Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

23:45. Yevropa chempionlar ligasi, chorak final

Javob uchrashuvi, 8 aprel

CHELSI

Shyurrle (32)
Demba Ba (87)

2 : 0

PSJ

JAMOALAR TARKIBI
Chex, Ivanovich, Kexill, Terri, Aspilikuyeta, David Luis, Lempard, Villian, Oskar, Azar, Eto’o   Sirigu, Jalle, Aleks, Tiago Silva, Maksvell, Tiago Motta, Verratti, Matyudi, Lukas, Kavani, Lavessi

Matn

'
"Chelsi" muxlislarini g‘alaba bilan tabriklagan holda, bugun matnli translyasiyamizni yakunlaymiz! Ertagacha! Saytdan uzoqlashmang!
'
Bugun "Stemford Brij"da bayram! Joze Mourinyo ajoyib murabbiy ekanini yana bir marta isbotlay oldi! Qoyil!
90+5'
Ikkinchi burchak to‘pini Chex musht bilan urib yubordi va shu paytda Pedro Proensa o‘yinni yakunlovchi xushtakni chaldi
90+4'
Vuuuuhh, Chex!!!! Mehmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi va Markinyos 12-13 metrlardan darvoza tomon kuchli zarba yo‘lladi! Petr Chex muqarrar goldan jamoasini qutqardi!
90+2'
PSJ shokda! Qolgan vaqt davomida ularning o‘ziga kelishi va raqib darvozasi bosim uyushtirishi qiyin kechsa kerak
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
87'
"Chelsi" 3 marta to‘pni balandlatib raqib jarima maydonchasi tomon uzatib berdi. Parijliklar ikki marta to‘pni qaytarishdi. Uchinchisida esa Eto'O to‘pni egalladi, ikki nafar himoyachi orasida to‘pni ushlab turdi va zarba berdi. To‘p yo‘liga himoyachilar g‘ov bo‘lishdi. Qaytgan to‘pni futbolchilardan biri darvoza tomon tepdi va to‘p rekoshet holatida darvozabon maydonchasida ochilayotgan Demba Baga kelib tushdi va Ba yiqilayotib to‘pni darvozaga yo‘lladi!
87'
O‘yin tugashiga 3 daqiqa qolganida "Chelsi" o‘zining ikkinchi golini urmoqda!
87'
Goooooolllllll!!!!!!!!!!
85'
!!!! Eto'O 5-6 metrlardan darvoza tomon zarba yo‘lladi, to‘pni himoyachi qaytardi. Ammo biroz avval Bemda Ba darvozabon bilan to‘p uchun kurashda qoidani buzgan deb topildi.
84'
PSJda so‘nggi o‘zgarish. Lukas Moura maydonni tark etdi. Markinyos qolgan vaqt davomida harakat qiladi
83'
Ivanovich o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Sirigu to‘pni yon tomonga urib yubordi!
82'
David Luis maydonning raqib tomonida PSJ futbolchisini qo‘li bilan tortib qolgani uchun ogohlantirish oldi. Kerakmas joyda sariq kartochka
81'
Oskar maydonni tark etdi va "Chelsi"da uchinchi hujumchi Torres maydonda harakat qiladi
80'
Qarshi hujum oqibatida esa Lukas Moura darvoza tomon kuchli zarba berdi! Chex to‘pni egallab oldi
79'
Jarima zarbasini qaytarishda hamda qarshi hujumga o‘tishdi....
78'
Maksvel ogohlantirish oldi. O‘ng qanot chizig‘i yonida Shyurrleni to‘xtatgani uchun
77'
Vuuuhhhhh! Kvavani! Edison maydon markazidan yetkazilgan uzatma paytida ikki markaziy himoyachidan o‘tib ketdi, to‘pni qabul qildi va deyarli birga-bir vaziyatda zarba berdi. To‘p yana darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi!
76'
Pastore o‘ng qanotdan havolatib jarima maydonchasida ochilayotgan Kavaniga to‘pni yetkazdi. Terri bosh bilan to‘pni qaytardi, biroq to‘p Maksvelga nasib qildi. Uning zarbasi darvoza ustuni yonida o‘tib ketdi.
73'
Xavyer Pastore maydonda paydo bo‘ldi. Lvvessi maydonni tark etdi
72'
Kavani zarbavor vaziyatga chiqdi va chap oyoqda kuchli zarba yo‘lladi. To‘p yarim metrlar chamasi darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi
71'
Oskar chap qanotda burchak bayroqchasi oldida to‘pni egallab oldi va maydonning yuza chizig‘i bo‘ylab harakatlanib kelib, darvozabon maydonchasi tomon to‘pni yetkazdi. Sirigu to‘pni egalladi
68'
Olis masofadan to‘p PSJ jarima maydonchasi tomon yetkazildi. Havodagi to‘p uchun kurashda Ba ustun keldi va Shyurle to‘pni egallab olib, 16-17 metrdan darvoza tomon zarba berdi. Sirigu noqulay kelgan zarbani egallab oldi!
