O‘rtoqlik o‘yini
| O‘rtoqlik o‘yini. 06.06.2013. | ||
XitoyFang Xaoling (31)
|
1 : 2 |
O‘zbekistonUlug‘bek Baqoyev (45)
Server Jeparov (54) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Vang Day Li; Ju Yung Jao Peng Feng Ksia Sing Jeng Jeng Jao Xuri Sing Sheng Sung Ke Vang Yong Po Gao Ling Yu Da Bao |
1. Ignatiy Nesterov 22. Shohrux Gadoyev 5.Anzur Ismoilov 20. Islom To‘xtaxo‘jayev 23. Akmal Shorahmedov 19. Vitaliy Denisov 9. Odil Ahmedov 18. Temur Kapadze 8.Server Jeparov 17. Sanjar Tursunov 10.Ulug‘bek Baqoyev. |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat! | |
| ' | Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin oldidan juda muhim va foydali o‘rtoqlik o‘yini bo‘ldi. 11 iyun kungi o‘yinda terma jamoamizga omad tilab qolamiz! | |
| ' | O‘zbekiston milliy terma jamoasi Xoxxot shahrida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinida Xitoyni mag‘lubiyatga uchratdi! Xitoy - O‘zbekiston - 1:2. | |
| 90+5' | ![]() |
O‘yin yakunlandi! |
| 90+4' | Xitoy terma jamoasining so‘nggi hujumlari samarasiz yakunlamonmoqda | |
| 90+1' | GEynrixni maydon markazida qo‘pollik bilan to‘xtatishdi | |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa kompensasiya vaqti qo‘shib berildi |
| ' | Ularning hujumlari hozircha faqat olis masofadan yo‘llanayotgan zarba bilan yakunlanmoqda | |
| 89' | Xitoy so‘nggi daqiqalarda hisobni tenglashtirish ilinjida hujum tashkil qilmoqda | |
| 87' | Sasha to‘pni to‘g‘ri darvozaga tepdi. To‘p darvozabonning qo‘llariga tegib, qarama-qarshi qanotga o‘tib ketdi. | |
| 86' | Terma jamoamiz o‘ng qanotda jarima zarbasi ishladi. Geynrixning o‘zi amalga oshiradi | |
| 85' | MAydon egalarining navbatdagi hujumi olis masofadan berilgan noaniq zarba bilan yakunlandi | |
| 85' | ![]() |
Xitoy terma jamoasida ham o‘yinchi. 13-raqamli futbolchi o‘rniga 9-raqamli o‘yinchi tushdi |
| 84' | ![]() |
Odil Ahmedov o‘rniga Fozil Musayev maydonga tushdi |
| 83' | Xitoy terma jamoasi futbolchisining jarima zarbasidan yo‘llagan zarbasi kuchli bo‘ldi, ammo noaniq | |
| 82' | ![]() |
Tojiyev o‘yindan tashqari holatda qolib ketdi |
| 81' | ![]() |
Aleksandr Geynrix ogohlantirildi |
| 79' | ![]() |
Xitoyliklarning navbatdagi hujumi paytida futbolchi ofsaydda qolib ketdi |
| 78' | ![]() |
Terma jamoamiz safida bir necha daqiqa oldin Islom Inomov maydonga tushdi. Akmal Shorahmedov o‘rniga |
| 75' | ![]() |
Raqib standart vaziyatni amalga oshirganidan keyin Nesterov to‘pni qaytarishda himoyachi bilan to‘qnashib ketdi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatildi |
| 75' | ![]() |
Xitoyliklarning xavfli zarbasi. 15 metrdan berilgan zarbadan so‘ng himoyachilarimizga tegib qaytdi |
| 74' | Mezbonlarning o‘ng qanotdan uyushtirilgan hujumini himoyachilarimiz bartaraf etishdi | |
| 72' | ![]() |
Sanjar Tursunov o‘rniga Oleg Zoteev maydonga tushdi |
| 69' | Farhod Tojiyev jarima maydonchasi tashqarisida Zidan uslubida zarba yo‘llashga urindi. Darvoza ustidan o‘tib ketdi | |
| 69' | ![]() |
XItoyda futbolchi almashtirildi |
| 69' | Sanjar Tursunovdan xavfli zarba. Birozz noaniq. Geynrix to‘pni yarim himoyachiga yetkazib bergandi | |
