Oliy liga-2014, 8-tur
| 19 may, soat 19:00 | ||
NASAFIlhom Yunusov (10)
Ilhom Shomurodov (77) |
2 : 0 |
BUNYODKOR |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
25.E.Suyunov 5.B.Qorayev 10.K.To‘rayev 17.A.Gevorkyan 19.I.Taran 20.E.Boydullayev 23.SH.A’zamov 27.I.Yunusov 28.SH.Muhammadiyev 32.H.Karimov 34.F.Sayfiyev |
45.A.To‘rayev 2.A.Shorahmedov 4.X.Karimov 6.A.G‘ofurov 8.J.Ibrohimov 10.A.Berdiyev 11.A.Pishur 16.Karles Koto 27.S.Sobirxo‘jayev 33.O.Zoteev 40.S.Simonenko |
|
| ZAHIRA | ||
|
1.M.Naumov 4.M.Karimov 7.A.Bahriddinov 9.I.Shomurodov 14.L.Ubaydullayev 16.A.Yusupov 29.U.Dadaboyev |
1.P.Bugalo 5.D.Jo‘rayev 7.A.Rahmatullayev 14.V.Shodiyev 15.I.Inomov 18.B.Akbarov 21.S.Rashidov |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat! Onlayn translyasiyani olib borishda "Bunyodkor" klubi veb-sayti va "Nasaf" rasmiy Tvitteri ma’lumotlaridan foydalanildi | |
| ' | "Nasaf" va "Bunyodkor" jamoalari jadvalda o‘rin almashishdi | |
| ' | "Bunyodkor" chempionatdagi ilk mag‘lubiyatini Qarshidan "Nasaf"dan qabul qilib oldi. | |
| 90+4' | ![]() |
O‘YIN TUGADI! |
| 90' | ![]() |
Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo‘shib berildi. |
| 90' | ![]() |
Gevorkyanga nisbatan o‘yin qoidasini buzganligi uchun Dilshod Jo‘rayev ogohlantirildi. |
| 89' | ![]() |
"Nasaf"da so‘nggi o‘zgarish amalga oshirildi. Bugungi o‘yinda gol urgan va ogohlantirish olgan Ilhom Yunusov maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Alisher Yusupov maydonga tushirildi |
| 86' | ![]() |
Vohid Shodiyev havodagi to‘pni to‘xtatmasdan darvozaga yo‘lladi. Eldorbek Suyunov osonlik bilan to‘pni egalladi. |
| 83' | ![]() |
Burchakdan uzatilgan to‘pni Pishur baland sakragan holda boshi bilan darvozaga yo‘llashga urindi. Noaniq. |
| 83' | ![]() |
"Nasaf" tarkibida o‘zgarish. Kenja To‘rayev o‘rniga Maqsud Karimov maydonga tushdi. |
| 80' | ![]() |
Bugungi o‘yinda ikki nafar Ilhom gol muallifiga aylandi |
| 79' | ![]() |
Dilshod Jo‘rayev o‘ng qanotdan kuchli zarba yo‘lladi. Qorayev boshi bilan to‘pni qaytardi. |
| 79' | Volkovning tavakkalchiligi o‘zini oqlamadi. Aksincha, "Bunyodkor" o‘z darvozasidan ikkinchi golni olib chiqmoqda | |
| 77' | ![]() |
O‘ng qanotdan Kenja To‘rayev oshirib bergan to‘pni Ilhom Shomurodov yaqin masofadan boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi! |
| 77' | ![]() |
GOOOOLLL! Ilhom Shomurodov, 2:0! |
| 76' | O‘yin nihoyasiga yaqinlashgan sayin futbolchilarda asabiy holat ko‘zga tashlanmoqda. Hech kim yutqazishni istamaydi albatta | |
| 75' | O‘yinning asosiy vaqti yakunlanishiga 15 daqiqa qoldi. Bugungi o‘yinda "Nasaf" g‘alaba qozonsa, o‘z ochkolarini 17taga yetkazib, 3-o‘ringa ko‘tarilib oladi. "Bunyodkor" 4-o‘ringa tushib qoladi | |
| 71' | ![]() |
Uch daqiqa ichida uchinchi sariq kartochkani cho‘ntagidan chiqarmoqda Vladislav Seytlin. Bu safar Akmal Shorahmedov Kenja To‘rayevni qo‘li bilan ushlab qolgani uchun ogohlantirildi. |
| 70' | ![]() |
Ilhom Yunusov Karles Kotoni qo‘pollik bilan to‘xtatib qolgani uchun ogohlantirildi. |
| 70' | ![]() |
Bugungi uchrashuvni bevosita stadionda 15889 nafar muxlis tomosha qilyapti. |
| 69' | ![]() |
