Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Oliy liga-2014, 6-tur

28 aprel, soat 18:00. «Lokomotiv» stadioni.

LOKOMOTIV

Farhod Tojiyev (8-pen., 86)
Ivan Nagayev (22, 82)

4 : 0

ANDIJON

JAMOALAR TARKIBI
1.I.Nesterov
4.B.Yo‘ldoshev
10.F.Tojiyev
16.J.Hasanov (kichik)
17.S.Mustafoyev
18.F.Musayev
20.I.To‘xtaxo‘jayev
22.V.Karpenko
23.I.Nagayev
77.J.Hasanov
88.L.To‘rayev
  "Andijon":
32.T.G‘aniyev
2.J.Mirabdullayev
5.A.Kasyan
7.B,G‘oziyev
8.B.Abdurahimov
10.A.Rajabov
18.SH.Shaymonov
20.T.Sultonov
23.S.Dosenko
28.R.Rahmonov
55.A.Rahmonov
ZAHIRA
84.T.Jo‘rayev
8.A.Xolmatov
9.S.Mirzayev
12.S.Rahmonov
14. A.Kojakar
24.I.Rahimov
30.D.Jabborov
99.V.Shevchenko
  1.M.Xudoyorov
3.D.Tursunov
6.I.Otaxonov
9.L.Soliyev
17.M.Kamolov
19.A.To‘xtasinov
88.A.Azizov

