23:45. Yevropa chempionlar ligasi, chorak final
| Javob uchrashuvi, 9 aprel | ||
ATLETIKOKoke (6)
|
1 : 0 |
BARSELONA |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
| Kurtua, Xuanfran, Miranda, Godin, Filipe Luis, Koke, Gabi, Tiago, Raul Garcia, Adrian, Vilya | Pinto, Alves, Bartra, Maskerano, Alba, Xavi, Buskets, Inyesta, Messi, Fabregas, Neymar | |
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat! | |
| ' | BU ikki jamoaning yo‘li hali to‘qnashadi - La liganing eng so‘nggi turida! | |
| ' | Bugun Simeone "Barsa"ni mag‘lub etishnign qo‘lini topa oldi, hattoki Diyego Kosta va Arda Turon maydonga tushmagan bo‘lsalar-da! | |
| ' | "Barsa" esa o‘z vatandoshlari to‘sig‘idan o‘ta olmadi! | |
| 90+4' | ![]() |
"Atletiko" - yarim finalda! O‘z tarixida birinchi marta Yevropa chempionlar ligasining yarim finalida! |
| 90+2' | ![]() |
Mezbonlar to‘pni burchak bayroqchasi atrofida aylantirib, vaqtdan yutishga harakat qildi |
| 90+1' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Kristian Rodriges va Pintoga ofarinlar! Biri yakkama-yakka vaziyatda kuchli zarba berdi, ikkinchisi qaytardi! |
| 90' | ![]() |
Eng so‘nggi daqiqa boshlandi! |
| 89' | ![]() |
Pedro uzatgan to‘pni Kurtua mhkam egallab oldi |
| 87' | ![]() |
Kataloniya burchak to‘piga ega bo‘ldi |
| 84' | ![]() |
Bugun qisqa paslaru tika-tikada hech qanday foyda bermayapti "Barselona"ga |
| 83' | ![]() |
"Atletiko" chiroyli qarshi hujum uyushtirdi. Koke chap qanotda oldingi o‘tib ketdiyu, ammo so‘nggi uzatmani aniq amalga oshira olmadi. Alba vaziyat g‘olibiga aylandi. |
| 82' | ![]() |
Sanches jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni to‘xtatmasdan Messiga uzatdi. Kurtua chaqqon va ildam |
| 80' | ![]() |
"Barsa"ning bu galgi qanotdan to‘pni yetkazishi samarasiz chiqdi. |
| 79' | ![]() |
Vilya uchun bugungi o‘yin yakunlandi. Kristian Rodriges o‘yinni davom ettiradi |
| 78' | ![]() |
Vuuuuuhhhhhh, Neymaaaaarr!!!! Alves o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Neymar bosh bilan to‘pni darvoza tomon burdi. To‘p shundoqqina darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi! |
| 77' | ![]() |
Natijaada mehmonlar to‘pni qanotlaran havoatib uzatishmoqda. |
| 76' | ![]() |
Mezbonlar "Barsa"ga jarima maydonchasiga yorib kirish imkoniyatini berishmayapti |
| 74' | ![]() |
Kataloniyaliklar burchak to‘pidan vaziyat yarata olishmadi |
| 72' | ![]() |
Inyesta maydonni tark etdi. Pedro maydonga tushdi |
| 71' | ![]() |
"Barsa" mudofaa chizig‘ida yana parokandalik! Avvaliga Maskerano jarima maydonchasi ichida Xavini ortidan turtib yiqitdi. Uebb jim. Keyin esa Raul Garsiya yaqin masofadan to‘pni darvozaga yo‘llay olmadi. |
| 70' | ![]() |
Vuuuuhhhhh, Pintooooooo!!!! Qarshi hujum paytida Gabi jarima maydonchasi tomon yaqinlashib keldi va zarba yo‘lladi. Pinto oyog‘i bilan to‘pni qaytarib qoldi! |
| 68' | ![]() |
