Ispaniya La-ligasi, 35-tur
| 27 aprel, soat 20:00 | ||
VALENSIYa |
0 : 1 |
ATLETIKO MADRIDRaul Garsiya (42)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Guaita Barragan Gayya MatYE R.Koshta Parexo Fuego Pyatti Joau Pereyra Pako Alkaser Jonas |
Kurtua Xuanfran Miranda Godin Filipe Luis Koke Tiagu R.Garsiya Gabi Kosta Vilya |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat | |
| ' | Asabiy kechgan o‘yinda "Atletiko" juda muhim g‘alabaga erishdi. Qosil, Simeone. Barcha qiyin o‘yinlarda g‘alabaga erishmoqda | |
| 90+4' | ![]() |
UCHRASHUV YAKUNLANDI! |
| 90+3' | ![]() |
Simeone uchinchi o‘zgarishga qo‘l urdi. Sosa o‘rniga ximoyachi Alderveyreldni tushirdi |
| 90+2' | ![]() |
"Atletiko" futbolchisi maydondan chetlatildi! Xuanfran tezkor Pablo Pyattini o‘tkazib yubordi va uni ochiqchasiga tepib qulatdi. Birdaniga qizil kartochka! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Eduardo Vargas havodagi to‘p uchun kurashda to‘pni ataylab qo‘l bilan o‘ynadi. Natijada sariq kartochka oldi. |
| 87' | ![]() |
Chap qanotda Fuego to‘pga ulgurmadi va ochiqchasiga Arda Turonni tepib yiqitdi. Turk futbochlisi og‘riq zarbidan maydondan yotibdi, ispaniyalik esa sariq kartochka bilan jazolandi. |
| 86' | ![]() |
Diyego Kosta! Bugun u vaziyatlarni ko‘kka sovurmoqda. Uni ikkinchi marta Guaita bilan birga-bir vaziyatga chiqarishmoqda. Bu safar u posbonni aldashga qaror qildi. Biroq Visenta sakragan holda to‘pni egallab oldi. Juda ajoyib harakat! |
| 83' | ![]() |
PIssi uchinchi o‘zgarishni amalga oshirdi. Jonas o‘rniga Federiko Kartabiya tushirildi |
| 74' | ![]() |
! Ux, Figuli o‘ng qanotdan ajoyib zarba yo‘lladi. Kurtua to‘pga ulgurmadi. Ammo to‘p shundoqqina darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi. |
| 72' | ![]() |
Mezbonlar bosimni oshirishmoqda. Navbatdagi burchak to‘pi o‘yinga kiritildi, ammo hozircha bu samara bermayapti |
| 71' | ![]() |
Pyatti darvoza tomon zarba berdi. Kurtua to‘pni egallab oldi |
| 70' | ![]() |
Diyego Godin sariq kartochka oldi. Pako Alkaserni chalib yiqitgani uchun |
| 69' | ![]() |
Mehmonlar jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Biroq uzatma hech kimga nasib etmadi va maydonni tark etdi |
| 69' | ![]() |
"Atletiko"da ikkinchi o‘zgarish: Raul Garsiya o‘rniga Xose Sosa tushirildi |
| 66' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin mehmonlardan biri bosh bilan zarba berdi. Biroq Guaita to‘pni egallab oldi |
| 66' | ![]() |
"Atletiko"ning qarshi hujumi tufali Arda Turon zarba berishga muvaffaq bo‘ldi, ammo himoyachi to‘p yo‘liga to‘siq bo‘la oldi |
| 65' | ![]() |
Burchak to‘pi yomon chiqmadi. Ammo Vargas himoyachini itarib yuborgani uchun hujumda fol qayd etildi |
| 64' | ![]() |
!!! Uhhhh, "Valensiya" hisobni tenglashtirish uchun o‘ta qulay imkoniyatga ega bo‘ldi! Chap qanotdan to‘p kuchli tarzda darvozabon maydonchasiga yetkazildi. Jonas bosh bilan darvozaga zarba berdi. To‘p Filipe Luis oyog‘iga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to‘pi |
| 62' | ![]() |
Barragan maydonni tark etdi va Figuli o‘yinni davom ettiradi |
| 60' | Darvoqe, "Mestalya" David Vilyani qarsaklar bilan kuzatib qo‘ydi. Xabaringiz bor, Vilya 5 yil davomida "Valensiya" sharafini himoya qilgan | |
| 59' | ![]() |
Vilya jarohat oldi. Diyego Simeone esa uning o‘rniga Arda Turonni tushirdi |
| 53' | ![]() |
"Valensiya"da dastlabki o‘zgarish: Danni Parexo o‘rniga Eduardo Vargas tushirildi |
| 51' | ![]() |
!!! Diyego Kosta raqibni kechirdi! Mezbon jamoa himoyachisi maydon markazida "podkat" bilan hujumni qaytargandek bo‘ldi, ammo to‘p Diyego Kostaga nasib etdi. Hujumchi ta’qibchilardan 10 metrlar farq bilan darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatga chiqib bordi va to‘pni Guaita oyoqlari orasidan o‘tkazmoqchi bo‘ldi. Ammo oyoqlarini yopishga ulgurdi. To‘p yon tomonga ketdi va himoyachi uni tepib yubordi. |
| 49' | ![]() |
Burchak zarbasidan keyin Kurtua to‘pni egalab oldi |
| 48' | ![]() |
