O‘rtoqlik o‘yini
| 27 may, soat 19:00. Olmaliq | ||
O‘ZBEKISTON |
0 : 1 |
UMMONAhmad al-Muhayjriy (20)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
21.Eldor Suyunov 4.Boburbek Yo‘ldoshev 5.Egor Krimes 8.Shuhrat Muhammadiyev 13.Oleg Zoteev 7.Azim Ahmedov 9.Odil Ahmedov 14.Jamshid Iskanderov 17.Sanjar Shoahmedov 22.Ivan Nagayev 15.Husniddin G‘ofurov |
Fayz ar-Rashidiy Jobir al-Avaysiy Ali al-Nahar Husayn al-Xaliniy Ahmad al-Muhayjriy Husayn al-Xadriy Juma al-Mashariy Muhsin al-Xodliy Fahad al-Jalbobiy Sami al-Lahsiniy |
|
| ZAHIRA | ||
|
12.Ignatiy Nesterov 2.Davron Hoshimov 3.Shavkat Mullajonov 6.Jasur Hasanov 10.Sardor Sobirxo‘jayev 11.Navro‘z Olimov 16.Igor Sergeev 18.Fozil Musayev 19.Diyor Turopov 20.Islom To‘xtaxo‘jayev 23.Sardor Rashidov |
1.Al-Habsiy 22.Al-Kasbiy 16.Al-Qosimiy 10.Hardan 20.Al-Hasniy 2.Al-Musalamiy 21.Al-Mashariy 11.Al-Muxayniy 8.Al-Forsiy 4.Al-Tabriy 6.Ibrohim |
|
Matn
| ' | Ikkinchi uchrashuv 29 may, payshanba kuni "Jar" stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin 19:00da boshlanadi | |
| ' | Terma jamoamiz dastlabki o‘yinda Ummonga imkoniyatni boy berdi | |
| ' | O‘YIN YAKUNLANDI! | |
| 90+6' | Eng so‘nggi 60 soniya boshlandi. | |
| 90+5' | ![]() |
Ummon juda yaxshi himoyalanmoqda. Vakillarimiz faqat qanotlar orqali o‘ynamoqda. Hech qanday foyda bo‘layotgani yo‘q |
| 90+4' | ![]() |
Rashidov uzatgan to‘pga Sergeev kuchsiz zarba berdi |
| 90+3' | ![]() |
Hasanov ikki futbolchini aldab, Zoteevga to‘pni uzatgandi. Oleg to‘pga yeta olmadi |
| 90+2' | ![]() |
Mehmonlarning zarbasini Suyunov egallab oldi |
| 90+1' | ![]() |
Darvozamiz tomon jarima zarbasi belgilandi. DAvrozagacha 25 metr. Krimesga sariq kartochka! |
| 90' | ![]() |
Vladislav Seytlin o‘yinga 6 daqiqa qo‘shib berdi! |
| 88' | ![]() |
Yana bir ummonlik futbolchi jarohat olganga solib yotibdi, uni zambildan maydondan olib chiqib ketishdi. Maydondan chiqqan zahoti maydonga qaytishni so‘ramoqda |
| 87' | ![]() |
Terma jamoamizning navbatdagi hujumi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. |
| 86' | ![]() |
Ummon burchakdan yetkazgan to‘pni yana Bobur Yo‘ldoshev qaytardi |
| 85' | ![]() |
Terma jamoamiz to‘laligacha hujumga o‘tib ketdi. Natijada Ummon qarshi hujumga o‘tdi. So‘nggi pallada Bobur Yo‘ldoshev to‘pni qaytarib yubordi. Burchak to‘pi |
| 82' | ![]() |
Ummon qarshi hujumga o‘tayotganida Jasur Hasanov to‘pni raqibdan olib qo‘ydi |
| 81' | ![]() |
Oleg Zoteevning ko‘plab uzatmalari noaniq bo‘lmoqda |
| 80' | ![]() |
Ummonda yana bir o‘zgarish bo‘ldi |
| 79' | ![]() |
O‘ng qanotdan Shuhrat Muhammadiyev to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Navruz Olimovning bosh bilan bergan zarbasiga aniqlik yetishmadi |
