JCH-2014 SARALASH.
| «A» guruhi, 7-tur | ||
O‘ZBEKISTONS.Jeparov (64)
|
1 : 0 |
LIVAN |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
12. Ignatiy Nesterov 4. Artyom Filiposyan 5. Anzur Ismoilov 6. Jasur Hasanov 7. Azizbek Haydarov 8. Server Jeparov (C) 9. Odil Ahmedov 10. Ulug‘bek Baqoyev 17. Sanjar Tursunov 22. Shoxruh Gadoyev 23. Akmal Shorahmedov. |
23. Abbos Hasan 3. Yusuf Muhammad (S) 4. Mutaz Bellah el-Junaydiy 6. Muhammad Chamass 8. Hasan Chayto 9. Muhammad Haydar 10. Abbos Atviy 15. Haytam Faur 18. Volid Ismoil 19. Ali Hamam 20. Adnan Haydar |
|
| ZAHIRA | ||
|
1. Murodjon Zuhurov 2. Vladimir Kozak 3. Shavkat Mullajonov 11. Farhod Tojiyev 13. Oleg Zoteev 14. Fozil Musayev 15. Aleksandr Geynrix 17. Kamoliddin Murzoyev 18. Timur Kapadze 19. Vitaliy Denisov 20. Islom Inomov 21. Sardor Qobuljonov |
1. Mehdi Kahlil 2. Hasan Dohir 5. Nur Mansur 7. Hasan Ma’tuk 11. Hussayn Avada 12. Nodir Matar 13. Abbos Atviy 14. Amir Xon 16. Mahmud Kojok 17. Fayz Shamsin 21. Lari Mehanna 22. Aleksis Toni Lous Xazzaka |
|
Matn
| ' | Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etmoqda. "G‘alaba bilan barchani tabriklayman. Chiroyli g‘alaba bilan. Qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga, futbolchilarga o‘yin uchun minnatdorchilik bildiraman | |
| ' | Unga Mirabror Usmonov hamrohlik qilmoqda! | |
| ' | GUlnora Karimova stadionda futbolchilarni birma-bir g‘alaba bilan tabriklab chiqmoqda! | |
| ' | Hech kim stadion tark etishga shoshilmayapti! | |
| ' | Futbolchilar stadion bo‘ylab g‘alaba marshini uyushtirishmoqda | |
| ' | 11 OCHKO BILAN GURUH PESHQADAMIGA AYLANDIK YANA!!! | |
| 90+5' | ![]() |
O‘YIN YAKUNLANDI! G‘ALABA MUBORAK DO‘STLTAR!!! |
| 90+1' | ![]() |
Jeparov o‘rniga Fozil Musayev tushirildi |
| 90+1' | ![]() |
Jeparov o‘rniga Fozil Musayev tushirildi |
| 90+1' | ![]() |
Jeparov o‘rniga Fozil Musayev tushirildi |
| 90+1' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 88' | Sanjar o‘ng qanotda jarima zarbasi ishladi | |
| 87' | ![]() |
Ehhhhhhhhhhhhhhhhhhhh! Gol bo‘lardiya! |
| 85' | Endi noaniq zarbani Tursunov yo‘lladi | |
| 84' | Baqoyev olis masofadan noaniq zarba yo‘lladi | |
| 82' | ![]() |
Abbos Atviy o‘rniga Aleksis Toni tushdi |
| 80' | Sanjar Tursunov himoyachiardan to‘pni o‘tkazib, o‘tib ketmoqchi bo‘lganida himoyachilarga urilib, jarima maydonchasi ichida yiqildi. Penalti yo‘q | |
| 78' | ![]() |
Raqib himoyachisiga tibbiy yordam ko‘rsatildi |
| 76' | ![]() |
Farhod Tojiyev hujum paytida raqibiga nisbatan tirsak ishlatgani uchun ogohlantirildi |
| 75' | Farhod, bir himoyachini aldading, nahotki 10 metrdan darvozaga to‘g‘ri tepish qiyin edi ya!!! | |
| 74' | ![]() |
Farhooooooooooooooood!!! nimalar qilib tashlading a!!! |
| 73' | Server chap qanotdan jarima zarbasi ishladi | |
| 71' | ![]() |