Messi yo‘llagan zarba jonli devorga tegib qaytdi |
| 67' | ![]() |
Messiga nisbatan qoida buzildi. Darvozagacha 23-24 metrlar bor |
| 65' | ![]() |
Vuuuuhhh! Bugun "Atletiko" futbolchilari individual jihatdan kuchli o‘ynashmoqda. Diyego jarima maydonchasi tashqarisida ikki himoyachi orasidan o‘tib ketib, o‘tkir burchak ostida (birga-bir) kuchli zarba yo‘lladi. Pinto jamoani qutqardi va to‘p yana Diyegoga nasib etdi. Unining takroriy zarbasi Maskeranoga tegib, maydonni tark etdi |
| 64' | ![]() |
Olis masofadan yetkazilgan to‘p Kurtuaga nasib etdi |
| 61' | ![]() |
"Atletiko"da ham dastlabki o‘zgarish: hujumchi Adrian o‘rniga yarim himoyachi Diyego tushirildi |
| 61' | ![]() |
"Barselona" o‘zgarish qildi. Fabregas o‘rniga Sanches tushirildi |
| 60' | ![]() |
Alves o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Xavi esa hech kim xalal bermayotgan vaziyatda to‘pni darvozaga bura olmadi! |
| 57' | ![]() |
"Barsa" uzoq vaqt to‘pni nazorat qildi. Vilya qarshi hujumga o‘tib, sherigi Adrianga to‘pni uzatgandi, to‘p Pintoga nasib etdi |
| 53' | ![]() |
Burchak to‘plari esa hozircha kataloniyaliklarga foyda bermayapti |
| 52' | ![]() |
"Barsa"ning qarshi hujumi paytida Messi to‘pni Neymarga uzatdi va u jarima maydonasi tashqarisida bir himoyachini aldab o‘tib, sherigiga to‘pni uzatayotganida boshqa himoyachi to‘pni qaytarib qoldi |
| 49' | ![]() |
Avvaliga Xavi chiroyli pas bilan Neymarni darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqardi. Kurtua braziliyalik hujumchining oyog‘i ostidan to‘pni qaytardi. To‘p Messiga kelib tushdi. U zarba berishga ulgurmadi. Orada to‘p Fabregas va Alvesga ham kelib tushdi. Danni uzatgan to‘pni Xavi darvozaga yo‘llashga urindi. To‘p esa Kurtuaga tegib, darvoza to‘ri ustiga kelib tushdi! |
| 49' | ![]() |
Ohhhhoooohooo!!!! Vaziyatni bir so‘z bilan ifodalash qiyin!!! Faqat omad va Kurtuaning fidkorona o‘yini tufayli to‘p darvoza to‘riga borib tushmadi! |
| 47' | ![]() |
Birinchi bo‘limdan farqli ravishda, ikkinchi taymda "Barselona"da to‘pni nazorat qilishdan maqsad ritmga tushib olish emas, konkret hujum tashkil qilish bo‘ladi. Ammo "Atletiko"ning qarshi hujumi xavfli bo‘lishini ular his qilgan holda hujumga o‘tishmoqda |
| 46' | ![]() |
IKKINCHI BO‘LIM BOSHLANDI! |
| ' | Ikkinchi bo‘lim boshlanishiga oz vaqt qolmoqda | |
| ' | Tanaffus. Ikkinchi bo‘lim boshlanishini intizorlik bilan kutamiz | |
| ' | ![]() |
Dastlabki 45 daqiqalikda Diyego Simeone raqib murabbiyidan ustun keldi! |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi! |
| 45+2' | ![]() |
"Barsa" burchak to‘pi ishladi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
Takroriy lavha ko‘rsatdiki,himoyachi Alvesning oyog‘idan tortib qolgan. Kontakt bor! Vaziyat ortda qoldi. "Barsa" ikkita burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Samarasiz |
| 43' | ![]() |
Alves jarima maydonchasi ichida yiqildi. Takroriy lavhani kutamiz |
