Oliy liga. 22-tur.
| «Lokomotiv» stadioni. 7 oktyabr, soat 16:00 | ||
LOKOMOTIVAkmal Xolmatov (72)
Arturas Fomenko (81, 88) |
3 : 1 |
BUNYODKORV.Karpenko (3)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1. Pavel Bugalo 6. Dilshod Rahmatullayev 7. Sadriddin Abdullayev 8. Maksim Kazankov 9. Zayniddin Tojiyev 10. Jora Oganesyan 13. Rustam A’zamov 15. Akmal Xolmatov 19. Islom Inomov 20. Islom To‘xtaxo‘jayev 24. Dilshd Jabborov |
1. Ignatiy Nesterov 2. Akmal Shorahmedov 6. Anvar G‘ofurov 8. Javlon Ibrohimov 13. Luftulla To‘rayev 16. Artyom Filiposyan 17. Kamoliddin Murzoyev 19. Jasur Hasanov 22. Viktor Karpenko 23. Sahob Jo‘rayev 33. Yan Kozak |
|
| ZAHIRA | ||
|
30. Artur Parvanov 2. Arturas Fomenko 11. Aleksandr Shadrin 17. Ibrohim Rahimov 18. Sobir Usmonxo‘jayev 22. Sherzod Sharipov 27. Ildar Magdeev |
45. Akbar To‘rayev 5. Dilshod Jo‘rayev 9. Ilhom Shomurodov 10. Shavkat Salomov 24. Bahodir Pardayev 27. Alibobo Rahmatullayev 28. Ruslan Melziddinov |
|
Matn
| ' | Siz bilan Olimxo‘ja Bo‘ronov bo‘ldi! E’tiboringiz uchun rahmat! | |
| ' | ![]() |
O‘YIN TUGADI! CHEMPION TOSHKENT DERBISIDA OCHKO YO‘QOTDI! |
| 90+3' | ![]() |
Rahmatullayev o‘ng qanotda 2 nafar himoyachini aldab o‘tib, Pardayevga juda qulay pas berdi. Bahodirning bosh bilan bergan zarbasi aniq chiqmadi! |
| 90+2' | ![]() |
Filiposyan juda qulay vaziyatdan gol ura olmadi! |
| 90+1' | ![]() |
"Bunyodkor" burchak to‘pi ishladi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi! |
| 89' | Gol bo‘lgan vaziyatda Jora Oganesyan darvoza tomon zarba berdi. Nesterov zarbani ushlab qola olmadi. To‘pga birinchi bo‘lim Fomenko yetib keldi va to‘pni darvozaga yo‘lladi! | |
| 88' | Mana sizga intriga! Kim kutgandi, bunday hisobni??? | |
| 88' | ![]() |
HIsob 3:1!!!! Yana Arturas Fomenko!!!! |
| 86' | Ikkinchi bo‘lim yanada qiziqarli kechmoqda! Ikkala jamoa ketma-ket hujumlar uyushtirishmoqda. Mezbonlar esa imkoniyatlardan unumli foydalanib qolishdi! | |
| 86' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limda kiritilgan gollar: Akmal Xolmatov (72), Arturas Fomenko (81) |
| 85' | O‘yin tugashiga 5 daqiqa qolganida "Lokomotiv" 2:1 hisobida oldinga chiqib oldi! | |
| ' | Hurmatli, futbol ishqibozlari, texnik nosozlik uchun uzr so‘raymiz! Translyasiyamizni davom ettiramiz! | |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi! Hisob hozircha 0:1, "Bunyodkor" foydasiga. |
| 45+1' | Jasur Hasanov tepgan burchak to‘p hech kimga tegmagan holda qarama-qarshi qanotdan maydon tashqarisiga chiqib ketdi | |
| 45+1' | ![]() |
mehmonlar burchak to‘pi ishlashdi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | Kazankov o‘ng qanotda Inomovni oldinga boshladi. Islom esa G‘ofurovni aldab o‘tib jarima maydonchasiga to‘pni uzatdi. U yerda Ibrohimov to‘pni qaytarib yubordi. Kazankovning zarbasini esa Nesterov ushlab oldi | |
| 42' | "Bunyodkor" poizision hujum uyushtirdi. To‘rayevning pasi himoyachilardan o‘tganida Murzoyev darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketardi | |
