Dubai Match World Cup 2012
| Uchrashuv nihoyasiga yetdi | ||
O‘zbekiston o.t.j.K.To‘rayev (15)
|
1 : 0 |
«Rostov» (Rossiya) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
12. Quvvatov 2. Ismatullayev 3. Hojiakbarov 4. Mustafoyev 7. Qilichev 9. To‘rayev 11. Abduxoliqov 13. Zoteev 14. Pirimov 20. To‘xtaxo‘jayev 23. Musayev |
21. Pletikosa 16. Kruglov 12. Kolodin 3. Salata 28. Smolnikov 7. Elson 6. Aumada 11. Chesnauskis 2. Kalachev 17. Gaskan 19. Brakamonte |
|
| ZAHIRA | ||
|
1. To‘rayev 6. Rahmatullayev 8. Karimov 10. Nagayev 15. Hoshimov 16. Hasanov 17. Mehmonov 19. Omonov 22. Ibrohimov |
30. Pesyakov 15. Mironik 18. Papadopulos 8. Dyakov 14. Poloz 20. Petrov 25. Yemelyanov 27. Vasilyev |
|
Matn
| ' | ![]() |
G‘ALABA BILAN TABRIKLAYMIZ! Terma jamoamiz bugun g‘alaba loyiq o‘yin ko‘rsatishdi! Gap bo‘lishi mumkin emas! Yigitlarga rahmat! |
| 95' | ![]() |
Nihoyat o‘yin tugadi! O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Match World Cup Dubai-2012 turnirining finalida! Raqibimiz — "Zenit"! |
| 95' | ![]() |
O‘yinga qo‘shib berilgan 4 daqiqa tugaganiga 40 soniya bo‘ldi... |
| 94' | Yana 20 soniya... | |
| 94' | ![]() |
Fozil Musayev maydonni tark etmoqda. O‘rniga Davron Hoshimov tushdi |
| 93' | ![]() |
Rossiyalik hujumchi ofsaydda qolib ketdi |
| 92' | Terma jamoamiz yaxshi himoyalanmoqda | |
| 91' | ![]() |
Ivan Nagayev juda qulay vaziyatdan to‘pni darvozaga yo‘llay olmadi! |
| 91' | ![]() |
4 daqiqa qo‘shib berdi |
| 90' | O‘yinning eng so‘nggi daqiqasi yakunlanmoqda. Ko‘ramiz, hakam ikkinchi bo‘limga necha daqiqa qo‘shib berarkan | |
| 89' | Salim Mustafoyev to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Samarqandlik futbolchi bugun ancha ter to‘kdi | |
| 88' | ![]() |
Rossiyaliklarning shturmlari bartaraf etilib turilibdi |
| 86' | ![]() |
Oleg Zoteev maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Javlon Ibrohimov tushirildi |
| 86' | ![]() |
Salim Mustafoyev ogohlantirish oldi |
| 85' | ![]() |
Zoteevni chalib yiqitishdi |
| 84' | Vakillarimiz bir kishi kam bo‘lib o‘ynayotganlari deyarli bilinmayapti | |
| 83' | ![]() |
Akbar Ismatullayev jarohat olgan ko‘rinadi |
| 82' | ![]() |
"Rostov"ning xavfli hujumi! Baxtimizga jarima maydonchasi ichidan berilgan zarba noaniq chiqdi! |
| 79' | ![]() |
Rahmatullayev raqibiga nisbatan xavfli o‘ynadi |
| 79' | ![]() |
Rahmatullayev raqibiga nisbatan xavfli o‘ynadi |
| 78' | ![]() |
Musayev burchak to‘pi ishladi! Olimpiyalarimiz hujum qilishmoqda! |
| 77' | Fozil Musayev to‘pni qanotda ochilayotgan Zoteevga aniq yetkaza olmadi. | |
| 76' | Ko‘z tegmasin, o‘yin yakuniga yaqinlashayotgan bo‘lsada, terma jamoamizda hali kuch borligi sezilmoqda. | |
| 74' | ![]() |
Ivan Nagayev maydonga tushdi. Temurxo‘ja Abduxoliqov o‘rniga! |
| 72' | ![]() |
Terma jamoamiz hujum uyushtirishdi. Jasur Hasanov o‘ng qanotda bir himoyachidan chiroyli tarzda o‘tib ketib, jarima maydonchasiga kirib bordi va to‘pni sheriklariga uzatayotgan paytda, to‘p o‘yinchining qo‘liga tegdi. So‘ngra uni darvozabon ushlab oldi. Penalti yo‘q! |
| 70' | ![]() |
"Rostov"da: Elson o‘rniga Mironik maydonga tushdi |
| 69' | Chetlatish terma jamoamizning o‘yiniga ozgina putur yetkazdi. Endi o‘zbekistonliklar asosan himoyalanishmoqda. | |
| 68' | ![]() |
"Rostov" burchak to‘pi ishladi |
