Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya Premyer-ligasi, 38-tur.

11 may, soat 19:00

LIVERPUL

Agger (63)
Starrij (65)

2 : 1

NYUKASL

Shkrtel (21-avtogol)
JAMOALAR TARKIBI
Minyole
Flanagan
Shkrtel
Agger
Jonson
Allen
Xenderson
Sterling
Jerrard
Starrij
Suares
  Krul
Edara
Uilyamson
Kolochchini
S.Teylor
Anita
Sissoko
Tiote
Debyushi
Guffran
SH.Ameobi

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat!
90+4'
O‘yin yakunlandi. "Liverpul" g‘alaba qozondi va chempionatni 2-o‘rinda yakunlandi. "Manchester Siti" esa chempionlikni qo‘lga kiritdi!
90+3'
Jamoalar o‘yin tugashini kutishmoqda. Hujumga o‘tishmayapti
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
88'
Lukas Leyva ogohlantirish oldi
87'
"Nyukasl" maydonda 9 kishi bo‘lib qoldi
86'
Pol Dammett esa 6 daqiqa o‘ynar-o‘ynamas maydonni tark etmoqda. U o‘ng qanotdan o‘zidan qochib ketayotgan Luis Suaresni tepib yiqitdi va qizil kartochkag munosib topildi
80'
"Nyukasl"da ham so‘nggi o‘zgarish: Sheyk Ismoil Tiote maydonni tark etdi. Pol Dammett uchrashuvni davom ettiradi
79'
"Liverpul"da so‘nggi o‘zgarish: Starrij o‘rniga Leyva tushirildi
78'
Jerrard qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Agger esa yaqin masofadan to‘pni darvoza joylay olmadi!
76'
"Nyukasl"da ikkinchi o‘zgarish: Yoan Guffran o‘rniga Semmi Ameobi o‘yinni davom davom ettiradi
71'
Lyuk de Yong maydonga tushirildi. Stiven Teylor mavsumni biroz erta yakunladi
69'
Endi Starrij jarima maydonchasi tashqarisidan to‘pni darvoza tomon yo‘lladi. Biroq to‘p Koutinyoga tegdi. To‘p esa chap yuqori burchakka yo‘l olayotgandi. Chiroyli gol bo‘lishi mumkin edi!
66'
Shola Ameobi qizil kartochka olib, maydonni tark etdi
65'
Vuh, ikki daqiqa ichida o‘yin sur’ati butunlay o‘zgarib ketdi. Mehmonlar Starrijga nisbatan o‘yin qoidasini buzishdi. Buning uchun Tiote ogohlantirish oldi. Yana Jerrard jarima zarbasini amalga oshirdi va Starrij yaqin masofadan to‘pni darvozaga yo‘lladi.
65'
GOOLLLL!! Starrij (65), 2:1!
63'
Jerrard jarima maydonchasining o‘ng qanotidan jarima to‘pni o‘yinga kiritdi. Agger esa bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi!
63'
GOOOOOLL, Agger, 1:1!
59'
"Liverpul"da ikkinchi o‘zgarish amalga oshirildi. Filippe Koutinyo Jo Allen o‘rniga tushirildi
57'
Suares to‘pni havoda o‘ziga bo‘ysundirdi va jarima maydonchasiga kirib borayotganida Uilyamson uni qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi. Jerard tomonida yo‘llangan kuchli zarbani esa Tim Krul ishonch bilan egallab oldi.
55'
Uh, to‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi! Jerrad jarima to‘pidan aylanma zarba berdi. To‘p esa deyarli darvoza ustunini silab o‘tib ketdi. Starrij va Suares bu to‘pga biroz yeta olishmadi!
54'
Suaresdan to‘pni qabul qilgan Jerrard darvoza tomon o‘girilishga va zarba berishga harakat qildi. noaniq chiqdi bu zarba
50'
"Liverpul" ikkinchi bo‘limni yanada faolroq boshladi
47'
Ikkinchi bo‘lim boshida "Liverpul" tarkibida bitta o‘zgarish bo‘ldi. Sissoko maydonga tushdi, Flanagan maydonga qaytmadi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi.
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
41'
