Ispaniya La-ligasi, 35-tur
| 27 aprel, soat 00:00 | ||
VILYARREALKani (45+1)
Trigeros (54) |
2 : 3 |
BARSELONAGabriyel (65-avtogol)
Musachchio (78-avtogol) Messi (83) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.S.Asenxo 2.M.Gaspar 20.G.Paulista 3.B.Yokich 5.M.Musachchio 14.M.Triguros 10.Kani 21.B.Soriano 4.T.Pinya 7.J.Perbe 09.J.dos Santos |
13.X.Pinto 22.Dani Alves 21.Adriano 15.Mark Bartra 14.X.Maskerano 8. A.Inyesta 6. Xavi 16.S.Buskets 10.L.Messi 9.A.Sanches 7.Pedro |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat! | |
| ' | "Barselona" La liga sovrini uchun kurashda "Real" va "Atletiko"ni ta’qib qilishda davom etadi | |
| ' | "Barselona" judayam qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bunda maydon egalari ham avtogollar orqali yordam berib yuborishdi. | |
| 90+4' | ![]() |
UCHRASHUV YAKUNLANDI! |
| 90+2' | ![]() |
"Barsa" to‘pni nazorat qilmoqda. 1 daqiqa qolgandi o‘yin tugashiga |
| 90+1' | ![]() |
Hakamga e’tiroz bildirgani uchun Alves ogohlantirish oldi. Bugun Barbolan ko‘p marta kartochkani cho‘ntagidan chiqardi. Bungacha Buskets va Trigeros ham ogohlantirish olgandi |
| 90+1' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Pedro maydonni tark etyapti. Uning o‘rniga o‘yinni Serxi Roberto o‘yinni davom ettiradi |
| 87' | ![]() |
Darvoqe, Messi jamoasining uchinchi golini mezbon himoyachilarining xatosidan so‘ng kiritdi. Himoyachilar to‘pni bosh bilan qaytarishdi, biroq to‘p Messiga kelib tushdi. Leo esa 11 metrli nuqta atrofidan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi |
| 86' | ![]() |
Jarima zarbasini esa mehmonlar bir amallab bartaraf etishdi. |
| 85' | ![]() |
Hakam "Barselona" darvozasi tomon penalti belgilashi mumkin edi. Markazdan o‘ng qanot tomon uzatilgan to‘pni Buskets deyarli podkat uslubida qaytardi, ammo uning oyog‘i "Vilyareal" futbolchisiga tegib, hujumchisni yiqitdi. Borbalan hushtak chaldi, keyin qanotdagi hakam bilan borib maslahatlashdi. Yakunda chiziq ustidan jarima zarbasini belgiladi. |
| 83' | ![]() |
Gooooollll! Messsssiiii! |
| 81' | ![]() |
Messi jarima zarbasini ajoyib tarzda amalga oshirdi. Biroq Asenxo chiroyli seyv bilan xavfni bartaraf etdi! |
| 80' | ![]() |
Shundoqqina jarima maydonchasi ostonasida Messiga nisbatan qoida buzildi. |
| 78' | ![]() |
Alves o‘ng qanotdan to‘pni balandlatib yetkazib berdi va Musachchio oddiy vaziyatda to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishni maqsad qilib, bosh bilan o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi! Ikkinchi avtogol! |
| 78' | ![]() |
Goooooolll!!! 2:2!! |
| 76' | ![]() |
"Barsa" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Fabregas bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 74' | ![]() |
"Barselona" qarshi hujum natijasida Telyoni oldinga boshladi. Ammo u ikki himoyachi qarshisida to‘pni yo‘qotdi. |
| 73' | ![]() |
Alves o‘z qanotidan yetkazgan uzatmasi darvozabonga nasib etdi |
| 72' | ![]() |
Mehmonlarning bosimi yuqori darajada bo‘lmayapti. "Vilyarreal" muammosiz hujumlarni bartaraf etishmoqda |
| 68' | ![]() |
Mezbonlar o‘yinni maydon markaziga ko‘chirishga muvaffaq bo‘lishdi. |
| 65' | ![]() |