| 41' | ![]() |
Adrian to‘pni bosh bilan to‘pni oldinga o‘tkazib, Maskeranodan qochib ketib, jarima maydonchasi ichida yiqildi. Maskerano yelka aralash qo‘l bilan ham uni itardi. Xovard esa penalti yo‘q deb hisobladi |
| 40' | ![]() |
"Barselona" jarima maydonchasining o‘ng qanotida amalga oshirgan qisqa paslari "o‘xshadi", ammo Alvesning so‘nggi uzatmasi ancha noaniq chiqdi |
| 38' | ![]() |
Tempning past bo‘lishiga "Atletiko" ham qarshi emas |
| 34' | ![]() |
O‘yin tempi biroz tushdi. Tashabbus mehmonlarda |
| 32' | ![]() |
Alves tomonidan uzatilgan to‘p himoyachilar tomonidan qaytirilgan bo‘lsa, chap qanotdan Fabregas yetkazgan to‘pni esa Kurtua egallab oldi |
| 30' | ![]() |
Inyesta tashabbusni o‘z qo‘liga olib, jarima maydonchasiga yaqinlashib bordi va Neymarga to‘pni yetkazdi. Braziliyalik futbolchining keyingi uzatmasi esa noaniq bo‘ldi |
| 29' | ![]() |
Martino shogirdlari to‘p nazorati o‘zlari tomon og‘dirishdi. "Matraschilar" yaxshi himoyalanishmoqda |
| 27' | ![]() |
Inyesta ikki himoyachi orasidan o‘tib ketdi va darvoza tomon zarba berdi. Zarba kuchsiz chiqdi va Kurtuaga muammo yaratmadi bu to‘p |
| 26' | ![]() |
Koke va Felipe Luis qap qanotdan bir-birilarini yaxshi tushunib, "Barsa" himoyachilardan o‘tib ketishdi. Adrianning zarbasi kuchsiz chiqdi va Pinto to‘pni egallab oldi |
| 24' | ![]() |
Neymaaaar! Hammasini yaxshi bajardi - o‘zining chap qanotida ikki himoyachidan to‘pni olib o‘tib, darvozabon maydonchasidagi Messiga to‘pni uzatdi. Ammo Leo to‘pni darvoza tomon bura olmadi. Zarba noaniq chiqdi. |
| 23' | ![]() |
Maydon egalari tomonidan uyushtirilayotgan kuchli pressing "Barsa"ga to‘pni erkin nazorat qilish imkonini bermayapti. Qiziq, to‘pni nazorat qilish ko‘rsatkichi qanday ekan? "Barsa" ustun emas har holda |
| 22' | ![]() |
Vilya yana ofsaydda |
| 20' | ![]() |
David Vilya bu safar ofsaydda qolib ketdi! |
| 19' | ![]() |
Vuuuuhhhhhh!!!! "Atletiko" 19 daqiqa ichida uchinchi marta darvoza to‘sinini nishonga olmoqda! Yana Vilya! Maskerano va Bartra birgina Vilyaga bas kela olishmayapti! |
| 18' | ![]() |
Ilk sariq kartochka Busketsga nasib etdi. U maydon markazida tezkor Adrianni to‘xtatib qolgani uchun |
| 15' | "Barsa" o‘z o‘yinini topishga intilmoqda. | |
| 14' | ![]() |
Ushbu vaziyat mezbonlarning shashtini pasaytirib, katalonyaliklarning tushkunlikdan olib chiqib ketishi kerak |
| 13' | ![]() |
Vuuuuuuhhhh, Messsiiiiiiii!!!! Alves qanotdan uzatilgan to‘pni Messi bosh bilan darvozaga yo‘lladi! To‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi! |
| 12' | ![]() |
Vuuuuuuhhhhh, "Atletiko", Eh, Vilya!!! Bu safar Kataloniyani darvoza ustuni goldan qutqarmoqda! Koke uni darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqarib yuborgandi... |
| 11' | ![]() |
Bilasizmi, "Atletiko"da har qanaqa muammo bo‘lishi mumkin: jarohatlar, taktika, jismoniy holat va boshqalar. Ammo Diyego Simeone shogirdlarida ishtiyoq va motivasiya borasida hech qachon muammo bo‘lmagan! |