| 68' | Xitoy jarima zarbasini amalga oshirdi. Xavf yo‘q | |
| 68' | Darvoqe, Server maydonni tark etganidan keyin sardorlik bog‘ichi Geynrix bilagida | |
| 66' | Xitoy terma jamoasi hisobni tenglashtirish maqsadida hujum tashkil qilishga urinmoqda | |
| 63' | ![]() |
Odil Ahmedovdan xavfli zarba!!! 20 metrlardan! Denisov jarima maydonchasi ichida to‘pni Odilga yetkazgandi. Zarbaga biroz aniqlik yetishmadi |
| 61' | ![]() |
O‘zbekiston terma jamoasida birdaniga 3ta almashtirish qilindi. Temur Kapadze - Azizbek Haydarov Ulug‘bek Baqoyev - Farhod Tojiyev Server Jeparov - Aleksandr Geynrix |
| 60' | ![]() |
Sanjar Tursunov jarima maydonchasi ichida to‘pni egallab oldiyu, ammo uni o‘ziga bo‘ysindira olmadi |
| 58' | ![]() |
Xitoy hujumchisining bosh bilan bergan zarbasi golga aylanishiga sal qoldi. Yaxshiyam zarbaga biroz aniqlik yetishmadi |
| 57' | Gol urilgan vaziyatda Kapadze Serverni to‘p bilan ta’minlagan ekan | |
| 56' | Odil Ahmedov olis masofadan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi | |
| 54' | Jamoamiz sardori darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va uni qiyinchiliksiz dog‘da qoldirdi. | |
| 54' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Server Jeparov |
| 63' | Xitoyning hujumini Nesterov egallab oldi | |
| 62' | ![]() |
Tursunov o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Shohruh to‘pga zarba berishga ulgurdiyu, ammo noaniq. |
| 49' | MAydon egalari hujumchisining zarbasini noaniq bo‘ldi | |
| 49' | ![]() |
Denisov qanotidan xitoyliklar burchak to‘pi ishlashdi |
| ' | Ikkinchi bo‘limdagi hujumni terma jamoamiz tashkil etdi. JArima maydonchasi chizig‘i ustidan berilgan zarba yo‘liga xitoylik himoyachi g‘ov bo‘ldi | |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshida maydon egalari safida 2ta futbolchi almashtirildi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | Sharhlovchisi Murod Rizayevning saytimizga xabar berishicha, o‘yinning ikkinchi bo‘limi "Sport" kanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. | |
| ' | Gol kombinasiyasi: Maydon markazi o‘ng qanotdan boshlangan hujum Jeparov orqali Baqoyevga kelib tushdi. U esa 25 metrdan zarba berishga qaror qildi. Gol! | |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi! |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | Ulug‘bek 25 metrdan darvozaning yuqori burchagini nishonga oldi! | |
| 45' | ![]() |
Goooooooolllll! Baqoyev! |
| 44' | Xitoyning poizision hujumi noaniq zarba bilan yakuniga yetdi | |
| 42' | Odil Ahmedovning olis masofadan bergan zarbasi noaniq chiqdi | |
| 39' | Terma jamoamizning hujumi jarima maydonchasiga yetib borib, yana ortga qaytib chiqdi. Keyin hujum esa jarima maydonchasi ostonasida to‘xtab qoldi | |
| 38' | Goldan keyin Xitoy ancha o‘ziga kelib oldi. Endi hujumga ham o‘tmoqda | |
| 36' | Tursunov o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi, ammo himoyachi ta’qibi ostida to‘pni sheriklariga yetkazib bera olmadi | |
| 30' | ![]() |
30-daqiqada esa Fang Yong ogohlantirilgandi |
