Ispaniya La-ligasi,
| 34-turning qoldirilgan o‘yini. 7 may, soat 00:00 | ||
VALYADOLIDOsorio (86)
|
1 : 1 |
REAL MADRIDSerxio Ramos (35)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Ximenes Rukavina Valyente Mitrovich Penya Rubio V.Peres Jeffren O.Gonsales Bergdish Gerra |
Kasilyas Nacho Pepe Ramos Koentrau Alonso Modrich Isko Di Mariya Benzema Ronaldu |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat | |
| ' | 38-turdagi "Barselona" - "Atletiko" o‘yini finalga aylanishi mumkin! | |
| ' | yakshanba kuni bo‘ladigan 37-tur bahsida "Atletiko" g‘alaba qozonsa, "Real" chempionlik umididan butunlay mosuvo bo‘ladi. "BArsa" ham 37-turda "Elche"ni mag‘lub etsa, barcha narsa so‘nggi turda hal bo‘ladi | |
| ' | Chempionat tugashiga 2 tur qolganida: "Atletiko" - 88, "Barselona" - 85, "Real" - 84 ochkoga ega bo‘lib turibdi | |
| ' | Natijada jazolandi. Bir vaziyatda Gerraga omad yetishmagan bo‘lsa, burchakdan to‘pidan keyin "Valyadolid" hisobni tenglashtirdi | |
| ' | Avvalgi o‘yinlarda raqiblarini ishonchli tarzda mag‘lub etayotgan "Real", bugun negadir (ikkinchi bo‘limda) hisobni ushlash uchun o‘ynadi | |
| ' | Tan olish kerak, "Real" so‘nggi oylardagi eng nursiz o‘yinini namoyish qildi. Boz ustiga, o‘yin boshida Ronaldu jarohat oldi va maydonni tark etdi. | |
| 90+5' | ![]() |
O‘YIN YAKUNLANDI! |
| 90+4' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Ramos bosh bilan darvoza tomon burishga urindi. Noaniq chiqdi zarba |
| 90+4' | Eng so‘nggi daqiqa boshlandi | |
| 90+2' | ![]() |
Maydon markazidan belgilangan jarima to‘pi to‘g‘ridan-to‘g‘ri mezbonlar jarima maydonchasi tomon yetkazildi. Avvaliga Xayme mushti bilan to‘pni urib yubordi, keyin himoyachilar to‘ni yanada uzoqlashtirishdi |
| 90+1' | ![]() |
"Valyadolid" futbolchisi Baraxa ogohlantirish oldi |
| 90+1' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
"Real" jarima to‘pini amalga oshirdi. Ramos tomonidan bosh bilan berilgan zarba biroz noaniq bo‘ldi. |
| 90' | Bizga tez-tez Ronaldu namoyish qilinmoqda. U joyida o‘tira olmayapti. Jamoadoshlariga nimalarnidir o‘rgatmoqda | |
| 88' | ![]() |
Vuhhh! "Madrid" hattoki durangni ham qo‘ldan chiqarishi mumkin edi. "Valyadolid"ning 3 nafar futbolchisi birgina Pepega qarish chiqib kelishdi. Biroq Zakariyo to‘pni Pepedan o‘tkaza olmadi. Aks holda futbochli Kasilyas qarshisidan yolg‘il qolardi! |
| 86' | ![]() |
Navbatdagi hujum paytida mezbonlar burchak to‘pi ishlashdi. Uzatilgan to‘pni esa Osorio bosh bilan darvozaga joyladi. Kasilyas hech narsa qila olmadi |
| 86' | ![]() |
GOOOLL! 1:1! |
| 85' | ![]() |
Mezbonlarning xavfli hujumi darvozabon maydonchasi tomon uzatilgan to‘pni Ramos qaytarib yubordi |
| 84' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin Marseloning zarbasiga aniqlik yetishmadi |
| 83' | ![]() |
Di Mariyaning o‘zi to‘pni Morata tomon yetkazdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 83' | ![]() |
Di Mariyaga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Davrozagacha masofa - 28 metr |
| 83' | ![]() |
Madridliklar yo himoyalanishmoqda, yoki to‘pni nazorat qilmoqda. Hozircha golga tortadigan vaziyatlar yo‘q |
| 82' | ![]() |
"Valyadolid"da ham futbolchi almashdi. Maydonda Baraxa paydo bo‘ldi. |
| 80' | ![]() |
Pepe hakamga keskin e’tiroz bildirgani uchun sariq kartochka oldi |
| 77' | ![]() |
Benzema maydonni tark etdi, Marselo tushirildi |
| 76' | ![]() |
Ilyarramendi ogohlantirish oldi. Raqib futbolchining basharasiga tepib yubordi |
| 73' | ![]() |
Benzema 2-3 nafar futbolchi orasidan o‘tib, jarima maydonchasiga kirib keldi, ammo so‘nggi himoyachi o‘z vaqtida to‘pga oyoq qo‘ydi va Karim yiqildi. Hammasi qoida doirasida |
| 72' | ![]() |
Zakariyo chap qanotdan oldinga o‘tdi va to‘pni jarima maydonchasidagi sheriklariga tomon uzatdi. Himoyachilar to‘ni qaytarishdi |