"Nasaf" posboni Eldorbek Suyunov o‘yin vaqtini cho‘zgani uchun ogohlantirildi. |
| 68' | ![]() |
Sherzod A’zamovning jarima zarbasi salgina noaniq chiqdi. |
| 66' | ![]() |
Volkov tavakkalga qo‘l urmoqda. U uchinchi hujumchini maydonga tushirdi. Sardor Sobirxo‘jayev o‘rniga Vohid Shodiyev o‘yinni davom ettiradi. Mayjhdon markazida faqat Dilshod Jo‘rayev qoldi |
| 61' | ![]() |
Botir Qorayev ogohlantirildi. Karles Kotoga nisbatan o‘yin qoidasini buzganligi uchun |
| 59' | ![]() |
"Nasaf" tarkibida birinchi o‘zgarish. Igor Taran o‘rniga Ilhom Shomurodov maydonga tushdi. |
| 58' | ![]() |
"Bunyodkor"da ikkinchi o‘zgarish: Oleg Zoteev o‘z o‘rnini Sardor Rashidovga bo‘shatib berdi. |
| 58' | ![]() |
O‘ng burchakdan mehmonlar jarima maydonchasiga uzatilgan to‘pni Gevorkyan boshi bilan darvozaga yo‘lladi. Biroz noaniq. |
| 57' | ![]() |
Akmal Shorahmedov o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va to‘pni jarima maydonchasi ichida turgan hujumchilar tomon oshirdi. Suyunov to‘pni qaytardi. |
| 54' | ![]() |
"Nasaf"ning tezkor hujumidan keyin Qorayevning chap qanotdan uzatgan pasini Kenja To‘rayev darvozaga yo‘lladi. To‘p biroz yuqoridan o‘tib ketdi. |
| 52' | ![]() |
Karles Koto ajoyib harakatlari bilan ikki futbolchini aldab o‘tdi. Ammo darvoza yaqinida Yunusovga to‘pni oldirdi. |
| 50' | Shifokorlardan ko‘mak olgan Berdiyev yana maydonga qaytdi. | |
| 48' | ![]() |
Anvar Berdiyev to‘qnashuv paytida yuzidan jiddiy jarohat oldi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. To‘pni o‘yinga "Bunyodkor" futbolchilari kiritishdi |
| ' | Ikkinchi bo‘lim boshlanishi arafasida. Jamoalar maydonga chiqib kelishdi | |
| ' | ![]() |
"Nasaf" - "Bunyodkor" uchrashuvini O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bevosita stadiondan turib kuzatmoqda |
| ' | ![]() |
"Nasaf" -"Bunyodkor" statistika: Zarbalar - 2:5 Aniq zarbalar - 1:1 Qoida buzilish - 6:8 Offsayd - 1:3 Burchak to‘plari - 1:1 Ogohlantirish - 0:1 |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. "Nasaf" - "Bunyodkor" - 1:0. Tanaffus. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
Pishur jarima zarbasini amalga oshirdi. To‘pni himoyachilar qaytarishdi. Takroriy zarbani Simonenko yo‘lladi. Zarbaga biroz aniqlik yetishmadi. Aks holda hisob tenglashardi |
| 40' | ![]() |
Sergey Simonenko ogohlantirish oldi. Seytlin o‘z qaroriga e’tiroz bildirgan himoyachiga sariq kartochka ko‘rsatdi. |
| 37' | ![]() |
"Bunyodkor"ning pozision hujumi. Hujumda deyarli barcha futbolchilar ishtirok etishdi. Yakuniy zarbani Zoteev yo‘lladi. To‘p biroz darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi. |
| 35' | ![]() |
Artur Gevorkyan tomonidan amalga oshirilgan jarima zarbasi ancha xavfli chiqdi. Akbar To‘rayev to‘pni qaytardi. |
| 34' | ![]() |
"Bunyodkor" himoyachisi Xayrulla Karimov Igor Taranga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Standart vaziyat |
| 29' | ![]() |
"Bunyodkor"ning tezkor hujumi. Anvar Berdiyevning jarima maydonchasi ichiga kirib yo‘llagan zarbasini Botir Qorayev qaytardi. |
| 28' | ![]() |
Endi esa "Nasaf" jarima maydonchasi ichidagi xavfli vaziyatni Eldorbek Suyunov ishonch bilan bartaraf etdi. |
| 27' | ![]() |
