Ispaniya La-ligasi, 37-tur
| 11 may, soat 22:00 | ||
ELCHE |
0 : 0 |
BARSELONA |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Manu Damian Lomban Pelegrin D.Kizma R.Peres K.Sanches J.Markez Rodriges Karles Gil Koro |
Pinto Dani Alves Maskerano Bartra Adriano Serxio Fabregas Inyesta Aleksis Messi Pedro |
|
Matn
| ' | "Real" esa chempionlikni butunlay mahrum bo‘ldi | |
| ' | "Barselona" o‘ta muhim o‘yinda ochko yo‘qotdi. Ammo chempionlik uchun kurashda safdan chiqmadi. Boisi, "Atletiko" ham bugun o‘z maydonida "Malaga" bilan durang o‘ynadi. So‘nggi turda bu ikki jamoa Kataloniyada to‘qnash keladilar. Mavsumning eng so‘nggi nuqtasi La-Liga final bahsi! | |
| 90+3' | ![]() |
HAkamning xushtagi yangradi va o‘yin yakunlandi! |
| 90+2' | ![]() |
Mehmonlar jarima to‘pini tepish huquqiga ega bo‘lishdi. Messining zarbasini esa Errerra muammoasiz egallab oldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 88' | ![]() |
Inyesta jarima maydonchasiga kirib borgan Messiga to‘pni yuqorilatib uzatdi, ammo Messini himoyachilar yaxshi qo‘riqlashmoqda |
| 87' | ![]() |
Xavi to‘pni darvozabon maydonchasiga ko‘tarib berdi. "Elche" himoyachilari xavfni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lishdi |
| 86' | ![]() |
Adriano to‘pni Kristian Telyoga uzatdi. Raqib chap qanotda unga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Standart vaziyat |
| 84' | ![]() |
Adriano chap qanotdan hujumga qo‘shildi va darvoza tomon zarba berdi. Ammo to‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 82' | ![]() |
"Barsa"da ikkinchi o‘zgarish: Sesk Fabregas o‘rniga Xavi Ernandes tushirildi |
| 81' | ![]() |
Mezbonlar xavfli vaziyatni yaratishdi. Richmond Boachi qanotdan to‘pni yerlatib jarima maydonchasiga uzatdi. Garri Rodriges qulay vaziyatdan to‘pni darvoza ustidan o‘tkazib yubordi |
| 81' | ![]() |
"Elche"da o‘yinchi almashtirildi. Karles Xil o‘rniga Richmond Boachi tushirildi |
| 81' | Yana 10 daqiqadan keyin ayrim savollarga javob topamiz | |
| 80' | "Atletiko" "Malaga" bilan kechayotgan o‘yinda hisobni tenglashtirdi. Diyego Simeone shogirdlari bugungi o‘yinda g‘alaba qozonishsa va "Barsa" g‘alaba qozona olmasa, "Atletiko" bugun chempionlikni nishonlashi mumkin. | |
| 78' | ![]() |
"Barsa" ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbon himoyachilari xavfni bartaraf etishdi |
| 78' | O‘yin asosan bitta darvoza oldida kechmoqda. "Elche" oldinga o‘tmayapti. Biroq "Barselona" ham rang-barang hujumlar tashkil qilayotgani yo‘q | |
| 76' | ![]() |
"Elche" safida o‘zgarish: Alberto Rivera o‘yinni davom ettiradi. Xavi Markes maydonni tark etdi |
| 73' | ![]() |
"Barsa"ning chiroyli hujumidan keyin Telyo to‘pni yerlatib jarima maydonchasi kirib kelgan Inyestga uzatdi. Biroq Andresning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi |
| 69' | ![]() |
"Barsa"da dastlabki futbolchi o‘zgartirish: Pedro o‘rniga Telyo tushirildi |
| 67' | ![]() |
Sariq kartochka navbati Ruben Peresga keldi. |
| 64' | ![]() |
Pedro ogohlantirildi |
| 64' | Parallel kechayotgan o‘yinlarda "Real" endi "Selta" 0:2 hisobida yutqazayotgan bo‘lsa, "Atletiko" hozirgi o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi | |
| 63' | ![]() |
Pedro raqib jarima maydonchasi yaqinidan to‘pni Adraino tomon uzatdi. Errera esa o‘z darvozabon maydonchasida kim hukmron ekanini ko‘rsatib qo‘ydi |
