Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Osiyo kubogi-2015 saralash. 18:45

«E» guruhi, 2-tur

BAA

Ahmad Xalil (59)
Ali Ahmad Mabxut(61)

2 : 1

O‘ZBEKISTON

Shohrux Gadoyev (16)
JAMOALAR TARKIBI
1.Ali Xasif
4.Habib al-Fardan, 5. Amir Abdulrahmon
6. Muhanad Salim
7. Ahmad Mabxut
9. Abdulaziz Hussayn
11. Ahmad Xalil
13. Xamis Ismoil
14. Muhammad Abdulaziz
15. Ismoil Al-Hammadiy
23. Ahmad G‘arib
  12.Ignatiy Nesterov
19.Vitaliy Denisov
5.Anzur Ismoilov
4.Artyom Filiposyan
23.Akmal Shorahmedov
22.Shohruh Gadoyev
18.Temur Kapadze
9.Odil Ahmedov
17.Sanjar Tursunov
8.Server Jeparov (s)
15.Aleksandr Geynrix

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat!
'
Bu o‘yinni hoziroq unutishimiz lozim va endi Livanga qarshi tayyorgarlikni boshlashimiz kerak!
'
Afsuski, ikkinchi bo‘limda 2 daqiqaga bo‘shashdik va raqib bizni jazoladi!
90+5'
O‘YIN TUGADI!
90+4'
Burchak to‘pi ishladik!
90+4'
Xamis Ismoilning jarimadan bergan zarbasi noaniq bo‘ldi
90+3'
Azizbek Haydarov ham "sariq" ishladi, ham raqibga jarima zarbasi ishlab berdi
90+3'
BAAlik futbolchining olis masofadan yo‘llagan zarbasi noaniq bo‘ldi
90+1'
Raqib futbolchisi Ali Mabxutga sariq kartochka
90+1'
4 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Shorahmedov o‘ng qanotdan to‘pni uzatdi. Yana darvozabon to‘pni egallab oldi
90'
O‘yinning asosiy vaqtining eng so‘nggi daqiqasi boshlandi
89'
Jeparov o‘ng qanotda belgilangan jarima zarbasini jarima maydonchasiga yetkazib berdi. To‘pga Baqoyevdan ko‘ra darvozabon chchaqqonlik qildi
87'
Mezbonlar to‘pga egalik qilishmoqda
85'
Ahmad Xalil maydonni tark etdi, uning o‘rniga Majid Hasan tushdi
83'
Sanjar Tursunov va Shohrux Gadoyevning zarbalaridan so‘ng to‘p ikki marta ustunga tegdi!
82'
Uxxxxx, bir hujumning o‘zida to‘p ikki marta raqib darvozasining ikkita ustuniga tegdi!
80'
Tashabbus O‘zbekiston tomonida, mezbonlar to‘lig‘icha himoyaga yotishdi
77'
Jeparov Ulug‘bekni oldinga intilgandi, himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pi
76'
Jarima zarbasidan yo‘llangan zarbani Nesterov mushtlari bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
75'
Temur Kapadze o‘rniga Fozil Musayev maydonga tushirildi.
75'
BAA yana bitta standart vaziyatni qo‘lga kiritdi.
72'
Vitaliy DEnisovning olis masofadan bergan kuchli zarbasi darvoza ustunidan taxminan 15-20 sm. naridan o‘tib ketdi
71'
Mezbon futbolchisi maydonda yotibdi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
69'
Futbolchilarimiz hujum uyushtirishyapti. ENdi esa Amirlik futbolchilari himoyada xushyor o‘ynashmoqda
68'
Jeparov maydon markazidan Baqoyevni oldinga boshladi. Mezbonlar posboni oldinga chiqib to‘pni tepib yubordi. Ulug‘bek esa unga urilib ketdi
66'
Artyom Filiposyan o‘rniga Azizbek Haydarov maydonga tushdi
64'
Muhammad G‘arib maydon markazida Server JEparovga qo‘pollik ishatib, tezkor hujumni buzgani uchun ogohlantirildi
62'
Darvoqe, terma jamoamizda o‘yinchi almashgandi. 60-daqiqada Aleksandr Geynrix o‘rniga Ulug‘bek Baqoyev maydonga tushdi
62'
Birgina standart vaziyat o‘yinning borishini butunlay o‘zgartirib yubordi. Endi tezda o‘zimizga kelib olishimiz kerak!
61'
Qarshi hujum va maydon egalari yayana bir gol urishdi! Ali Ahmad Mabxut!
61'
Mana shu jarima zarbasi umuman kerakmasdi ochig‘i. Ahmad Xalil yana O‘zbekiston darvozasiga gol urdi
59'
