Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Hamdo‘stlik kubogi-2013

7-o‘rin uchun bahs. 13:00

O‘ZBEKISTON

V.Kozak (54)
A.Maxstaliyev (68)

2 : 0

TOJIKISTON

JAMOALAR TARKIBI
1. Asilbek Amanov
2. Tohirjon Shamsiddinov
4. Boburbek Yo‘ldoshev
5. Maksimilyan Fomin
6. Abbosbek Maxstaliyev
7. Vladimir Kozak (S)
9. Jahongir Abdumo‘minov
10. Jamshid Iskanderov
15. Timur Hakimov
17. Igor Sergeev
23. Jaloliddin Saidov
  Saidjon Saidrahmonov
Ruslan Tilloyev
Naim O‘lmasov
Siyovush Asrorov
Sergey Abramov
Nuriddin Davronov (S)
Jamoliddin Zardiyev
Rasul Payzov
Axtam Nazarov
Navruz Rustamov
Shodibek G‘afforov

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
'
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Tojikistonni 2:0 hisobida mag‘lub etdi va Hamdo‘stlik kubogi-2013da 7-o‘rinni oldi.
90+3'
O‘YIN TUGADI!
90+2'
Zaxiradan maydonga tushgan Fardavs Qurbonov jdarima zarbasidan keyin darvoza ustunini nishonga oldi!
90+1'
Temur Hakimov ofsaydda qolib ketdi
90'
Avvaliga Olimovning, keyin esa Fominning zarbasi aniq chiqmadi
90'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa kompensasiya vaqti qo‘shib berildi
88'
Tojikiston murabbiyi ham darvozabonni almashtirdi. Saidrahmonov o‘rniga Emomali Soniyev tushdi.
87'
Abbos Maxstaliyev ham maydonni tark etdi. Abdulloh Olimov o‘yinni davom ettiradi
86'
Terma jamoamiz uchinchi golni kiritgandi. Ammo Kozak ofsaydda qolgan deb topildi!
85'
Shuningdek, tojiklarda ham o‘zgarish: Payzov o‘rniga Pavel Kalugin tushdi
84'
Musayev yana bir o‘zgartirishni amalga oshirdi. Jamshid Iskandarov maydonni tark etdi.
80'
Terma jamoamizda yana bir o‘zgarish: Igor Sergeev o‘rniga Ixtiyor Toshpo‘latov maydonda tushdi
78'
O‘zbekistonda ham navbatdagi o‘zgarish: Temur Hakimov o‘rniga Abdul Aziz Yusupov tushdi.
77'
Raqiblarda yana bir o‘zgarish: Jamoliddin Zardiyev o‘rniga Shamsiddin Qosimov maydonga tushdi
76'
Sergeevning zarbasi biroz aniqlik yetishmadi
76'
Bir kishi kam bo‘lib o‘ynayotgan va hisobda ortda borayotgan tojiklar deyarli hujum qilishmayapti
75'
Tojikistonda yana bir o‘zgarish: Shodibek G‘afforov o‘rniga Firdavs Qurbonov tushirildi.
71'
Omonov o‘rniga o‘smirlar o‘rtasidagi JChda ishtirok etgan G‘anisher Xolmurodov tushganini ta’kidlab o‘tamiz
70'
Ikkinchi gol bilan yakunlangan kombinasiya: Saidrahmonov hujumchimiz Sergeevning zarbasini qaytardi, ammo to‘pga birinchi bo‘lib yetib kelgan Maxstaliyev to‘pni darvoza to‘riga yo‘lladi.
69'
Darvozabonimiz Asilbek Omonov almashtirildi. Uning o‘rniga zaxira darvozaboni tushirildi
68'
Abbosbek Maxstaliyev nihoyat turnirdagi ilk golini urishga muvaffaq bo‘ldi!
68'
G-O-O-O-O-O-O-OO-O-OO-O-OL-LL-L-L-L!!! 2:0!
66'
Jahongir Abdumo‘minov maydonni tark etdi, uning o‘rniga Muhsinjon Ubaydullayev maydonga tushirildi
65'
Jahongir Abdumo‘minov sariq kartochka oldi.
63'
Ruslan Tilloyev maydondan chetlashtirildi! Tojikiston maydonda bir kishi kam bo‘lib qoldi
63'
Terma jamoamiz ikkinchi golni raqib darvozasiga kiritgandi. Ammo qanot hakami o‘yindan tashqari holatni qayd etdi!
62'
Siyovush Asrorov ogohlantirish oldi
58'
Abbosbekning zarbasini Saidrahmonov bartaraf etdi
58'
Shuningdek, Iskandarov va Sergeev hisoblarida ha 2tadan gol bor
58'
Darvoqe, Kozak musobaqadagi o‘zining ikkinchi golini kiritdi. Birinchi golni u Rossiya darvozasiga urgandi.
56'
Goldan ruhlangan vakillarimiz hujumkorlikni yanada oshirmoqda. Abdumo‘minovning zarbasi biroz noaniq bo‘ldi
56'
Gol bo‘lishidan avval jamoamiz yana bir marta darvoza to‘sinini nishonga olgandi. Iskandarov burchakdan to‘pni yetkazib berdi, Fomin esa bosh bilan zarba berdi. Goldan raqiblarni darvoza to‘sini qutqarib qoldi
55'
