Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya Premyer-ligasi, 37-tur.

3 may, soat 21:30

EVERTON

Barkli (11)
Lukaku (65)

2 : 3

MANCHESTER SITI

Aguero (22)
Jeko (44, 48)
JAMOALAR TARKIBI
Xovard
Alkaras
Stounz
Jagelka
Koulmen
Neysmit
J.Makkarti
Beyns
Barkli
Osman
Lukaku
  Jo Xart
Sabaleta
Demichelis
Kompani
Klishi
Yaya Ture
Xavi Garsiya
Nasri
Milner
Aguero
Jeko

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat!
'
"ManSiti" yana 2ta o‘yinda g‘alaba qozonsa, chempionlikni nishonlaydi!
90+7'
UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Everton" - "Manchester Siti" - 2:3.
90+7'
Mezbonlarga yana bitta hujum tashkil etish uchun imkon berdi hakam.
90+6'
"Everton"ning so‘nggi hujumi paytida Jo Xart to‘pni maydon tashqarisiga kuzatib qo‘ydi
90+4'
To‘pni "Siti" nazorat qilmoqda
90+1'
Silva jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 6 daqiqa qo‘shib berildi!
89'
Qarshi hujum paytida Fernandinyo to‘pni Jekoga uzatdi. To‘pga Xovard ega chiqdi
87'
Oh-ho-ho-ho!!! Delafeu o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi, 3-4 nafar futbolchini aldab o‘tib, o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p to‘rning yon tomoniga kelib urildi
85'
Hozir to‘p Jekoga kelib tushganida "Gudison park"ga yig‘ilgan muhlislar yuqoridagi qilig‘i uchun Edinga nisbatan xushtakbozlik qilishdi
81'
Edin Jeko maydonda yotibdi. Hakam esa uning o‘rnidan turishini talab qildi. Turavermagani uchun hakam unga ogohlantirish berdi
78'
Gol urib olganidan keyin "Everton" huujmlari biroz pasaydi
74'
David Silva maydonga tushirildi. Samir Nasri zaxira o‘rindig‘iga yo‘l oldi
71'
Vuuuuhhhh! Sabaleta hujumga qo‘shildi va deyarli birga-bir vaziyatda darvoza tomon zarba berdi! Xovard oyoqlari bilan zarbani qaytarib qoldi!
68'
Yaya Ture o‘rniga Aleksandr Kolarov tushirildi
67'
"Everton"da dastlabki o‘zgarish qilindi. Jagiyelka maydonni tark etdi. Xerard Delafeu tushirildi
66'
Demikelis - hakam bilan tortishgani uchun
65'
Chap qanotdan yetkazib berilgan to‘pni Lukaku bosh bilan darvoza tomon yo‘lladi. To‘p darvoza ustuniga tegib, chiziqni kesib o‘tdi!
65'
GGOOOLLL!!! LUkaku, 2:3! Juda chiroyli gol!
63'
Lukaku ofsaydda qolib ketdi
60'
Qayd etilayotgan hisob manchesterliklarni to‘la qanoatlantiradi. Pellegrini shogirdlari ortiqcha tavakkalga qo‘l urishmayapti, oldinga o‘tishmayapti
56'
To‘p asosan mezbonlarda, ammo "Siti" mudofaasini yorib o‘ta olishmayapti
51'
Mezbonlar tezkor qarshi hujum tashkil qildi. Lukakuning zarbasi yo‘liga himoyachi to‘g‘anoq bo‘ldi
48'
O‘ng qanotda ochilgan Nasriga to‘p yetkazildi. Samir esa himoyachining oyoqlari orasidan o‘tkazib darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida turgan Jekoni to‘p bilan ta’minladi. Edin esa to‘pga shundoqqina oyoq qo‘ydi va gol!
48'
GOOOOOLLL! Edin Jeko, 1:3!
46'
VUUUUHHHH! "Everton" hisobni tenglashtirish mumkin edi! Naysmit darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqdi va Xartning yonidan to‘pni o‘tkazib darvoza tomon yo‘lladi. Jo esa barmoqlarining uchlari bilan to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi
46'
IKKINCHI BO‘LIM BOSHLANDI!
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Everton" - Manchester Siti" - 1:2.
