Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

23:45. Yevropa chempionlar ligasi, chorak final

Javob uchrashuvi, 9 aprel

BAVARIYa

Manjukich (59)
Myuller (68)
Robben (76)

3 : 1

MANCHESTER YUNAYTED

Evra(57)
JAMOALAR TARKIBI
Noyer, Lam, Dante, Boateng, Alaba, Kroos, Getse, Riberi, Robben, Myuller, Manjukich.   De Xea, Jons, Vidich, Smolling, Evra, Fletcher, Kerrik, Valensiya, Kagava, Runi, Uelbek.

Matn

90+3'
O‘yin tugadi
90'
O‘yinga 3 daqiqa qo‘shib berildi
88'
Valensiya o‘z qanotidan oldinga bordi va to‘pni jarima maydoniga uzatdi, lekin hech kim yo‘q
85'
O‘yin sokinlashdi
84'
Myuller o‘rniga Pisarro tushdi
82'
Adnan Yanuzay Uelbekning o‘rniga maydonga tushdi
79'
Tan olaylik, «Bavariya» yakuniy nuqtani qo‘ydi
77'
Robben xuddi o‘z uslubida to‘pni qanotda egallab oldi va markazga o‘tgan holda zarba berdi. Ajoyib gol.
75'
GOOOOL!!! Robben! 3:1!
74'
Evra Robbenni hujumga o‘tishiga qo‘ymadi va sariq kartochka oldi
72'
Gyotse o‘rniga Rafina tushdi
70'
«Bavariya» hammasini joyiga tushirib qo‘ydi. Bugun qo‘shimcha vaqt bo‘lmaydi
69'
Robben qanotdan oldinga bordi va to‘pni hujumdagi Myullerga tashlab berdi. Tomas osongina hisobni 2:1ga yetkazdi
67'
Gooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooool
63'
«Bavariya» 30 soniyadan keyin javob qaytardi
61'
Gyotse qanptdan oldinga bordi va to‘pni darvoza yaqinidagi Mandjukichga uzatdi. Marioning zarbasidan keyin hisob tenglashdi
60'
Evra qanotdan oldinga bordi va Alabadan qochib ketib ajoyib tarzda hisobni ochdi
59'
Goooooool 1:1. Mandjukich
59'
«MYu» hisobni ochdi. Evraaaaaaaaaaa
58'
Gooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooool
58'
Ohohooo Boateng!!!! Uning 20 metrlardan bergan zarbasi kuchli chiqdi, lekin noaniq
55'
Valensiya «MYu»ning qarshi hujumini rivojlantirdi, to‘pni darvoza yaqiniga uzatdi, lekin Runi to‘pni oldirib qo‘ydi
52'
!! Ux Noyer bilan to‘qnashib ketgan Smolling maydonga quladi
49'
Uelbekning harakatlari natijasida «MYu» burchak to‘pi ishlab oldi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
46'
Birinchi bo‘lim tugadi
45'
O‘yinda 1 daqiqa qo‘shib berildi
43'
Robben yana qanotdan oldinga bordi va to‘pni jarima maydoniga uzatmoqchi edi, Smolling to‘pni qaytardi
40'
!!!!!!!!!!! Evraga qarshi qo‘pol o‘ynashdi, lekin hakam o‘yinni davom ettirishni so‘radi. Unga shifokorlar yordam ko‘rsatishmoqda
37'
Robben yana qanotdan oldinga bordi va to‘pni jarima maydoniga uzatdi. Fil Jons to‘pni qaytardi
35'
Robben jarima maydoniga yaqinlashgan holda to‘pni Myullerga uzatdi. Lekin yana noaniq
33'
«Bavariya»ni bu hisob qoniqtiradi, lekin jamoa durang uchun o‘ynamayotganligi aniq. Nimagadir o‘yin zerikarli bo‘lmoqda
31'
O‘yin biroz sekinlashdi. Mandjukich hujumda juda oddiy vaziyatda to‘pni oldirib qo‘ydi
29'
!!!!!! Bugun futbolchilar juda ko‘p ofsaydda qolishmoqda. Evra qanotdan oldinga borayotganida ofsaydda qoldi
27'
Maydon markazida Vidich Manjukichga qarshi qo‘pol o‘ynadi. Sariq kartochka
25'
Alaba o‘z qanotidan oldinga bordi va to‘pni jarima maydoniga uzatdi, De Xea o‘z o‘rnida
23'
Gyotse ajoyib tarzda himoyachilarni aldab to‘pni Riberiga uzatdi. Frank yana ofsaydda
21'
Takroriy lavhada ko‘rindi. Rostdan ham Valenisya ofsaydda edi
19'
!!!!!!!!!! Qanotdan oldinga borgan Valensiya to‘pni havolatib Runiga tashlab berdi. Hujumchi to‘pni darvozaga yo‘lladi, lekin ofsayd
17'
!!!!!!!!!!! Yana Robben. Bu safar Aryenning zarbasi darvoza tepasidan o‘tib ketdi1
15'
Lam qanotdan oldinga bordi va to‘pni Robbenga uzatdi. Uning zarbasiga aniqlik yetishmadi
13'
«Bavariya» to‘pni ko‘roq nazorat qilmoqda
11'
Runi o‘z jarima maydoni yaqinida to‘pni qabul qilib oldi va oldinga bordi. Qanotdan yaqinlashib zarba bermoqchi edi, lekin o‘xshamadi
9'
«MYu»ning ilk hujumi qanotdan rivojlandi. Valensiya o‘z qanotidan oldinga bordi, lekin to‘pni yo‘qotib qo‘ydi
7'
«Bavariya» burchakda to‘p tepdi, Smolling yaxshi o‘ynadi va xavfni bartaraf etdi
5'
Robben maydon markazida to‘pni qabul qilib oldi va uni Roberiga uzatdi. Frankning to‘p uzatishi noaniq
3'
«MYu» sektorida «King of the Cup» so‘zlari yozilgan.
1'
O‘yin boshlandi
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi va bir-birlarini o‘yin bilan qutlashmoqda.
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishga shay. Eslatib o‘tamiz, bugun 1:1 hisobidagi durang natija qayd etilsa, qo‘shimcha vaqt belgilanadi. Shunda ham g‘olib nomi aniqlanmasa, penaltilar seriyasiga murojaat qilinadi. Unda omadli bo‘lgan jamoa yarim finalga yo‘l oladi. Eslatib o‘tamiz, yarim final juftliklari qur’a tashlash orqali aniqlanadi. Marosim 11 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Sizlarni Yevropa chempionlar ligasi 1/4 finalidan o‘rin olgan «Bavariya» hamda «MYu» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni kuzatishga taklif qilamiz.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.