chap qanotdan yetkazilgan to‘pni Nesterov yon tomonga urib yubordi. Bobur Qosimov to‘pni egallab darvozabon maydonchasi tomon uzatdi. Suhrob Berdiyev esa yaqin masofadan to‘pni darvozaga yo‘lladi!
83'
Goooollll!!!!
82'
Suhrob Qobilov o‘rniga Sanjar Rashidov ("Bunyodkor"dagi Sardor Rashidovning ukasi) maydonga tushdi
81'
O‘ng qanotdan Hasanov to‘pni jarima maydonchasi ichidagi Tojiyevga uzatdi. Farhod ataylab to‘p ustidan o‘tib ketdi, ammo uni ortida qo‘llab-quvvatlaydigan futbolchi yo‘q edi
79'
Ivan Nagayev qarsaklar ostida maydonni tark etmoqda, Sardor Mirzayev o‘yinni davom ettiradi
78'
Temiryo‘lchilarning navbatdagi xavfli hujumi. Mustafoyev chap qanotdan hujumga qo‘shildi va to‘pni Tojiyev tomon uzatdi. Farhod to‘pga birozgina yeta olmadi
75'
!!! Himoyachi to‘pni darvoza chizig‘i ustida qaytarib qoldi! Hujum chap qanotda Lutfullaning to‘pni katta Hasanovga yetkazib berishidan keyin boshlandi. Jasur darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida turgan Nagayevni to‘p bilan ta’minladi. Vanya darvozaga teskari turgan holatda o‘ng tomonda ochilgan kichik Hasanovga to‘pni uzatdi. Kichik Jasurning zarbasi esa Melenchukning qo‘liga tegib, darvoza tomon yo‘l olayotgandi, himoyachi to‘pni qaytarib qoldi!
74'
Katta Hasanov yetkazib bergan to‘p to‘ppa-to‘g‘ri Tojiyev boshiga yetib bordi. Biroq Farhodning zarbasi noaniq bo‘ldi
72'
Viktor Karpenko chiroyli uzatma bilan kichik Hasanovni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Jasur esa ortiqcha muammosiz Melenchukni dog‘da qoldirdi!
72'
Goooollllll!!!!!
69'
"Loko"da navbatdagi o‘zgarish. Ibrohim Rahimov maydonni tark etdi. Kichik Jasur Hasanov o‘yinni davom ettiradi
68'
Vyacheslav Shevchenko maydonni tark etdi. Farhod Tojiyev o‘yinni davom ettirmoqda
68'
Bobur Qosimov maydon markazida qoida buzgani uchun ogohlantirish oldi
66'
Vyacheslav Shevchenko endi Melenchuk bilan yuzma-yuz vaziyatga chiqib bordi. Bu safar ham randevuda moldovalik posbon ustun keldi!
63'
"So‘g‘diyona"da ikkinchi o‘zgarish. Jasur Hakimov maydonni tark etdi, Bobur Qosimov o‘yinni davom ettiradi
60'
Tezkor hujumni to‘xtatgani uchun Bobur Yo‘ldoshev ogohlanlantirish oldi!
59'
!!! Lutfulla To‘rayev chiroyli pas bilan Hasanovni oldinga boshladi. Tezkor Jasur himoyachilarda o‘tib ketdi va jarima maydonchasiga kirib bordi. Yarim himoyachi to‘pni narigi qanotda ochilayotgan Shevchenkoga uzatgandi, himoyachi to‘pni qaytardi. To‘p esa darvozabonga tegib, maydonni tark etdi!
57'
Ivan yana bir qulay imkoniyatdan foydalana olmadi! To‘rayevning uzatmasidan keyin Nagayev darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatda qoldi. To‘pni bosh bilan posbonning ustida oshirib tashlamoqchi bo‘lgandi, Melenchuk to‘pni yon tomonga urib yubordi. Boz ustiga, Vanya ofsaydda qolgan ekan...
55'
Nagayevda yana bir imkoniyat! Vanya bu safar chap qanot bo‘ylab Mageramov ta’qibi ostida jarima maydonchasiga kirib bordi va raqibni chalg‘itib, darvozaning olis burchagi tomon zarba berdi. Noaniq!
