Angliya kubogi, final
| 17 may, soat 21:00 | ||
ARSENALKasorla (17)
Koselni (72) Remsi (110) |
3 : 2 |
XALL SITIChester (4)
Devis (9) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Fabianski Sanya Kosyelni Mertesaker Gibbs Kasorla Arteta Remzi O‘zil Podolski Jiru |
Makgregor Rosenyor Kert. Devis Chester Bryus Livermor Meyler Kuinn Xaddlstoun Al-Muhammadiy Frayatt |
|
Matn
| 120+1' | ![]() |
BO‘LDI! "ARSENAL" - ANGLIYa KUBOGI SOHIBI!!! |
| 120' | ![]() |
Qo‘shimcha bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 119' | ![]() |
Oh-ohoho-hoooo!!! "Xall" hisobni tenglashtirishiga salgina qoldi! Chap qanotdan yetkazib berilgan to‘p uchun oldinga chiqqan Fabyanski kech qoldi va Aluko murakkab vaziyatda zarba berdi. Kiran Gibbs darvoza chizig‘i ustida to‘pni qaytarib yubordi!!!! |
| 116' | Shundoq ham faqat himoya haqida o‘ylayotgan "Xall Siti" qiyin ahvolga tushib qoldi | |
| 114' | ![]() |
SANOGO! Yaya barcha masalani hal qilib qo‘yishi mumkin edi! U himoyachidan o‘tib ketdi va olis burchak tomon zarba berdi. Makgregor to‘pga yeta olmadi va to‘pni darvoza ustunini silagancha maydonni tark etdi. |
| 110' | ![]() |
"Kanonirlar"ning chiroyli hujumi gol bilan yakunlandi! Sanogo tavani bilan to‘pni Uilshirga uzatdi va u o‘z navbatida Remsini to‘p bilan ta’minladi. Aaron esa Makregor qo‘riqlayotgan darvozaning yaqin burchagini nishonga oldi! |
| 110' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! 3:2! Remsi! "Arsenal" oldinga chiqib oldi! |
| 108' | ![]() |
Mesut O‘zil o‘rniga Tomash Rosiski tushirildi! |
| 107' | ![]() |
Santi Kasorla maydonni tark etdi va maydonga Jek Uilsher tushirildi |
| 106' | ![]() |
Ekstra-taymning ikkinchisi boshlandi |
| ' | Jamoalar tomonlarni almashtirishadi va ikkinchi bo‘limni boshlashadi | |
| 105+1' | ![]() |
Birinchi qo‘shimcha taym yakunlandi |
| 103' | ![]() |
"Xall Siti"da so‘nggi o‘zgarish: Jarohat olgan Layam Rosinyor o‘rniga Jord Boyd tushirildi |
| 101' | ![]() |
REMSI! Remsi Kasorla bilan "devor" o‘ynadi va Aaron o‘tkir burchak ostida darvoza tomon zarba berdi. To‘p darvozaning to‘riga tashqi tomondan borib urildi. |
| 99' | ![]() |
To‘p nazorati to‘laligicha "Arsenal" tomonida. "Xall" esa malasini penaltilar seriyasida hal qilishga umid bog‘lamoqda |
| 97' | ![]() |
JIRUUUU! Juda zo‘r imkoniyat! Kasorla qanotdan to‘pni yetkazib berdi va Olivye bosh bilan zarba berdi. Ammo to‘p darvoza to‘siniga tegdi va maydonga qaytdi! Omad "Xall siti" tomonida bo‘ldi hozir! |
| 91' | ![]() |
Qo‘shimcha bo‘limlarning dastlabkisi boshlandi! |
| ' | Bizni kutib turgan 30 daqiqa g‘olib nomini aniqlash uchun yetarli bo‘lmasa, penaltilar seriyasini ko‘rishimiz mumkin | |
| 90+5' | ![]() |
O‘yinning asosiy vaqti yakunlandi. Hozircha hisob - 2:2. 5 daqiqalik tanaffusdan keyin har biri 15 daqiqadan iborat 2ta qo‘shimcha bo‘limlar boshlanadi |
| 90+3' | ![]() |
Jiru Chesterdan to‘pni olib qo‘ydi va darvoza tomon zarba berdi! Makgregor to‘pni ishonch bilan egallab oldi! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Sanogoda yaxshi imkoniyat! Jiru to‘xtatib bergan to‘pni Yaya jarima maydonchasi chizig‘i ustidan darvoza tomon tepdi. Biroz noaniq |
| 86' | ![]() |