45+3'
Stouns o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Ammo Lukaku o‘zi tomon sakrab kelgan to‘pni ancha balandga tepib yubordi
45'
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
44'
Milner o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga ko‘tarib berdi va Jeko bosh bilan darvoza burchagini aniq nishonga oldi!
44'
GOOOOLLL! Jeko, 1:2!
39'
Xavi Garsiyaga sariq kartochka ko‘rsatildi.
37'
O‘yin tempi biroz tushdi. O‘yin asosan maydon markazida
34'
Mezbonlar keskin hujum tashkil qilmayotgan bo‘lsalarda, to‘pni nazorat qilish evaziga "Siti"ni himoyalanishga majbur qilishmoqda
32'
Yana Yaya. Himoyachilar unga jarima maydonchasi ichida zarba berishga imkon berishmadi
31'
Yaya Ture o‘ng qanotdan jarima maydonchasi yorib kirdi va to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatgandi, ammo to‘p mezbon himoyachisiga nasib etdi. Aguero maydonni tark etgan
30'
Ture jarima maydonchasi ichida to‘pni o‘ng qanotga uzatib, o‘zi darvozabon maydonchasi ichida yiqildi. Penalti yo‘q
27'
Aguero o‘yinni davom ettira olmadi. Fernandinyo maydonga tushirildi
26'
Serxio Agueroga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. "Everton" esa jarima zarbasini tepish huquqini qo‘lga kiritdi
22'
Serxio Aguero o‘ng qanotdan jarima mayonchasiga kirib keldi va o‘ziga uzatilgan to‘pni qabul qilib, darvozani ishg‘ol qildi! To‘p Xovardning yaqin burchagidan kirib ketdi!
22'
GOOOOLLL! Aguero, 1:1!
20'
Barkli ikki himoyachi orasidan o‘tib, jarima maydonchasiga yorib kirishga urindi, yiqildi, ammo penalti yo‘q!
17'
Qayd etilayotgan hisob "Liverpul" muxlislarini xursand qilayotganiga shubha yo‘q
16'
Vuhhh Ture! Jarima maydonchasi ichida to‘p bilan harakat qildi, ikki himoyachidan o‘tdi, ammo zarbadan keyin to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi!
13'
"Man.Siti" oldinga o‘tmoqda. Bunga majburlar. Hozircha mezbonlar yaxshi himoyalanishmoqda
11'
Hujum chap qanotdan boshlandi. Jarima maydonchasi yaqinida turgan Naysmitga to‘p yetkazildi va u qarshisida turgan Barkliga to‘pni qoldirdi. Barkli esa darvozagacha 25 metrlar masofadan shunday zarba yo‘lladiki, to‘p Jo Xart ustidan o‘tib, darvozaning olis yuqori burchagiga borib tushdi
10'
GOOOOOLLLL! "Everton" hisobni ochmoqda! Dahshatli gol!
9'
Aguero to‘pni o‘ng qanotda hujumga qo‘shilgan Sabaletaga yetkazdi. Biroq Pabloning zarbasi ancha noaniq bo‘ldi
8'
"Siti" tashabbusga ega bo‘lmoqda. Burchakdan yetkazilgan to‘p bosh bilan darvozaga yo‘llandi. Tim Xovard to‘pni egallab oldi
5'
Hujum navbati "Everton"ga keldi. Chap qanotdan yetkazilgan to‘pga Naysmit to‘xtatmasdan zarba berdi. Noaniq
3'
"Siti" hisobni ochishi mumkin edi. O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pga Jeko yeta olmadi
1'
O‘yin boshlandi!
'
Mazkur o‘yinni bemalol chempionlik bahsi deyishimiz mumkin. "Siti" bugungi to‘siqdan o‘ta olsa, chempionlik sari ancha yaqinlashadi
'
Barchangizni "Everton" va "Manchester Siti" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan tashkil etiladigan matnli onlayn translyasiyani kuzatib borishga taklif etamiz
'
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.