| 67' | Vakillarimiz to‘pni bexudaga yo‘qotmaslikka intilishmoqda. "Rostov" esa pressing qo‘llamoqda. | |
| 66' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshida Bobur Omonov maydonga tushirilgan ekan. Adashmasak, Islom To‘xtaxo‘jayev o‘rniga |
| 65' | ![]() |
Jasur HAsanovga nisbatan fol ishlatildi |
| 64' | Jarima zarbasi jonli devorga tegdi va uni himoyachilarimiz jarima maydonchasidan uzoqlashtirishdi | |
| 63' | Jarima zarbasi L6 zonasidan beriladi | |
| 62' | ![]() |
Akbar To‘rayev maydonga tushmoqda. Kenja To‘rayev esa maydonni tark etmoqda. |
| 62' | Darvozagacha 17 metrdan jarima zarbasi! | |
| 60' | ![]() |
Sanjar Quvvatov maydondan chetlatildi! U hujumchi bilan birga bir vaziyatda darvozaga yo‘llangan to‘pni maydon tashqarisida qo‘li bilan qaytarib qoldi! |
| 58' | ![]() |
To‘p maydon markazi atrofida harakatlanmoqda. JAmoalar hali charchashmagan — pressingni to‘xtatishmayapti |
| 57' | ![]() |
Yigitlar himoyada to‘pni yo‘qotib qo‘yib, o‘zlariga muammo keltirishlariga oz qoldi |
| 56' | ![]() |
Dilshod Rahmatullayev maydonga tushmoqda. Oybek Qilichev o‘rniga |
| 55' | ![]() |
O‘ng qanotda futbolchilarimiz bir-birlarini tushunmaganliklari uchun hujum uzilib qoldi |
| 54' | ![]() |
Endi maydon markazida Qilichevga nisbatan fol ishlatildi. |
| 53' | ![]() |
Rossiyaliklar ancha jonlanib qolishdi. Ularning hujumlari xavfliroq tus olmoqda. Terma jamoamiz himoyaga yotib olmoqchi emas |
| 51' | ![]() |
Oybek Qilichev maydon markazida raqibini chalib yiqitib, tezkor qarshi hujumni oldini olgani uchun hakam tomonidan so‘nggi marta ogohlantirildi. Oybekda 1ta "sariq" bor! |
| 50' | ![]() |
Ruslar jarima to‘pini tepishgandi. Burchak to‘pi. XAvf bartaraf etildi |
| 49' | ![]() |
Terma jamoamiz o‘z jarima maydonchalari yaqinida to‘pni raqibga oldirib qo‘yishdi. Yemelyanovning bergan zarbasini Quvvatov oyoqlari bilan qaytarib yubordi. |
| 48' | Abramov shogirdlari pressing ishlatib, raqibga o‘z o‘yinini qilishga imkon berishmayapti | |
| 46' | ![]() |
Oleg Zoteev boshidan jarohat olgan ko‘rinadi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi taym boshlandi. "Rostov" murabbiyi 6ta o‘yinchini almashtirdi. |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi! |
| 46' | ![]() |
CHEsnauskasning zarbasi esa Quvvatov qo‘riqlayotgan darvozaning ustuniga tegdi! |
| 46' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Past bo‘yli Kenja To‘rayevning baland sakrab bosh bilan bergan zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytdi! Pasni Zoteev bergandi! |
| 45' | ![]() |
Chesnauskas offsaydda qoldi |
| 44' | ![]() |
Raqibining shortigidan tortgani uchun Oybek Qilichev ogohlantirildi |
| 43' | ![]() |
Salim Mustafoyev himoyachilardan o‘tib ketgan holda to‘p bilan jarima maydonchasiga kirib bordiyu, ammo na darvozaga zarba berdi va aniq pas... |
| 42' | ![]() |
Qilichev to‘pni o‘yinga kiritdi va to‘p hamon futbolchilarimizda |
| 42' | ![]() |
Bu orada esa jamoamiz ikkinchi marta burchakni to‘pini o‘yinga kiritishadi |
| 41' | ![]() |
Yigitlarimiz himoyachilardan to‘pni olib qo‘yib 3ta futbolchiga qarshi 4ta bo‘lib chiqib borishgandi, ammo vaziyatdan foydalana olishmadi |
| 39' | ![]() |
Terma jamoamiz hujum uyushtirgandi. Pirimov to‘pni jarima maydonchasiga aniq yetkaza olmadi |
