Oliy liga-2014, 9-tur
| 2 may, soat 19:00 | ||
«BUNYODKOR»Aleksandr Pishur (52)
Sardor Rashidov (55) |
2 : 0 |
«METALLURG» |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Pavel Bugalo Xayrulla Karimov Dilshod Jo‘rayev Anvar G‘ofurov Sato Minori Vohid Shodiyev Islom Inomov Bobirjon Akbarov Sardor Rashidov Sardor Sobirxo‘jayev Oleg Zoteev |
Suhrob Sultonov Saidkamol Akbarov Hikmat Hoshimov Dilmurod Karimov Doniyor Odilov Sunatilla Mamadaliyev Davron Karimqulov Alisher Ziyovuddinov Mirg‘iyos Sulaymonov Sardor Rasulov Murod Toshmatov |
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin tugadi |
| 90' | ![]() |
O‘yinga uch daqiqa qo‘shib berildi |
| 87' | ![]() |
!!!! Sardor Rasulov Oleg Zoteevni qo‘pollik bilan to‘xtatgani yetmaganday turgandan keyin ham uni turtib yubordi. Har ikki futbolchiga ham sariq kartochka |
| 85' | ![]() |
Karlos Koto hamda Alibobo ajoyib kombinasiyani amalga oshirishdi, lekin himoyachi Karlosni yiqitdi. Hakam jim |
| 83' | ![]() |
Sardor Rasulov qanotdan oldinga bordi, lekin uni yiqitishdi |
| 80' | ![]() |
Sardor Sobirxo‘jayev o‘rniga Karlos Koto tushdi |
| 78' | ![]() |
«Metallurg» bugun juda ko‘p jarimadan to‘p tepmoqda. Lekin har safar samarasiz |
| 76' | ![]() |
Saidkamol Akbarov o‘rniga Nozimjon Esonov tushdi |
| 74' | ![]() |
Jarima maydoniga kirib borayotgan Pishurni qo‘pollik bilan to‘xtatishdi, fol |
| 72' | ![]() |
Sunatulla Mamadaliyev o‘rniga Shuhrat YO‘ldoshev tushdi |
| 70' | ![]() |
Burchak zarbasidan keyin Zoteev to‘pni jarima maydoniga uzatdi, Pishurning zarbasi noaniq |
| 68' | ![]() |
Sardor Rashidov qanotdan katta tezlikda oldinga bordi va to‘pni jarima maydoniga uzatdi, Hikmat Hoshimov to‘pni qaytardi, burchak to‘pi |
| 66' | ![]() |
Uxxxx Mamadaliyev qator futbolchilarni jarima maydoni ichida aldadi, lekin unga sheriklari yordamga kelishmadi |
| 64' | ![]() |
Islom Inomov raqibga qarshi qo‘pol o‘ynadi. Sariq kartochka |
| 62' | ![]() |
Uxxxxx Toshmatovning zarbasini G‘ofurov qaytarib qoldi |
| 60' | ![]() |
«Metallurg» tarkibida o‘zgarish. Alisher Ziyovitdinov o‘rniga Mirto‘ta Akbarov tushdi |
| 58' | ![]() |
Ohohohooooooo «Bunyodkor» ochildi. Vohid qanotdan uzatilgan to‘pni to‘xtatib darvozaga yo‘lladi, to‘p shtangaga tegdi |
| 57' | ![]() |
Vohid Shodiyev qanotdan oldinga bordi va to‘pni darvoza yaqinidagi Sardor Rashidovga uzatdi. Sardor bo‘sh darvozaga qiynalmay gol urdi |
| 55' | ![]() |
Gooooooooooooool |
| 54' | ![]() |
!!!!!!!! Alibobi Rahmatullatevning qanotdan uzatgan to‘pini Pishur bosh bilan darvozaga yo‘lladi. Ajoyib gol |
| 52' | ![]() |
Gooooooooooooooool |
| 50' | ![]() |
«Bunyodkor»ning navbatdagi hujumini Vohid Shodiyev uzib qo‘ydi. U sherigiga uzatilga uzatilga to‘pni qaytarib qoldi |
| 48' | ![]() |
«Metallurg» hujumchisi jarima maydoniga kirib borayotganida Bugalo to‘pni egallab oldi, lekin qo‘pollik emas |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim avvalida «Bunyodkor»da o‘zgarish. Bobur Akbarov hamda Sato Minori o‘rniga Pishur hamda Alibobi tushishdi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi |
| 44' | ![]() |
«Metallurg»ning qarshi hujumi juda yaxshi chiqdi. Uzoq davom etgan hujumdan keyin Ziyovutdinov zarba yo‘lladi, noaniq |
| 42' | ![]() |
Sardor Rashidov qanotdan to‘pni to‘xtatib oldi va jarima maydoniga uzatdi, hech kim yo‘q |
| 40' | ![]() |