| 62' | ![]() |
Mehmonlar hujumlari samara bermayapti. Tata Martino qandaydir choralarni o‘ylamasa bo‘lmaydi |
| 57' | ![]() |
Karles Xil "Barsa" jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni qabul qildi va darvoza tomon kuchli zarba berdi. To‘p stadion tribunasi tomon yo‘l oldi |
| 56' | ![]() |
Maskerano Karominasga nisbatan qoida buzgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi |
| 52' | ![]() |
Adriano chap qanotdan hujumga qo‘shilganihdi, biroq himoyachi Karlos Sanches to‘pni egallab oldi |
| 51' | ![]() |
Aleksis Sanches maydonning raqib tomonida ochiqchasiga o‘yin qoidasini buzdi va ogohlantirish oldi. |
| 50' | ![]() |
Adraino "Elche" futbolchisiga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni Inyesta bosh bilan qaytarib yubordi |
| 48' | ![]() |
! Lionel Messi jarima maydonchasining o‘ng qanotida to‘pni egalladi, o‘z yo‘lidan bir himoyachini olib tashladi va darvoza tomon kuchli zarba berdi. Manu Erreraning o‘ziga bordi to‘p |
| 47' | ![]() |
Mehmonlar o‘yinni faol boshlashdi. Fabregas jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni egalladi va raqiblarni aldash uchun driblingga kirishib ketdi. Natijada to‘p yo‘qotildi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limni "Elche" futbolchilari boshlab berishdi. |
| ' | "Elche" - "Barselona" o‘yini birinchi bo‘limi statistikasi: To‘pni bilan muomala: 31-69%, zarbalar: 3-9, aniq zarbalar: 0-4, burchak to‘plari: 2-7, ofsaydlar: 0-2, follar: 10-9. | |
| ' | Xabaringiz bor, "Selta" bosh murabbiyi Luis Enrike mavsum yakunlanganidan keyin "Barselona"ni qabul qilib olishi kutilmoqda. Tabiiyki, mutaxassis "Real"ga qarshi o‘yinda o‘zini ko‘rsatishga harakat qiladi | |
| ' | ![]() |
Parallel kechayotgan narigi o‘yinda "Atletiko" o‘z maydonida "Malaga" bilan durang o‘ynayotgan bo‘lsa (0:0), "Real Madrid" birinchi bo‘limdan so‘ng "Selta"ga imkoniyatni boy bermoqda. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Elche" - "Barselona" - 0:0 |
| 44' | ![]() |
Messi to‘pni yerlatib Pedro tomon uzatdi. Rodriges esa to‘pni darvoza ustidan oshirib yubordi |
| 42' | ![]() |
Domingo Sisma Dani Alvesga nisbatan qoida buzgani uchun sariq kartochka oldi |
| 41' | ![]() |
Sanches zarba berish uchun qulay vaziyatga chiqdi. Ammo uning zarbasi u qadar kuchli chiqmagani uchun Manu Errera to‘pni egallab oldi |
| 38' | ![]() |
Dani Alves o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasi uzatayotganida to‘p jarima maydonchasi tashqarisida turgan Domingo Sismaning qo‘liga tegdi. Messi esa jarima zarbasidan to‘pni darvozaning olis burchagi tomon aylantirdi. To‘p esa shundoqqina darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 34' | ![]() |
Pedro o‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni jarima maydonchasi ichida urib bosh bilan darvoza tomon yo‘lladi. Biroq to‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 31' | ![]() |
Fabregas to‘pni jarima maydonchasi tashqarisida turgan Messiga uzatdi. Leoning zarbasi "Elche" futbolchisi boshiga tekkancha, maydonni tark etdi |
| 30' | ![]() |
Messi bu safar burchak to‘pini yaqin ustunga tomonga uzatdi va bu safar ham himoyachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 29' | ![]() |
Messi jarima to‘pni unchalik muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirmadi. "Elche" himoyachisi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 28' | ![]() |