Matn

'
Har ikkala jamoa o‘z fan-klubiga minnatdorchilik bildirishdi
90+3'
UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90'
!!!! Tojiyev va G‘aniyevga tasanno! Hujumchiga bosh bilan bergan zarbasi uchun Temurga esa ajoyib seyvi uchun!
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
86'
To‘rayev - Xolmatov - Tojiyev kombinasiyasi gol bilan yakunlandi!
86'
GOOOOOLLL! Farhod Tojiyev, 4:0!
85'
Karpenko maydonni tark etdi. Andrey Kojakar o‘yinni yakunlab qo‘yadi
84'
Xolmatov himoyachilarning xatosidan so‘ng yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketishi mumkin. Temur G‘aniyev chaqqonlik qilib, to‘pni egallab oldi
83'
Vanya o‘z dublini futbolkani yechgan holda nishonlagani uchun ogohlantirish oldi. Futbolkani yechishga hojat yo‘q edi nazarimizda
82'
Yana qisqa paslardan keyin Nagayev posbon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi va darvozabonni aldab o‘tib, bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi!
82'
GOOOOOL!!! Ivan Nagayev, 3:0!
80'
Mirzakamol Kamolov maydonga tushirildi. Bekzod G‘oziyev maydonni tark etdi
76'
Alisher Azizov darvoza tomon dastlabki zarbasini berdi. Noaniq
75'
Xolmatov jarima maydonchasining chap burchagidan darvozaga zarba berdi. G‘aniyev to‘pni egallab oldi
74'
"Andijon"da ham o‘zgarish. Bahrom Rahmonov o‘rniga Alisher Azizov tushirildi
73'
Katta Hasanov o‘rniga Akmal Xolmatov tushirildi
73'
Vuh! Nagayev o‘ng burchakka yaqin joydan to‘pni darvozabon maydonchaga yetkazdi. Ibrohim Rahimov tomonidan yo‘llangan zarba darvozabonning oyog‘iga tegib qaytdi!
71'
Yana Shaymanov uzoq masofadan zarba yo‘lladi. Nesterov muammosiz to‘pni egalladi
66'
Hasanov jarima zarbasidan to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Fozil Musayev biroz to‘pga yeta olmadi
66'
Ibrohim Rahimov maydonga tushirildi. Kichik Hasanov maydonni tark etdi
64'
Navbatdagi hujum yana chap qanotdan tashkil etildi. Jarima maydonchasi tomon yetkazilgan to‘pni himoyachilar amallab maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi
61'
"Loko" ijrosida navbatdagi xavfli hujum. Mehmon himoyachilari o‘z jarima maydonchalari atrofida to‘pni yo‘qotishdi va o‘ng qanotdan kichik HAsanov to‘pni darvozabon maydonchasi yetkazdi. Tojiyev to‘pga bir amallab yetdiyu, ammo G‘aniyev ham amallab zarbani qaytardi!
59'
Oh-oh-oh! Abramov shogirdlari juda tezkor va chiroyli hujum tashkil qilishdi. Himoyadan boshlangan "devor"lar hujumgacha yetib bordi va katta Hasanov uzatgan to‘pga Nagayev bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi! Stadionga yig‘ilgan kamsonlik muxlislar mazkur kombinasiyani qarsaklar bilan qarshi olishdi
57'
Vodiyliklar ikkinchi bo‘limda faqat hujum haqida o‘ylashmoqda. Hozircha golga tortadigan vaziyat yarata olishmadi
55'
"Loko" tezkor qarshi hujumga o‘tdi. Tojiyev jarima maydonchasi chizig‘idan zarba yo‘llashga qaror qildi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi
54'
To‘rayev katta Hasanov oldinga boshladi. Jasur to‘pni jarima maydonchasi ichida turgan Karpenkoga yetkazdi. Ammo Viktorning zarbasi noaniq chiqdi
51'
Ivan Nagayev birga-bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi, ammo u ofsaydda qolib ketgandi
50'
Temur Sultonovning jarimadan yo‘llagan zarbasi kuchli chiqdi, ammo noaniq
49'
Lutfulla To‘rayev maydon markazida to‘pni mehmonlarga oldirib qo‘ydi va Anvar Rajabov to‘p bilan oldinga o‘tayotganida uning o‘zi hujumchini yiqitdi. Darvozagacha 30 metrlar masofa bor
47'
Shahzod Shaymonov 25 metrlardan darvoza tomon zarba berdi. Nesterov to‘pni egallab oldi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
46'
Mehmonlar tarkibida o‘zgarish bo‘ldi. Bahrom Abdurahimov o‘rniga Ibrohim Otaxonov o‘yinni davom ettiradi
'
Jamoalar va hakamlar maydonga chiqib keldi.
'
"Andijon" esa hozircha deyarli hech narsa qila olayotgani yo‘q
'
Ikki haftalik tanaffusdan Abramov unumli foydalangani bugungi o‘yinda ko‘zga tashlanmoqda. "Loko" futbolchilar tez fikrlab, tez harakat qilimshmoqda. Futbolchilar bir-birlarini ancha yaxshi tushunishmoqda
'
BIRINCHI BO‘LIM YAKUNLANDI!
45+1'
Rasul Rahmonov darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqishi mumkin edi. Ammo u To‘xtaxo‘jayev ta’qibida bo‘lgani uchun darhol zarba yo‘llashga qaror qildi. Zarba ancha noaniq chiqdi
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
41'