| 70' | ![]() |
"Madrid" himoyalanishga majbur bo‘lmoqda. Asosiy e’tiborini qarshi hujumga qaratmoqda |
| 68' | ![]() |
Morata sherigidan to‘pni qabul qildi va jarim maydonchasi kirib (himoyachi ta’qibi ostida) darvoza tomon zarba berdi. Xayme to‘pni egallab oldi |
| 65' | ![]() |
Vuhhhhh!!! Mezbonlar hisobni ternglashtirishlariga bir bahya qoldi! Gerrera 7-8 metrlardan chalqancha uslubda zarba berdi. To‘p Kasilyas darvozasi ustuni yonginasidan o‘tib ketdi. Iker to‘pga tashlanishga ham ulgurmagandi |
| 62' | ![]() |
"Valyadolid" standart vaziyatlarga ega bo‘la boshladi. Burchakdan yetkazilgan to‘p mezbon futbolchilariga yetib bormadi |
| 62' | To‘pni nazorat qilish ko‘rsatkichi - 36/64%ni tashkil qilmoqda | |
| 61' | ![]() |
Alvaro Morata ogohlantirish oldi, Bergdixni ortidan tepib yiqitgani uchun |
| 58' | ![]() |
Luka Modrich olisdan zarba yo‘llashga qaror qildi. ancha noaniq |
| 56' | ![]() |
Mezbonlar o‘zlarining birinchi burchak to‘plarini o‘yinga kiritishdi. Ramos xavfni bartaraf etdi |
| 55' | ![]() |
Eh, Benzema! Shuning uchun ham u Benzema... Nacho o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasining chap burchagida turgan Karimga uzatdi. Benzema esa to‘pni tribunadagi muxlislarga sovg‘a qildi. |
| 53' | ![]() |
Di MARIYA! Argentinalik yarim himoyachining bu galgi zarbasi xavfli chiqdi, biroq ozgina noaniq |
| 52' | ![]() |
Di Mariya ochilayotgan Benzemaga to‘ni yetkazish o‘rniga o‘zi zarba yo‘llashga qaror qildi. Muvaffaqiyatsiz |
| 51' | ![]() |
Karim Benzema tezlik oldi, ammo raqib darvozasi tomon kuchli zarba bera olmadi. Xayme to‘pni egallab oldi |
| 48' | ![]() |
Bergdix jarima maydonchasiga chap qanotdan yorib kirdi va to‘pni yuqorilatib sheriklariga uzatdi. "Real" himoyachilari xavfni bartaraf etishdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi! |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘lim statistikasi. Hisob: 0-1. Darvoza tomon zarbalar: 3-11. Aniq zarbalar: 3-1. To‘p nazorati: 23% -77%. Ofsaydlar: 0-1. Burchak to‘plari: 0-6. Follar: 8-3. Ogohlantirishlar: 1-1. |
| ' | Ronaldu maydonni tark etgan paytda, "Real"ning o‘yini qovushmayotganda Ramos katta sahnaga chiqdi. | |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi |
| 45+1' | ![]() |
Di Mariya tomonidan yo‘llangan zarba noaniq bo‘ldi |
| 45' | ![]() |
Birinchi taymga 1-daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
! Serxio Ramos dublga erishishi mumkin edi. Modrich burchakdan to‘pni darvozabon maydonchasi atrofiga uzatdi. Ramos barchadan yuqori sakradi va bosh bilan zarba berdi. Ammo to‘p birozgina darvoza yuqorisidan o‘tib ketdi. |
| 43' | ![]() |
Ramos Zakariya Bergdixga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Jarima to‘pi |
| 40' | Mezbonlar himoyadan chiqib, hujum tashkil etishga urinishmoqda. Hozircha ularning urinishlarida samara ko‘rinmayapti | |
| 37' | ![]() |
"Valyadolid" biroz ochiq o‘ynashga o‘tgandi, jazolanishiga sal qoldi. Morata chap tomondan jarima maydonchasiga kirib keldi va to‘pni darvozabon maydonchasi tomoni uzatdi. HImoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 35' | ![]() |
Mezbonlar jarima maydonchasi atrofida Serxio Ramosga nisbatan qoida buzishdi. Jonli devor o‘z vazifasini bajara olmadi. Ramos tomonidan yo‘llangan zarba jonli devor orasidan o‘tib, to‘sin ostiga kirib ketdi |
| 35' | ![]() |
"Real"da yangi markaziy hujumchi paydo bo‘ldi so‘nggi o‘yinlarda - bu Serxio Ramos! |
| 35' | ![]() |
GOOOOOOL!!! Ramos, 0:1 |
| 33' | ![]() |
Karim Benzemaga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Darvozagacha 25 metrlar belgilangan jarima to‘pini Di Mariya amalga oshirdi. Noaniq |
| 32' | ![]() |
Xavi Gerra to‘qnashuv paytida jarohat oldi. Unga maydon tashqarisida tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 32' | ![]() |