67'
PSJ o‘ng qanotdan standart vaziyatga ega bo‘ldi. Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pga Moura bosh bilan zarba berdi. O‘ta noaniq chiqdi zarba
66'
Lempard maydonni tark etdi. Demba Ba o‘yinni davom ettiradi
65'
Londonliklar navbatdagi burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Hozircha fransuzlar xushyor o‘ynashmoqda
64'
Avvalgi vaziyatda PSJ himoyachisi Maksvel jarohat olgani uchun, uning yuzidan qon oqayotganda. Hakam buni endi ko‘rdi. Qon oqayotganida o‘yinni davom ettirish mumkin emas
63'
Mezbonlar burchak to‘pi ishlashdi
61'
Jon Terri oqsoqlanib o‘ynamoqda negadir. Lekin o‘ynamoqda hozircha
58'
PSJ birinchi bo‘limda to‘pni egallagan vaziyatda hujumga o‘tishga shoshilmayotgandi. Endi esa bosim o‘tkazmoqda raqib darvozasi tomon. Ular burchak to‘pi ishlashdi. Kavani esa to‘pni bosh bilan darvozaga aniq yo‘llay olmadi
57'
Chex o‘z darvozasini goldan qutqarmoqda! Lavessi to‘pni olis ustun tomon aylantirgandi
56'
Branislav Ivanovich jarima maydonchasining chap qanotida o‘zidan o‘tib ketayotgan Matyuydini chalib yiqitgani uchun ogohlantirish oldi. "Chelsi" yarim finalga chiqsa, u dastlabki o‘yinni o‘tkazib yuboradi
54'
Ikki daqiqa ichida to‘p ikkinchi marta darvoza to‘siniga tegmoqda! Oskarning jarima zarbasi to‘sinni larzaga keltirdi!
52'
Darvoza to‘sinidan qaytgan to‘pni Eto'O o‘ziga o‘nglab, zarba bermoqchi bo‘lganida, PSJ himoyachisi LUkas Moura uni yiqitdi va ogohlantirish oldi
52'
Ohhhhhoooho!!!! Ajoyib hujum va Shyurrlening 12 metrlardan yo‘llagan zarbasi darvoza to‘sinini larzaga keltirdi!!!!
49'
Lukas Maura jarima maydonchasi ostonasida simulyasiya ishlatib, jarima zarbasi ishlamoqchi bo‘ldi. Proensa unga aldanmadi
47'
Hattoki maydon markazida ham qoida buzilsa, Lempard to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib bermoqda. Hozirgi vaziyatda himoyachilar xavfni bartaraf etishdi
47'
Bugun standart vaziyatlar "Chelsi"ning quroli!
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
'
Jamoalar ikkinchi bo‘limni boshlashga tayyor!
'
Mourinyo konkret taktik va strategik o‘yin qilmoqda. Bu sezilib turibdi
'
Yana 5 daqiqadan keyin ikkinchi bo‘limni boshlaymiz. Hal qiluvchi 45 daqiqa...
'
Yana bitta gol "Chelsi"ni yarim finalga olib chiqadi. Vaziyat juda qaltis, nozik va qaynoq! Narigi o‘yinda ham xuddi shunday vaziyat. "Real" penaltidan gol ura olmadi va o‘z darvozasidan 2ta gol olib chiqdi. Marko Roys dubl muallifiga aylanmoqda
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim so‘ngida maydon egalari to‘pni maydon markazidan jarima maydonchasi tomon yetkazib berishdi. To‘p mezbonlarga kelib tushdi. Biroq Eto'O tomon uzatilgan to‘pni himoyachilar qaytarib qolishdi
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
44'
Parijliklar o‘ng qanot chizig‘i oldida jarima zarbasini o‘yinga kiritishdi. Chex to‘pni qo‘li bilan yon tomonga urib yubordi. Boz ustiga, una nisbatan qoida buzilgan ekan
43'
Londonliklar tezkor qarshi hujumga o‘tdi. Ammo jarima maydonchasiga yaqinlashib borgan Shyurrle to‘pni oldirib qo‘ydi
40'
Kavani ogohlantirish oldi. Keyxill maydon markazida to‘pni tezda o‘yinga kiritayotganida Edison kerakli masofani saqlamasdan, unga xalal bergani uchun
39'
Villian maydon markaziga yaqin joyda qoida buzdi. Negadir u vaziyatlarda kech qolmoqda
37'
Eto'O va Tiagu Silva to‘qnashib ketishdi. Braziliyalik himoyachi jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
36'
Lempard to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi va himoyachi to‘pni qaytarganidan keyin Keyxill 11 metrli nuqta ustidan to‘pni darvozaga aniq yo‘llay olmadi. To‘p sakrayotgani uchun Garri uni darvoza tomon aniq yo‘llay olmadi
