Oliy liga-2014, 5-tur
| 11 aprel, soat 17:30 | ||
NASAFI.Shomurodov (60)
A.Gevorkyan (65-pen.) |
2 : 1 |
NEFTCHIR.Melziddinov (57)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
25.E.Suyunov 4.M.Karimov 5.B.Qorayev 9.I.Shomurodov 10.K.To‘rayev 17.A.Gevorkyan 20.E.Boydullayev 27.I.Yunusov 28.SH.Muhammadiyev 32.H.Karimov 34.F.Sayfiyev |
21.G‘.Hasanov 4.J.Jiyamurodov 5.I.Boboxonov 8.A.Alijonov 11.N.Otaqo‘ziyev 13.A.Kleskov 20.D.Ermatov 24.S.Rahmatov 28.A.Olimov 29.R.Melziddinov 32.J.Mehmonov |
|
| ZAHIRA | ||
|
1.M.Naumov 7.A.Bahriddinov 23.SH.A’zamov 29.U.Dadaboyev 33.O.Hamrobekov 38.D.Narzullayev 41.A.Allaniyazov |
1.S.Qobuljonov 2.M.Fomin 7.A.Onika 9.P.Smolyachenko 15.Z.Abdullayev 22.R.Ahmedov 30.O.Zokirov |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat | |
| ' | Oliy liga, 5-tur. "Nasaf" - "Neftchi" 2:1. Gollar: I.Shomurodov (60), A.Gevorkyan (66-pen) -R.Melziddinov (57). | |
| 90+4' | ![]() |
Uchrashuv yakunlandi! |
| 90+3' | ![]() |
Aleksandr Kleskov ogohlantirildi. |
| 90+3' | ![]() |
Ilhom Shomurodov o‘rniga bugun tug‘ilgan kunini nishonlayotgan yosh yarim himoyachi Doniyor Narzullayev maydonga tushdi. |
| 90+2' | ![]() |
"Neftchi" futbolchisi Farruh Sayfiyev ogohlantirildi. |
| 90+1' | ![]() |
Vuuuuuhhhhh!!! Ro‘zimboy Ahmedovning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. |
| 90' | ![]() |
Uchrashuvning ikkinchi bo‘limiga 3 daqiqa qo‘shib berildi. |
| 87' | ![]() |
"Nasaf" tarkibida ikkinchi o‘zgarish. Kenja To‘rayev o‘rniga Ulug‘bek Dadaboyev maydonga tushdi. |
| 85' | ![]() |
Gevorkyan o‘ng qanotdan oshirib bergan to‘pni Shomurodov boshi bilan darvozaga yo‘lladi. Kleskov darvoza chizig‘i ustidan to‘pni qaytardi |
| 84' | ![]() |
O‘ng qanotdan "Nasaf" jarima maydonchasiga uzatilgan to‘pni Zohid Abdullayev boshi bilan darvozaga yo‘llashga urindi. Noaniq. zarba. |
| 81' | ![]() |
"Nasaf" tarkibida ilk o‘zgarish. Ilhom Yunusov o‘rniga Odil Hamrobeko maydonga tushdi. |
| 80' | ![]() |
Shomurodov jarima maydonchasiga kirib borib, bir himoyachini aldab o‘tib aniq zarba berdi. Hasanov to‘pni egallab oldi. |
| 77' | ![]() |
To‘p uchun kurashda Farruh Sayfiyev kichik jarohat oldi. Shifokorlar unga yordam ko‘rsatishmoqda.. |
| 75' | "Neftchi" tarkibida bir yo‘la uch hujumchi harakat qiladi | |
| 75' | ![]() |
"Neftchi" tarkibida o‘zgarish. Ruslan Melziddinov o‘rniga Zohid Abdullayev maydonga tushdi. |
| 74' | ![]() |
"Neftchi" tarkibida o‘zgarish. Saydulla Rahmatov o‘rniga Ro‘zimboy Ahmedov maydonga tushdi. |
| 71' | ![]() |
Nosir Otaqo‘ziyevning chalqanchasiga bergan zarbasi noaniq ko‘rinish oldi. |
| 69' | ![]() |
"Nasaf"-"Neftchi" uchrashuvini 6360 nafar tomoshabin bevosita stadionda turib tomosha qilmoqda |
| 68' | ![]() |