54'
Ikkinchi bo‘lim boshida mehmonlar safida bitta o‘zgarish amalga oshirilibdi. Orif Mamajonov o‘rniga Vusal Mageramov o‘yinni davom ettirmoqda
53'
"So‘g‘diyona" futbolchisi Vusal Mageramov o‘ng qanotdan to‘pni raqib jarima maydonchasi ostonasi tomon uzatdi. Nesterov esa oldinga chiqib, to‘pni boshi bilan maydon tashqarasiga chiqarib yubordi
51'
Nagayeevvvv! Yana bir marta yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi. Maydon egalari o‘z jarima maydonchalari yaqinidan to‘pni maydon markazi tomon tepishdi. Jizzaxlik futbolchilardan biri to‘pga tashlandi, ammo uni o‘tkazib yubordi. Vanya esa maydon markazidan boshlab to‘p bilan oldinga intildi va jarima maydonchasiga kirib kelib, zarba berdi. To‘p Melenchukning qo‘liga tegib, darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi.
49'
Mezbonlarning qarshi hujumi xavfli bo‘lishi mumkin edi, agar markaziy himoyachi to‘pni bir amallab qaytarib qolmaganida
48'
Mehmonlar bo‘limni faol boshlashdi. Ayubxon No‘’monov olis masofadan zarba yo‘lladi. Noaniq
46'
Jamoalar tarkibida hozircha o‘zgarish bo‘lmadi
46'
IKKINCHI BO‘LIM BOSHLANDI
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi
'
Tanaffus paytida "Lokomotiv" futzal klubi a’zolari O‘zbekiston chempionligi bilan muborakbod etildi
45+2'
"Loko" futbolchisi Bobur Yo‘ldoshev jarohat olgani bois kompensasiya vaqti deyarli 2 daqiqa davom etdi. Ilgiz Tantashevning xushtagi yangrab, birinchi bo‘limni yakunladi. Tanaffus!
45+1'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
45'
"Lokomotiv" tezkor qarshi hujumga o‘tdi. Ibrohim Rahimov o‘ng qanotdan to‘pni chap qanotda ochilgan Hasanovga uzatdi. Jasurning yerlatib bergan kuchli zarbasini Melenchuk oyog‘i bilan qaytarib qoldi. Qaytgan to‘pni himoyachilar uzoqlashtirishdi
45'
Ayubxon No‘’monov tomonidan darvoza tomon berilgan zarbani Nesterov qaytardi. To‘p esa Ayubxonning o‘ziga kelib tushdi va jarima maydonchasi chizig‘i ustidan berilgan zarbaga aniqlik yetishmadi
44'
Jizzaxliklar chap qanotdan jarima zarbasini qo‘lga kiritishdi.
41'
Hujum ketidan hujum! "So‘g‘diyona" o‘z jarima maydonchasi ichidayoq to‘pni Karpenkoga oldirib qo‘ydi. Viktor to‘pni Shevchenkoga uzatdi va ukrainalik hujumchi bir himoyachini aldab o‘tayotganida mudofaa chizig‘i vakili uni oyog‘idan ilib qoldi. Ammo to‘pga Fozil Musayev darhol zarba berdi. Aleksandr Melenchuk ajoyib seyv namoyish qilib, to‘pni darvoza ustidan oshirib yubordi!
40'
Ibrohim Rahimov maydon markazida havolab kelgan to‘pni yerga tushirmasdan hujum chizig‘i tomon uzatdi. Nagayev sal tezkor harakat qilganida yana darvozabon bilan birga-bir vaziyatga qochib ketardi. Ammo himoyachi uni zararsizlantira oldi!
38'
Ivan Nagayev darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va to‘pni posbonning yonidan o‘tkazib, darvozani ishg‘ol qilmoqchi bo‘ldi. Ammo to‘p darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi!!!