| 36' | "Rostov"ning darvoza tomon bergan 2ta zarbasi himoyachilarimiz tomonidan qaytarildi | |
| 34' | ![]() |
Terma jamoamiz burchak to‘pi tepmoqda |
| 33' | O‘zbekiston oq, "Rostov" sariq futbolka, ko‘k shortikda o‘ynayotganini aytib o‘tishimiz mumkin | |
| 31' | ![]() |
Rossiyaliklarning javob hujumi ham xavfli bo‘ldi. Jarima maydonchasi ichidan berilgan zarbani QUvvatov egallab oldi |
| 30' | ![]() |
Terma jamoamiz to‘pni yaxshi nazorat qilishmoqda. Qilichevning 25 metrdan yo‘llagan kuchli zarbasi to‘ppa-to‘g‘ri darvozbonning qo‘liga kelib tushdi |
| 29' | ![]() |
Terma jamoamiz xavfli qarshi hujum uyushtirishdi. Zoteevning o‘tkir burchak ostidan bergan zarbasi ozgina noaniq chiqd. |
| 26' | ![]() |
Zohir Pirimov hujum chizig‘ida himoyachiga nisbatan fol ishlatdi |
| 25' | ![]() |
Kalachev amalga oshirgan jarima zarbasini himoyachilarimiz bartaraf etishdi |
| 25' | ![]() |
Abduqahhor Hojiakbarovga sariq kartochka ko‘rsatildi. Chesnauskasni ortidan chalgani uchun |
| 24' | ![]() |
Uzoqdan jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni Sanjar avval qo‘lidan chiqarib yuborib, keyin ushlab oldi |
| 22' | ![]() |
Chesnauskas burchakka yaqin joydan darvoza tomon kuchli zarba yo‘lladi. Quvvatov mushtlari bilan uni zo‘rg‘a maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. |
| 21' | ![]() |
Oybek Qilichev jarima zarbasini to‘g‘ri jarima maydonchasi tomon tepdi. To‘p hech kimga tegmasdan, maydon tashqarisiga ravona bo‘ldi |
| 20' | ![]() |
"Rostov" sardori Elson ogohlantirildi. Pirimovga nisbatan qo‘pollik va hujumni buzib qo‘ygani uchun |
| 17' | ![]() |
Vakillarimiz tashabbusni qo‘lga olishga harakat qilishmoqda. |
| 15' | Salim Mustafoyev to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. To‘p himoyachilardan o‘tib, o‘ng qanotdagi Zohir Pirimovga yetib keldi. "Olmaliq" futbolchisi to‘pni To‘rayevga yetkazdi. Kenjaning kuchli zarbasini darvozabon bartaraf eta olmadi! | |
| 14' | ![]() |
GOOOLLLLLLLLLLLLL!!!! |
| 12' | ![]() |
O‘yin asosan maydon markazida kechmoqda. Hech bir jamoa to‘pni uzoq vaqt nazorat qila olmayapti |
| 10' | ![]() |
Brakamontening bosh bilan zarbasi muvafaqiyatsiz chiqdi |
| 9' | Zohir Pirimovning zarbasi o‘ta noaniq chiqdi | |
| 8' | Abduxoliqovning ustiga sakrab chiqib ketgani uchun darvozagacha 25 metrlardan jarima to‘pi belgilandi (K6 zona) | |
| 6' | ![]() |
Kalachev ofsayd qolib ketdi |
| 4' | ![]() |
"Rostov"ning ikkinchi hujumi ham darvozamiz tomon zarba berish bilan yakunlandi. O‘tkir burchak ostidan. Quvvatov hushyorlikni yo‘qotmagan |
| 3' | ![]() |
Jarima to‘pini darvozabon ushlab oldi |
| 3' | ![]() |
Vakillarimiz chap qanotdan hujum uyushtirishga urinishmoqda. Zoteevga nisbatan qo‘pollik ishlatildi. Jarima zarbasi |
| 1' | ![]() |
Rossiyaliklarning ilk xavfli hujumi Brakomentening bosh bilan zarbasi ila yakun topdi! Yaxshiyam to‘p QUvvatovning qo‘liga kelib tushdi! |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! "Rostov" boshlab berdi |
| ' | ![]() |
Stadionda Aziz Haydarov o‘tiribdi! |
| ' | O‘zbekiston va "Rostov" o‘rtasidagi bahs boshlanish arafasida. | |
| ' | Qish chillasi bo‘lishiga qaramay, o‘zbek klublari ishtirokidagi qaynoq o‘yinlarni kuzatishda davom etamiz. | |
| ' | ASSALOMU ALAYKUM, HURMATLI FUTBOL MUXLISLARI! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|