Osiyo chempionlar ligasi, «V» guruhi
| 6-tur, soat 22:15 | ||
AL-JAIShM.Muntariy (52)
|
1 : 2 |
BUNYODKORSimonenko (13)
Rashidov (90+4) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
33.A.Sufyon 4.A.Viyeyra 5.M.al-Jabriy 8.YU.Muftah 9.Nilmar 10.Kembo-Ekoko 17.Ko Seul Ki 19.A.Abkar 21.Ali Sanad 23.X.az-Zrigi, 29.M.Muntariy |
45.A.To‘rayev 2.A.Shorahmedov 4.X.Karimov 6.A.G‘ofurov 8.J.Ibrohimov 11.A.Pishur 23.S.Jo‘rayev 24.B.Pardayev 27.S.Sobirxo‘jayev 33.O.Zoteev 40.S.Simonenko |
|
| ZAHIRA | ||
|
3.A.Aysh 6.Rami Fayoz 11.Deyab Hassan 15.A.Adam 18.M.as-Sayid 20.V.Ribeyro 91.S.al-Xatir |
1.P.Bugalo 5.D.Jo‘rayev 7.A.Rahmatullayev 10.A.Berdiyev 21.S.Rashidov 30.H.Akbarov 44.M.Qosimov |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat! | |
| ' | ![]() |
"Bunyodkor" 1/8 finalda Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. To‘qnashuv 2ta o‘yindani iborat bo‘ladi |
| ' | ![]() |
"BUNYODKOR" NIMCHORAK FINALDA QADRLI DO‘STLAR, MUXLISLAR!!!! |
| 90+7' | ![]() |
O‘YIN YAKUNLANDI!!! |
| 90+6' | ![]() |
Mezbonlar so‘nggi shturmni uyushtirdi. HImoyachilarimiz hujum yo‘liga g‘ov bo‘lishdi! |
| 90+4' | ![]() |
Rashidov superzarba bilan "BUnyodkor"ni pley-offga olib chiqmoqda!!!! |
| 90+4' | ![]() |
Sardooooorrrr Rashidovvvvvv!!!! |
| 90+4' | ![]() |
Goooooolll!!!!!! |
| 90+3' | ![]() |
BUrchak to‘pi ishladik! Imkoniyat! |
| 90+1' | ![]() |
Rashidov yana to‘pni to‘xtatmasdan bosh bilan jarima maydonchasiga yetkazdi, to‘p Pishur tomon yetib bormadi. Keyingi uzatmani esa Sufyon egallab oldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Mezbonlarning zarbalariga himoyachilarimiz to‘g‘anoq bo‘lishdi |
| 88' | ![]() |
Jarima zarbasini esa himoyachilar qaytarishdi. Takroriy uzatmaga esa Shorahmedov yetib bora olmadi |
| 87' | ![]() |
G‘ofurovga nisbatan qoida buzildi. Standart |
| 85' | ![]() |
O‘yin vaqtini cho‘zgani uchun Ahmad Sufyon sariq bilan jazolandi |
| 84' | ![]() |
Rashidov uzatib bergan to‘pni darvozabon qo‘li bilan urib yubordi. Ammo hakam negadir o‘yinni to‘xtatdi. Vaholanki, vakillarimizdan hech kim posbonga xalal bermagandi |
| 83' | ![]() |
"Bunyodkor" burchak to‘piga ega bo‘ldi |
| 82' | ![]() |
Sardor Rashidov chap qanotda o‘zi tomon yetkazilgan to‘pni to‘xtatmasdan jarima maydonchasiga uzatgandi, himoyachilar to‘pni egallab olishdi |
| 81' | ![]() |
Yusuf Muftah o‘rniga Rami Fayoz tushirildi |
| 81' | ![]() |
Endi esa raqib hujumini qaytarish paytida Simonenko tirsagidan lat yedi |
| 79' | "Jaish" futbolchilari esa vaqt cho‘zishni boshlab yuborishdi | |
| 78' | ![]() |
Volkov shogirdlari bosimni oshirishmoqda |
| 76' | ![]() |
"Bunyodkor"ning hujumi yakuniga yetmay qoldi |
| 75' | ![]() |
Sobirxo‘jayev o‘rniga o‘yinni Dilshod Jo‘rayev davom ettiradi |
| 74' | ![]() |
Muhammad al-Jabriy maydonni tark etdi, Deyab Hassan o‘yinni davom ettiradi |
| 73' | ![]() |
Muntariy ofsaydda qolib ketdi |
| 71' | ![]() |
Endi to‘pni "qaldirg‘ochlar" nazorat qilishmoqda |
| 69' | ![]() |
Qatarlik himoyachi chap qanotdan oldinga o‘tayotgan Rashidovni qo‘li bilan biroz tortdiyu, keyin darhol yo‘qib yubordi. Sardor yiqildi, ammo jarima zarbasi yo‘q |
| 69' | ![]() |
Nilmar maydonni tark etdi. Muhammad as-Said maydonda paydo bo‘ldi |
| 68' | Hozircha Volkov shogirdlari raqib jarima maydonchasigacha yetib bora olishmayapti | |
| 67' | ![]() |
Xayrulla Karimov Nilmar tomon uzatilgan to‘pni qaytardi, oqibatda uning oyoq tomirlari tortishib qoldi |
| 66' | ![]() |
Javlon Ibrohimov maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Sardor Rashidov tushirildi |
| 63' | ![]() |