Igor Sergeev chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Vladimir Kozak esa uni darvozaga aniq yo‘lladi
54'
Gol muallifi - Vladimir Kozak!
54'
GGO-O-O-OO-O-OO-O-O-O-O-O-LLLLL!!!!
52'
Tojikistonda yana bir o‘zgarish: Ogohlantirish olgan Sergey Abramov o‘rniga Furug Qodirov tushirildi
51'
Raqiblarimiz burchak to‘pini amalga oshirishdi.
48'
Tojikistonning hujumi. Ergashev tomonidan uzatilgan to‘pni Axtam Nazarov egallab oldi. Himoyachilarimiz o‘z vaqtida uni yopishga ulgurishdi
47'
To‘p o‘ng qanotga yetkazilayotganda Maxstaliyev ofsaydda qolgan deb e’tirof etildi
47'
O‘zbekiston tarkibida esa o‘yinchi almashtirilmadi
46'
Tojikiston terma jamoasida bitta futbolchi almashtirildi. Navro‘z Rustamov o‘rniga Jahongir Ergashev harakat qila boshladi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Vakillarimiz to‘pni markazdan o‘yinga kiritib berishdi!
'
Eslatib o‘tamiz, bugungi o‘yinning asosiy vaqtida durang natija qayd etilsa, qo‘shimcha bo‘limlar belgilanmaydi. Jamoalar darhol penaltilar seriyasida o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi. Omadni penaltilar seriyasiga qoldirmasdan, ikkinchi bo‘limda o‘yin taqdirini hal qilishimiz lozim!
'
Hisob ochilmadi. Yana 10 daqiqadan keyin translyasiyamizni davom ettiramiz
45+1'
Hakam o‘yinni yakunlashdan avval esa Abbosbek Maxstaliyevning zarbasi Sergey Abramovning qo‘liga tekkandi. Ammo hakam penalti belgilashga qaror qilmadi.
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha 0:0.
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
43'
Abbos to‘pni Abdumo‘minovga qulay tarzda yetkazib berdi. Jahongirning zarbasini Saidrahmonov egallab oldi.
42'
Maxstaliyev o‘ng qanotdan to‘pni qulay tarzda jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Kozak esa 10 metrlar masofadan darvoza tomon noaniq zarba yo‘lladi
40'
Eh, qanchadan-qancha imkoniyatlar qo‘ldan chiqarilmoqda...
39'
Igor Sergeev yana bir imkoniyatdan foydalana olmadi! U raqib posboni bilan birga-birga vaziyatga chiqib borib, to‘pni uning ustidan oshirib darvozaga yo‘llamoqchi bo‘ldi. Afsuski, to‘p darvoza to‘siniga tegdi!
39'
Jamshid Iskandarov burchak to‘pini amalga oshirganidan keyin Boburbek Yo‘ldoshev bosh bilan zarba berdi. Noaniq.
37'
Tashabbus yana Ahmadjon Musayev shogirdlari tomoniga o‘tdi. Ular asosan qanotlardan hujum uyushtirishib, to‘pni Sergeev tomon utkazishga urinishmoqda.
36'
Jamoalar o‘yin tempini biroz tushirishdi. Ko‘plab follar ishlatilmoqda
33'
Tojikistonliklarning navbatdagi hujumi ofsaydda tufayli uzilib qoldi
31'
Uhhhh! Endi Shodibek G‘afforov terma jamoamizni kechirdi! U himoyachilarimizdan qochib ketdi, o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Baxtimizga to‘p darvoza ustuniga tegdi!
29'
Maksimiyan Fomin ogohlantirish oldi. Bu uning musobaqadagi ikkinchi sariq kartochkasi. Turnirda esa boshqa o‘yin yo‘q
27'
Yana himoyachining xatosidan foydalangan Sergeev darvoza tomon zarba berdi. Darvozabon Saidrahmonov jamoasini goldan qutqarib qoldi.
26'
Bu hujum paytida Asilbek Omonov ishonchsiz harakat qilganini ta’kidlash lozim. Yaxshiyamki, Shodibekning parashyut uslubidagi zarbasi noaniq chiqdi.
26'
Tojikistonliklarning kam sonli hujumlaridan biri G‘afforovning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.
25'
Vladimir Kozak ofsaydda qoldi
24'
Sergey Abramov yarim himoyachimiz - Abbos Maxstaliyevni chalib yiqitgani uchun ogohlantirish oldi.
23'
Ustunlik to‘la-to‘kis O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi tomonida! "Golning xidi kelyapti", deyilarmidi...
22'
Jaloliddin Saidov hujumga qo‘shildi. Yuqoridan kelgan to‘p uchun kurashda himoyachidan ustun kelgandi, ammo zarbaga aniqlik yetishmadi.
19'
