Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Oliy liga-2014, 5-tur

11 aprel, soat 18:00

BUNYODKOR

Aleksandr Pishur (38)

1 : 1

LOKOMOTIV

Farhod Tojiyev (90)
JAMOALAR TARKIBI
45.To‘rayev
2.Shorahmedov
4.Karimov (S)
5.D.Jo‘rayev
8.Ibrohimov
10.Berdiyev
11.Pishur
15.Inomov
23.S.Jo‘rayev
33.Zoteev
40.Simonenko
  1.Nesterov
4.Yo‘ldoshev
16.Hasanov (kich)
17.Mustafoyev
18.Musayev
20.To‘xtaxo‘jayev
22.Karpenko (S)
23.Nagayev
77.Hasanov (kat)
88.To‘rayev
99.Shevchenko
ZAHIRA
1.Bugalo
7.Rahmatullayev
9.Minori Sato
14.Shodiyev
24.Pardayev
27.Sobirxo‘jayev
30.Asqarov
  84.Jo‘rayev
8.Xolmatov
10.Tojiyev
12.Rahmonov
14.Kojakar
24.Rahimov
30.Jabborov

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat, sog‘ bo‘ling!
90+4'
O‘yin tugadi. Hisob 1:1.
90+4'
O‘yin tugadi. Hisob 1:1.
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Oleg Zoteev ogohlantirildi.
90'
Lutfulla To‘rayev to‘pni balandlatib jarima maydonchasi ostonasida turgan Nagayev uzatdi. Ivan ko‘kragi bilan to‘pni oldida turgan To‘xtaxo‘jayevga to‘g‘rilab berdi. Islom esa chiroyli pas bilan Farhod Tojiyevni darvozabon bilan birga - bir vaziyatga chiqardi va Tojiyevlarning kichigi darvozani ishg‘ol qildi!
89'
Gooooooool!
87'
Karpenko o‘ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga to‘p uzatdi, Nagayev chiroyli harakat bilan gol urmoqchi bo‘ldi ammo To‘rayev to‘pni qaytardi. Aytish kerakki Nagayev to‘g‘ri harakat qildi.
80'
"Loko"ning hujumlari xavfli tus olmoqda, ammo goldan darak yo‘q.
77'
Bahodir Pardayevning xavfli zarbasini Nesterov ushlab oldi.
76'
Kichik Jasur Hasanovning uzoqdan bergan zarbasi noaniq chiqdi.
75'
Fozil Musayev o‘rniga Kojokar tushdi.
74'
"Lokomotiv"ning hisobni tenglashtirishga qilgan barcha urinishlari befoyda bo‘lmoqda.
73'
"Bunyodkor" darvozasi tomon jarima zarbasi. Xavf bartaraf etildi.
70'
Sahob Jo‘rayev o‘rniga Bahodir Pardayev tushdi. Endi "Bunyodkor"da uchta hujumchi!
63'
Shevchenko o‘rniga Farhod Tojiyev tushdi.
64'
Akbar To‘rayev ham xuddi shu ishi uchun ogohlantirildi.
64'
Javlon Ibrohimov hakam bilan
tortishgani uchun ogohlantirildi.
63'
Inomov bu safar o‘z jarima maydoni yaqinidaMustafoyevni yiqitdi. Jarima zarbasi.
60'
Islom Inomov chalqancha zarba beraman deb Mustafoyevga jarohat yetkazdi.
57'
Karpenko jarima maydoni ichiga yuqorilatib bergan to‘pini Nesterov egallab oldi.
53'
Anvar Berdiyev o‘rniga Vohid Shodiyev maydonga tushdi.
52'
Kichik Hasanov ajoyib yurish qilib raqib jarima maydonchasi ichiga kirib keldi va to‘pni Shevchenkoga oshirdi, Shevchenko vaziyatni ko‘kka sovurdi.
49'
Yuzaga kelgan vaziyatda hakam Jasur Hasanov va Akmal Shorahmedovlarni "yarashtirib" qo‘ydi.
45'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
45+1'
Tanaffus.
44'
To‘pni qiyinchilik bilan egallab olgan Nesterov to‘pni sheriklariga uzatishda xatoga yo‘l qo‘ydi: uning qo‘li bilan uzatgan to‘pi to‘g‘ri Sahob Jo‘rayevga kelib tushdi. Jo‘rayev kechiktirmasdan bo‘sh darvozaga to‘pgan to‘pi o‘ta noaniq.
43'
Karpenko ham Zoteevga qarshi qo‘polligi uchun ogohlantirildi.
43'
Katta Hasanovni qo‘li bilan to‘xatib qolgan Shorahmedov sariq kartochka sohibiga aylandi.