Jaish" futbolchilaridan biri jarohat oldi va unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 62' | ![]() |
Vakillarimiz qarshi hujumga o‘tishayotgan edi, ammo markazda to‘pni yo‘qotishdi |
| 60' | ![]() |
Dohaliklar to‘pni "qaldirg‘ochlar"ga bermaslikka harakat qilishmoqda |
| 57' | ![]() |
HImoyachilarimiz jarima maydonchasi ichida Nilmar zarba berish imkonini berishmadi |
| 56' | ![]() |
Goldan ruhlangan mezbonlar hozircha tashabbusni berib qo‘yish niyatida emaslar |
| 54' | Durang bizni aslo qoniqtirmaydi. Oldinga o‘tishimiz shart! | |
| 54' | ![]() |
Sahob Jo‘rayev o‘rniga Alibobo Rahmatullayev tushirildi. Zoteev endi chap qanotga o‘tib harakat qiladi |
| 52' | ![]() |
Muntariy jarima maydonchasi chizig‘i ustidan to‘pni ko‘kragi bilan to‘xtatdi va teskari turganiga qaramay, o‘girilayotib zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Zarba uncha kuchli chiqmadi, ammo To‘rayev uni qaytara olmadi |
| 52' | ![]() |
"Al-Jaish" hisobni tenglashtirmoqda!!! |
| 50' | ![]() |
Pardayevga nisbatan o‘ng qanotda qoida buzildi. Jo‘rayev to‘pni o‘yinga kiritgandi, biroq to‘p jarima maydonchasi ichiga kirmadi. HImoyachi uni qaytarib yubordi |
| 49' | ![]() |
Qatarliklar to‘pni nazorat qilishmoqda |
| 46' | ![]() |
Vuhhh! Ikkinchi bo‘lim boshida "Jaish" tashkil etgan hujumchi ancha xavfli chiqdi. Nilmar jarima maydonchasining o‘ng qanotida to‘pni egallab, darvoza tomon kuchli zarba berdi. To‘p shundoqqina darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi |
| 46' | ![]() |
IKKINCHI BO‘LIM BOSHLANDI! |
| ' | Tanaffus yakuniga yetib bormoqda. Jamoalar maydonga qaytishdi | |
| 45+3' | ![]() |
Tanaffus. Iroqlik hakamning xushtagi yangradi |
| 45+2' | ![]() |
Ohohoho! Mezbonlar tanaffusga chiqib ketish oldidan hisobni tenglashtirishlariga sal qoldi. Viyeyra chap qanotdan to‘pni aylanma tarzda darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Muhammad Muntariy to‘pga tashlandi, ammo to‘p uning oyog‘iga tegmay qoldi va shundoqqina darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa kompensasiya vaqti qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
"Bunyodkor" bo‘lim so‘ngida darvoza tomon xavfli zarba berdi. Shorahmedov yetkazib bergan to‘pni, adashmasak, Pardayev deyarli jarima maydonchasi chizig‘i ustidan bosh bilan darvoza tomon yo‘lladi. Sufyon to‘pni egallab oldi |
| 41' | ![]() |
Nilmarga nisbatan buzilgan qoida evaziga mezbonlar jarima zarbasini tepishdi. Markaziy himoyachilarimizdan biri zarbani qaytardi |
| 39' | ![]() |
Mezbonlarning pozision hujumlarini ham bartaraf etish oson kechmayapti ochig‘i |
| 37' | ![]() |
Vuuuuhhh, Akbar goldan qutqarmoqda jamoamizni!!!! O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Nilmar bosh bilan darvozaga yo‘lladi. To‘rayev seyv namoyish qilib, to‘ni yon tomonga burib yubordi! Xayrulla Karimov Nilmarga qarshilik qila olmagandi |
| 35' | ![]() |
Kembo-Ekoko to‘pni ancha balandga tepib yubordi |
| 35' | ![]() |
Sahob Jo‘rayev tomonidan yo‘llangan zarbani Ahmad Sufyon egallab oldi |
| 34' | ![]() |
Pardayevga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Jarima zarbasini tepamiz. 25 metrlar chamasi |
| 33' | ![]() |
Vuuuhh, Muntariy bosh bilan xavfli zarba yo‘lladi. Akbar to‘pga ulgurmagandi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi! |
| 32' | ![]() |
"Jaish" futbolchisining olis masofadan yo‘llagan zarbasini To‘rayev egallab oldi |
| 29' | ![]() |
"Bunyodkor" ikkinchi golni urgandi! Zoteev o‘ng qanotdan to‘pni balandlatib yetkazib berdi. Pishur bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi! Ammo hakam ukrainalik hujumchi zarba berayotganda himoyachiga nisbatan qoida buzgan deb topdi |