| 41' | Dilshod Rahmatullayev Tojiyev bilan "devor" o‘ynadi va darvoo‘a tomon zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi | |
| 37' | ![]() |
Karpenkoning pasidan keyin Jasur bor-yo‘g‘i burchak to‘pi ishladi |
| 36' | Hujum ketidan hujumlar. Voqealar rivojini imkon qadar sizga batafsil yetkazishga harakat qilyapmiz | |
| 33' | ![]() |
Endi omad temiryo‘lchilardan yuz o‘girdi. Oganesyan jarima zarbasini to‘ppa-to‘g‘ri jarima maydonchasiga yo‘lladi. U yerda esa maydon egalarining 3 nafar futbolchisi ketma-ket 3 marotaba zarba yo‘lladi. Ulardan biri himoyachilarga, ikkinchisi "Lokomotiv" futbolchisidan biriga tegdi. Uchinchi zarbani esa Nesterov ushlab oldi! |
| 32' | ![]() |
Jora Oganesyan maydon markazida himoyachi Anvar G‘ofurovdan chirosli tarzda qochib ketdi. Anvar esa uning ortidan yetib olib, hujumchini yiqitgani uchun ogohlantirildi |
| 29' | ![]() |
Kamoliddin Murzoyev bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qila olmadi! Shorahmedov o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. To‘p To‘rayevning oyog‘iga biroz tegib, Murzoyevga kelib tushdi. Himoyachilar va Bugalo Lutfullaga chalg‘ishgani bois, darvoza bo‘sh qolgandi. To‘p esa Kamolning oyog‘iga noqulay tegdi va 5-6 metr masofadan darvozaga kirmay, maydon tashqarisiga chiqib ketdi!!! |
| 28' | ![]() |
"Qaldirg‘ochlar" ijrosida yana bir xavfli hujum. Sahob chap qanotda jarima maydonchasiga yorib kirdi va to‘pni Kamoliddin MUrzoyev uzatgan paytda himoyachilar uni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi |
| 27' | ![]() |
"Bunyodkor" hisobni 2:0 yetkazishi mumkin edi! Hasanov to‘pni Kozakka uzatdi. Yan esa jarima maydonchasiga kirib borayotgan Karpenkoni to‘p bilan ta’minladi. Viktorning derli darvozabon bilan birga-bir vaziyatda bergan zarbasi Bugaloning qo‘liga tegib, darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 24' | ![]() |
Kazankov o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi va to‘pni darvozabon maydonchasi tomon uzatdi. Ammo bu uzatma noqulay bo‘lgani uchun unga Tojiyev yeta olmadi |
| 22' | ![]() |
o‘ng qanotdan Akmal Shorahmedov oldingi intildi va to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. To‘p esa MUrzoyevning oyog‘iga kelib tushdiyu, ammo zarba muvaffaqiyatsiz chiqdi va to‘pni BUgalo egallab oldi |
| 20' | Endi o‘ng qanotdan yetkazib berilgan to‘pga Tojiyev zarba berdi. Zarba o‘tkir burchak ostida berilgani uchun noaniq bo‘ldi | |
| 20' | ![]() |
Oldinga o‘tib ketayotgan Rahmatullayevni qo‘pollik bilan to‘xtagani uchun Sahob Jo‘rayev ogohlantirildi |
| 17' | ![]() |
Hasanov chap chanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib bergandi. To‘rayev va Bugalo to‘qnashib ketishdi. Lutfullaga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 17' | Ancha qiziq o‘yin bo‘lmoqda, hurmatli muxlislar! | |
| 16' | ![]() |
Endi esa Xolmatovning zarbasi to‘ppa-to‘g‘ri Ignatiy qo‘liga borib tushdi. |
