23:45. Yevropa chempionlar ligasi, Yarim final
| Dastlabki uchrashuv. 22 aprel, soat 23:45 | ||
ATLETIKO MADRID |
0 : 0 |
CHELSI |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Tibo Kurtua 23.Miranda 3.Luis Filipe 2.Diyego Godin 14.Gabi 20.Xuanfran 4.Mario Suares 8.Raul Garsiya 6.Koke 21.Diyego 19.Diyego Kosta |
1.Petr Chex 26.Jon Terri 24.Geri Kexill 4.David Luis 28.Aspilikueta 3.Eshli Koul 8.Lempard 12.Obi Mikel 22.Villian 7.Ramires 9.Torres |
|
| ZAHIRA | ||
|
1.Aransubiya 12.Alderveyreld 11.Rodriges 5.Tyagu 24.Xose Sosa 10.Arda Turan 9.David Vilya |
23.Shvarser 27.Natan Ake 33.Tomash Kalas 11.Oskar 16.Van Ginkel 14.Andre Shyurrle 19.Demba Ba |
|
Matn
| 90+5' | ![]() |
O‘yin tugadi |
| 90+4' | ![]() |
Villian o‘rniga Demba Ba tushdi |
| 90+3' | ![]() |
Diyegu Kostaga jarima maydoni ichida zarba berish imkonini qoldirishdi, uning bosh bilan bergan zarbasini darvozabon qaytardi |
| 90+1' | ![]() |
O‘yinga 5 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
David Luisning zarbasi ozgina noaniq |
| 89' | ![]() |
Uxxxx Torresni jarima maydoni ustida yiqitishdi. Fantastik imkoniyat |
| 88' | ![]() |
!!!!!! Kostaning zarbasini Kexill qaytardi |
| 87' | ![]() |
Raul Garsiya o‘rniga David Vilya tushdi |
| 85' | ![]() |
Yana to‘p havolatib uzatilmoqda. Garsiya to‘pga bosh bilan zarba berdi, noaniq |
| 83' | ![]() |
«Chelsi»ning kam sonli hujumlaridan biri. Villian qanotdan oldinga bordi, lekin Xuanfran undan to‘pni olib qo‘ydi |
| 81' | ![]() |
Mario Suares o‘rniga Xose Manuel Sosa tushdi |
| 80' | ![]() |
!!!!!!!!!! «Chelsi» himoya markazida bo‘sh o‘ynamoqda. Ardaning zarbasi noaniq |
| 80' | ![]() |
!!!!!!! Xuanfran to‘pni qanotdan jarima maydoniga uzatdi, Aspining to‘pga bo‘yi yetmadi va Garsiya imkoniyatga ega bo‘ldi, lekin uning zarbasi noaniq bo‘ldi |
| 78' | ![]() |
Gabining jarimadan berilgan zarbasini Shvatrser qaytardi |
| 76' | ![]() |
Gabi hamda Mikelga sariq kartochka tortishganlari uchun. Gabi keyingi o‘yinda o‘ynamaydi |
| 75' | ![]() |
Jarima maydiniga yaqin joyda Lempard to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi va kichik janjal sodir bo‘lmoqda |
| 74' | ![]() |
David Luis himoyaga qaytdi, uning o‘rinini Shyurle egalladi |
| 73' | ![]() |
Jon Terrining o‘rniga Andre Shyurle tushdi |
| 72' | ![]() |
Bugun «Chelsi»ga juda qiyin bo‘lmoqda. Ikkita yetakchining jarohati... |
| 70' | ![]() |
!!! Jon Terri jarohat oldi. U o‘yinni davom ettira olmaydi |
| 68' | ![]() |
«Atletiko» burchakdan to‘p tepdi, Kosta Terriga qarshi qo‘pol o‘ynadi, fol |
| 66' | ![]() |
!!! Shvarser hayajonlanmoqda. Bu galgi to‘p uzatishidan keyin u to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi, Obi Mikel ajoyib harakati bilan hujumni to‘xtatdi |
| 64' | ![]() |
Kokening uzatgan to‘pini Terri qaytardi |
| 62' | ![]() |
Jarima maydoni yaqinida Lempard to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi. Jarima zarbasi |
| 60' | ![]() |
Diyego o‘rniga Arda Turon tushdi |
| 58' | ![]() |
El Ninyo!!!!!!!!!!!!!!! Torres qanotga yaqin joyda to‘pni qabul qilib oldi va jarima maydoniga yorib kirib zarba berdi, lekin Kurtua yaxshi o‘ynadi |
| 56' | ![]() |
!!!! Shvarser to‘pni noaniq qaytardi va u raqibga borib tushdi Diyego Vivasning zarbasini Mark qaytardi |
| 54' | ![]() |
!!! Ispaniya qiroli ham stadionda |
| 52' | ![]() |
Maydon markazida Diyego David Luisga qarshi qo‘pol o‘ynadi. Mezbonlar asabiylashishni boshladi |
| 50' | ![]() |
Hujum vaqtida Diyegu Kosta raqibga qarshi qo‘pol o‘ynadi |
| 48' | ![]() |
Aspi autdan to‘pni jarima maydoniga uzatdi, himoyachilardan qaytgan to‘pga Lempard zarba berdi, Kurtua o‘z o‘rnida |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘limdan keyin uchrashuv statistikasi bilan tanishing: To‘p nazorati — 62-38%; burchak to‘plari — 2-2; jarima zarbalari — 8-9; fol — 6-9; ofsayd — 3-0; ogohlantirishlar — 0-0; zarbalar — 5-1; darvozaga aniq borgan zarbalar — 1-0. |