Futbolchi almashdi. Haytam Faur o‘rniga Hasan Ma’tuk tushirildi |
| 71' | ![]() |
Livan futbolchisining zarbasini Nesterov egallab oldi |
| 70' | Filiposyan maydonni tark etganidan keyin Odil Ahmedov markaziy himoyada o‘ynamoqda | |
| 69' | ![]() |
Zoteev ikki himoyachi orasidan o‘tib ketib, to‘pni chiroyli tarzda jarima maydonchasiga yetkazib bergandi. FArhod Tojiyev to‘pga biroz yeta olmadi. |
| 68' | Livan endi hujum uyushtirishga majbur | |
| 66' | ![]() |
Livan burchak to‘pi ishladi |
| 64' | Jeparovning jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasi rekoshet holatida LIvan darvozasidan o‘rin oldi!!! | |
| 64' | ![]() |
SERVER JEPAROVVVVVV |
| 63' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!!!! |
| 61' | LIvan qarshi hujum uyushtirdi va olis masofadan noaniq zarba berdi | |
| 61' | ![]() |
Farhod faol! BUrchak to‘pi! |
| 58' | Farhod Tojiyeeevvv!!! 15 metrdan kuchli zarba, ammo noaniq! | |
| 58' | O‘yin tempi oshib ketdi | |
| 58' | DArvozabon to‘pni egallab oldi | |
| 57' | ![]() |
BUrchak to‘pi ishladik |
| 56' | ![]() |
Farhod Tojiyev darvoza ustunini nishonga oldi! |
| 55' | ![]() |
Jeparov juda qulay vaziyatdan darvozani ishg‘ol qila olmadi! O‘ng oyoqda zarba bergandi darvozagacha 10-12 masofadan. To‘p balandlab ketdi |
| 55' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘yinchi almashdi. Himoyachi Filiposyan o‘rniga Farhod Tojiyev tushdi! |
| 54' | Ulug‘bek Baqoyev jarima maydonchasi ichida to‘pga yeta olmadi | |
| 53' | Terma jamoamiz qarshi hujum paytida to‘pni yo‘qotdi va natijada Livan qarshi hujum uyushtirdi va darvoza tomon noaniq zarba berdi | |
| 51' | ![]() |
O‘zbekistonning uzoq cho‘zilgan kombinasiyasi Gadoyevning noaniq zarbasi bilan yakuniga yetdi |
| 50' | ![]() |
Zoteev chiroyli o‘ynagandi! To‘pga hujumchimiz yeta olmadi |
| 49' | Nesterovga nisbatan qo‘pollik ishlatildi. | |
| 48' | ![]() |
Filiposyan to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi. Burchak to‘pi |
| 47' | LIvan jarima maydonchamizning o‘tkir burchagi tomonidan jarima to‘pi ishladi | |
| 46' | LIvanning xavfli hujumi. Hujumchi Akmaldan osonlik bilan o‘tib ketib, to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Futbolchilarimiz to‘pni qaytarishdi | |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. To‘pni o‘yinga livanliklar kiritib berishdi |
| 46' | ![]() |
Terma jamoamizda o‘yinchi almashmoqda. Maydonga Oleg Zoteev tushishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. U Jasur Hasanov o‘rniga tushdi |
| ' | Jamoalar ikkinchi bo‘limni boshlash uchun maydonga chiqib kelishdi | |
| ' | Ikkinchi bo‘lim boshlanishiga 3 daqiqa qoldi | |
| ' | Birinchi bo‘lim haqida nima deyish mumkin. Jamoalar tavakkallikka qo‘l urishmayapti. Avvalambor, tartibli o‘ynashga harakat qilishmoqda | |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi. Hisob - 0:0 |
