Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Ispaniya La-ligasi, 35-tur

26 aprel, soat 23:00

REAL MADRID

Ronaldu (6, 52)
Ramos (60)
Karvaxal (82)

4 : 0

OSASUNA

JAMOALAR TARKIBI
Diyego Lopes
Ramos
Nacho
Varan
Marselo
Ilyarramendi
Isko
Di Mariya
Modrich
Morata
Ronaldu
  A.Fernandes
Oriol
Arribas
Flanyo
Damia
Punyal
de las Kuevas
Loe
Armenteros
Sexudo
Riyera

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat!
'
"Real" ishonchli g‘alabaga erishdi va o‘z hisobiga 3 ochkoni qo‘shib qo‘ydi. Endi Anchelotti shogirdlari 29 aprel kuni bo‘ladigan "Bavariya"ga qarshi YECHL javob o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rishsa ham bo‘ladi
90+3'
UCHRASHUV TUGADI!
90+1'
Isko tomonidan yetkazilgan to‘p uchun kurashda Morata qoidaga xilof ravishda harakat qildi va shunday so‘ng darvozani ishg‘ol qildi. Gol inobatga olinmaydi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
88'
Arribas maydonga qaytdi
85'
"Osasuna" futbolchisi Arribas yelkasidan jarohat oldi. Unga maydon tashqarisida yordam ko‘rsatilmoqda. Har ikkala jamoa bosh murabbiylari barcha o‘zgarishlarini qilib bo‘lishgan
82'
Isko chap qanotdan to‘pni raqib jarima maydonchasiga uzatdi. Karvaxal 11 metrli nuqta atrofidan bosh bilan zarba berib, jamoasining to‘rtinchi golini "Osasuna" darvozasiga joyladi. Fernandes to‘pga yeta olmadi!
82'
GOOOOOLLLL!!! Karvaxal, 4:0!
78'
Mehmonlar burchak to‘pi ishlashdi. Sexudo yetkazgan to‘pni Damya bilan bosh bilan darvoza tomon burishga harakat qildi. Ammo noaniq
76'
Armenteros to‘p uchun kurashda jarohat oldi. Uning o‘rniga Mate Oir tushirildi
73'
Mezbonlar burchak to‘pi ishlashdi. Burchakdan yetkazilgan to‘pga avval Morata, keyin esa Nacho yeta olishmadi
72'
"Real"da so‘nggi o‘zgarish. Di Mariya maydonni tark etdi. Daniel Karvaxal o‘yinni davom ettiradi
71'
O‘yin tempi ancha tushdi
67'
Mehmonlar tomonidan qanot bo‘ylab tashkil etilgan hujum samarasiz chiqdi
66'
Darvoza tomon zarbalar berish statistikasi - 18:4, "Real" foydasiga
65'
"Qaymoqranglilar" safida o‘zgarish. Modrich o‘rniga Alonso tushirildi
64'
Di Mariyadan to‘pni qabul qilib olgan Morata jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Noaniq
63'
Mehmonlarda ikkinchi yangi kuch maydonga tushirildi. Oriol o‘rniga Xavyer Akunya o‘yinni davom ettiradi
61'
O‘yin taqdiri hal bo‘ldi! Anchelotti jamoa yetakchisi Ronalduni "Bavariya" bilan bo‘ladigan javob o‘yiniga asrash maqsadida zaxira o‘rindig‘iga oldi. Kazemiro o‘yinni davom ettiradi.
60'
Di Mariya o‘ng qanotdan yetkazib bergan to‘pga barchadan baland sakragan Ramos bosh bilan zarba berdi va darvozani ishg‘ol qildi! 3:0.
60'
GOOOOOLLLL! Serxio RAMOS!!!
59'
"Osasuna" futbolchisi Loe jarohat oldi va o‘yinni davom ettira olmadi. Uning o‘rniga Lobato tushirildi.
56'
Mehmonlar ikkinchi golni o‘tkazib yuborishganidan keyin biroz tajavuzkor o‘yin ko‘rsatishmoqda, pressing uyushtirishmoqda
54'
Isko Ronalduning ikkita gollli harakatlarini takrorlamoqchi bo‘ldi. Zarba himoyachiga tegib qaytdi
52'
Krishtianu Ronaldu dublga erishmoqda! Uning bu goli ham avvalgi golining quyib qo‘ygan o‘zginasi bo‘ldi. Yana chap qanotdan biroz markaz tomon o‘tdi va kuchli zarba bilan darvozaning to‘qqizligini nishonga oldi. To‘p trayektoriyasi esa allambalo bo‘lganini ta’kidlash lozim!
52'
Gooooooolllllllll!!!!
50'
Ronaldu to‘pni egallab olib, Modrichga uzatdi. U esa darvoza tomon kuchli zarba yo‘lladi. Biroz noaniq.
48'
Mehmonlarning javob hujumi. Oriol chap qanotdan to‘pni "Real" jarima maydonchasiga yetkazdi. Armenteros o‘z ustidan oshirib to‘pni darvozaga yo‘llashga urindi. Biroz noaniq.
47'
Ronaldu to‘pni raqib jarima maydonchasiga yetkazdi. Isko esa to‘p uchun kurashda qoida buzdi
46'
IKKINCHI BO‘LIM BOSHLANDI
45+1'
1-taym yakunlandi. Tanaffus! Hozircha "Real" minimal hisobda g‘alaba qozonmoqda
45'
Bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
44'
Burchak to‘pidan keyin Modrich darvoza tomon zarba berdi. Fernandes bir amallab to‘pni urib yubordi. Morataning takroriy zarbasini esa "Osasuna" darvozaboni egallab oldi.