| 79' | ![]() |
Ummon terma jamoasida birdaniga 3ta o‘zgarish amalga oshirilmoqda |
| 78' | ![]() |
Ummon futbolchilaridan biri maydonda o‘zini jarohat olganga solib yotibdi. |
| 72' | ![]() |
Azim Ahmedov o‘rnida Sardor Sobirxo‘jayev tushdi |
| 71' | ![]() |
Raqibning hujumidan keyin raqib futbolchisi darvozabon bilan birga bir chiqib bordi va zarba yo‘lladi, lekin to‘p tepalab ketdi |
| 70' | ![]() |
Uxxxxxx qarshi hujum yaxshi rivojlanayotgan edi, lekin Olimov ofsaydda qoldi |
| 67' | ![]() |
Jasur Hasanov Jamshid o‘rniga, Navro‘z Olimov Nagayev o‘rniga tushishdi |
| 65' | ![]() |
Nagayev juda yaxshi ochilgan edi, lekin unga oshirilgan to‘pni himoyachi olib qo‘ydi |
| 63' | ![]() |
Raqibning hujumi juda yaxshi chiqdi, qanotdan ochilgan futbolchi ikkinchi tempdagi sherigiga tashlab berdi, zarba noaniq |
| 61' | ![]() |
Uxxxx endi o‘ng qanotdan uzatilgan to‘pni Sergeev darvozaga yo‘lladi, noaniq |
| 59' | ![]() |
Uxxxxxxxxxxxx Sardor qanotdan oldinga bordi va to‘pni Sergeevga uzatdi, Igor to‘pni to‘xtata olmadi, lekin himoyachi to‘pni hujumchimizning oyog‘iga tashlab berdi. Uning zarbasini esa darvozabon ushlab oldi |
| 57' | ![]() |
Jama qanotdan oldinga bordi va to‘pni jarima maydoniga uzatdim himoyachi to‘pni tepib yubordi. Burchak zarbasi esa samarasiz |
| 55' | ![]() |
Fozil Musayev hamda Igor Sergeevlar Odil hamda Sanjar Shoayehmedovlar o‘rniga tushishdi |
| 53' | ![]() |
Zoteev qanotdan oldinga bordi va byrchak to‘pi ishladi. Burchakdan tepilgan to‘pni esa darvozabon ushlab oldi |
| 52' | ![]() |
Odil to‘p bilan oldinga borayotgan raqibni ta’qib qildi va undan to‘pni olib qo‘ydi, sal qattiqroq o‘ynagandi raqib yotib oldi. Hakam tur dedi |
| 50' | ![]() |
Terma jamoamia futbolchilari shu xatoni uchinchi marta takrorlashdi. Chap qanotdan kimdir ochiladi, to‘p unga uzatiladi va u to‘pga yeta olmaydi, Mana to‘rtinchi marta |
| 48' | ![]() |
Sardor Rashidov Husniddin G‘ofurov o‘rniga maydonga tushdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi |
| 45+2' | ![]() |
Uxxxxx zo‘r hujum bo‘lgan edi, lekin Muhammadiyevning to‘p uzatishidan keyin Nagayev yaxshi vaziyatdan foydalana olmadi. U to‘pga avvalroq sakrab yubordi |
| 45+1' | ![]() |
Ummon burchakdan to‘p tepmoqda |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limga uch daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
Jamshid raqibning 13-raqamli himoyachisi bilan kurashda jismoniy jihatdan yengildi. Raqib juda kuchli va u to‘pni qaytardi |
| 42' | ![]() |
Maydon markazida Sanjar Shoahmedovga qarshi qo‘pol o‘ynagan raqibga sariq kartochka |
| 40' | ![]() |
Terma jamoamiz burchakdan to‘p tepdi, ikkinchi tempda to‘pni qabul qilib olgan Oleg zarba yo‘lladi, noaniq |