Ahmad Xalil avvaliga standart vaziyatdan to‘pni jonli devorga tegdi. Qaytgan to‘pni BAAlik futbolchilardan biri jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Ahmad Xalil esa o‘tkir burchak ostidan darvozani ishg‘ol qildi!
59'
Afsuski, gol!
57'
Ismoilov Ahmad Xalilga nisbatan qo‘pollik ishlatdi. Darvozagacha 25 metrlar chamasi
56'
Mezbonlarda yana bir o‘yinchi zaxiradan maydonga tushdi. Habib al-Fardan o‘rniga Habush Solih tushdi
54'
BAA futbolchilari hakamdan penalti so‘rashmoqda. Tan Xay o‘yinni davom ettirish kerakligini ko‘rsatdi. To‘p yaqin masofadan qo‘lga tekkani uchun penalti belgilanmaydi
53'
O‘zbekiston o‘z o‘yinini qilmoqda. Mezbonlar hozircha o‘z o‘yinlarini topa olishayotgani yo‘q
51'
Temur Kapadze! Shorahmedov o‘ng qanotdan uzatib bergan to‘pini yerga tushirmasdan darvoza tomon yo‘llagandi, darvoza ustidan o‘tib ketdi to‘p!
49'
Terma jamoamizning tezkor qarshi hujumi. Tursunov o‘ng qanotda to‘pni qabul qildi va bir harakat bilan yo‘nalishni markaz tomon ko‘chirgancha, darvoza tomon zarba berdi. To‘p esa ofsaydda qolib ketgan Geynrixga tegib, darvozabonning qo‘liga borib tushdi
47'
BAA safida o‘yinchi almashdi. Ismoil Matar maydonga tushdi va endi sardorlik bog‘ichini o‘ziga oldi
46'
IKKINCHI BO‘LIM BOSHLANDI!
'
Ikkinchi bo‘lim boshlanish arafasida. Ikkinchi bo‘limni Qosimov shogirdlari boshlab berishadi
'
Biroz dam olamiz
45+1'
Birinchi bo‘lim tugadi. Jamoalar tanaffusga chiqib ketishmoqda. O‘zbekiston BAAni mag‘lubiyatga uchratmoqda - 1:0!
45+1'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
45'
Jeparov yekazib bergan to‘pga Gadoyev yetib bora olmadi
44'
Himoya markazida Odil Ahmedov to‘pni oldirib qo‘yishi natijasida BAAning birdaniga 5 nafar futbolchisi 3 nafar himoyachilarimizga qarshi chiqib borishdi. Mezbon futbolchisining kuchli zarbasini Nesterov maydon tashqarisiga chiqarib yubordi!
43'
Ignatiy yana o‘sha qanotdan yetkazib berilgan to‘pni egallab oldi
42'
Ahmad Xalil jarima maydonchamizning burchagidan to‘pni to‘g‘ri darvozaga yo‘llagandi, Nesterov to‘pni egallab oldi
40'
Terma jamoamizning tezkor qarshi hujumi! Geynrix maydon markazida to‘pni egallab, raqibning qo‘polligiga qaramay, to‘pni oldinga tashlab berdi. Gadoyev esa to‘p bilan jarima maydonchasiga kirib keldiyu, ammo uning so‘nggi zarbasi/uzatmasi darvoza ustidan o‘tib ketdi
39'
Chap qanotdagi autlar BAA uchun xavfli bo‘lmoqda. Boisi - Vitaliy Denisov. Hozir aynan shunday uzatmadan keyin Aleksandr to‘pni egallab olib, Tursunovga uzatgandi, Sanjar to‘pga yeta olmadi
36'
Terma jamoamiz burchak to‘pi ishladi. Uni Geynrix amalga oshirdiyu, ammo to‘p qarama qarshi tomondagi yuza chiqizdan maydonni tark etdi
33'
Jeparov ishlatgan qo‘pollik natijasida belgilangan jarima zarbasi mezbonlar tomonidan o‘ta noaniq amalga oshirildi
32'
Ali Ahmad Mabxut qaychi uslubida darvozamizga yo‘llashiga sal qoldi. Yuqorilatib uzatilgan to‘pni Anzur Ismoilov bosh bilan qaytardi, ammo to‘p yuqoriga ko‘tarilib, Mabxut uchun zarba berish uchun qulay holatga kelib qoldi
32'
O‘zbekiston terma jamoasia qarshi hujumda imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda. Bu ko‘rinib turibdi.
29'
Geynrix jarima maydonchasi ichida yolg‘izlik qildi. Uning o‘tkir burchak ostidan bergan zarbasi noaniq chiqdi
28'
Nesterov jamoamizni goldan qutqardi. Hammadiy sherigining uzatgan pasidan keyin Filiposnya ta’qibi ostida Ignatiy bilan randevu chiqib, zarba berishshga ulgurdi. To‘p darvozabonimizning oyog‘iga tegib, maydonni tark etdi!