Jonas o‘ng qanotda ochilgan Pereyrani to‘p bilan ta’minladi, ammo "Atletiko" himoyada yaxshi o‘ynamoqda. To‘p maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pi. |
| 47' | ![]() |
Diyego Kosta jarima maydonchasining chap qanotida fint ishlatib himoyachini aldab o‘tmoqchi bo‘ldi. Ammo uning bu "nomeri" o‘tmadi. Natijada to‘pni orqaroqda turgan Gabiga uzatishga to‘g‘ri keldi. Uning 23 metrdan yo‘lagan zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘limga xulosa beradigan bo‘lsak: "Valensiya" o‘yinni juda yaxshi boshladi, Kurtua darvozasi tomon hujumlar tashkil qildi. Lekin keyinchalik mezbonlarning jismoniy holati yaxshi emasligi ko‘zga tashlana boshladi. "Atletiko" asta-sekin tashabbusni qo‘lga kirita boshladi va bir qator hujumlar tashkil qildi. Natijada muhim golni raqib darvozasiga yo‘lladi. Endi Pissi o‘z jamoasini o‘yinini o‘zgartirishga va vaziyatni o‘nglashga harakat qiladi. Buning uchun uning ixtiyorida 15 daqiqa vaqt bor. "Matraschilar" esa ikkinchi bo‘limda qarshi hujumda harakat qilishsa kerak. |
| 45' | ![]() |
Bosh hakm Undiano Malyenko birinchi bo‘limga umuman vaqt qo‘shmadi va jamoalarni tanaffusga boshladi. |
| 43' | ![]() |
!!! Juda chiroyli gol! Gabi to‘pni yumshoq tarzda 11 metrli nuqta atrofiga uzatdi. Raul Garsiya ikki himoyachi qurshovida turgandi. Shuningdek, "Valensiya" darvozaboni ushbu zonaga yaqinlashib keldi. Ammo Garsiya darvozaga teskari holatga turganiga qaramay, barchadan baland sakradi va to‘pni darvoza tomon burdi. To‘p darvozabonning qo‘llari oldidan o‘tib ketdi, o‘ng ustunga urilib, to‘rga borib tushdi. Darvozabon to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi, himoyachilar ham sust o‘ynashdi. |
| 42' | ![]() |
GOOOOOL!!! Raul Garsiya, 0:1 |
| 39' | ![]() |
"Valensiya" futbolchilari olis masofadan zarba yo‘llashdi. Ushbu to‘p Kurtua uchun mashg‘ulot vazifasini o‘tab berdi! |
| 36' | ![]() |
Maydonda ehtiroslar junbushga kelmoqda. Jonas sariq kartochka oldi, hushtakdan keyin to‘pni tepib yuborgani uchun. |
| 35' | "Atletiko" chempionlikni qo‘lga kiritishni istasa, bugungi o‘yinda ochko yo‘qotishga haqi yo‘q. Ammo ular chorshanba kuni bo‘ladigan "Chelsi"ga qarshi o‘yinni ham o‘ylashga majburlar. "Atletiko" har ikkala frontni baravar eplay olarmikan. ko‘ramiz. | |
| 30' | ![]() |
Tashabbus mehmonlar tomoniga o‘tmoqda. |
| 28' | ![]() |
"Atletiko"da ilk xavfli vaziyat. Mehmonlar o‘ng qanot chizig‘idan to‘pni o‘yinga kiritishdi va to‘p 11 metrli nuqta atrofiga yetkazildi. U yerda to‘pga hech kim zarba bera olmadi, biroq chaproqda turgan Filipe Luisga kelib tushdi. Himoyachi darvoza tomon zarba berdi, biroq Barragan to‘pga oyoq qo‘yishga ulgurdi. Burchak to‘pi. |
| 26' | ![]() |
Gabi qanotdan yetkazib bergan to‘pni Godin bosh bilan darvoza tomon yo‘llashga urindi. Ammo noaniq |
| 23' | "Atletiko" hozircha o‘ziga o‘xshamayapti. Mezbonlar esa ancha faol o‘ynashmoqda | |
| 18' | Jamoalar qarama-qarshi hujumlar asosida o‘yinni davom ettirishmoqda. To‘p markazda saqlanayotgani yo‘q. Ammo hozircha xavfli vaziyatlar yo‘q | |
| 11' | Madridliklar safida jarohatlanganlar yo‘q. "Valensiya" safida esa Diyego Alves, Xuan Bernat, Filipp Senderos va Viktor Ruis jarohatlanishgan | |
| 10' | ![]() |
Diyego Kosta jarima maydonchasi ichida 2ta hujumda ishtirok etdi. Avval o‘zi himoyachini aldab o‘ta olmagan bo‘lsa, keyinchalik sherigi uzatgan to‘pga Kostaga nisbatan "Valensiya" darvozaboni chaqqonlik qildi |
| 5' | ![]() |
"Atletiko" 2003 yildan beri "Mestalya" stadionida g‘alaba qozona olmayotgan ekan... |
| 1' | ![]() |
O‘yinning ilk daqiqasidayoq valensiyaliklar hisobni ochishlari mumkin edi. Pako Alkaser jarima maydonchasi doirasi ichida sherigida pas qabul qildi va darhol darvoza tomon zarba berdi. Yerlatib berilgan zarba shundoqqina darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi. |
| 1' | Endi e’tiboringizni "VAlensiya" va "Atletiko" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinga qaratamiz! | |
| 1' | ![]() |
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|