42'
"Loko"ning hujumi Jasur Hasanov (kattasi)ning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.
'
O‘ng qanotda Akmal Shorahmedov to‘pni Islom Inomaovga qoldirdi, Islom to‘pni jarima maydoniga havolatib tepdi, hammadan baland sakragan Pishchur boshi bilan zarba berib hisobni ochdi. 1:0.
40'
Gooooooool!
36'
Katta Jasur Hasanov Zoteevni jarohatladi, unga maydon chetida tibbiy yordam ko‘rsatilyapti.
30'
Avvaliga Pishchur, keyin Anvar Berdiyev vaziyatlardan foydalana olmadilar.
30'
"Loko" burchak to‘pi tepdi. To‘p hech kimga tegmay maydonni tark etdi. Kamiga Shevchenko darvozabonga qarshi qo‘pol o‘ynadi.
28'
To‘pni ko‘proq "Loko" nazorat qilmoqda. Karpenko faol.
26'
Xuddi ikkinchi daqiqadagi holat: Tezkor Nagayev jarima maydonchisi ichiga bir himoyachi ta’qibida kirib keldi va o‘ta noaniq zarba berdi.
24'
"Bunyodkor" jarima maydoni yaqinidan jarima to‘pi tepish huquqiga ega bo‘ldi. Zarbani Inomov to‘g‘ri darvoza tomon tepdi. Kuchsiz zarani Nesterov egallab oldi.
22'
Yo‘ldoshev Pishchurni yiqitdi. Jarima zarbasini Anvar Berdiyev bajardi. To‘pni Nesterov qiyinchiliksiz egallab oldi.
21'
Pishchur jarima maydoni ichidadarvozaga noaniq zarba berdi.
19'
Simonenko Nagayevga qarshi qo‘polligi uchun ogohlantirildi.
19'
Yana chap qanotdan Lokoning hujumi!
18'
Burchakdan tepilgan to‘pni Nesterov mushtlari bilan maydon chetiga chiqarib yubordi.
17'
Bunyodkor bursak to‘pini tepmoqda.
16'
Zoteevning zarbasi darvoza ustuniga tegdi!
15'
Tezkor qarshi hujum uyushtirgan Lokomotiv burchak to‘pi ishlab oldi. Burchakdan tepilgan to‘pni To‘rayev ushlab oldi.
12'
O‘ng qanotdan Nagayev jarima maydoni ichida turgan Karpenkoga to‘p oshirishda xato qildi.
11'
Mzbonlarning jarima maydoni ichidan xavfli zarbasini To‘rayev ushlab oldi.
10'
Pishchur Anvar Berdiyevga to‘p uzatdi, Anvar darvozabon bilan birga-bir chiqishi kerak edi agar offsayd bo‘lmaganda...
9'
Asta-sekin "Bunyodkor" ham hjumga o‘tmoqda.
8'
O‘yinning boshida "Loko" biroz bosim o‘tkazgan bo‘lsa, endi o‘yin biroz tenglashdi.
5'
Jasur Hasanovning (kichik) jarima zarasi biroz noaniq bo‘ldi. O‘yinda "Loko" faol.
'
Xayrulla Karimov jarima maydoni yaqinida qoida buzdi. Mehmonlar jarima to‘pi tepadi.
2'
Ivan Nagayev jarima maydonchasi ichida turib darvozaga o‘ta noaniq zarba berdi.
1'
To‘pn "qaldirg‘ochlar" o‘yinga kiritishdi.
1'
O‘yin boshlandi!
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi."Lokomotiv" oq rangda, "Bunyodkor" to‘q ko‘k rangda harakat qiladi. Mehmonlar maydonning chap tomonidan joy olishdi, mezbonlar darvozasi o‘ng tomonda.
'
Jamoalar maydonga chiqishga tayyorgarlik ko‘ryaptilaryu
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Sizlarning O‘zbekiston chempionati 5-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» hamda «Lokomotiv» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni onlayn kuzatishga taklif qilamiz.
«JAR» stadionida O‘zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov haqida videorolik namoyish etildi. Unda Qosimovning futbolchilik faoliyatidagi ajoyib gollari ko‘rsatildi va barchaning olqishiga sabab bo‘ldi.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.