| 25' | ![]() |
Mehmonlar himoyalanishmoqda. Hozircha bu vazifani yaxshi uddalashmoqda vakillarimiz |
| 24' | ![]() |
Sahob Jo‘rayev to‘qnashuv paytida jarohat olgan ko‘rinadi. |
| 22' | ![]() |
To‘g‘rilab ketamiz, 6-daqiqadagi fol uchun Simonenkoga sariq kartochka ko‘rsatilmagan ekan! |
| 21' | ![]() |
Pishuuuuurrrr! JArima maydonchasiga kirib keldi va biroz o‘tkir burchak ostida chap oyoda darvoza tomon zarba berdi. Biroz noaniq, biroz |
| 19' | ![]() |
Simonenko tezkor Nilmarga gavdasi bilan "blok" qo‘ydi va bu vaziyat uchun sariq kartochka oldi. Tushunarsiz holat. O‘yin boshida ham Sergey ogohlantirish olgandi shekilli? Yoki hakam "sariq" bermaganmidi? Bunga aniqlik kiritamiz |
| 17' | ![]() |
Mezbonlar jarima to‘pini amalga oshirishdi. HImoyachilarimiz xavfni bartara etishdi! |
| 16' | O‘ta muhim gol bo‘ldi. "Jaish" qarshi hujumda xavfli ko‘rinayotgandi. Endi dohaliklar ochilishga majbur bo‘lishadi. | |
| 13' | ![]() |
"Bunyodkor" hisobni ochdi! Jo‘rayevga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi va to‘pni Sahobning o‘zi jarima maydonchasiga yetkazib berdi. To‘pga chiqqan Sufyon uni qo‘lidan chiqarib yubordi. Pardayevning zarbasini himoyachi qaytardi, ammo o‘sha joyda turgan Sergey Simonenko yaqin masofadan bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi! |
| 13' | ![]() |
GGggggggggggggggggggggggooooollll!!!! Golll!! Goooooolll! |
| 12' | ![]() |
Vuuuhhhhh! Arablar qarshi hujumlarda juda xavfli. Ularga ozgina bo‘sh zona bo‘lsa kifoya, qolganini o‘zlari amallashadi. Baxtimizga qatarlik futbolchining zarbasi biroz noaniq bo‘ldi |
| 11' | ![]() |
Nilmar bu safar ofsaydda qoldi. |
| 8' | ![]() |
Vakillarimiz maydon markazida to‘pni Nilmarga tortiq qilishdi. Nilmar esa to‘p bilan jarima maydonchasigacha yaqinlashib keldi, Karimovni aldab o‘tdi va zarba berdi! Noaniq |
| 6' | ![]() |
Qaytgan to‘pni Simonenko egallab oldi, ammo texnik xato tufayli to‘pni yo‘qotdi va hujumga o‘tayotgan raqib futbolchisini yiqitdi. Taktik fol |
| 5' | ![]() |
Sahobga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Simonenko to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi, Pishur esa uni darvozabon maydonchasiga tomon burdi. HImoyachilar esa t o‘pni qaytarishdi |
| 4' | Maydon markazi uchun kurash kechmoqda. "Jaish" pressing qo‘llamoqda | |
| 3' | ![]() |
Andersonning zarbasi anchagina noaniq bo‘ldi |
| 2' | ![]() |
Akmal Shorahmedov raqib futbolchisiga nisbatan fol ishlatdi. Darvozagacha 30 metrlar masofa bor |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! "Bunyodkor"ga omad! |
| ' | Hujumda Pishur va Padrayev, tayanch zonasida esa Ibrohimov va Sobirxo‘jayev harakat qilishadi | |
| ' | Zoteev esa o‘ng qanotda o‘ynaydi | |
| ' | "Al-Fath"ga qarshi o‘yinda ayrim vaziyatlarda dispetcherlik vazifasini bajargan va standartlarni amalga oshirgan Sahob Jo‘rayev chap qanot yarim himoyasida o‘ynaydi | |
| ' | Bugun Vohid Shodiyev diskvalifikasiya (ikkita sariq kartochka) tufayli "Bunyodkor"ga yordam bera olmaydi. Shuning uchun "qaldirg‘ochlar" boshlang‘ich tarkibi va taktik sxemasi biroz boshqacha ko‘rinish hosil qilgan | |
| ' | "Bunyodkor" bugun to‘q ko‘k rangli formada o‘ynasa, qatarliklar oq rangli futbolkalarda harakat qilishadi | |
| ' | Jamoalar va hakamlar maydonga chiqib kelishmoqda! | |
| ' | Yana bir necha daqiqalardan so‘ng "Al-Jaish" va "Bunyodkor" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boshlanadi. Barchangizni ushbu o‘yindan uyushtiriladigan onlayn translyasiyani kuzatib borishga taklif etamiz | |
| ' | Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|