Va yordamga "Vilyarreal" futbolchilarining o‘zlariga yordamga kelishdi. To‘p Pedroning zarbasidan keyin 2 martalab rekoshet holatida mezbonlar darvozasiga kirib ketdi. To‘p so‘nggi marta Gabriyel oyog‘iga tegdi! |
| 65' | ![]() |
"Barsa" mudofaani yorib o‘tish uchun turli variantlar qidirishmoqda. |
| 63' | ![]() |
Pedro o‘ng tomondan jarima maydonchasiga yorib kirdi, biroq himoyachilar to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi |
| 62' | ![]() |
Xavi va Sanches maydonn tark etdi. Maydonga Telyo va Fabregas tushirilishdi |
| 61' | ![]() |
Inyestaning 18 metrlardan yo‘llagan zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi |
| 54' | ![]() |
Kani o‘ng qanotda ochilgan Akinoni oldinga boshladi. U esa ajoyib pas bilan to‘pni Trigeros boshiga "qo‘ndirdi" va Manu 10 metrlardan darvozaga joylab qo‘ydi! |
| 54' | ![]() |
GOOOOL!!! Trigeros! 2:0! |
| 49' | ![]() |
Messi burchak to‘pini qabul qilib olib, chap qanotdan markaz tomonga ko‘chdi va kuchli zarba yo‘lladi. Asenxo katta qiyinchilik bilan to‘pni qaytardi! |
| 48' | ![]() |
Aleksis Sanches hakam bilan tortishgani uchun ogohlantirildi |
| 47' | ![]() |
"Barsa" futbolchilari mezbonlar jarima maydonchasi atrofini qamal qilishgan. Ammo hali ish zarbagacha yetib bormayapti |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | Keyin esa hisobni tenglashtirishga juda ham qiynalmoqda. Buni uddalay olmagani uchun ketma-ket mag‘lubiyatlarga uchradi. | |
| ' | So‘nggi o‘yinlarda birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborish "Barselona"ga odat bo‘lib qoldi | |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus! |
| 45+1' | ![]() |
Ikkinchi urinishda mezbonlar darvozani ishg‘ol qilishdi. Hal qiluvchi uzatmani yana Xonaton amalga oshirdi. Natijada Kani Pinto ilan yuzma-yuz vaziyatga chiqib bordi va xotirjamlik bilan darvozaning burchagina nishonga oldi!!! |
| 45+1' | ![]() |
Ana shu qo‘shib berilgan daqiqada "Vilyarreal" hisobni ochmoqda!!! KAni! |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 43' | ![]() |
Xonatan Pereyra "Barsa" mudofaa chizig‘ini yorib o‘tdi va 11 metrli nuqta atrofiga to‘pni uzatdi. Xavyera Akuino esa shuncha bo‘o‘sh zona turib, aynan Bartraning oyog‘i tomon to‘pni yo‘lladi. |
| 41' | ![]() |
Aleksis Sanches himoyachilar ta’qibi ostida maydonning so‘nggi chizig‘iga qadar bordi va to‘pni darvozabon maydonchasi tomon kuchli tarzda yetkazdi. Ammo u yerda to‘pni darvozaga yo‘llaydigan futbolchi topilmadi. |
| 39' | ![]() |
Xavi to‘p bilan "Vilyarreal" jarima maydonchasiga kirib bordi va darvoza tomon zarba berdi. To‘pni esa himoyachilardan qaytarib qoldi. |
| 37' | ![]() |
Inyesta to‘pni Messi tomon uzatgandi, himoyachi uni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 35' | ![]() |
Pina maydon markazida Maskerano bilan to‘qnashib ketdi va jarohat oldi. Uning o‘rniga Xavyera Akino tushirildi. Birinchi bo‘limning o‘zidayoq "Vilyarreal"da ikkinchi majburiy o‘zgarish |
| 33' | ![]() |
Messi zarbavor vaziyatga chiqdi va darvoza tomon 2 marta zarba berdi. Har ikkala safar to‘p zich o‘ynayotgan himoyachilarga tegib qaytdi |
| 32' | ![]() |