"Nasaf" yana, yana va yana hujum uyushtirmoqda.... |
| 66' | ![]() |
Gevorkyan to‘pni o‘ng burchakka, darvozabon chap burchakka yo‘l oldi - 2:1 |
| 66' | ![]() |
Gooooollll! Artur Gevorkyan duelda G‘ayrat Hasanovni dog‘da qoldirdi! |
| 65' | ![]() |
Jahongir Jiyamurodov jarima maydonchasi ichida Shuhrat Muhammadiyev nisbatan o‘yin qoidasini buzdi va Ermatov penalti belgiladi |
| 65' | ![]() |
Penalti!!!! |
| 64' | ![]() |
Artur Gevorkyan tomonidan amalga oshirilgan jarima to‘pini G‘ayrat Hasanov ajoyib seyvi orqali bartaraf etdi... |
| 64' | ![]() |
"Nasaf" futbolchilari bor e’tiborni hujumga qaratishmoqda. "Neftchi" davrozasi yaqinida jarima to‘pi. |
| 60' | ![]() |
Artur Gevorkyanning o‘ng qanotdan yerlatib uzatib bergan to‘pni Ilhom Shomurodov deyarli bo‘sh qolgan darvozaga osonlik bilan yo‘lladi. |
| 60' | ![]() |
Gooooolllllll!!!! |
| 58' | ![]() |
"Neftchi" tarkibida o‘zgarish. Aziz Alijonov o‘rniga Otabek Zokirov maydonga tushdi. |
| 57' | ![]() |
Farg‘onaliklar hisobni ochishmoqda!!! Ruslan Melziddinov himoyachi va darvozabon Eldorbek Suyunovni aldab o‘tib, hisobni ochmoqda |
| 57' | ![]() |
Goooooollll!!! |
| 55' | ![]() |
Saydullo Rahmatov chap qanotdan "Nasaf" jarima maydonchasiga kirib bordi va o‘tkir burchak ostida kuchli, biroq noaniq zarba berdi. |
| 53' | ![]() |
Qorayevning chap qanotdan uzatib bergan to‘pini Ilhom Shomurodov bosh bilan darvozaga yo‘llashga urindi. Noaniq. |
| 52' | ![]() |
Muhammadiyev-Gevorkyan-Muhammadiyev kombinasiyasidan keyin Shuhratning o‘tkir burchak ostida yo‘llagan kuchli zarbasini Hasanov egalladi. |
| 51' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limni mezbonlar bosim ostida boshlashdi. |
| 50' | ![]() |
Artur Gevorkyan jarima maydonchasi ichida yiqitildi. Ammo hakam bu yerda qoida buzilmadi deb topdi. |
| 47' | ![]() |
"Nasaf"ning o‘ng qanotdan boshlagan hujumini Kenja To‘rayev chamasi 2-3 metrlardan noaniq zarba berdi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | "Birinchi taymda "Neftchi" Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlariga qarshi ajoyib o‘yin namoyish etganini ta’kidlash joiz", deya yozadi "Neftchi" klubi matbuot xizmati klub rasmiy sayti orqali uyushtirilayotgan onlayn translyasiyada | |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi! |
| 45+2' | ![]() |
Iqbol Boboxonov sariq kartochka oldi |
| 45' | ![]() |
Uchrashuvning birinchi bo‘limiga 3 daqiqa qo‘shib berildi. |
| 40' | ![]() |
"Nasaf" sardori Artur Gevorkyanning uzoq masofadan yo‘llagan aniq zarbasini G‘ayratjon Hasanov egallab oldi. |
| 40' | ![]() |
O‘yin asosan "Neftchi" jarima maydonchasi yaqinida kechmoqda. Mezbonlar hujum ketidan hujumlar uyushtirishmoqda. Hozircha bu urinishlar samarasiz. |
| 39' | ![]() |
