Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Ispaniya La-ligasi, 36-tur

3 may, soat 19:00

BARSELONA

Messi (23)
Sanches (67)

2 : 2

XETAFE

Lafita (37, 90+2)
JAMOALAR TARKIBI
Xose Pinto
Dani Alves
Bartra
Maskerano
Adriano
Pedro
Xavi
Sanches
Buskets
Inyesta
Messi
  Jakobi
Valera
Rafa
Aleksis
Eskudero
X.Rodriges
Lasen
Lafita
Sammir
Sarabiya
Kolunga

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat!
'
Nazarimizda, Lafitaning 2ta goli Xerardo Martinoning iste’fosini tezlashtirib yuborsa ajab emas
90+4'
O‘YIN TUGADI!
90+2'
Gavilan chap qanotdan yetkazib bergan to‘pni Lafita darvozaga yo‘lladi!
90+2'
GOOOLL!!! Lafita "Barsa"ni chempionlik umididan butkul mahrum qilmoqda! 2:2
90'
Bosh hakam Teysheyra Vityenes ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berdi
90'
Adriano Korreyya ogohlantirildi
87'
Xavi maydonni tark etdi. Markazni Aleksandr Song egallaydi
86'
Mexdi Lasen o‘rniga Michel o‘yinni davom ettiradi.
85'
"Xetafe" o‘yinning so‘nggi qismini kuchli o‘tkazmoqda. Sarabiya yo‘llagan zarbaga mezbon mudofaa chizig‘i vakillariga g‘ov bo‘lishdi
80'
!!! "Xetafe" chap qanot bo‘ylab ajoyib hujum tashkil qildi! Eskudero maydonning so‘nggi chizig‘igacha yetib keldi 11 metrli nuqta atrofiga to‘pni uzatdi. Yolg‘iz turgan Sarabiya darvoza tomon zerba berdi. Lekin to‘p Pintoning o‘ziga bordi va Xose uni egallab oldi.
76'
!!! "Barselona" tezkor qarshi hujum uyushtirdi! Lionel Messi maydon markazidan boshlab Julio Sezar bilan yuzma-yuz vaziyatga chiqib bordi. Argentinalik futbolchi to‘pni posbonnning ustidan oshirib darvozaga joylamoqchi bo‘ldi. Biroq ijroda xatoga yo‘l qo‘ydi. To‘p darvoza to‘ri ustiga kelib tushdi!
73'
Messi chap qanotdan to‘pni darvozaning olis ustuni tomon yetkazdi. Dani Alves bosh bilan zarba berdi, biroq to‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi!
72'
Adriano Korreyya o‘yin qoidasini buzdi. Xayme Gavilan standart vaziyatdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Bosh bilan berilgan zarbadan keyin to‘pni Pinto egallab oldi
70'
Fabregas jarima maydonchasiga yorib kirdi va zarba berdi. Ammo uning zarbasi ham darvoza ustidan o‘tib ketdi!
69'
Pedro Rodriges jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berdi. To‘p birozgina darvoza yuqorisidan o‘tib ketdi
68'
Sammir o‘rniga Pedro Moskera tushirildi
67'
Hozirgina zaxiradan tushgan Fabregas o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va to‘pni yerlatib jarima maydonchasiga uzatdi. Aleksis Sanches darvozani ishg‘ol qildi!
67'
GOOOOOL!!! Sanches, 2:1
66'
Xavyera Maskerano o‘rniga Sesk Fabregas tushirildi
65'
Xayme Gavilan ogohlantirish oldi
57'
Messi 3 nafar futbolchini aldab o‘tib, Pedroga to‘pni yetkazdi. Ammo uning zarbasi kuchli chiqmadi. Davrozabon egallab oldi
52'
!!! Kataloniyaliklar bosimni oshirishmoqda. Alves o‘z qanotidan oldinga o‘tdi va darvozabon maydonchasiga to‘pni yetkazdi. Sanches esa u yerda to‘p uchun kurashdi va to‘pni ko‘krak aralash yelkasi bilan to‘pni darvozaga yo‘lladi. To‘p esa darvoza to‘siniga tegib maydonga qaytdi. Ammo uni darvozaga yo‘llaydigan futbolchi topilmadi!
49'
!!! Jarima maydonchasi doirasi ichidan Messi ajoyib zarba yo‘lladi. Julio Sezar to‘pni qaytardi, ammo qaytgan to‘pga Messidan ko‘ra himoyachi birinchi bo‘lib yetib keldi.
48'
"Barselona" uzoq vaqt davomida to‘pni naozrat qildi. Hozircha "Xetafe" mudofaasi bexato o‘ynamoqda.
47'