Andijondagi o‘yin yakunlandi. «Nasaf» mahalliy «Andijon»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi |
| 38' | ![]() |
Oxirgi daqiqalarda «Metallurg» faollashib qoldi. Sunnatulla Mamadaliyevning jarima maydoniga uzatgan to‘pni Akbarov qaytardi |
| 36' | ![]() |
Alisher Ziyovitdinovning uzoq masofadan bergan zarbasi noaniq |
| 34' | ![]() |
!!!!!!!!!!! Sardor Sobixo‘jayevning fantastik pasidan keyin darvozabon bilan o‘tkir burchakdan yakkama-yakka chiqib borgan Sardor Rashidovning zarbasi to‘sinni zirqiratdi. |
| 32' | ![]() |
!!!!!!! Vohid Shodiyev jarima maydoniga yaqin joyda yiqilib tushdi, lekin hakam buni «yiqilish» deb baholadi |
| 31' | ![]() |
Bobir Akbarovning maydon markazidan sal o‘tib bergan zarbasi noaniq. Ha, noaniq, lekin bunday zarbalarni oqlash mumkin. |
| 29' | ![]() |
Sardor Sobirxo‘jayev maydon markazida raqibdan to‘pni oloib qo‘ydi, lekin uni qo‘pollik bilan yiqitishdi |
| 27' | ![]() |
«Bunyodkor» ustunlikka ega bo‘lmoqda, lekin hujumlarda yakun yo‘q. Shodiyev hujumda yolg‘izlanib qolmoqda |
| 25' | ![]() |
!!!!!! Satoooo Minori ajoyib tarzda harakat qildi va ikkita himoyachini aldab o‘tib darvozaga zarba yo‘lladi, oooozgina noaniq. Yaponiyalik futbolchi juda ajoyib harakat qilgan edi |
| 23' | ![]() |
Sardor Rashidov bugun chap qanotda o‘ynamoqda. To‘g‘ri u yomon o‘ynayotgani yo‘q, lekin Sardor o‘ng qanotda o‘zini yaxshiroq ko‘rsatgan o‘yinlarni bilamiz. Balki keyinroq uning o‘rni o‘zgarar |
| 21' | ![]() |
Oleg Zoteev qanotda faol harakat qildi va to‘pni Shodiyevga uzatdi. Vohid juda yaxshi tarzda to‘pni darvoza yaqinida uzatdi, lekin himoyachilar to‘pni qaytarishdi. |
| 19' | ![]() |
!!!!! Sardor Rashidov katta tezlikda oldinga bordi va unga to‘p yetkazib berildi. Sardor ajoyib pressing bilan raqibni xato qilishga majbur bo‘ldi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 17' | ![]() |
«Metallurg»ning hujumdagi futbolchisi Bobir Akbarovga qarshi qo‘pol o‘ynadi va hujum uzilib qoldi |
| 15' | ![]() |
!!! Oleg Zoteevdan to‘pni qabul qilib olgan Islom Inomov o‘tkir burchakdan zarba yo‘lladi, to‘p chamasi darvoza to‘siniga tegib maydonni tark etdi |
| 13' | ![]() |
«Bunyodkor» maydon markazidan jarima zarbasi tepdi, to‘p avval o‘ng qanotga bordi, keyinchalik chap qanotdagi Anvar G‘ofurovga kelib tushdi, Anvarning pasini himoyachilar qaytarishdi |
| 11' | ![]() |
!!! Yana Minori qanotda faol o‘ynadi va burchak to‘pi ishlab oldi. Lekin standart samarasiz bo‘ldi |
| 9' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!!! Vohid Shodiyev ofsayd chizig‘ida to‘pni egallab oldi va oldinga bordi.Uning uzoq burchakka yo‘llagan zarbasi noaniq |
| 7' | ![]() |
Sato Minori maydon markaziga yaqin joyda to‘pni raqibidan olib qo‘ydi. Juda faol o‘ynamoqda bugun Minori. |
| 5' | ![]() |
Bugungi o‘yinni kuzatish uchun haddan tashqari kam muxlis tashrif buyurgan. |
| 3' | ![]() |
Eslatib o‘tamiz, bugungi uchrashuv O‘zbekiston chempionati 9-turi doirasida bo‘lib o‘tmoqda. Ilk daqiqalardan «Metallurg» hujumga o‘tdi. Jarima maydoniga yaqin joyda standart vaziyat tepish huquqiga ega bo‘lgan mehmonar undan foydalana olishmadi. Dilmurod Karimovning zarbasi noaniq |
| ' | ![]() |
O‘yin boshlandi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Sizlarni «Bunyodkor» hamda «Metallrug» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni kuzatishga taklif qilamiz. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|