| 45+1' | Jeparov jarima maydonchasi tashqarisidan darvozaga zarba berdi. Ammo noaniq | |
| 45+1' | To‘p himoya chizig‘idan to‘ppa to‘g‘ri Baqoyev tomon yetkazilgandi. HImoyachidan to‘p o‘tib ketdiyu, ammo Ulug‘bekdan ko‘ra darvozabon ildamroq harakat qildi | |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi |
| 45' | Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasi boshlandi | |
| 43' | To‘p o‘ng qanotga Tursunovga yetkazilgandi. Himoyachilar xushyor | |
| 41' | Jasur qanotidan aut ishladik, to‘p jarima maydonchasiga yetkazib berildi. Himoyachi to‘pni qaytardi | |
| 40' | Odilning so‘nggi pasi Jasurgacha o‘tmay qoldi | |
| 39' | Tomonlar bir marta tezkor qarshi hujum uyushtirishdi | |
| 36' | Baqoyev to‘pni egallab olib, o‘ng qanotda ochiliayotgan Ahmedovga yetkazgan edi. Odil unga yeta olmadi | |
| 36' | Serverning burchakdan o‘ng oyoqdan tepgan to‘pi muvaffaqiyatsiz chiqdi | |
| 35' | ![]() |
Olis burchak tomon yo‘naltirilgan to‘pni himoyachi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 34' | o‘ng qanotdan jarima zarbasi ishladik. To‘p himoyachining qo‘liga tegdi | |
| 34' | O‘zbekiston chap qanotdan hujum uyushtirishga harakat qilmoqda | |
| 31' | Livan jarima zarbasini amalga oshirdi. Himoyachilarimiz to‘pni qaytarishdi | |
| 29' | BUrchak to‘pi ham xavfli bo‘ldi. Futbolchimiz zarba berishga ozgina kech qoldi | |
| 29' | ![]() |
Xavfli hujum!!! Gadoyev chap qanotdan to‘pni yetkazib berdi. HImoyachi to‘pni maydon tashqarsiga chiqarib yubordi. BUrchakY |
| 27' | ![]() |
Himoyachi o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘yishiga sal qoldi. Jeparov chiroyli o‘ynadi |
| ' | Stadion gol talab qilmoqda! | |
| 27' | ![]() |
Yana burchak to‘pi |
| 26' | ![]() |
Hasanov qanotidan xavfli hujum burchak to‘pi bilan tugadi |
| 25' | Jasur himoyachidan to‘pni olib o‘tdiyu, ammo unga yetib ololmadi | |
| 22' | ![]() |
Shorahmedov ofsadda qoldi |
| 21' | O‘yinchini zambilda olib chiqib ketishdi | |
| 21' | ![]() |
LIvanlik futbolchiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 21' | O‘zbekiston qisqa paslar orqali hujum qilishga harakat qilmoqda | |
| 19' | Darvozabon to‘pni egallab oldi. Burchakdan Jeparov yetkazib bergandi | |
| 19' | ![]() |
Burchak to‘pi ishladik! |
| 18' | Tursunov qarshisidagi himoyachini aldab o‘ta olmadi. | |
| 17' | ![]() |
LIvanlik futbolchi ofsaydda qoldi |
| 17' | Terma jamoamizning joylashuvi biroz tartibsizdek ko‘rinmoqda. To‘pni egallashda bir-birini tushunmaslik holati kuzatilmoqda | |
| 15' | Livan hujum uyushtirishga urinib ko‘rdi. Samarasiz yakunlandi | |
| 15' | O‘zbekiston bosimi oshirib bormoqda | |
| 14' | ![]() |
BUrchak to‘pi gol bilan yakunlanishiga oz qoldi! |
| 13' | O‘zbekiston tezkor hujm uyushtirdi. Akmal o‘ng qanotdan yetkazib bergan to‘pni futbolchilarimizning o‘zaro tushunmovchiligi tufayli, ish zarbagacha yetib bormadi | |
