Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Oliy liga

14-tur. 05.08.2013. 18:00

LOKOMOTIV

D.Jabborov (78)

1 : 1

BUNYODKOR

A.Pishur (41)
JAMOALAR TARKIBI
1.Pavel Bugalo
2.Sardor Rahmonov
3.Evgeniy Gogol
7.Sadriddin Abdullayev
8.Akmal Xolmatov
16.Jasur Hasanov
20.Islom To‘xtaxo‘jayev
22.Sherzod Sharipov
23.Ivan Nagayev, 30.Dilshod Jabborov
99.Aleksandr Onike
  1.Ignatiy Nesterov
2. Akmal Shorahmedov
4. Xayrulla Karimov
5.Dilshod Jo‘rayev
6.Anvar G‘ofurov
8.Javlon Ibrohimov
9.Igor Taran
11.Oleksandr Pishur
16.Artyom Filiposyan
19.Jasur Hasanov
33.Oleg Zoteev
ZAHIRA
Artur Parvanov
Dilshod Rahmatullayev
Aleksandr Shadrin
Salim Mustafoyev
Ibrohim Raximov
Viktor Karpenko
Ilhom Suyunov
  Murod Zuhurov
Marko Blajich
Lutfulla To‘rayev
Alibobo Rahmatullayev
Sardor Rashidov
Sahob Jo‘rayev
Anvar Berdiyev