26'
Geynrix jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni himoyachidan olib qo‘ydi. To‘pni egallab olgan Tursunov o‘sha zahoti zarba berishga qaror qildi. Zarbaga aniqlik yetishmadi. Vaholanki Sanjar to‘pni jarima maydonchasiga kirib borayotgan Geynrixning o‘ziga qayta uzatishi mumkin edi!
26'
Gadoyev chap qanotdan himoyachini aldab o‘ta olmadi
23'
Amirlik terma jamoasining ilk xavfli hujumi. Ali Ahmad Mabxut chiroyli pas bilan sherigini jarima maydonchasiga boshladi. Hujumchi o‘tkir burchak ostida bo‘lgani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvozaga zarba bermasdan, sheriklariga uzatishga qaror qildi. To‘pni Sanjar Tursunov egallab olib, uni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
22'
Mahdi Ali hayron. O‘yinning bunday boshlanishini kutmagan edi shekilli bu mutaxassis
19'
BAAlik Ahmad Xalil olis masofadan to‘pni standart vaziyatni amalga oshirdi. To‘p jonli devorga tegdi va xavf yo‘qoldi
17'
O‘ng qanotdan boshlangan hujumimiz qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga kirib keldi va Geynrix zarbasi o‘xshamaganidan keyin himoyachi to‘pni tepib yuboraman deb uni Gadoyevga sovg‘a qilib qo‘ydi. "Nasaf" yarim himoyachisi esa vaziyatdan ustalik bilan foydalandi! Barakalla, Shoxruh!
16'
Shohrux GADOOOYEEVVVV!!!!
16'
GO-O-O-O-OO-O-OO-LL!!!!
16'
Gadoyev chap qanotdan to‘pni raqib jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Darvozabon Ali Xassif to‘pni egallib oldi!
15'
Ismoil Hammadiy jarima maydonchamiz ichida o‘yindan tashqari holatda qolib ketdi.
14'
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, mezbonlarning hujumlari asosan qanotlardan tashkail etilmoqda.
12'
To‘p uzatishlari borasidagi xatolar soni BAAda ko‘proq hozircha.
'
Darvoqe, Gonkong o‘yin so‘ngida qarshi hujumda gol kiritib, Vyetnamni mag‘lubiyatga uchratdi. Gonkong hisobidagi ochkolar soni 4taga yetdi.
10'
Raqib hujum qilayotganida terma jamoamiz maydonning o‘zlari tomonidan zich harakat qilishmoqda. Natijada BAA o‘yinchilari to‘pni faqat uzoq masofadan yetkazishga urinishmoqda. Hozircha ularning harakatlari samarasiz
8'
Shorahmedov o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Himoyachilar to‘pni uzoqlashtirishdi. To‘p esa hamon vakillarimizda
7'
So‘nggi 2 daqiqada davomida BAA to‘p bilan ko‘proq muomalada bo‘ldi
6'
Mezbonlar hozircha o‘ng qanotdan hujumlar tashkil qilishga urinmoqda. Bu qanotda Denisov va Gadoyev raqiblarga imkon berishayotgani yo‘q
5'
Tashabbus to‘laligiga O‘zbekiston tomoniga o‘tdi!
4'
Ux, GEynrix!!!! HImoyachining oyog‘iga to‘p tegmanidan hisob ochilardi! Sasha birga-bir vaziyatda zarba bergandi!
3'
Yana bir marta burchak to‘pi o‘yinga kiritildi. Davrozabon to‘pni egallab oldi!
3'
O‘zbekiston burchak to‘pi ishladi. Ahmedovning zarbasi himoyachiga tegib maydonni tark etdi
2'
Terma jamoamiz to‘pni o‘zida ushlab turibdi. Hozircha maydon markazi uchun kurash kechmoqda.
1'
O‘YIN BOSHLANDI! Uchrashuvni BAA boshlab berdi. O‘zbekistonga OMAD!
'
Jamoalar esdalik uchun rasmga tushishdi
'
Terma jamoamiz sardor - Server Jeparov ortidan avval hakamlar, keyin mezbonlar bilan so‘rashib chiqishdi
'
"Olamni mahliyo aylagan diyoyoyoyoyor!"... Endi esa navbat BAA madhiyasiga
'
Dastlab, mehmon jamoa O‘zbekiston davlat madhiyasi yangramoqda