Yana bir ogohlantirish. Kertis Deyvis ham Jiruni yiqitgani uchun sariq kartochka oldi |
| 85' | ![]() |
Omatson Aluko ogohlantirish oldi, Olivye Jiruga nisbatan qo‘polligi uchun |
| 82' | ![]() |
KASORLA! O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni futbolchi darvoza tomon yo‘lladi. Makgregor esa dahshatli seyv bilan zarba qaytardi! |
| 79' | ![]() |
EHHHHHHH, Gibbs! To‘rt metrdan bo‘sh darvozani ishg‘ol qila olmadi!!! Sanogo jarima maydonchasining o‘ng qanotidan himoyachidan o‘tib ketdi va narigi qanotda turgan Kiran tomon to‘pni uzatdi. Ammo Gibsning zarbasidan so‘ng to‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi! |
| 77' | ![]() |
"Xall Siti"da ikkinchi o‘zgarish: Stiven Kuinn o‘rniga maydonga Sone Aluko tushdi |
| 72' | ![]() |
Sanya havodagi to‘p uchun kurashda Deyvisdan ustun keldi va to‘pni darvozabon maydonchasi chizig‘i tomon uzatdi. Koselni esa darvozabondan chaqqonroq harakat qilib, darvozani ishg‘ol qildi! |
| 72' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOOOL! Koselni! 2:2! "Arsenal" o‘z maqsaidiga erishmoqda! |
| 71' | ![]() |
"Xall" futbolchisi Devid Meyler sariq kartochka oldi |
| 70' | ![]() |
Kertis Deyvis o‘z jarima maydonchasi ichida Santi Kasorlani yiqitdi. Ammo hakam penalti belgilash uchun asos topmadi |
| 68' | ![]() |
"Xall"da o‘zgarish: Aleks Bryus o‘rniga Pol Maksheyn tushirildi |
| 66' | ![]() |
"Arsenal" futbolchilari burchakdan yetkazilgan to‘p uchun havodagi kurashda ustun kelishdi. Koselni darvoza tomon zarba berdi. Lekin to‘p mo‘ljalga aniq bormadi. |
| 65' | ![]() |
"Xall" futbolchisi Jeyk Livermur o‘z jarima maydonchasi ichida to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi. Biroq hakam ushbu vaziyatni ko‘rmadi. |
| 64' | ![]() |
Sanogo maydonga tushgan zahoti gol urishi mumkin edi. Ammo hujumchi zarba berishda sustkashlikka yo‘l qo‘ydi, natijada to‘pni yo‘qotdi |
| 63' | ![]() |
"Arsenal" tarkibida o‘zgarish: Lukas Podolski o‘rniga Yaya Sanogo tushirildi |
| 60' | ![]() |
Tom Xaddlstoun maydon markazida Santi Kasorlan yiqitgani uchun ogohlantirish oldi |
| 59' | ![]() |
Olivye Jiru raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi, ammo hakam fransiyalik futbolchidan turishni talab qildi |
| 52' | ![]() |
Kasorla chap qanotdan raqibdan qochib ketdi va to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Podolski zarba berishga chog‘langanida Aleks Bryus undan to‘pni olib qo‘ydi |
| 51' | "Xall" futbolchisi Devid Meyler oyoq qalqonchasini yo‘qotib qo‘ydi. O‘yinda kichik tanaffus yuzaga keldi | |
| 50' | Bugun O‘zil unchali faol emas. | |
| 49' | ![]() |
O‘zil tomonidan chap qanotdan yetkazilgan to‘pga hech kim yetib bora olmadi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi! |
| ' | "Xall Siti" o‘yinni juda faol boshladi. Uyushtirilgan bosim va pressing natijasida "yo‘lbarslar" o‘yinning 9-daqiqasigayoq kelib, 2:0 hisobida oldinga o‘tib olishdi. Mehmonlar biroz bo‘shashishlari oqibatida bitta to‘p olib chiqishdi. | |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus! |
| 45+1' | ![]() |
Sanya o‘ng qanotda Bryusni deyarli aldab o‘tgandi. Biroq himoyachi so‘nggi damda to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 43' | ![]() |