37'
"Temiryo‘lchilar" yaxshi hujum tashkil qilishdi. Yana chap qanotdan uyushtirilgan hujumdan keyin Nagayev jarima maydonchachi chizig‘i ustida to‘pni qabul qildi. Ammo zarba berishga ulgurmasdan, to‘pni sheriklariga yetkazdi. Keyingi harakatlar natijasida xavf yo‘qqa chiqdi - Karpenkoning zarbasi ancha noaniq chiqdi
33'
Standart vaziyat paytida "Loko" futbolchilari o‘z jarima maydonchalari ichida yaxshi himoyalanishmoqda
33'
Jarima to‘pini mehmonlar to‘g‘ri jarima maydonchasiga yetkazishdi va burchak to‘pi ishlashdi.
32'
Fozil Musayev ogohlantirish oldi, qo‘pollik uchun
31'
"Lokomotiv" chap qanotdan tezkor hujum tashkil qildi. Jasur Hasanov jarima maydonchasiga yaqin joyda to‘pni qabul qildi va to‘pni orqaroqqa uzatdi. To‘rayevning zarbasini posbon qaytardi, uning yonida turgan Vyacheslav Shevchenko esa darvozani ishg‘ol qildi!
31'
Goooooooooooooolllll!!!
28'
"So‘g‘diyona" markaziy himoyachisi qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. U bosh bilan to‘pni darvozabonga yetkazib bermoqchi bo‘lganida Ivan Nagayev to‘pga birinchi bo‘lib yetib oldi va birga-bir vaziyatda Melenchukni dog‘da qoldirdi!
28'
Gooooollllll!!!!
27'
"So‘g‘diyona" vakillarim maydon markazidayoq raqibga nisbatan kuchli pressing uyushtirishmoqda
25'
O‘yin sur’ati tenglashgandek. Xavfli vaziyatlar yo‘q, ammo to‘p uchun, har bir qarich yer uchun, tashabbus uchun kurash kechmoqda
21'
Mezbon jamoa futbolchilari bir-birlarini ancha yaxshi tushunib harakat qilishmoqda. Ammo hujumchini qulay vaziyatga chiqaruvchi uzatma aniq bo‘lmayapti
20'
Burchak to‘pidan keyin to‘p jarima maydonchasi chizig‘ida turgan Sardor Eminovga kelib tushdi va u kuchli zarba yo‘lladi. Biroq to‘p darvoza to‘rining yon tomoniga kelib tushdi
19'
JArima zarbasidan so‘ng mehmonlar burchak to‘pini tepish huquqiga ega bo‘lishdi
19'
"So‘g‘diyona" qarshi hujumga o‘tayotganida Yo‘ldoshev Jasur Hakimovga nisbatan qoida buzdi
15'
Nagayev jarima maydonchasi kirib, zarba berish uchun qulay vaziyatga chiqqandi, ofsaydda deb topildi
14'
Nagayevga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Darvozagacha 30 metrlar masofa bo‘lgani uchun mezbonlar to‘pni to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvozaga tepishmadi
13'
O‘yin sur’ati unchalik yuqori emas, jamoalar ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishmoqda, kombinasiyalar oxiriga yetayotgani yo‘q
10'
Katta Hasanov chap qanotda yetkazib bergan to‘pni jizzaxlik himoyachilar maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. Dastlabki burchak to‘pi
9'
Jarima maydonchasi ichida Karpenkoga nisbatan Melenchuk chaqqonlik qildi va to‘pni qaytardi
6'
Abramov shogirdlarida dastlabki xavfli vaziyat. Ibrohim Rahimov 20 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi
5'
"Loko" tashabbusni o‘z qo‘liga olishga harakat qilmoqda. Jizzaxliklar yaxshi himoyalanishmoqda
2'
Dastlabki hujumni mehmonlar tashkil etishdi. Chap qanotdan yetkazib berilgan to‘pni hujumchi bosh bilan darvozaga to‘g‘rilay olmadi
1'
O‘YIN BOSHLANDI!
'
"Lokomotiv" bugun oq, "So‘g‘diyona" esa sariq-qora rangli formada maydonga tushdi
'
Jamoalar O‘zPFL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelishdi
'
Barchangizni Oliy liganing 4-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" va "So‘g‘diyona" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni kuzatib borishga taklif qilamiz
'
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.