| 45+4' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi |
| 45+3' | ![]() |
David Luisning zarbasini jonli devor qaytardi |
| 45+2' | ![]() |
Torres jarima maydoni yaqinida yiqitildi. Jarima zarbasi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
!!!!!! Felipe Luis to‘pni jarima maydoniga havolatib uzatdi, SHVARSER o‘yinga qo‘shildi va to‘pni ushlab oldi |
| 43' | ![]() |
«Atletiko» hujumni kuchaytirmoqda. Villian qarshi hujumni qo‘pollik bilan to‘xtatdi, hakam uni ayadi |
| 41' | ![]() |
!!!!!!!!!!! Jarima maydoni ichidan yolg‘iz qolgan Kosta juda kuchli zarba yo‘lladi, lekin himoyachilar uning zarbasini to‘sishga ulgurishdi |
| 39' | ![]() |
Biroz ustunlik «Atletiko»da, lekin hujumlar jiddiylashmayapti. «Chelsi» barchasini yaxshi uddalamoqda |
| 37' | ![]() |
Lempard burchakdan to‘p tepdi, Kurtua o‘z o‘rnida |
| 35' | ![]() |
Uxxxx Mario Suaresning 30 metrlardan berilgan zarbasi juda kuchli chiqdi, lekin Shvarser qaytardi |
| 34' | ![]() |
O‘yinni Visente Del Boske stadionda kuzatmoqda |
| 33' | ![]() |
Kostaga qarshi qo‘pollik uchun jarima zarbasi belgilandi. Jarima zarbasi esa himoyachilar tomonidan qaytarildi |
| 31' | ![]() |
Uxxxxx jarima maydoniga uzatilgan to‘pga Garsiya zarba berdi. Bugun Kosta himoyachilarni o‘zi bilan ovora qilmoqda, garsiya esa yashirin hujumchi |
| 29' | ![]() |
Eh Ramires, nimagaaaaaa? Qanotdan bir o‘zi oldinga borgan Ramires to‘pni tepib yubordi, bu pasga Beyl ham yeta olmas edi Davron Fayziyev ta’biri bilan aytganda |
| 27' | ![]() |
!!!!!! Eheeeee Kosta jarima maydoniga kirib borayotganida David Luis undan ko‘rmadim deb to‘pni olib qo‘ydi |
| 25' | ![]() |
Burchakdan uzatilgan to‘pga Xavi Garsiya birinchi yetib oldi, lekin himoyachilar uni ofsaydda qoldirishdi |
| 23' | ![]() |
Torres hujumda juda faol. Lempardning pasidan keyin El Ninyo to‘pga intildi, lekin Kurtua yaxshi o‘ynadi |
| 21' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin Kexill darvozaga zarba berdi, lekin Obi Mikel Kurtuaga qarshi qoida buzdi |
| 20' | ![]() |
Fernando Torres jarima maydoniga yaqinlashib burchak to‘pi ishlab oldi. |
| 19' | ![]() |
Chexning o‘rniga Mark Shvarser tushdi |
| 18' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!!!! Afsus Chex maydonni tark etmoqda. U o‘yinni davom ettira olmaydi |
| 17' | ![]() |
Eva Karneiro boshchiligidagi doktorlar Chexni maydondan olib chiqib ketishdi. |
| 16' | ![]() |
Mark Shvarser mashg‘ulotlarni boshladi |
| 15' | ![]() |
!!!! Koke burchak to‘pini to‘g‘ri darvozaga yo‘lladi, Chexni to‘pni qaytarish chog‘ida jarohat oldi. |
| 14' | ![]() |
Felipe Luisning faolligidan keyin «Atletiko» burchak to‘pi ishlab oldi |
| 12' | ![]() |
!!! Xavi Garsiya Lempardga qarshi qo‘pol o‘ynadi. O‘yin ancha jiddiylashdi |
| 10' | ![]() |
Jon Terri hamda Diyegu Kostalar ikkinchi marta bir-birlari bilan orani ochiq qilib olishdi |
| 8' | ![]() |
«Atletiko» futbolchilari to‘pni qanotdan jarima maydoniga uzatishdi, Chex o‘z o‘rnida |
| 6' | ![]() |
!!! Xavi Garsiya maydonda yotibdi. |
| 5' | ![]() |
O‘yin maydon markazida kechmoqda. Chelsining ilk hujumi mantiqsiz ko‘rinish oldi |
| 3' | ![]() |
!!! «Atletiko» hujumga zo‘r bermoqda. Diyego jarima maydoniga kirmay zarba yo‘lladi, lekin noaniq. |
| ' | ![]() |
O‘yin boshlandi |
| ' | ![]() |
«Visente Kalderon»da muxlislar jamoani qo‘llab-quvvatlovchi so‘zlarni paydo qilishdi. Juda chiroyli ko‘rinishga keldi stadion. |
| ' | ![]() |
Bugun «Chelsi» o‘ziga xos tarkibda maydonga tushgan. Villian hujumda, David Luis maydon markazida |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Sizlarni Yevropa chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan «Atletiko» hamda «Chelsi» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni kuzatishga taklif qilamiz. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|