35'
Oskarga nisbatan qoida buzildi. Chap qanot chizig‘i yonida standart vaziyat
33'
Goldan keyin mezbonlar darhol yana hujumga o‘tishdi. Andre Shyurrle jarima maydonchasiga chap burchakdan kirib bordi va Verrattiga urilib, yiqildi. Vaziyatga yaqin turgan Proensa ishora bilan qoida buzilmaganini ta’kidladi!
32'
Burchakdan yetkazilgan to‘pni Shyurle darvozaga yo‘llamoqda! "Chelsi" - "PSJ" - 1:0!
32'
Goooooooooolllllll!!!!!
30'
Villian 25 metrlardan zarba yo‘llashga qaror qildi. To‘p himoyachiga tegib, o‘z kuchini yo‘qotdi va uni Sirigu egallab oldi
28'
Bu o‘yindagi ilk xavfli vaziyat bo‘lgandi.
28'
Siriguuuuuu! Ajoyib seyv ko‘rsatib, o‘z darvozasini godan saqlab qoldi! Lempard kutilmaganda to‘pni to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvoza tomon tepdi. To‘p aylanma tarzda darvozaning yaqin burchagiga kirib ketayotgandi!...
26'
PSJ himoyachisi Marko Veratti sariq kartochka ko‘rsatildi. U Oskarni ortidan tepib yiqitdi. Jarima maydonchasining chap qanotidan jarima zarbasi
25'
Davrozagacha 25 metrlar masofadan belgilangan jarima zarbasini Kavani amalga oshirdi. To‘p jonli devorga tegdi
23'
Villian Mouraga nisbatan podkat ishlatishda kech qoldi va yarim himoyachini yiqitdi. Ogohlantirish oldi
22'
Qarshi hujumda PSJda vaziyatlar yuzaga kelayotgandek... Ammo Loran Blan shogirdlari tavakkal qilishni istashmayapti, ular to‘pni qadrlashmoqda. Bugun fransuzlar xato qilmoqchi emaslar
20'
Aslida qarshi hujumda kuchli bo‘lgan Mourinyo jamoasi jamoaviy himoyalanayotgan raqibga nisbatan pozision hujum tashkil etishga qiynalmoqda.
18'
Kutilmaganda Mourinyo futbolchi almashtirishga qaror qildi. Eden Azar o‘rniga Shyurle maydonga tushdi. Azar o‘yinga tayyor emas ekan shekilli, uchrashuvga kirishib ketmadi
14'
Parijliklar chap qanotdan hujum tashkil qilib, to‘pni darvozabon maydonchasi tomon uzatishdi. Chex to‘pni qaytarib yubordi
13'
"PSJ" bir muddat to‘pni nazorat qildi va londonliklarning pressingi natijasida himoyachi maydon markazidan turib to‘pni darvozabonga uzatdi. Sirigu esa to‘pni darhol tepib yubormadi va o‘zi tomon yugurib kelgan Eto'Oni aldab o‘tishga qaror qildi. Samuel esa unga nisbatan qoida buzdi va posbonni qaytardi. BIroz qaltis harakat bu
11'
Mezbonlar asta-sekin bosimni oshirib borishmoqda
9'
Oskar jarima maydonchasi chap qanotida bir himoyachidan qochib, to‘pni Eto'Oga uzatdi. Kamerunlik futbolchining zarbasi esa himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.
8'
Lempard maydon markazidan turib to‘pni Eto'O tomon uzatgandi. Himoyachi jarima maydonchasi ostonasida to‘pni bosh bilan qaytarib qoldi
6'
"Chelsi" o‘zining ilk jarima zarbasini amalga oshirdi. Lempard tomonida 11 metrli nuqta atrofiga yetkazib berilgan to‘pni himoyachilar qaytarishdi
4'
Aksincha, "PSJ" faolroq ilk daqiqalardan. Keyxil maydon markazida qoida buzgandi, biroq Lavessi ofsadda qolgan ekan
3'
Londonliklar hujum tashkil qilishga shoshilishmayapti. Go‘yoki, tezkor gol urib olishga harakat qilish Mourinyo shogirdlarining strategik maqsadi emasdek...
2'
"Chelsi" - ko‘k, "PSJ" - oq rangli formada maydonga tushishgan
1'
UCHRASHUV BOSHLANDI!
'
Mini-qur’aga ko‘ra, o‘yinni londonliklar boshlab berishadi
'
UYEFA chempionlar ligasi madhiyasi qandaydir yoqimli, jarangdor va insonni ehtirosga soladi
'
Diqqat, jamoalar maydonda saf tortishdi.
'
Xabaringiz bor, dastlabki o‘yinda parijliklar o‘z maydonlarida "Chelsi"ni 3:1 hisobida mag‘lub etishgandi.
'
Birinchi o‘yindan maksimal natija chiqara olgan "PSJ" bugun Mourinyoning "Chelsi"si mehmoni bo‘ladi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol shaydolari. Barchangizni yevrofutbolga taklif etamiz!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.