To‘pni mehmonlar nazorat qilishmoqda. Alves qanotidan juda ko‘plab uzatmalar amalga oshirilmoqda. Asenxo va himoyachilar xavfni bartaraf etishda muammoga duch kelishmayapti |
| 29' | ![]() |
Mana vaziyat!!! Dani Alves maydonning o‘ziga tegishli qismida to‘pni yo‘qotdi va raqib futbolchisi darvoza tomon intildi. Kani darvoza yaqiniga chiroyli uzatmani amalga oshirdi. Jovanni dos Santos to‘pni darvozaga joylab qo‘yish uchun birozgina kech qoldi! |
| 25' | ![]() |
"Vilyarreal" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ammo to‘p yetkazilgan vaziyatda mezbonlardan hech kim yo‘q edi |
| 21' | ![]() |
Mezbonlar kutilmagan tezkor hujum tashkil qilishdi. Kani qanot bo‘ylab oldinga o‘tdi va to‘pni Xonaton tomon uzatdi. To‘p esa Jonaton dos Santosning oyog‘iga tegib, Pinto qo‘riqlayotgan darvozaning shundoqqina ustidan o‘tib ketdi! |
| 20' | ![]() |
To‘pni nazorat qilishning foizdagi ko‘rinishi - 76-24 bo‘lmoqda. "Vilyarreal" to‘liq himoyada |
| 16' | ![]() |
"Sariq suvosti kemasi" tezkor hujum tashkil qildi. Kani uzoq masofadan zarba yo‘lladi. Zarba darvozabon uchun noqulay bo‘lib chiqdi. Ammo to‘p shundoqqina darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi! |
| 15' | ![]() |
"Vilyarreal" jarima maydonchasi bo‘ylab harakat qilgan Messi bu safar zarba berishga qaror qildi. Asenxo to‘pni oyog‘i bilan qaytarib qoldi! |
| 14' | ![]() |
Messi to‘p bilan jarima maydonchasiga kirib bordi va Yokichni aldab o‘tmoqchi bo‘lganida yiqildi. Borbalan esa o‘yinni davom ettirish mumkinligiga ishora qildi |
| 13' | ![]() |
"Barsa" yana bir burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Alvesning zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 12' | ![]() |
"Vilyarreal" futbolchisi Perbe jarohat oldi va mezbon jamoa murabbiyi uni almashtirishga majbur bo‘ldi. Maydonga Xonatan Pereyra tushirildi |
| 10' | ![]() |
Darvozabon maydonchasi tomon uzatilgan navbatdagi pas ancha xavfli bo‘ldi. Himoyachilar Pedroga nisbatan birozgina chaqqonroq harakat qilishdi |
| 9' | ![]() |
Messi chap qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Mezbonlar xavfni bartaraf etishdi |
| 8' | ![]() |
Mezbonlar 2 marta qarshi hujum uyushtirishdi. Har safar Xose Pinto to‘pni egallab oldi |
| 6' | ![]() |
Sorino jarima maydonchasi aylanasi yaqinida Inyestani chalib yiqitdi. Jarima zarbasini esa Xavi amalga oshirdi. To‘pni Asenxo egallab oldi |
| 4' | ![]() |
Alves o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Himoyachilar to‘pni qiyinchiliksiz qaytarib yuborishdi |
| 2' | ![]() |
Messi burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat hozircha yo‘q |
| 2' | Bugun mehmonlar sariq rangli formada o‘ynashmoqda. "Barselona" esa o‘zining odatdagi ko‘k-anorrang formasida harakat qiladi. | |
| 1' | O‘yin boshida stadion Tito Vilanovaning xotirasi uchun 1 daqiqa sukut saqladi | |
| 1' | ![]() |
UCHRASHUV BOSHLANDI! |
| ' | "Real" va "Atletiko" mazkur turda g‘alabaga erishishdi. "Barselona" ham bu ishni amalga oshirishga harakat qilib ko‘radi. | |
| ' | Ispaniya chempionatida kurash davom etmoqda | |
| ' | Xayrli oqshom, hurmatli ishqibozlar |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|