| 39' | ![]() |
Uxxxxxxxx Jamshidning amalga oshirgan ishini takrorlash qiyiiiiin. U sekingina to‘pni darvozaga yo‘lladi, Ronaldinyoning «Chelsi»ga urgan golini eslang, xuddi o‘sha zarbani Jama takrorlagandi, lekin himoyachi yaxshi o‘ynadi |
| 37' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!!! Muhammadiyevning qanotdan uzatgan to‘pini Shoahmedov daxshatli zarba bilan darvozaga yo‘lladi, lekin darvozabon Yashin usulida to‘pni qayatrdi |
| 36' | ![]() |
Vay Vay Vay. Odilning ajoyib pasidan keyin Jama fantastik tarzda to‘pni Muhammadiyevga uzatdi, lekin himoyachi yaxshi o‘ynadi |
| 34' | ![]() |
Hisobdan xulosa chiqarish kerak emas. Terma jamoamiz yomon o‘ynayotgani yo‘q. Faqat futbolchilar bir-birlarini yaxshi tushunishmayapti. Ayniqsa Odilning o‘yini juda yaxshi chiqyapti |
| 32' | ![]() |
Raqib hujumi vaqtida Boburbek YO‘ldoshevga qarshi qo‘pol o‘ynashdi |
| 30' | ![]() |
Odil Ahmedov ukasi bilan devor uslubida ajoyib kombinasiyani amalga oshirgan edi,lekin himouachilar yaxshi o‘ynashdi |
| 28' | ![]() |
Jamshidning zarbasini darvozabon qaytardi |
| 27' | ![]() |
Uxxxx jarima maydoni ustida Jamshida qarshi qo‘pol o‘ynashdi, juda yaxshi vaziyat |
| 26' | ![]() |
Qanotdan uzatilgan to‘pdan keyin ikkinchi qavatda hech kim yeta olmadi. Azim to‘pni qabul qilib oldi va zarba yo‘lladi. Juda yaxshi Azim tepish kerakku |
| 24' | ![]() |
Muhammadiyev juda yaxshi harakat qildi va uchta himoyachidan juda zo‘r o‘tib ketdi. Lekin G‘ofurov to‘pni yana oldirib qo‘ydi |
| 22' | ![]() |
Uxxxxxxxx G‘ofurovga qarshi juda qo‘pol o‘ynashdii. Fol |
| 20' | ![]() |
Ummon jarima zarbasini amalga oshirdi. Zarba shtangaga tegdi, qaytgan to‘pni esa Ahmad al-Muxajiri darvozaga yo‘llab qo‘ydi 0:1 mehmonlar oldinda |
| 20' | ![]() |
Goooooooooooooooooooooollllll |
| 18' | ![]() |
Odiiiil Ahmedoooooov. Mana buni Ahmedov desa bo‘ladi. Himoyachidan to‘pni o‘tkazib keyin o‘zi uni quvib o‘tib, to‘pni G‘ofurovga uzatdi, lekin uning pasi o‘xshamadi |
| 16' | ![]() |
Odil Ahmedov juda tarzda himoyachidan o‘tib ketgan edi, lekin uni ushlab qolishdi |
| 15' | ![]() |
Uxxxxx Nagayev markazdan juda yaxshi tarzda ochildi va himoyachini aldab o‘tdi, lekin himoyachi orqadan yetib keldi. |
| 13' | ![]() |
Muhammadiyev to‘pni oldirib qo‘ygandan keyin Azim Ahmedov markazda raqibni qo‘pollik bilan to‘xtatib qo‘ydi. Sariq kartochka Azimga |
| 11' | ![]() |
Odil Ahmedovning fantastik pasidan keyin Jamshid qanotdan ochildi va to‘pni Shoahmedovga uzatdi, lekin Sanjar to‘pni oldirib qo‘ydi |
| 9' | ![]() |
Azim Ahmedov yomon o‘ynamayapti. Uning 35 metrlardan bergan zarbasi noaniq |
| 8' | ![]() |