Gevorkyan o‘ng qanotdan ajoyib tarzda jarima maydonchasiga kirib bordi. Hasanov oxirgi pallada Arturga imkoniyat bermadi. |
| 39' | ![]() |
Farruh Sayfiyevning chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatgan to‘pini Kenja To‘rayev darvozaga yo‘lladi. Hasanov to‘pni egalladi. |
| 38' | ![]() |
"Neftchi"ning kam sonli hujumlaridan biri. Nosir Otaqo‘ziyev to‘pni ajoyib tarzda to‘xtatib kuchli zarba yo‘lladi. Suyunov to‘pni egalladi |
| 32' | ![]() |
Shuhrat Muhammadiyev o‘ng qanotdan to‘pni "Neftchi" jarima maydonchasiga uzatdi. Farg‘onalik himoyachilar xavfni bartaraf etishdi. |
| 29' | ![]() |
"Nasaf"ning davomli hujumi Kenja To‘rayevning kuchli va aniq zarbasi bilan yakunlandi. G‘ayratjon Hasanov to‘pni egallab oldi. |
| 27' | ![]() |
Mavsumni salbiy boshlgan farg‘onaliklar bugun Qarshidan ochko olib ketishni maqsad qilgan. Tashabbus "Nasaf" tomonida bo‘lsa-da, "Neftchi" futbolchilari raqibdan qolishmaslikka intilimoqda. |
| 23' | Farg‘onaliklar esa qarshi hujum taktikasiga o‘tishdi | |
| 22' | Endi "Nasaf" futbolchilari jonlanishdi. | |
| 15' | ![]() |
Abdulloh Olimovning chamasi 25 metrlar uzoqlidan yo‘llagan zarbasini yana Suyunov egallab oldi. "Neftchi" futbolchilari ham jonlanishdi. |
| 13' | ![]() |
"Neftchi" hujumchisi Nosir Otaqo‘ziyev tomonidan bosh bilan berilgan zarbani Suyunov ikkinchi urinishda darvoza chizig‘i ustidan qaytardi! |
| 11' | ![]() |
Aziz Alijonov tomonidan yo‘llangan jarima zarbasini Eldorbek Suyunov ishonch bilan egallab oldi. Zarba havfli chiqqandi. |
| 9' | ![]() |
Kenja To‘rayevning o‘ng qanotdan uzatgan to‘pini Ilhom Shomurodov yerlatib darvozaga yo‘lladi. Noaniq. |
| 7' | ![]() |
O‘yinda ustunlik mezbonlar tomonida. Hozircha golga tortadigan vaziyatlar yo‘q. |
| 3' | ![]() |
"Neftchi"ning ilk hukjumi chap qanotdan tashkil etildi. Saydullo Rahmatovning zarbasi ancha noaniq chiqdi. |
| 2' | ![]() |
Ruslan Melziddinov Gevorkyanga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi va ogohlantirildi. |
| 1' | Mezbonlar ko‘k, mehmonlar oq rangli liboslarda harakat qilishadi. | |
| 1' | ![]() |
UCHRASHUV BOSHLANDI! |
| ' | Bugungi matnli translyasiyamiz davomida "Nasaf" klubining TVitterdagi sahifasi https://twitter.com/fcnasaf ma’lumotlaridan ham foydalanamiz | |
| ' | Jamoalar PFL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelishdi... | |
| ' | "Nasaf"-"Neftchi" uchrashuvini FIFA referesi Ravshan Ermatov boshqarib boradi. | |
| ' | Qarshi shahridagi "Markaziy" stadionida bo‘lib o‘tadigan "Nasaf" va Neftchi" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan tashkil etayotgan onlayn translyasimizni kuzatib borishni taklif etamiz | |
| ' | ![]() |
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|