| 12' | Livanning xavfli zarbasi! Yaxshiyam baxtimizga Hasan Chaytoning zarbasi noaniq chiqdi | |
| 11' | Baqoyev to‘p uchun kurashda o‘yin qoidasini buzdi | |
| 10' | ![]() |
Terma jamoamiz ijrosida xavfli hujum. JEparov chap qanotda jarima maydonchasiga kirib borayotgan HAsanovni oldinga boshladi. Jasurning pas/zarbasini darvozabon egallab oldi |
| 9' | Odil sal Sanjarni tushunmay qoldi. Aks holda... | |
| 8' | Server va Shorahmedov bir-birlarini yaxshi tushunishdi o‘ng qanotda. Aut | |
| 6' | ![]() |
Jeparov yana ofsaydda qoldi |
| 6' | Raqib hozircha dovdiramoqda va ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ymoqda | |
| 4' | ![]() |
Terma jamoamiz bosimni oshirib bormoqda |
| 3' | Navbatdagi hujum Server Jeparov to‘pni qabul qilib olib jarima maydonchasiga yetkazib berishga uringandi. Raqib himoyachisi xavfni barataraf etdi | |
| 3' | Baqoyev tomon uzatilgan to‘pga Ulug‘bek yeta olmadi. | |
| 2' | Qiyqiriqlar shu darajadaki yaqin masofadagi odamni ham eshitib bo‘lmayapti! | |
| 2' | Stadonda GOL deb baqirsa dahshatli eshitilarkan | |
| ' | Terma jamoamiz ketma-ket ikki marta to‘pni austdan o‘yinga kiritdi. | |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! |
| ' | Hakamning mini-qur’asiga ko‘ra, o‘yinni O‘zbekiston boshlab beradi! | |
| ' | Anchaga so‘zildi bu doira bo‘lib turish... | |
| ' | Jamoamiz doira hosil qilgan holda, o‘zlarini o‘yinga ruhan tayyorlashmoqda | |
| ' | Keyin esa O‘zbekiston terma jamoasi suratga tushdi! | |
| ' | Livanliklar suratga tushishmoqda | |
| ' | Koreya g‘alaba qozondi. ENdi navbat bizga! Boshladik! | |
| ' | Stadionda ulkan O‘zbekiston bayrog‘i yaratildi! Ko‘rgan bo‘lsangiz kerak! | |
| ' | Olamni mahliyo aylagan DIyoyoyoyoyoyoyor!!! | |
| ' | O‘zbekiston davlat madhiyasi! | |
| ' | BU vaqtda Koreya ikkinchi golni urdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarning eng so‘nggisida! | |
| ' | Diqqat, LIvan madhiyasi kuylanmoqda | |
| ' | Diqqat, maydonga O‘zbekiston, Livan va hakamlar chiqib kelishmoqda! | |
| ' | Diqqat qiling, maydonga avval O‘ZBEKISTON, keyin esa Livan bayroqlari olib chiqildi | |
| ' | Stadion tablosida tribuna ostidan maydonga chiqish tayyor turgan, doimiy kulib turadigan Abdul Malik Abdul Bashirni ko‘rsatishdi | |
| ' | To‘lqin bayroqlar bilan aylansa chiroyli ko‘rinarkan | |
| ' | Stadion uzra aylanayotgan to‘lqinga biz ham o‘z hissamizni qo‘shib turibmiz) | |
| ' | Barcha o‘yinni intizorlik bilan kutmoqda! | |
| ' | O‘Z-BE-KIS-TON, O‘Z-BE-KIS-TON, O‘Z-BE-KIS-TON... | |
| ' | Bizda esa uchrashuv boshlanishiga 15 daqiqa qoldi. Yana 5 daqiqadan keyin jamoalar maydonga chiqib kelishadi! | |
| ' | Janubiy Koreya va Qatar terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinning 88-daqiqasi davom etmoqda. 1:1... | |