15 raqamli futbolchimiz G‘ofurov raqibni maydon tashqarisiga chiqarib yubirdi, fol. Futbol erkaklar o‘yini |
| 6' | ![]() |
Maydon markazida Zoteev to‘pni raqibga oldirib qo‘ydi. Qanotdan rivojlangan hujumdan keyin himoyachilarimiz hujumni qaytarishdi |
| 4' | ![]() |
Qanotga yaqin joyda Odil Ahmedovga qarshi qo‘pol o‘ynashdi fol |
| 3' | ![]() |
Terma jamoamizning ilk hujumi markazdan rivojlandi, lekin Shoahmedovgacha to‘p yetib bormadi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi |
| ' | ![]() |
Eslatib o‘tamiz, o‘yinni Vladislav Seyflin boshqarib boradi. stadionda jonli to‘lqin yuzaga kelmoqda |
| ' | ![]() |
Eh Eh Eh tashkilotchilarga nima bo‘lgan o‘zi. O‘ZBEKISTON madhiyasini to‘liq qo‘ya olishmadi. Oxirgi bir necha soniyasini uzib qo‘yishdi. Afsus afsus afsus. |
| ' | ![]() |
Har ikki mamlakat madhiyalari yangradi. Olmaliqlik qizlar futbolchilarga maxsus sovg‘alar topshrishdi |
| ' | ![]() |
Kutilganidek bugungi o‘yin ikinchi o‘yin uchun tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. Har ikki jamoa ham bir qator yetakchilarni maydonga tushirishmagan. Ko‘pchilik kutgan Ali al-Xabsi zaxirada qolgan. |
| ' | ![]() |
Achinarli holat o‘yin boshlanishiga 30 daqiqa qoldi, lekin hamon to‘liq tarkiblarni berishmadi |
| ' | ![]() |
Tarkiblar aniq. Odil Ahmedov hamda Azim Ahmedovlar asosiy tarkibda maydonga tushishadi |
| ' | ![]() |
Shuhrat Maqsudov hamda Baxtiyor Ashurmatovlar maydonga chiqib kelishdi. Ular shogirdlarini o‘yinoldi mashg‘ulotlarni o‘tkazishi uchun sharoitlarni tayyorlashmoqda |
| ' | ![]() |
Mehmonlarimiz maydonning holatini tekshirish uchun maydonga chiqib kelishdi. «Bolton» darvozaboni Ali al-Xabsi bilan suratga tushishmoqda |
| ' | ![]() |
Stadionga muxlislar kirishi boshlandi. Ayni vaqtda stadion maysasiga suv sepilmoqda. Ta’kidlash jozki, maydon ajoyib ko‘rinishda. Muxlislar ham ko‘payib qoldi. O‘yin boshlanishiga roppa-rosa ikki soat vaqt qoldi. |
| ' | ![]() |
Hali OAV vositalariga ham kirishga ruxsat berilgani yo‘q. Biz stadion yaqinidagi salqin manzilgohdan translyasiyani boshladik. Terma jamoa avtobuslari kelishidan, nasib bo‘lsa g‘alabani nishonlayotganimizgacha vaziyatlarni yoritishga harakat qilamiz. |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Sizlarni O‘zbekiston hamda Ummon terma jamoalari o‘rtasidagi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinini onlayn kuzatishga taklif etamiz. Terma jamoamiz muxlislari suyuklilarining o‘yini ancha sog‘inib qolishgan edi. Bu galgi bahsga Toshkent viloyatining Olmaliq shahri mezbonlik qiladi. Shahar markazidagi yangi stadionga muxlislar kelishini boshlashdi. O‘yin boshlanishiga hali uch soat bor, lekin ancha odam yig‘ilib qoldi. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|