!!! Suares tomonidan o‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pdan so‘ng Starrij barchadan baland sakrab, bosh bilan zarba berdi. Ammo to‘pni darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi.
38'
"Chelsi" ham safarda "Kardiff"ga imkoniyatni boy bermoqda. Agar "Liverpul" yutqazib, Mourinyo shogirdlari g‘alaba qozonishsa, mersisaydliklar 3-o‘rin bilan kifoyalanishadi
37'
"Siti" "Vest Xem" darvozasini ishg‘ol qilmoqda. Hozircha barchasi "Liverpul" uchun omadsiz kechmoqda
34'
Matyo Debyushi to‘pni qanot chizig‘idan o‘yinga kiritishda o‘yin vaqtini cho‘zgani uchun ogohlantirish oldi
33'
Jerrard maydon markazidan turib chiroyli pas bilan to‘pni Suares tomon uzatdi. Luis bir himoyachini dog‘da qoldirgancha, darvoza tomon zarba berdi. Tim Krul to‘pni egallab oldi!
27'
"Nyukasl"da yana bir xavfli vaziyat. Qanotdan uloqtirib berilgan to‘pni qabul qilgan Guffran jarima maydonchasiga yorib kirdi va darvoza tomon zarba berdi. Lekin zarba kuchsiz chiqdi va Minyole to‘pni egallab oldi.
25'
Uh, "Nyukasl" hisobni oshirishiga bir bahya qoldi! Yoan Guffran yo‘nalishi bo‘ylab uzatilgan to‘pdan so‘ng hujumchi "Liverpul" darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va darvoza tomon zarba berdi. Minyole zarbani qaytardi. Qaytgan to‘pga Anita yetib keldi, ammo to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi!
24'
!!! Jerrard uzoq masofadan to‘pni olis ustun tomon yetkazdi. Agger barchadan baland sakradi va bosh bilan darvoza tomon zarba berdi. "Nyukasl" posboni o‘z jamoasini goldan qutqardi!
21'
Yoan Guffran o‘ng qanot bo‘ylab Jerrarddan o‘tib ketdi va darvozabon maydonsi sari to‘pni yetkazdi. Shkrtel esa to‘pni o‘z darvozasiga burib yubordi. Minyole to‘pni qaytarishga ulgurmadi.
21'
GGOOOOLLL! Aniqrog‘i, AVTOGOOOOOL! Martin Shkrtel! 0:1!
21'
Mezbonlar asta-sekin bosimni oshirishmoqda
18'
Nazarimizda, "Liverpul"ga "Siti" - "Vest Xem" o‘yini natijasi ta’sir ko‘rsatmoqda. Mersisaydliklar bugun 13ta gol urishni maqsad qilishmagan
17'
O‘yin tempi yuqori emas. Jamoalar to‘pni nazorat qilishmoqda, ammo hujumga o‘tishgan paytda uni yo‘qotishmoqda. Hozircha xavfli vaziyatlar yo‘q
12'
Parallel kechayotgan "Siti" - "Vest Xem" o‘yinida hali hisob ochilmadi
10'
"Liverpul" gol urish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi. Suares to‘p bilan o‘ralashib qolgan Tiotedan to‘pni olib qo‘ydi va Jerrard tomon uzatmani amalga oshirdi. Stiven to‘ni Sterlingga yetkazdi. Rahimning zarbasini esa Krul egallab oldi.
5'
Yoann Guffran burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Shola Amiobe olis ustunga yaqin joyda to‘pni darvozaga aniq yo‘llay olmadi
4'
Starrij Sterling bilan o‘ynadi. Rahim to‘pni Suaresga uzatdi. Ammo Luis himoyachidan o‘tib keta olmadi
3'
"Qarg‘alar" futbolchisi oldinga o‘tishdi Ameobi o‘ng qanotdan to‘pni sheriklariga aniq yetkazib bera olmadi. Shkrtel to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
2'
O‘yin boshidan maydon egalari oldinga intilishmoqda. "Nyukasl" himoyada bexato o‘ynamoqda
1'
O‘YIN BOSHLANDI!
'
"Liverpul" va "Nyukasl" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni kuzatib borishga taklif qilamiz
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.