Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati

3-o‘rin uchun bahs. 10 may, soat 14:00

KUVAYT

Hamad al-Vadahiy (36)

1 : 2

O‘ZBEKISTON

Dilshod Rahmatov (11)
Farhod Abdumavlonov (35)
JAMOALAR TARKIBI
3. Hani Mhisen, 4. Ahmad, 5. Hamad (S), 7. Abdulrahmon al-Taval, 9. Abdulrahmon al-Musabehiy   1. Rustam Umarov, 2. Umid Xolmatov, 4.Shuhrat Tojiboyev (s), 8.Farhod Abdumavlonov, 11.Artur Yunusov
ZAHIRA
Zaxira: 1.Abdulloh, 2.Muhammad, 6.Abdulrahmon, 8.MEshariy, 10.Muhammad ad-Dusariy, 11.Abdulaziz Al-Basam, 12.Hamad al-Avadiy, 13.Jarroh, 14.Muhummad Muhammad
  Zaxira: 3. Javlon Anorov, 5.Maqsud Fayzullayev, 6.Davron Abdurahmonov, 7.Dilshod Rahmatov, 9.Andrey Shlyoma, 12.Klim Tyugayev, 13.Davron Choriyev, 14.A’zam Saydahmatov, 15.Jasur Sodiqov

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat!
'
Bahodir Ahmedov va O‘zbekiston milliy terma jamoasi futzalchilariga minnatdorchilik bildiramiz!
'
Barchani mazkur muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!
'
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Vyetnamdagi musobaqadan bronza medali bilan qaytadigan bo‘ldi!
40'
O‘YIN TUGADI!!! Kuvayt - O‘zbekiston - 1:2!
40'
O‘yin tugashiga 58 soniya qolganida Kuvayt terma jamoasi bosh murabbiyi taym-aut oldi
38'
Bahodir Ahmedov taym-aut olib, shogirdlariga o‘yinning so‘nggi daqiqalarini qanday o‘tkazish borasida ko‘rsatmalar bermoqda
37'
Kuvayt darvozamizni ishg‘ol qilishiga sal qoldi.
36'
Kuvayt beshinchi o‘yinchi bilan huujm tashkil qilmoqda. Bizda esa bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qilish uchun yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi. Futzalchimiz olis masofadan to‘pni darvozaga to‘g‘ri yo‘llay olmadi
36'
GOOL! Kuvayt bitta javob to‘pini kiritdi. Kuvayt - O‘zbekiston - 1:2.
35'
Terma jamoamiz burchak to‘pidan unumli foydalandi. Gol muallifi - Farhod Abdumavlonov!
35'
GOOOOLLLL!!! 2:0 hisobida oldinga chiqib oldik!
35'
Oh-oh-ho!!! Dilshod Rahmatovning o‘zida ikki marta yaxshi imkoniyat bo‘ldi. Ammo Dilshod ikki marta birga bir vaziyatdan foydalana olmadi!
33'
Kuvayt darvozabon o‘rniga beshinchi o‘yinchini tushirdi. Bu taktika naf berishiga sal qoldi.
32'
Vuuuuhhhh! Artur Yunusov bo‘sh qolgan darvozaga to‘pni yo‘llay olmadi
28'
Terma jamoamiz raqib darvozani yana ishg‘ol qilib, masalani hal qilib qo‘yish haqida o‘ylamoqda
25'
Ikkinchi bo‘lim davom etmoqda. Terma jamoamiz hisobda oldinda bormoqda.
21'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Birinchi bo‘limda ustunlik va tashabbus O‘zbekiston terma jamoasi tomonida bo‘ldi. Kuvayt esa munosib qarshilik ko‘rsatishga urinmoqda
20'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. Hozircha kichik hisobda g‘alaba qozonmoqdamiz
15'
Hisobda oldinga o‘tib olgan terma jamoamiz hozircha yaxshi himoyalanmoqda va qarshi hujumdan foydalanishga harakat qilmoqda
11'
Dilshod Rahmatov Kuvayt darvozasini ishg‘ol qildi! Kuvayt - O‘zbekiston - 0:1.
11'
GGGGOOOOLLLLL!! O‘zbekiston terma jamoasi hisobni ochmoqda!!
10'
Har ikkala jamoa o‘yinga juda mas’uliyat bilan yondashishmoqda. O‘yinda kamroq xato qilgan jamoa g‘alaba qozonadi. Raqibni xatoga qilishga majbur qilishni ham bilish kerak
10'
Uchrashuvda hisob ochilganicha yo‘q. Jamoalar hujumkorlikka e’tibor qaratishmoqda. Himoya chizig‘i va darvozabonlar yaxshi o‘ynashmoqda
3'
Jamoalar ilk daqiqalardan ehtiyotkor harakat qilishmoqda.
1'
O‘zbekiston oq, Kuvayt esa ko‘k rangli formada harakat qilmoqda
'
O‘zbekiston va Kuvayt terma jamoalari o‘rtasidagi Osiyo chempionatining bronza medali uchun bahs boshlandi
'
Assalomu alaykum, qadrli futzal muxlislari
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.