'
Har ikkala jamoa vakillari va hakamlar maydonga chiqib kelishdi.
'
Nasib qilsa, O‘zbekiston-Livan o‘yinini ham "Bunyodkor" stadionidan turib matnli translyasiya qilishni rejalashtirganmiz. Bugungi translyasiyamiz o‘sha o‘yin uchun bizga ham tayyorgarlik vazifasini bajarmoqda)
'
BAA-O‘zbekiston o‘yini uchun chiptalar bepul tarqatilgan bo‘lsa-da, Muhammad bin Zayd stadionida muxlislar unchalik ko‘p emas. Arab matbuotida stadionga 20 ming nafar muxlis kelishini taxmin qilishgandi.
'
Gonkong-Vyetnao‘yini tugishag taxminan 20 daqiqa qoldi. Hamon 0:0. Birinchi bo‘limda vyetnamliklar ustunlik qilishdi. Gonkong darvozaboni yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda.
'
O‘yin boshlanishiga 8 daqiqa qolganida jamoalar maydonga chiqib kelishadi va mamlakatlar madhiyalari yangraydi
'
Chigalyozdi mashg‘ulot tugadi.
'
BAA terma jamoasining tarkibi ham ma’lum bo‘ldi
'
BAA va O‘zbekiston milliy terma jamoalarining asosiy tarkib o‘yinchilari maydonga chiqishdi va chigalyozdi mashg‘ulotlarini boshlashdi
'
Ayni daqiqalarda guruhimizda boshqa o‘yin — Gonkong-Vyetnam bahsi bo‘lib o‘tmoqda (17:00da boshlangan). Hisob hozircha ochilmadi
'
O‘yin boshlanishiga 50 daqiqa qolganida darvozabonlar, 45 daqiqa qolganida qolgan futbolchilar chigalyozdi mashg‘ulotini boshlashadi. Mashg‘ulot darvozabonlar uchun 35, o‘yinchilar uchun 30 daqiqa davom etadi.
'
O‘zbekiston terma jamoasi Muhammad bin Zayd nomidagi stadionga yetib keldi.
'
O‘zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibi ma’lum bo‘ldi. Ignatiy Nesterov, Vitaliy Denisov, Anzur Ismoilov, Artyom Filiposyan, Akmal Shorahmedov, Shohruh Gadoyev, Temur Kapadze, Odil Ahmedov, Sanjar Tursunov, Server Jeparov (s), Aleksandr Geynrix
'
Terma jamoamiz administratori Baxtiyor Ismoilov esa jamoamizga ajratilgan kiyinish xonasiga o‘yinchilarning formalarini allaqachon tayyor qilib qo‘ygan! http://stadion.uz/images/news/uzb_kiyinish_xonasi.jpg
'
Ayni daqiqalarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi mehmonxonadan Muhammad bin Zayd stadioni tomon yo‘lga chiqish arafasida. Mirjalol Qosimov futbolchilarga so‘nggi ko‘rsatmalarni bermoqda. Qoidaga muvofiq, o‘yin boshlanishiga kamida 1,5 soat vaqt qolganida stadioniga yetib kelishi shart
'
O‘yinni xitoylik hakamlar boshqarib borishadi. Bosh hakam — Tan Xay. Ravshan Ermatov bu hakam haqida ijobiy fikrlarni bildirgandi. Yodingizda bo‘lsa, Ermatov bundan 2-3 yil avval Xitoy chempionatining bir nechta markaziy o‘yinlarini boshqargan. O‘shanda Tan Xay hamyurtimiz boshqargan o‘yinlarda zaxira hakami vazifasini bajargan.
'
Bugun O‘zbekiston terma jamoasi ko‘k, mezbonlar — BAA esa oq rangli futbolkalarda harakat qilishadi.
'
Islom To‘xtaxo‘jayev Eron bilan o‘yinda sariq kartochka olgani uchun u Livan bilan o‘yinda maydonga tusha olmaydi. Shu bois, u BAA bilan o‘yin uchun ham tarkibga jalb qilinmadi. Umuman, Islom mazkur yig‘inda qatnashayotgani yo‘q. Bu ma’lumot uchun edi
'
Yana 4 kundan keyin poytaxtimizdagi muhtasham "Bunyodkor" stadionida Livanni qabul qilsak-da, BAA qarshi o‘yin ahamiyati ham aslo past emas
'
Bugun Toshkent vaqti bilan soat 18:45da BAA va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi Osiyo kubogi, "E" guruhi, 2-tur bahsi boshlanadi.
'
ASSALOMU ALAYKUM, AZIZLAR! QADRLI FUTBOL SHINAVANDALARI!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.