Birinchi bo‘lim statistikasi.
To‘p nazorati - 79% - 21%, zarbalar - 7-3, aniq zarbalar - 3-2, burchak to‘plari - 6-1, ofsaydlar - 2-0, follar - 8-3.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi
45'
Adrian Kolunga jiddiy jarohat oldi. Majburiy o‘zgarish: maydonga Xayme Gavilan tushirildi
44'
Pedro o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yaqinlashdi, ammo so‘nggi uzatmani aniq amalga oshira olmadi
43'
Anxel Lafita bu safar chap qanotdan bir o‘zi raqib futbolchilaridan o‘tib ketishga urindi. Ammo bu ishni eplay olmadi
42'
Endi esa Lafitaning o‘zi ham sariq kartochka, ham jarohat olmoqda
39'
"Barsa" futbolchilari asabiylashishni boshlamoqda. Dani Alves maydon markazida Anxel Lafitaga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi
38'
Qiziq, gol bo‘lgan vaziyatda bosh hakam golni hisoblash yoki hisoblamaslik borasida ikkilandi. Sababi, qanot hakam bayroqchani ko‘targandi. Shunga qaramay, u golni inobatga oldi
37'
Xavyer Maskerano o‘z jarima maydonchasi yaqinida Sammirga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi va buning uchun ogohlantirish oldi. Ana shu standartdan yetkazilgan to‘p uchun kurashda Anxel Lafita Pedrodan ustun keldi va to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi!
37'
GOOOOOLLLL! Lafita, 1:1!
34'
Xavi burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ammo xavf bartaraf etildi
33'
Alves yana hujumga qo‘shildi. Biroq uning uzatmasi Serxio Eskuderoga tegdi
32'
Pablo Sarabiya to‘pni jonli devorning ustidan o‘tkazib, darvoza tomon zarba berdi. To‘p darvoza ustidan ham o‘tib ketdi
31'
Maskerano esa avvalgi vaziyatda Sammir bilan to‘qnashuvda jarohat olgandi
30'
Mehmonlarning navbatdagi qarshi hujumi. Adriano Kollunga to‘pni jarima maydonchasi yaqiniga uzatdi. Biroq Adrinoa Korreya o‘yin qoidasini buzdi. Jarima zarbasi
28'
"Xetafe" hujum tashkil qildi. Aleksis Ruano tomonidan berilgan zarba Dani Alves oyog‘iga tegib qaytdi
26'
Xavfli vaziyat! Pedro Rodriges himoyachi Xuan Valerani aldab o‘tdi va chap qanotda o‘tkir burchak ostida kuchli zarba berdi. To‘p Sezarning aynan o‘ziga bordi!
23'
"Barselona" hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi! Lionel Messi markaz bo‘ylab Xavini oldinga boshladi va Ernandek Daniel Alves ochilayotganini o‘z vaqtida ko‘rdi. O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Messiing o‘zi chap oyoqda darvozaga yo‘lladi!
23'
GGGOOOOLLL!! Messi, 1:0!
21'
Burchak to‘pidan keyin Xose Pinto oldingi chiqdi va to‘pni egallab oldi!
20'
"Xetafe" tezkor qarshi hujum tashkil qildi. Lafita o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi va kataloniyaliklar uni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. Burchak to‘pi
19'
Messi to‘pni egallab olib, markazdan oldinga o‘tdi va darvoza tomon kuchli zarba berdi. Biroq to‘p yo‘liga "Xetafe" himoyachisi g‘ov bo‘ldi!
17'
Xavi tomonidan amalga oshirilgan burchak to‘pi "Xetafe" himoyachisiga nasib etdi
16'
Pedro o‘ng qanotda bir futbolchini aldab o‘tdi va burchak to‘pi ishladi
15'
"Xetafe"ning qarshi hujumi oxiriga yetmay qoldi. To‘p yo‘qotildi
14'
Xavi uzatgan to‘pni Julio Sezr mushtlari bilan urib yubordi
13'
Alvesning "devor"i esa amalga oshdi va biroq to‘p jarima maydonchasiga uzatilayotganida mehmon himoyachilari to‘pni qaytarishdi. Burchak to‘pi
12'
Inyesta Pedro bilan "devor" o‘ynashga intildi. Ammo Rodrigesning uzatmasi himoyachidan o‘tmadi.
9'
Messi to‘pni chap qanotda ochilayotgan Adrianoga yetkazdi. Biroq Korreaning uzatmasiga hech kim yetib bora olmadi
6'
Xavi burchakdan yetkazib bergan to‘pni mezbon futbolchilariga nasib etmadi
5'
Alves o‘ng qanotdan hujumga qo‘shildi va to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Mehmon himoyachilari to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi
3'
Adriano chap qanotdan hujumga qo‘shildi va darvozaning yaqin burchagi sari zarba yo‘lladi. "Xetafe" darvozaboni Julio Sezar to‘pni egallab oldi
2'
Mezbonlar asta-sekin tashabbusni o‘z qo‘llariga olishga harakat qilishmoqda
1'
O‘YIN BOSHLANDI!
'
Saytimizda futbol bayrami davom etmoqda. Oliy liga o‘yinlari bilan bir qatorda, Ispaniya chempionatining muhim o‘yinlaridan biriga e’tiboringizni qaratamiz. "Barselona" va "Xetafe" jamoalari o‘rtasida o‘yindan tashkil etiladigan onlayn translyasiyani kuzatib borishga taklif etamiz.
'
Assalomu alaaykum, qadrli futbol ishqibozlari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.