Matn

'
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
'
Demak, ushbu mavsumda mazkur jamoalar o‘rtasidagi uchinchi bahs ham durang bilan yakunlandi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi navbatdagi bahs 21 avgust kuni "Lokomotiv" stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘sha bahs O‘zbekiston kubogi finalchisini aniqlab beradi
90+3'
O‘YIN TUGADI! "LOKOMOTIV" - "BUNYODKOR" - 1:1
90+2'
Alibobo Rahmatullayev uzatmasidan keyin Lutfulla To‘rayev darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib borgandi. Zarba kuchsiz chiqdi
90+2'
Pavel Bugalo darvoza chizig‘i ustida to‘pni ushlab oldi!!!
90+1'
"Bunyodkor" futbolchilari charchab qolishgan ko‘rinadi
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Javlon Ibrohimov ("Bunyodkor") ogohlantirildi (tezkor qarshi hujumni buzgani uchun)
90'
O‘yinning asosiy vaqti yakunlanib qoldi
88'
Artyom Filiposyan ogohlantirildi. To‘psiz raqibiga zarba bergani uchun. Asabni jilovlash kerak
86'
Karpenko jarima to‘pini amalga oshirdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
85'
Akmal Xolmatov 3 nafar raqib futbolchisi orasidan o‘tayotib, jarima zarbasini ishlab oldi!
84'
Akmal Xolmatov jarima maydonchasi ichida darvoza tomon zarba berdi! Nesterov o‘z o‘rnida!
83'
Shadrin "qaychi" uslubida zarba berishga urindi. Muvaffaqiyatli chiqmadi
82'
Maydonda nominal hujumchisiz qolgan "qaldirg‘ochlar" endi hujumga o‘tishmoqda
80'
Aleksandr Pishur o‘rniga Alibobo Rahmatullayev maydonga tushdi
78'
Akmal Xolmatov to‘pni jarima maydonchasiga chiroyli tarzda yetkazib berdi va "Loko" sardori jarima maydonchasiga yorib kirdi va bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi!!!
78'
GOoooooooooooooooooooooooool!!!!! Dilshod Jabborov!!!
77'
Karpenko Nagayevni to‘p bilan ta’minladi. Ivanning o‘tkir burchak ostida bergan zarbasini Ignatiy egallab oldi
76'
Xolmatov yetkazib bergan to‘pni Nesterov egallab oldi.
75'
Temiryo‘lchilar bosimni oshirishmoqda
74'
"Lokomotiv" hisobni tenglashtirish uchun qulay imkoniyatdan foydalana olmadi! Xolmatov chap qanotdan oldinga intildi va jarima maydonchasi tashqarisida ochilgan Karpenkoga to‘pni yetkazdi. Viktorning zarbasi himoyachiga tegib qaytgan bo‘lsa, Nagayevning zarbasiga aniqlik yetishmadi!
72'
MAydon egalarining burchak to‘pi xavfli ko‘rinish olmadi
70'
Oleg Zoteev o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yaqinlashib bordi va to‘pni sherigiga aniq yetkazib bera olmadi. Gogol ko‘kragi bilan to‘pni olib qoldi
69'
"Lokomotiv"da uchinchi o‘zgarish amalga oshirildi. Sadriddin Abdullayev o‘rniga Aleksandr Shadrin o‘yinni davom ettiradi
68'
"Loko"da o‘zgarish. Jasur Hasanov o‘rniga Viktor Karpenko maydonga tushdi
67'
"Bunyodkor"da ikkinchi o‘yinchi almashtirilishi. Igor Taran o‘rniga Lutfulla To‘rayev tushdi
65'
Zaxiradan maydonga tushgan Sardor Rashidov chiroyli harakatlari bilan o‘yinga kirishib ketdi. Uning 25 metrlardan yo‘llagan zarbasi aniq chiqmadi
63'
Sherzod Sharipov ("Lokomotiv") ogohlantirildi. Oleg Zoteevni qo‘pollik bilan to‘xtatib qolgani uchun
61'
"Bunyodkor"da futbolchi almashdi. Jasur Hasanov o‘rniga Sardor Rashidov maydonga tushdi
59'
Ivan Nagayev jarima maydonchasi ichida yiqildi, biroq hujumchi biroz avvalroq ofsaydda qolib ketgandi...
58'
Dilshod Jabborov yo‘llagan zarba biroz noaniq chiqdi
58'
"Loko" jarima zarbasini tepish huquqini qo‘lga kiritdi. Masofa olisroq
57'
Tashabbus temiryo‘lchilar tomonida. Qosimov shogirdlari qarshi hujumda harakatlanishmoqda
55'
Ikkinchi bo‘limda o‘yin tempi pastroq
50'
Ivan Nagayev himoyachidan o‘tib ketib, jarima maydonchasiga kirib bordi, biroq so‘nggi uzatmani aniq bera olmadi
46'
Ikkinchi bo‘limdagi dastlabki hujumni mehmonlar uyushtirishdi. Hasanov yetkazib bergan to‘pni Taran darvozaga to‘g‘rilay olmadi
46'
Ikkinchi bo‘limni "Bunyodkor" jamoasi boshlab berdi.
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi, 2-bo‘lim boshlanish arafasida
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi! Hozircha "Lokomotiv" - "Bunyodkor" - 0:1.
45'
Anvar G‘ofurov 25 metrlardan darvoza tomon kuchli zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi
41'
Jasur Hasanov o‘z qanotidan Ibrohim Rahimovdan o‘tib ketdi va Pishurga to‘pni yerlatib yetkazdi. To‘p Bugaloning qo‘liga tegib darvoza chizig‘ini kesib o‘tdi!
41'
Goooooooool! Aleksandr Pishur!