| ' | Zaxiradagilar ham tanishtirb o‘tilmoqda | |
| ' | Suxandonning 12-raqamda Ignatiiiyyyy degan ovoziga stadion NES-TE-ROVVVVVVVVVVVVV deb javob bermoqda! Shu tariqa tarkib tanishtirishda davom etmoqda! | |
| ' | Stadion projektori chiroqlari yoqib qo‘yildi! | |
| ' | Suxandon jamoalar tarkibi bilan tanishtirmoqda. Bu ishni Livandan boshladi | |
| ' | Stadion suhandoni muxlislarni stadionga tashrif buyurishgani bilan tabriklamoqda! | |
| ' | Stadion xodimlari mashg‘ulotdan keyin ko‘chib qolgan chimlarni o‘z joyiga bostirib chiqishmoqda. | |
| ' | Terma jamoamiz ham kiyinish xonasiga yo‘l oldi | |
| ' | Stadionning markaziy sektorida "Andijon" fan-klubi joylashtirilgan. Ular ijrosida "Andijon polkasi" | |
| ' | Stadion qisqa muddat O‘zbekiston, O‘zbekiston deya hayqirishni mashq qildi | |
| ' | Biznikilar qanotlardan uzatib beriladigan to‘plar va darvoza tomon beriladigan mashqlarni bajarishmoqda | |
| ' | Livan mashg‘ulotlarni yakunlab, maydonni tark etmoqda. Hali o‘yin boshlanishiga 25 daqiqa bor. Ular bemalol hali 10 daqiqa shug‘ullanishlari mumkin edi | |
| ' | Stadion deyarli lim to‘ldi. Ayrim sektorlarda ora-chora joylar ko‘zga tashlanmoqda xolos | |
| ' | Bugun chap qanot Gadoyev va Hasanovga topshirilgan. Shohruxning hujumga yaxshi qo‘shilishini inobatga olib, Mirjalol uni bugun o‘yinga tushirgan bo‘lsa kerak. | |
| ' | Stadion 95 foizga tshlib bo‘ldi. O‘yin boshlanishiga 30 daqiqa qolmoqda. | |
| ' | Hozirgina Seulda hisob tenglashdi. Gol muallifi Xalfan Ibrohim | |
| ' | O‘yin boshlanishiga 35 daqiqa qolmoqda. Stadionga muxlislar kelishi davom etmoqda! | |
| ' | Janubiy Koreya va Qatar terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinning 65-daqiqasiga kelib hisob ochildi. Golni 2012 yilda Osiyoning eng yaxshi futbolchisi Li Keun Xo kiritdi! | |
| ' | Endi esa navbat qarsaqbozlikka! Durs-durs-durs... | |
| ' | Stadionda to‘lqin aylanmoqda! | |
| ' | Stadion naq qaynayotgan qozon, kamida "Kamp Nou" va "Santyago Bernabeu"!) | |
| ' | O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari chigalyozdi mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun maydonga chiqib keldi. Stadion ularni olqishlamoqda! O‘zbekiston, O‘zbekiston, O‘z-be-kis-ton!!!!! | |
| ' | Endigina livanlik posbonlar mashg‘ulotni boshlash uchun stadionga chiqib kelishdi, shu jumladan, qolgan livanlik futbolchilar ham | |
| ' | Media tribuna stadionning eng yuqori qismida joylashgan. Ortimizda sharhlovchilar kabinasi joylashgan. Davron Fayziyev kabinada o‘tiribdi) | |
| ' | Darvozabonlar murabbiyi Petr Gizimchuk bilan birgalikda Nesterov va Zuxurov mashg‘ulotlarni boshlab yubordi. Muxlislar darvozabonlarni olqishlar bilan kutib olishdi. | |
| ' | Ignatiy Nesterov mashg‘ulot o‘tkazish uchun maydonga chiqib keldi | |
| ' |