| 10' | ![]() |
"Barsa" himoya chizig‘i sarosimada! Goldan keyin 4 daqiqa o‘tdiki, ular hamon o‘zlariga kela olishmayapti! |
| 7' | O‘yin dahshatli tempda, dahshatli ravishda boshlandi! | |
| 6' | ![]() |
Ha, bugun "Barselona"ning mudofaa chizig‘i - eng kuchsiz zona! Xavyer Maskerano hujum Vilya tomon uzatilgan to‘pni o‘tkazib yubordi. Davidning zarbasi esa darvoza to‘siniga tegib qaytdi. Raul Garsiya to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi va Vilya bosh bilan to‘pni narigi qanotdan oshirdi. Koke esa darvozaning bo‘sh qolgan qismini ishg‘ol qildi! OSonlik bilan! |
| 6' | ![]() |
Gooooooooooooooooooolllll!!!!! |
| 4' | ![]() |
"Atletiko"ning maqsadi tushunarli - imkon bo‘ldi deguncha darvoza tomon zarba yo‘llash! Raul Garsiya shunday ishni amalga oshirdi. To‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi |
| 3' | ![]() |
Jarima to‘pini himoyachilar qaytarishdi, ammo to‘pni kataloniyaliklar to‘pni egallab olib, hujumning ikkinchi to‘lqinini amalga oshirishdi. Messi bir himoyachidan o‘tib ketib, chap oyoqda zarba berdi. Zarbaga aniqlik yetishmadi |
| 2' | ![]() |
Dastlabki fol. Bartraga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Standart vaziyat |
| 2' | ![]() |
"Barselona" shoshmayapti. O‘zining o‘yin ritmiga tushib olishga harakat qilmoqda |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! |
| ' | "Atletiko" esa o‘zining oq-qizil yo‘l-yo‘l rangli kiyimda. Butun stadion mana shunday rangga burkangan bugun | |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonda saf tortishdi! |
| ' | "Barselona" bugun qora rangli mehmon formasida maydonga tushadi | |
| ' | Bugun "Atletiko" gol o‘tkazib yuborsa, unda madridliklarga qiyin bo‘ladi. Ular ochilishga majbur bo‘lishadi. Oldinda esa Arda Turon va Diyego Kosta yo‘q | |
| ' | Qo‘shimcha bo‘limlarda ham "safardagi gol" qoidasi saqlab qolinadi. Ekstra taymdagi golli durang "Barsa" foydasiga ishlaydi. Qisqacha reglamentdan shundan iborat | |
| ' | O‘yinning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etilsa, unda qo‘shimcha bo‘limlar belgilanadi. Qo‘shimcha bo‘limlarda gol urilmasa, penaltilar seriyasiga murojaat qilinadi | |
| ' | Bugun ham durang qayd etilishi mumkin. 0:0 hisobidagi durang "Atletiko" foydasiga ishlasa, 2:2 va undan yirikroq hisobdagi duranglar "Barselona"ni yarim finalga olib chiqadi | |
| ' | "Atletiko" va "Barselona" jamoalari ushbu mavsumda o‘zaro 3 marta to‘qnash kelishdi va barcha o‘yinlar durang bilan intiho topdi | |
| ' |
Kechagi o‘yinlardan keyin "Real" va "Chelsi" klublari yarim final yo‘llanmasini hal qilishdi |
|
| ' | Bugun YECHL-2013-2014ning yana ikki yarim finalchisi nomini bilib olamiz | |
| ' | Barchangizni saytimizda ko‘rib turganimizdan xursandmiz | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|