| 31' | Vang Xaolin sherigidan to‘pni qabul qilib olib, jarima maydonchasi ichida Nsterov bilan yakkama-yakka vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi | |
| 31' | ![]() |
Xitoy hisobni ochdi! |
| 28' | ![]() |
Gadoyev o‘z qanotida to‘pni egallab, markaz tomon intildi va zarba berdi. KUchli, ammo noaniq |
| 26' | Jeparov burchak to‘pni jarima maydonchasi tashqarisidagi Shorahmedovga yetkazdi. Akmal to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. Darvozabon to‘pni oldida turgan Ahmedovga qaytardi. Afsuski, xitoylik himoyachilar oldingi chiqib, ofsayd yaratishga ulgurishgandi. | |
| 26' | ![]() |
Odil Ahmedov darvozani ishg‘ol qildi, ammo gol inobatga olinmadi |
| 26' | ![]() |
Burchak to‘pi tepamiz |
| 25' | ![]() |
Jeparov ofsaydda qolib ketdi, aks holda darvozabon bilan birga bir vaziyatga qochib ketgan bo‘lardi |
| 24' | Terma jamoamiz mahorat bobida ustun ekani ko‘rinib turibdi. o‘zaro uzatmalar yaxshi chiqmoqda. Xitoy yaxshi himoyalanmoqda | |
| 22' | ![]() |
Gadoyev qanotidan uyushtirilgan hujumdan so‘n burchak to‘pi |
| 20' | ![]() |
11-raqamdagi xitoylikning uzoq maofadan yo‘llagan zarbasidan so‘ng burchak to‘pi |
| 18' | Jeparov to‘pni Tursunovga uzatib, qayta qabul qilib oldiyu, to‘g‘ri darvoza tomon zarba berdi. Uni darvozabon mushtlari bilan qaytardi. Gadoyevning jarima maydonchasi chizig‘i ustidan bergan zarbasi o‘ta noaniq bo‘ldi | |
| 18' | Jeparov to‘pni Tursunovga uzatib, qayta qabul qilib oldiyu, to‘g‘ri darvoza tomon zarba berdi. Uni darvozabon mushtlari bilan qaytardi. Gadoyevning jarima maydonchasi chizig‘i ustidan bergan zarbasi o‘ta noaniq bo‘ldi | |
| 18' | ![]() |
Yana bir burchak to‘pi ishladik |
| 16' | ![]() |
Burchak to‘pi xavfli bo‘ldi. Dastlab himoyasi to‘pni boshi bilan osmonga urib yubordi. Qaytib tushayotgan to‘p uchun kurashda Kapadze darvozabonga nisbatan qo‘pollik ishlatdi |
| 15' | ![]() |
Terma jamoamiz burchak to‘pi tepadi |
| 15' | Chap qanotdan Gadoyev faol | |
| 14' | Hozircha golga tortadigan vaziyatlar yo‘q. Lekin o‘yin tempi yomon emas | |
| 13' | 7-raqamdagi futbolchining bosh bilan bergan zarbasi darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi | |
| 11' | ![]() |
Xitoy tashabbusni qo‘lga olyapti. Yana bir burchak to‘pni Gadoyev to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 10' | Ignat to‘pni mushtlari bilan urib yubordi, mezbonlarning zarbasi esa noaniq bo‘ldi | |
| 9' | ![]() |
Narigi qanotdan endi yana bir burchak to‘pi |
| 8' | ![]() |
O‘zbekiston darvozasi oldida burchak to‘pi |
| 6' | O‘zbekiston ketma-ket ikki marta markazdan hujum uyushtirishga urindi. Himoyachilar har safar to‘pni qaytarib qolishdi | |
| 5' | Sanjar Tursunov markaziy chiziq yonida raqibiga nisbatan qo‘pollik ishlatdi. Endi to‘pni xitoyliklar nazorat qilishmoqda | |
| 4' | Terma jamoamizni to‘pni maydon markazida nazorat qilmoqda | |
| 3' | Sanjar TUrsunov o‘ng qanotdan yetkazib bergan to‘pga Gadoyev bosh bilan zarba berdi. Biroz noaniq | |
| 1' | ![]() |
O‘yinni O‘zbekiston terma jamoasi boshlab berdi! Assalomu alaykum ! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|