Xayrulla Karimovning mahorati "qaldirg‘ochlar"ni murakkab vaziyatdan qutqarib qoldi. |
| 24' | ![]() |
"Bunyodkor" yarim himoyachisi Dilshod Jo‘rayev ikki bor qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Ammo har ikkala vaziyatdan ham qarshiliklar foydalana olishmadi. |
| 21' | ![]() |
Hisobda oldinda borayotgan "Nasaf" futbolchilari to‘pni o‘z nazoratlarida saqlab turishga harakat qilishmoqda. |
| 20' | ![]() |
Navbatdagi hujum paytida Karles Kotoning o‘zi kuchli zarba yo‘lladi. Bu safar zarbaga ozgina aniqlik yetishmadi. |
| 19' | ![]() |
Karles Kotoning jarimadan oshirgan zarbasi Simonenkodan o‘tib Zoteevga keldi. Olegning o‘tkir burchak ostidan yo‘llagan zarbasini Suyunov qaytardi. |
| 17' | ![]() |
"Bunyodkor"ning markaziy chizig‘i yosh futbolchilar - Dilshod Jo‘rayev va Sardor Sobirxo‘jayev zimmasida qoldi. Hozir Sardor oldinga o‘tayotganida Botir Qorayev uni qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi |
| 15' | ![]() |
Javlonning jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi, u o‘yinni davom ettira olmaydigan bo‘ldi. Ibrohimov o‘rniga Dilshod Jo‘rayev maydonga tushdi. |
| 13' | ![]() |
Javlon Ibrohimov jarohat oldi. Unga shifokorlar yordam ko‘rsatishmoqda. |
| 10' | ![]() |
Artur Gevorkyanning o‘ng qanotdan oshirgan pasini qabul qilib olgan Yunusov darvozaning olis burchagini nishonga oldi - 1:0. Ilhomni mehmon himoyachilari yopishga ulgurishmadi |
| 10' | ![]() |
GGOOOLLL!!! Ilhom Yunusov, 1:0! |
| 7' | ![]() |
Botir Qorayev chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Akbar To‘rayev osonlik bilan to‘pni egallab oldi. |
| 5' | ![]() |
To‘p uchun kurashda Berdiyev va Hamza Karimov to‘qnashib ketishdi. Ikki kosonliklar to‘qnashuvida har ikkala futbolchi jarohat olishdi. |
| 3' | ![]() |
Burchakdan uzatilgan to‘pni Boydullayev uzoq masofadan darvozaga yo‘llashga urindi. Noaniq. |
| 2' | ![]() |
"Nasaf"ning ilk hujumi. Sayfiyev to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Simonenko to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 1' | "Ajdarlar" o‘yinni boshlab berishdi | |
| 1' | ![]() |
UCHRASHUV BOSHLANDI! |
| ' | "Markaziy" stadionning 80 foiz o‘rindig‘i muxlislar tomonidan band etilgan. | |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. "Nasaf" ko‘k-oq, "Bunyodkor" oq liboslarda harakat qilishadi |
| ' | Har ikkala jamoa o‘yinni ikki nafar hujumchi bilan boshlashadi. "Nasaf"da - Kenja To‘rayev va Igor Taran, "Bunyodkor"da Aleksandr Pishur va Anvar Berdiyev | |
| ' | Masalan, "qaldirg‘ochlar"ning asosiy tarkib futbolchisi hisoblangan Sardor Rashidov, Dilshod Jo‘rayev va Vohid Shodiyev zaxirada qolishgan | |
| ' | Tarkiblar bilan tanishib chiqqan bo‘lsangiz, Ro‘ziqul Berdiyev maydonga so‘nggi o‘yinlarda asosiy tarkib futbolchisiga aylanib qolgan futbolchilarni tushirgan bo‘lsa, Aleksandr Volkov tarkibda rotasiyani amalga oshirishga qaror qilgan | |
| ' | Mazkur o‘yindan tashkil etilayodigan onlayn matnli translyasiyani kuzatib borishga taklif etamiz | |
| ' | Qarshi shahridagi "Markaziy" stadionda "Nasaf" va "Bunyodkor" jamoalari o‘rtasidagi Oliy liga 8-tur o‘yini boshlanishiga 9 daqiqa qoldi | |
| ' | ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|