38'
Hakim Fuzaylov birinchi bo‘limning o‘zidayoq futbolchi almashtirdi. O‘ng qanotdan Jasur Hasanovga qarshilik qilishga qiynalgan Sardor Rahmonov o‘rniga maydonga Ibrohim Rahimov tushirildi.
35'
"Bunyodkor" ijrosida 2ta xavfli vaziyat:
1) Ibrohimov Zoteevni posbon bilan birga bir vaziyatga chiqardi - Bugalo to‘pni tepib yubordi.
2) Jasur Hasanov o‘z qanotidan yetkazib bergan to‘pni Pishur bosh bilan darvozaga yo‘llay olmadi. Biroz balanddan o‘tib ketdi
32'
Xavfli zarba!!! Burchak to‘pidan keyin to‘p yana Xolmatovga kelib tushdi, Akmal uni jarima maydonchasi tashqarisida turgan To‘xtaxo‘jayevga yetkazdi. Islomning zarbasi esa Nagayevga tegib, shundoqqina darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi!
31'
Ivan Nagayev darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi!!! Ammo Dilshod Jo‘rayev to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga ulgurdi. Burchak to‘pi!
26'
"Qaldirg‘och" Jasur Hasanov o‘z qanotida 2 nafar "Lokomotiv" futbolchisini chiroyli tarzda ortda qoldirib, to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. BUgalo to‘pga ega chiqdi
25'
Endi esa Akmal Xolmatovning birga-bir vaziyatda yo‘llagan zarbasini Nesterov egallab oldi!
24'
Igor Taran ikki himoyachi orasidan o‘tib ketib, darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi. Bugalo to‘pni qaytarib qoldi.
22'
Dastlabki daqiqalarga nisbatan o‘yin tempi biroz tushdi.
21'
Bugalo to‘pga chiqishda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Pishur bosh bilan darvozani aniq nishonga ola bilmadi
20'
Dilshod Jabborovning bosh bilan bergan zarbasi noaniq bo‘ldi
20'
"Loko" chap qanotdan jarima zarbasi ishlashdi, ammo jarima maydonchasiga yetkazib berilgan to‘pdan so‘ng endi maydon egalari chap qanotdan jarima zarbasini ishlashdi.
18'
Ustunlik "qaldirg‘ochlar" tomonida. Ular himoyada ham yaxshi o‘ynashmoqda
17'
Taran ofsaydda qoldi
15'
J.Hasanov va J.Ibrohimov burchak to‘pi ishlashdi. BUrchak to‘pidan keyin esa Taran darvozabonga nisbatan qo‘pollik ishlatdi.
13'
Ivan Nagayev jarima maydonchasiga yorib kirdi, ammo to‘pni Xayrulla Karimov maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
12'
Yana o‘sha 19-raqamli Jasur Hasanov Ibrohimovning uzatmasidan keyin darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi. U hattoki BUgaloni aldab o‘tdi, ammo negadir yiqilishga qaror qildi. Vaziyatga yaqin turgan Kovalenko penalti bermadi. Boz ustiga, yordamga yetib kelgan himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi!
10'
Bunyodkorchi Jasur Hasanov chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va uning aniq uzatma berishiga Sardor Rahmonov yo‘l qo‘ymadi. Burchak to‘pi hech qanday xavf yaratmadi
9'
O‘yin ancha tezkor, qarama-qarshi hujumlar ostida o‘tmoqda!
8'
Endi Xolmatov 35 metrdan belgilangan jarima zarbasini to‘pni darvozaga yo‘llashga urindi. Noaniq.
7'
Oleg Zoteevning jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarbasi ancha xavfli bo‘ldi. Bugalo to‘pni bir amallab maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
6'
Mezbonlar tezkor qarshi hujum uyushtirishdi. Jarima maydonchasi tomon yetkazilgan to‘pni X.Karimov to‘xtatib qoldi
4'
Maydon markazi va tashabbus uchun kurash kechmoqda. Mehmonlar biroz faol. Pishur 35 metrlardan belgilangan jarima zarbasini to‘g‘ri darvozaga yo‘llashga urindi. Zarba kuchli, ammo noaniq.
3'
"Loko"chi Jasur Hasanov "Bunyodkor"dagi adashini qo‘li bilan to‘xtatib qolgani uchun ogohlantirildi!
2'
AKmal Xolmatov maydon markazidan boshlab reyd uyushtirdi, ammo so‘nggi pallada uning to‘p uzatishini Sadriddin Abdullayev kutmagandi...
1'
O‘yinni "Lokomotiv" boshlab berdi!
'
Jamoalar va hakamlar maydonga chiqib kelishmoqda.
'
O‘yin boshlanishiga 5 daqiqa qoldi.
'
Har ikkala jamoa fan-klubi o‘z jamoalarini qo‘llab-quvvatlashni boshlab yuborishgan
'
Bugun "Lokomotiv" qizil, "Bunyodkor" esa oq rangli formalarda harakat qilishadi
'
Futbolchilar murabbiylardan so‘nggi ko‘rsatmalarni olishib, yana bir necha daqiqalardan keyin maydonga qaytishadi
'
Har ikkala jamoa chigalyozdi mashqlarini o‘tkazib, kiyinish xonasiga yo‘l olishdi
'
Jamoalar tarkibi sahifada e’lon qilindi. Ular bilan tanishishga ulgurgan bo‘lsangiz kerak
'
«Lokomotiv» - «Bunyodkor» o‘yinidan matnli translyasiyamizni boshlaymiz
'
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.