Igor Sergeev bosh bilan xavfli zarba yo‘llagandi. Ammo laynsmen bayroqchasini ko‘tarib turgandi. Ofsayd!
18'
Vladimir Kozakning 30 metrlardan yo‘llagan zarbasi darvoza to‘sini ustidan ozgina balanddan o‘tib ketdi.
16'
Eh, terma jamoamiz raqibning qo‘pol xatosidan foydalana olishmadi! Tojikistonlik himoyachi Siyovush Asrorov to‘pni Vladimir Kozakka oldirib qo‘ydi. Sardorimizning zarbasi esa darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi.
14'
Shodibek G‘afforov to‘pni jarima maydonchasiga uzatayotganda to‘p Boburbek Yo‘ldoshevning qo‘liga tegib ketdi. Penalti yo‘q. Himoyachimiz to‘pga ataylab o‘ynamadi.
13'
Igor Sereev ofsaydda qoldi
13'
Temur Hakimov darvoza ustunini nishonga oldi! U himoyachilardan qoib ketib, yaqin masofadan bergan zarbasidan so‘ng darvoza ustuni tojiklarni goldan qutqarib qoldi. Hisob ochilishiga bir bahya qoldi!!!
12'
Abdumo‘minovning olisdan yo‘llagan zarbasi noaniq ketdi.
11'
Tojikistonliklar burchak to‘pini amalga oshirishdi. Xavf bartaraf etildi
11'
Darvoqe, "Peterburgskiy" sport majmuasiga har ikkala terma jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘plab muxlislar tashrif buyurishgan. Tribunada ham ikki tomonning o‘zaro bahsi avj olmoqda.
9'
Tojikistonlik hujumchi Rustamov ofsaydda qolib ketdi.
9'
Fominning zarbasi aniq chiqdiyu, ammo uni darvozabon egallab oldi.
7'
Abbosning uzoq masofadan darvoza tomon bergan zarbasi noaniq chiqdi.
6'
Maxstaliyev burchak to‘pini amalga oshirdi. Samarasiz
6'
Igor Sergeev faollik ko‘rsatmoqda. U darvozabon bilan birga-bir chiqib borishi mumkin bo‘lgan vaziyatda himoyachilar to‘pni qaytarib qolishga ulgurishdi.
5'
Tomonlar maydon markazi uchun kurash olib borishmoqda. Terma jamoamiz tashabbusni qo‘lga olishga intilmoqda.
2'
Terma jamoamiz darhol javob qaytardi. Jamshid Iskandarov hujum tomon to‘pni yetkazdi. Sergeevning bosh bilan bergan zarbasi darvozasi to‘sini ustidan o‘tib ketdi.
2'
Birinchi hujumni tojikistonliklar uyushtirishdi. Navro‘z Rustamov sherigining uzatmasidan keyin darvoza tomon zarba yo‘lladi. Noaniq.
1'
O‘yinni Tojikiston yoshlar terma jamoasi boshlab berdi.
1'
O‘yin boshlandi!
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi, ikki mamlakat madhiyalari yangraydi.
'
O‘zbekiston terma jamoasida esa yo‘qotish yo‘q. Ahmadjon Musayev musobaqa davomida maydonga tushirib kelayotgan tarkib bilan taqqoslaganimizda, bugun tarkibda 2ta o‘zgarish bor. Markaziy himoyada o‘ynab kelayotgan Muhsinjon Ubaydullayev o‘rnida Jaloliddin Saidov harakat qiladi. Shuningdek, Temur Hakimov chap qanotda o‘ynasa, Igor Sergeev o‘tkir hujumchi vazifasini bajaradi. Abdul Aziz Yusupov zaxirada qolgan.
'
Moldova bilan sariq kartochka olgan Tojikiston yoshlar terma jamoasining markaziy himoyachisi Alisher Sharipov bugungi o‘yinda maydonga tusha olmaydi. Uning ogohlantirishlari ikkitaga yetdi.
'
Tarkiblar bilan yuqorida tanishib oldingiz. Bugungi o‘yinni har doimgidek rossiyalik hakamlar boshqarib borishadi. Ular: Vladimir Seldyakov, Aleksey Kroxin, Aleksandr Shimarigin. Zaxiradagi hakam - German Kravchenko. Nazoratchi: Yuriy Bezborodov.
'
Bugun Hamdo‘stlik kubogi-2013dagi so‘nggi - oltinchi o‘yinimiz. Albatta, musobaqani g‘alaba bilan yakunlashimiz shart
'
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI!
'
O‘tkazib yubormang!
'
Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlaymiz!
'
O‘zbekiston va Tojikiston terma jamoalari o‘rtasidagi 7-o‘rin uchun bahs ushbu sahifada matnli onlayn translyasiya qilinadi.
'
Bugun 4ta final bahslari bo‘lib o‘tadi. 7-o‘rin uchun, 5-o‘rin uchun, 3-o‘rin uchun "finallar" va FINAL bahsi
'
Bugun Hamdo‘stlik kubogi-2013da musobaqaning so‘nggi kuni
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.