!!! Ivan Nagayev birga-bir vaziyatdan foydlana olmadi. G‘aniyevning oyog‘iga tegdi to‘p
40'
"Loko" qisqa paslar orqali raqib mudofaa qo‘rg‘onini tezkorlik bilan yorib o‘tishmoqda. Bu safar ham o‘naqay Hasanov qanotidan to‘p jarima maydonchasiga yetkazildi. Tojiyev qaychi uslubida zarba yo‘llamoqchi bo‘lgandi, oyog‘iga to‘p tegmay qoldi. Musayevning zarbasini esa darvozabon egallab oldi
37'
Toshkentga yetib kelgan "Andijon" fan-klubi a’zolari turli musiqa sadolari orqali o‘z jamoalarini qo‘llab-quvvatlashmoqda
36'
"Andijon" futbolchisi Bahrom Abdurahimov 16 metrlardan zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Biroq to‘p yo‘liga Bobur Yo‘ldoshev g‘ov bo‘ldi
34'
Musayevga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Bosh hakam Aziz Asimov jonli devorni o‘rnatayotganida Karpenko zarbani amalga oshirib yuborgani uchun ogohlantirish oldi. Katta HAsanovning zarbasini esa G‘aniyev egallab oldi
33'
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishadi.
29'
Vuuuuhhhhh! To‘rayev o‘ng qanotdan to‘pni kichik Hasanovga uzatdi va buxorolik Jasurning uzatmasi Farhod Tojiyevga borib tushdi. Tojiyevlarning kichigi 5-6 metr masofadan darvozani ishg‘ol qila olmadi. Biroz noaniq bo‘ldi zarba
26'
Hasanov o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib bergandi. Temur G‘aniyev to‘pni egallab oldi
22'
Mehmonlar biroz hujumga e’tibor qaratishgandi, natijada jazolanishdi. Nagayev maydon markazidan darvoza tomon yolg‘iz yugurdi, barchani ortda qoldirdi va darvozani ishg‘ol qildi. Farhod Tojiyev ham jamoadoshi bilan parallel yugurgandi, ammo Ivan to‘pni unga uzatmadi. G‘aniyev ham Farhodga chalg‘iganini ta’kidlash lozim
22'
GGGOOOOOLLLL! IVan Nagayev, 2:0!
21'
"Andijon"ning burchak to‘plari mezbonlar uchun taxlikali bo‘lmoqda
20'
Katta Hasanov to‘pni jarima maydonchasiga yetkazishini barcha kutgandi. Biroq u jarima maydonchasi tashqarisida turgan kichik Jasurga to‘pni yetkazdi. Hasanovning zarbasini esa Temur G‘aniyev qaytarishga muvaffaq bo‘ldi
19'
Kichik Hasanovga nisbatan o‘ng qanotda o‘yin qoidasi buzildi. Jarima zarbasi
18'
To‘p to‘laligicha Abramov shogirdlari ixtiyorida. Hujum goh o‘ngdan, goh chapdan yo‘nalishi olmoqda
14'
MAydon egalari to‘pni nazorat qilib turishdi va tezlik bilan hujum tashkil qilishdi. To‘rayev chap qanotda ochilayotgan katta Hasanovni to‘p bilan ta’minladi. Jasurning uzatmasi esa noaniq bo‘ldi - maydon tashqarisiga chiqib ketdi
11'
Mezbonlar chiroyli hujum takshil qilib, darvozani ishg‘ol qilishdi. Ammo so‘nggi zarbani yo‘llagan Nagayev ofsaydda qolib ketibdi.
10'
Nesterov to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi, ammo "Andijon" sardori buni kutmagandi va o‘ziga kelgan to‘pni darvozaga yo‘llay olmadi
10'
Mehmonlar burchak to‘pi ishlashdi
8'
GOOOOLLLL! Farhod Tojiyev, 1:0! Darvozabon o‘zidan o‘ng tomonga, to‘p esa qarama-qarshi burchakning yuqori tomoniga kirib ketdi
7'
MAydon egalari chiroyli tashkil qilishdi. Farhod Tojiyev 16 metrlardan zarba yo‘llagandi, to‘p himoyachi qo‘liga tegib, o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi!
7'
Penalti! "Andijon" darvozasi tomon!
6'
"Andijon" mezbonlar jarima maydonchasi atrofida pressing uyushtirib, to‘pni egallab oldi. O‘ng qanot yarim himoyachi to‘pni darhol jarima maydonchasiga yetkazdi. Nesterov to‘pga ega chiqdi
4'
To‘p nazorati to‘laligicha "Lokomotiv"da. To‘rayev to‘pni yerlatib Nagayev tomon yetkazgandi, bu safar ham himoyachilar xushyor o‘ynashdi
3'
Karpenko to‘pni himoyachilar orasidan o‘tkazib, Nagayevni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yuborayotganidi, andijonlik himoyachilar to‘pni egallab olishdi
2'
"Lokomotiv" oq, "Andijon" esa ko‘k rangli formad o‘ynamoqda
1'
O‘YIN BOSHLANDI!
'
Diqqat! Jamoalar maydonga chiqib kelishdi!
'
BUgun Oliy liga 6-tur bahslariga yakun yasaladi. Soat 18:00da "Buxoro" va "Bunyodkor" jamoalari o‘zaro Buxoroda bahsni boshlashadi
'
Toshkentda maydalab yomg‘ir yog‘moqda. Jamoalar chigalyozdi mashg‘ulotini yakunlab, kiyinish xonasiga kirib ketishdi. Birozdan keyin yana qaytishadi
'
Uchrashuvni O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylari — Mirjalol Qosimov va Shuhrat Maqsudov kuzatib borishadi
'
BUgun Abramov shogirdlari "Andijon" klubini qabul qilishadi
'
Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionidan onlayn translyasiya boshlaymiz
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.