Bugungi o‘yinni singapurlik hakamlar boshqarib borishadi. Bosh hakam: Abdul Malik Abdul Bashir Qanot hakamlari: Li Tzu Liang, Tang Yeu Mun Zaxira hakami: Muhammad Taqi al-Ja’fariy Komissar: Torres Robert Jon (Guam) Nazoratchi: Ahmad Yoqub Muhammad Juma (BAA) |
|
| ' | 50 kishiga mo‘ljallagan media tribuna ham allaqachon jurnalistlar bilan to‘lib-toshib ketgan. Hamsblarimiz ishlashda davom etishmoqda | |
| ' | O‘yin boshlanishiga 1 soat vaqt qolganida stadion 90 foizga to‘ldi | |
| ' | O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun OQ RANGLI FORMAda, Livan esa qizil rangli formalarda harakat qiladi | |
| ' | Yana 10 daqiqadan keyin darvozabonlar, 15 daqiqadan keyin qolgan futbolchilar maydonda mashg‘ulotni boshlashadi | |
| ' | O‘yin boshlanishiga roppa-rosa 1 soat vaqt qoldi. | |
| ' | Stadion monitorlarida tarkiblar xuddi Angliya premyer-ligasidan tanishtirilmoqda! Judayam chiroyli | |
| ' | Tarkiblar yetib keldi! | |
| ' | Tarkiblarni kutyapmiz qadrli do‘stlar | |
| ' | Gulsanam fan-klub boshlig‘i bo‘lsa bo‘larkan. O‘zining so‘zlari bilan muxlislarni baqirtirmoqda. Aslida bugun hech qanday fan-klub boshlig‘iyu boshqa volontyorga hojat yo‘q. Stadion o‘z-o‘zida oyoqqa turmoqda | |
| ' | Gulsanam stadion cheti bo‘ylab maydonni aylanib chiqmoqda. Muxlislar o‘z qo‘llaridagi bayroqchalar bilan qo‘shiqni olqishlashmoqda | |
| ' | Bungacha Vatan haqidagi turli qo‘shiqlar yangrayotgandi. Endi esa Gulsanam Mamazoitovaning o‘zi stadiongakelib kuylamoqda. Olg‘a bos, O‘zbekiston! qo‘shig‘i! | |
| ' | Vitaliy Denisov o‘zining harakatlari orqali muxlislarni olqishlashga chorladi! Stadionda haqiqiy bayramona muhit! Buni faqat his qilish kerak! | |
| ' | O‘zbekiston milliy terma jamoasi stadionga yetib keldi. Ular stadion chimini his qilish maqsadida maydon makraziga to‘planishdi va aylana hosil qilishdi. Bu holat stadionga yig‘iliayotgan junbushga keltirdi. Afsuski, hozir ularning nimalarni ahdlashayotganin eshita olmaymiz. Shunisi aniqki bo‘lsa kerakki, ular jang oldidan so‘nggi marta qat’iy bir qarorga kelishdi. Faqat G‘ALABA!!! Ochig‘i, judayam hayajonli vaziyat bo‘ldi! | |
| ' | Stadion o‘yinga tayyor, shunga qaramay, ayrim texnik ishlar amalga oshirilmoqda. | |
| ' | Muxlislarning stadionga kiritilishi chiroyli tarzda tashkil etilgan va ma’lum tekshiruvlar tezda o‘tkazilmoqda. Stadionning barcha sektorlari muxlislar bilan to‘lib bormoqda | |
| ' | Stadionga muxlislarning oqimi davom etmoqda. Mirzo-Ulug‘bek metro bekati chiqish joyi ishqibozlar bilan to‘lib toshib ketgan. Chilonzor metrosi tomondan ham ishqibozlar tratuarni to‘ldirib oqib kelishmoqda | |
| ' | Muhtasham "Bunyodkor" stadionidan ilk marotaba uyushtirilayotgan onlayn translyasimizni boshlaymiz! | |
| ' | ASSALOMU ALAYKUM, HURMATLI FUTBOL MUXLISLARI, MUNDIAL ISHTIYOQI YONIB YASHAYOTGAN AZIZ VATANDOSHLAR!!! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|