| 15' | ![]() |
Javlon Ibrohimovning 18 metrdan yo‘llagan kuchli zarbasi avval BUgaloning qo‘liga tegib, keyin darvoza ustuniga tegdi! |
| 13' | ![]() |
Maydon egalarining hujumi xavfli zarba bilan yakunlandi. Chap qanotda Xolmatov to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi va jarima maydonchasi chizig‘i ustida Jora Oganesyan zarba berdi. Biroz noaniq |
| 12' | Burchakdan yetkazib berilgan to‘pga Filiposyan bosh bilan zarba bermoqchi bo‘lganida, BUgalo to‘pni urib yubordi | |
| 12' | ![]() |
Hasanov jarima maydonchasiga uzatgan to‘pi Kazankovga tegib, maydonni tark etdi. BUrchak to‘pi. |
| 10' | ![]() |
Dilshod Rahmatullayev 24 metrdan darvoza tomon zarba berdi. Noaniq |
| 8' | ![]() |
Endi esa Pavel Bugalo o‘z joyini tashlab chiqib, to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi |
| 8' | ![]() |
Burchak to‘pi samarasiz yakunlandi |
| 7' | ![]() |
Endi mezbonlar gol urishlariga bir bahya qoldi. To‘p qanotdan jarima maydonchasiga yetkazib berilgandi, Nesterov uni qo‘lidan chiqarib yubordi. To‘pga esa Tojiyevdan ko‘ra Shorahmedov birinchi bo‘lib yetdi va uni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 6' | ![]() |
"Lokomotiv" maydonning raqib tomonda to‘pni yo‘qotdi va mehmonlar xavfli qarshi hujum uyushtirishdi. Hasanov qanotidan boshlangan hujum Karpenko qanotiga o‘tdi va Viktorning jarima maydonchasiga yetkazib bergan to‘pi Kamoliddin Murzoyevgacha yetib kelmadi. Himoyachilar qaytarib qolishdi |
| 3' | To‘p burchakdan uzatib berildi. To‘pning balandligi u qadar yuqori bo‘lmadi. Darvoza ustuni yonida Viktor Karpenko o‘tirgan holatda bosh bilan ortga o‘tkazvordi. To‘p esa himoyachilar orasidan darvoza kirib ketdi. | |
| 3' | ![]() |
GOOOOOOOOLLL!!! |
| 2' | ![]() |
"Bunyodkor" qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga kirib bormoqchi bo‘lgandi. Burchak to‘pi |
| 1' | Ilk hujumni "Loko" uyushtirishga harakat qildi. Xolmatov chap qanotdan yorib kirdiyu, ammo to‘pni yo‘qotdi | |
| 1' | ![]() |
Ermatov xushtagini chaldi va o‘yin boshlandi! |
| ' | Jamoalar xalqa hosil qilib, o‘yinga ruhan tayyorlanishmoqda. | |
| ' | ![]() |
Diqqat qiling, "Lokomotiv" va "Bunyodkor" jamoalari PFL madhiyasi sadolari ostida stadionga kirib kelishmoqda! |
| ' | Bugungi o‘yin hakamlari: Ravshan Ermatov, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov, Olim To‘ychiboyev. Nazoratchi: Vladimir Shtern (barchasi — Toshkent shahridan) | |
| ' | Jamoalar chigalyoxdi mashqlarini yakunlab, kiyinish xonasiga yo‘l olishdi. Yana birozdan keyin ular yana maydonga qaytishadi | |
| ' | Kompyuter "Lokomotiv" stadionining media-xonasiga o‘rnatilgan. Derbi uchun barcha narsa muhayyo! Ajoyib maydon, futbolbop havo... | |
| ' |
Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! O‘smirlarimiz terma jamoamiz qit’a chempionligini qo‘lga kiritishdi va kecha ularni munosib kutib oldik. Bugun esa yana milliy chempionatimiz o‘yiniga qaytamiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|