Bu safar Isko podkat ishlatib, tezkor raqibni yiqitdi va ogohlantirish oldi |
| 29' | ![]() |
Zakariya Bergdix Koentrauga nisbatan juda qo‘pol o‘ynagani uchun haqli ravishda ogohlantirildi |
| 28' | ![]() |
Serxio Ramos hakamga murojaat qilib, raqib futbolchilari o‘z jarima maydonchalari ichida unga nisbatan qoida buzishganini ta’kidlash urindi. Hakam jim |
| 27' | ![]() |
Anxel Di mariya bir himoyachidan o‘tib ketib, darvoza tomon kuchli zarba berdi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 24' | ![]() |
Mezbonlar o‘yinni o‘z jarima maydonchalari atrofidan markaz tomon ko‘chirishga muvaffaq bo‘lishdi. |
| 23' | ![]() |
Di Mariya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xayme to‘pni qaytardi. Alonso esa o‘ziga kelgan to‘pni darvoza tomon tepdi. Yana Xayme to‘pni egallab oldi |
| 21' | ![]() |
Agar Morato tomonidan uzatilgan to‘pni himoyachi qaytarib qolmaganida Benzama posbon bilan yuzma-yuz holatga chiqib ketardi |
| 19' | ![]() |
"Valyadolid" yaxshi hujum tashkil qildi va hisobni ochishi mumkin edi. Faqat Viktor Peresning zarbasi biroz noaniq bo‘ldi |
| 18' | ![]() |
Nacho to‘p uchun havodagi kurashda raqib futbolchisi bilan to‘qnashib ketdi. Natijada har ikkala futbolchi maydonda yotishibdi |
| 17' | Krishtianu Ronalda zaxira o‘rindig‘iga kelib o‘tirdi va o‘yinni shu joydan kuzatmoqda. | |
| 16' | ![]() |
To‘pni nazorat qilish bo‘yicha ko‘rsatkich - 25/75% |
| 15' | ![]() |
Ronaldu maydonni tark etgan bo‘lsa-da, madridliklar hujum tashkil qilishga urinishmoqda |
| 12' | ![]() |
Koentrau burchak to‘pi ishladi. Burchak to‘pidan keyin Serxio Ramos "qaychi" uslubida zarba berishga urindi. Noaniq |
| 9' | ![]() |
!!! Iya, Krishtianu Ronaldu maydonni tark etmoqda! Tushunarsiz holat. Har holda jarohat olgan bo‘lsa kerak. O‘yinni Morata davom ettiradi |
| 7' | ![]() |
Mezbonlar tezkor qarshi hujum tashkil qilishdi. Barchasi to‘g‘ri bajarildi, faqat Kasilyasning o‘z vaqtida to‘pga chiqishi xavfni bartaraf etdi |
| 4' | ![]() |
Xavi Gerra tomonidan jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘p noaniq bo‘ldi. Ammo Ramos ham noaniq o‘ynadi va to‘pni Gerraga qaytardi. Uning zarbasi ancha noaniq bo‘ldi |
| 2' | ![]() |
"Qaymoqranglilar" o‘yinni shiddat bilan boshlashdi. Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni himoyachi Rukavina bosh bilan qaytarmoqchi bo‘ldi, biroq to‘p darvoza to‘sini ostiga yo‘l oldi. Darvozabon Xayme to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. |
| 2' | ![]() |
Iker Kasilyas bir yildan ortiq vaqt davomida (473 kun) "Real" safida La-liga o‘yinida maydonga tushmagan ekan. Bugun esa Anchelotti uni asosiy tarkibda maydonga tushirdi. Balki murabbiy darvozabonni YECHL final bahsiga tayyorlayotgandir |
| 1' | ![]() |
UCHRASHUV BOSHLANDI! |
| ' | "Valyadolid"ga esa ochko suv va havodek zarur. Ular La ligada qolish uchun jiddiy kurash olib borishmoqda | |
| ' | O‘yin boshlanishiga oz vaqt qolmoqda. Qolgan tahlilni esa o‘yin keyin yakunlab qo‘yamiz | |
| ' | So‘nggi turda "Altetiko" "Barsa"ga imkoniyatni boy bersa, chempionlik aynan "Real"ga nasib etadi | |
| ' | Bugungi o‘yinga ko‘p narsa bog‘liq. Agar Anchelotti shogirdlari g‘alaba qozonishsa, jadvalda 2-o‘ringa ko‘tarilib olishadi. | |
| ' | "Valyadolid"ga qarshi o‘yin aslida 34-tur o‘tib ketishi kerak edi. Ammo Ispaniya Qiroli kubogi va YECHL "Bavariya"ga qarshi yarim finalning dastlabki o‘yini orasida o‘tishi kerak bo‘lgan mazkur uchrashuv 7 may sanasiga qoldirildi | |
| ' | Barchangizni "Real Madrid" ishtirokidagi o‘yindan uyushtiriladigan onlayn mantli translyasiyamizni kuzatib borishga taklif etamiz | |
| ' | Assalomu alaykum, biz uchun qadrli bo‘lgan muxlislar |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|