Jiru kuchli zarba bilan to‘pni Lukash Podolski tomon uzatdi. Germaniya terma jamoasi a’zosi qulay vazyaitda turib zarba berdi. Biroq to‘p raqib futbolchisining oyog‘iga tegib qaytdi! |
| 38' | "Xall Siti" bosh murabbiyi Stiv Bryus bo‘lsa, jamoada uning o‘g‘li Aleks Bryus to‘p suradi. U bugun asosiy tarkibda. Aleks "Arsenal" hujumlarini bartaraf etishda jonbozlik ko‘rsatmoqda | |
| 35' | ![]() |
Ahmad al-Muhammadiy tomonidan 25 metrlardan yo‘llangan zarba darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 33' | ![]() |
Kasorla burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mehmonlar to‘pni qaytarishdi, Artete esa to‘pni yana darvoza yaqiniga qaytardi. Jiruning bosh bilan bergan zarbasi esa noaniq chiqdi |
| 28' | ![]() |
Oh-ho-ho! Kasorla o‘ng qanotdan to‘pni Jiru tomon uzatdi. Olivye to‘pni qabul qildi va kichik pauza ushlab, darvozaning yaqin burchagiga zarba berdi. Chester esa to‘p yo‘liga o‘zini tashladi va darvozaning ishini yengillashtirdi! |
| 26' | ![]() |
Jamoalar bir-birilarini ayab o‘tirishmayapti. Haddan tashqari ko‘p fol ishlatilyapti |
| 25' | ![]() |
To‘pni nazorat qilish ko‘rsatkichi - 61/39% |
| 23' | ![]() |
"Yo‘lbarslar" tashabbusni to‘laligicha "Arsenal"ga topshirib qo‘yib, qarshi hujumda o‘ynashmoqda |
| 17' | ![]() |
Santi oldingi bordi va o‘tkir burchak ostida "to‘qqizlik"ni aniq nishonga oldi. Darvozabon ushbu zarbani qaytarishga ojizlik qildi! Dahshatli debyut! |
| 17' | ![]() |
GGGOOOOLLL! Kasorla, 1:2!!! |
| 12' | ![]() |
"Xall Siti" uchinchi golni urishiga sal qoldi. Tom Xaddlstoun burchakdan to‘pni yetkazib berdi va Bryus bosh bilan darvozaga zarba berdi. Olis burchakka kirib ketayotgan to‘pni himoyachi darvoza chizig‘i ustidan qaytarib qoldi. |
| 9' | ![]() |
Vuh, o‘yin dahshatli boshlandi! Nahotki, "Arsenal" ushbu mavsumda ham sovrinsiz qolsa?! "Xall Siti"ning hujumi uzoq cho‘zildi. To‘p chap qanotdan yetkazildi, lekin unga mehmon futbolchilaridan hech biri yeta olmadi. Ikkinchi temp bilan davom ettirilgan hujumdan so‘ng Devis o‘tkir burchak ostida darvozaning yaqin burchagini nishonga oldi! |
| 9' | ![]() |
GGOOOOLLL, Bryus, 0:2! |
| 7' | O‘yin endi kutilganidan ham qiziqroq boshlandi. Endi Venger shogirdlari oldinga o‘tishlari shart | |
| 4' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pni "Arsenal" himoyachilari qaytarishdi va to‘p Xaddlstounga kelib tushdi. Futbolchining zarbasi o‘ng burchakka qarab yo‘l oldi, lekin Chester to‘pni boshqa burchakka burib yubordi. Natijada Fabyanski zarbani qaytara olmadi! |
| 4' | ![]() |
GOOOOOOLLLLLL!!!! "Xall Siti" hisobni ochmoqda! |
| 2' | "Uembli" stadioni to‘lib toshgan! 72500 muxlis uchrashuvni bevosita stadiondan kuzatib bormoqda | |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! |
| ' | Venger shogirdlari bugun g‘alaba qozonishsa, "Arsenal" 11-marta Angliya kubogini qo‘lga kiritishadi | |
| ' | "Arsenal" uchun ushbu o‘yin juda katta ahamiyatga ega. "Kanonirlar" 9 yildan beri birorta ham sovrinni qo‘lga kirita olishmayapti | |
| ' | Ushbu sahifamiz orqali "Arsenal" va "Xall Siti" jamoalari o‘rtasidagi Angliya kubogi final bahsini kuzatib borasiz | |
| ' | Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|