43'
Nacho burchak to‘pi ishladi
42'
"Osasuna" himoyachisi Arribas Morata bilan to‘qnashuvda noqulay yiqildi va jarohat oldi. Unga maydon tashqarisida tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
40'
"Osasuna"ning kam sonli hujumlaridan birida Riyera olis masofadan zarba yo‘llashga harakat qildi. To‘p Nachoga tegib qaytdi
38'
"Real"ning yangi hujumini maydon markazidan Marselo boshladi. U raqib jarima maydonchasiga yaqinlashib kelib, o‘rta masofadan zarba yo‘lladi. Fernandes qiyinchilik bilan to‘pni qaytardi.
36'
Anchelotti jamoasi jarima zarbasi tepadigan bo‘ldi. To‘p yoniga Ronaldu yaqinlashdi va zarba bermadi. To‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Ramos to‘pni yerga tushirmasdan tepmoqchi bo‘lgandi, zarba anchagina noaniq bo‘ldi.
32'
Ronaldu tavani bilan to‘pni Marseloga uzatdi. Braziliyalik himoyachi tomonidan yetkazilgan to‘pga esa Fernandes ega chiqdi
30'
Ronaldu "Osasuna" jarima maydonchasi ichida to‘p bilan yolg‘iz qolgandi. Qanot hakami ofsaydni qayd etdi
28'
Mezbonlar raqib jarima maydonchasining chap tomonidan jarima zarbasini tepish huquqiga ega bo‘lishdi. Ronaldu o‘ziga xos bo‘lgan zarba bilan darvozaning olis burchagini nishonga olishga harakat qildi. To‘p esa darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi. Ramos ham osh bilan to‘pga yeta olmadi.
27'
To‘p nazorat qilish 65 foizga mezbonlar tomonida
26'
Mezbonlarning navbatdagi burchak to‘pidan so‘ng Varan o‘rta masofadan yana bosh bilan zarba yo‘lladi. Fernandes to‘pni ushlab oldi
24'
"Real" ketma-ket 2 marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi
22'
Ronaldu o‘ng qanotdan to‘pni Ramosning boshiga yetkazdi, ammo Serxio bergan zarba darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi
18'
Isko-Marselo-Ronaldu kombinasiyasidan so‘ng Krishtianuning bosh bilan bergan zarbasiga aniqlik yetishmadi
17'
Mehmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Nacho ikkinchi qavatdagi kurashda ustun keldi
16'
"Madrid"ning javobi hujumi paytida chap qanotdan yetkazilgan to‘pni Fernandes xotirjam egallab oldi
15'
"Osasuna" futbolchisi Sexudo darvoza tomon zarba berdi. Lopes o‘z o‘rnida
14'
Modrich Ronalduni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarishga harakat qildi. Ammo himoyachilar to‘pni egallab olishdi
10'
Madridda yomg‘ir yog‘a boshladi. Bunday sharoitda uzoqdan yo‘llanadigan zarbalar xavfli bo‘lishi mumkin
8'
Mehmonlar qarshi hujum tashkil etishga muvaffaq bo‘lishdi. Darvozabon tomon berilgan zarba Varan tegib, darvoza tomon bordi. Lopes to‘pni egallab oldi
7'
"Real" futbolchilari o‘yin taqdirini tezroq hal qilib qo‘yishni istashmoqda va mehmonlarga yana bosim o‘tkazishmoqda
6'
"Real" tezkor gol urishga muvaffaq bo‘ldi! Ronaldu chap qanotdan biroz o‘ngroqqa surildi va deyarli jarima maydonchasi burchagidan zarba yo‘lladi. Darvozabon Fernandes esa darvoza to‘sini ostiga kirib ketgan to‘pga tashlanishga ham ulgurmadi.
6'
Goooooooooooooooooooollll!!
4'
"Madrid"ning dastlabki burchak to‘pi gol bilan yakunlanishiga sal qoldi. Varan 4 metrlardan bosh bilan zarba berdi. To‘p shundoqqina darvoza to‘sini yonidan o‘tib ketdi!!!
2'
Morata chap qanotdan oldingi o‘tdi va himoyachi bilan to‘p uchun kurashda yiqildi. O‘yin qoidasi buzilmadi
1'
O‘yin boshlandi. To‘pni o‘yinga madridliklar kiritib berishdi
'
Tito Vilanovaning xotirasi uchun 1 daqiqalik sukut saqlandi
'
"Real" futbolchilari yaqinda qo‘lga kiritilgan Ispaniya qiroli kubogini "Santyago Bernabeu"ga olib chiqishdi
'
O‘z navbatida "Osasuna"na ham ochko suv va havodek zarur. Ular La ligada jon saqlab qolish uchun kurash olib borishmoqda
'
"Real" chempionlik uchun kurash olib borayotganidan xabaringiz bor. Shunga qaramay, Anchelotti bugungi o‘yinda ayrim futbolchilarga dam berishga qaror qildi
'
Sizlarni "Real Madrid" va "Osasuna" jamoalari o‘rtasidagi Ispaniya La ligasining 35-turidan o‘rin olgan uchrashuvni kuzatib borishga taklif etamiz. E’tiboringizga matnli translyasiyani havola etamiz
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.