Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya Premyer-ligasi, 38-tur.

11 may, soat 19:00

MANCHESTER SITI

Samir Nasri (39)
Kompani (50)

2 : 0

VEST XEM

JAMOALAR TARKIBI
Jo Xart
Sabaleta
Demichelis
Kompani
Kolarov
Yaya Ture
Xavi Garsiya
Silva
Nasri
Aguero
Jeko
  Adrian
D.O′Brayen
Rid
Tomkins
Makkartni
Diame
Teylor
Nolan
Nobl
Dauning
Kerroll

Matn

90+3'
O‘yin tugadi
90+2'
Jo Koul jarima maydoniga kirib bordi va darvozabonni ham aldab o‘tdi, ofsayd
90'
Uxxx Aguero Noblni yiqitib ketgandan keyin Nobl uni quvib yetdi va janjal boshlandi
88'
«Siti» jarima zarbasni amalga oshirdi. To‘pga hech kim yeta olmadi
86'
Yaya Ture oqsoqlangan holda maydonni tark etmoqda. Uning o‘rniga Nadredo tushdi
84'
Endi «Siti»ni to‘xtatishning iloji yo‘q. «Siti» - chempion.
82'
Yayyaaaaaaa. Yaya to‘p bilan jarima maydoniga kirib bordi, lekin noaniq o‘ynab to‘pni yo‘qotdi
80'
Narsiiiiiii. Samirning gol bo‘lgan vaziyatdagi kabi holatdan bergan zarbasini Adrian qaytardi
78'
Silva o‘rniga Milner tushdi
76'
Qanotdan uzatilgan to‘pni jarima maydonida Aguero to‘pni qabu qilib oldi, lekin yiqilib tushdi
74'
Endryu Kerrol o‘rniga Karlton Koul tushdi
72'
Jeko o‘rniga Fernandinyo tushdi
69'
Sabaletaning to‘p uzatishidan keyin Aguero bo‘sh darvozaga gol ura olmadi
66'
Uxxx Martin. O‘tgan oyda jamoaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan Demichelis yana qarshi hujumni qaytardi
63'
«Siti» burchakdan to‘p tepdi, samarasiz
60'
Jo Xart bugun juda ishonchi o‘ynamoqda. Mavsum boshidagi Torres bilan bo‘lgan voqeani eslang. O‘shanga o‘xshagan vaziyatda Xart adashmadi
57'
Qarshi hujumda Teylor jarima maydoniga kirmay zarba yo‘lladi, Xart o‘z o‘rnida
54'
Uxxx Nasrining ajoyib zarbasini darvozabon qaytardi
51'
Burchakdan uzatilgan to‘pni Jeko to‘xtatib oldi va Kompani uni darvozaga yo‘lladi
49'
Goooooooooooool
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45'
Birinchi bo‘lim tugadi
43'
Uxxx qanotdan uzatilgan to‘pni Sabaleta pyatka usulida darvozaga yo‘lladi, noaniq
41'
Uxxxxxxxxxxxxxxxxxxxx Yayadan to‘pni qabul qilib olgan Nasri fantastik zarbasi bilan jarima maydoni tashqarisidan hisobni ochdi
39'
Goooooooooooooooool
36'
Aguero ofsaydda qoldi
34'
Martin Demicheliiiis raqib hujumini chiroyli tarzda to‘xtatib qoldi
32'
Qanotdan uzatilgan to‘pni darvozaga yo‘llamoqchi bo‘lgan Nolan Xartni tepib yubordi. Sariq kartochka
30'
«Vest Hem» o‘z o‘yiniga tushib oldi. Hamma himoyada, faqat Kerrol oldinda
28'
«Chelsi» hamda «MYu» ham ortda borishmoqda
26'
«Liverpul» gol o‘tkazib yubordi, Shkrtel o‘z darvoasini ishg‘ol qildi
24'
Oyyooooooooy Kolarovning fantastik zarbasini darvozabon qaytardi
22'
Qanotdan oldinga borayotgan Diameni Kompani to‘xtatib qoldi
20'
Hozircha Liverpulda ham hisob ochilmadi
18'
Uxxxxxxxxxxxxx Yaya Ture Sabaletadan to‘pni qabul qilib oldi va zarba yo‘lladi, noaniq
16'
Kompani butsasini o‘zgartirmoqda
14'
Uxxxx Sabaleta Nasridan juda ajoyib to‘p uztashini qabul qilib oldi va zarba yo‘lladi, o‘xshamdi
12'
«Vest Hem» qarshi hujumi Kevin Nolanning zarbasi bilan yakunlandi. Zarba kuchli, lekin noaniq
10'
Qanotdan uzatilgan to‘pni Silva to‘xtatmay darvozaga yo‘lladi. Uxxxxxxxxxxxxxx fantastik hujum, lekin zarba noaniq
8'
Uxxxx Sabalataning qanotdan uzatgan to‘pni Nobel darvozasiga burib yubordi, to‘p qo‘lga ham tekkan edi
6'
«Siti» haddan tashqari ehtiyotkor o‘ynamoqda
4'
Silvadan to‘pni qabul qilib olgan Sabaleta jarima maydoniga kirib bordi va to‘pni hujumchilarga uzatmoqchi bo‘ldi, lekin o‘xshamadi
2'
Ohho yana Makkarti oldinga bordi, Sabaleta undan to‘pni olib qo‘ydi
1'
Uxxx o‘yin boshlandi. Qanotdan oldinga o‘tayotgan Makkartini Nasri yiqitib qoldi
'
Edin Jeko o‘yindan oldin yuziga duo tortib Yaratgandan g‘alaba so‘radi. Manchester osmoni yig‘lamoqda. Yomg‘ir. O‘yin boshlandi
'
Xabaringiz bor, ikki yil oldin «Siti» oxirgi turda «KPR»ni yengib chempion bo‘lgan edi. O‘shanda «Siti» juda juda qiynalgan edi. Aguero o‘shanda chempionlik golini urgandi.
'
Jamoalar maydonnga chiqib kelishdi. Stadion ularni ajoyib tarzda kutib oldi. Bugun Aguero asosiy tarkibda
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlsilari. Sizlarni Angliya chempionati 37-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti» hamda «Vest Hem» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni onlayn kuzatishga taklif qilamiz.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.