Lionel Messi jarima maydonchasining o‘ng qanotida Pelegrinani aldab o‘tayotganida Serxio qoidani buzgan holda hujumchini to‘xtatib qoldi va ogohlantirish oldi |
| 27' | ![]() |
Febregas burchak zarbasini o‘yinga kiritdi. Sanchesning bosh bilan bergan zarbasini Manu Errera ishonch bilan egallab oldi |
| 26' | ![]() |
!!! Messiii! Leo raqib jarima maydonchasiga kirar-kirmas kuchli zarba yo‘lladi. Errera to‘pni mushtlari bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 25' | ![]() |
"Elche"da yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi! O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Garri Rodriges yerga tushirmasdan darvoza tomon yo‘lladi. To‘p Pinto qo‘riqlayotgan darvozaning biroz yuqorisidan o‘tib ketdi |
| 24' | ![]() |
Alves o‘z qanotidan hujumga qo‘shildi va to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Errera to‘pni egallab oldi |
| 22' | ![]() |
Garri Rodriges chap qanotdan oldinga o‘tib, darvozaning olis ustuni tomon to‘pni yetkazdi. "Barsa" himoyachisi Adriano Korreyya to‘pni egallab oldi |
| 21' | ![]() |
Sanches "Elche" darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi. Ammo u ofsaydda qolib ketgandi. HAkamlar adashishmadi |
| 19' | ![]() |
Kataloniyaliklar chiroyli kombinasiya tashkil qilishib, Fabregasni zarbavor vaziyatga chiqarishdi. Seskning zarbasi yo‘liga himoyachi to‘g‘anoq bo‘ldi |
| 17' | ![]() |
Aleksis o‘yinni o‘ziga olishga qaror qildi. O‘ng qanotda bir himoyachini aldab o‘tishga urindi, biroq qoida buzdi |
| 16' | ![]() |
Ruben Peres "Barsa" jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va zarba berishga qaror qildi. Ancha noaniq |
| 14' | ![]() |
To‘p darvoza to‘siniga tegdi! Fabegasning uzatmasidan keyin Inyesta to‘pni yerga tushirmasdan jarima maydonchai chizig‘i ustidan darvozaga yo‘lladi. To‘p to‘singa borib urildi! |
| 13' | ![]() |
Bu safargi burchak to‘pi ancha xavfli bo‘ldi. Xavi Markes darvozaning olis ustuni tomon uzatdi. HImoyachilarga tekkan to‘p Domingo Sismega kelib tushdi. Ammo u qulay vaziyatdan to‘pni darvozaga aniq yo‘llay olmadi |
| 12' | ![]() |
Markesning o‘zi burchak to‘pini darvozaning yaqin burchagiga uzatib berdi. Mark Bartra to‘pni yana maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 11' | ![]() |
Xavi Markes chap qanotdan oldinga o‘tdi va burchak to‘pi ishladi |
| 8' | ![]() |
Fabregas jarima maydonchasining o‘ng qanotiga yugurib kirdi va to‘pni darvozabon maydonchasi tomon yetkazdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 7' | ![]() |
Sanchesning uzatmasidan keyin Messi ofsaydda qoldi |
| 6' | ![]() |
Messi jarima maydonchasining o‘ng qanotidan zarbavor vaziyatga chiqdi. Biroq uning zarbasi yo‘liga Serxio Pelegrina g‘ov bo‘ldi |
| 3' | ![]() |
"Barselona" to‘pni nazorat qilishga ko‘p e’tibor qaratayotgani yo‘q, tezda oldinga o‘tishga intilmoqda |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi |
| ' | ![]() |
Bugun Andres Inyetsa 30 yoshni qarshiladi va u bugun «Barselona» sardori |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Sizlarni Ispaniya chempionati 37-turidan o‘rin olgan «Elche» hamda «Barselona» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni onlayn kuzatishga taklif qilamiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|