Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi

29 may, soat 19:00. Toshkent. «Jar»

O‘ZBEKISTON

0 : 1

UMMON

(30)Eyd al-Farsi
JAMOALAR TARKIBI
Ignatiy Nesterov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Anzur Ismoilov, Shavkat Mullajonov, Vitaliy Denisov, Odil Ahmedov, Vladimir Kozak, Jasur Hasanov, Viktor Karpenko, Maksim Shaskix, Ulug‘bek Baqoyev.   Ali al-Habsi, Hasan al-Gilani, Abdusallom al-Muhayni, Saad al-Muhayni, Muhammad al-Musalami, Jobir-al Ovaysi, Ali Jobiri, Eyd al-Farsi, Rayod Ibrohim, Ahmad al-Husni, Qosim Hardon.

Matn

90+6'
O‘yin tugadi. Yengildik
90+4'
Raqibning qarshi hujumi juda yaxshi rivojlandi, lekin qanotdan uzatilgan to‘pga hech kim yeta olmadi
90+2'
O‘yinga besh daqiqa qo‘shib berildi
90+1'
Burchak zarbasidan keyin himoyachi to‘pni qaytardi
90'
Oxirgi daqiqa boshlandi. Burchakdan to‘p tepamiz
88'
Qanotdan uzatilgan to‘pga Sergeev zarba yo‘lladi, noaniq
86'
Raqib himoyasi haddasn tashqari yaxshi o‘ynamoqda. Ko‘z tegsin
84'
Uxxxxxx Diyor Turopov jarima maydoni yaqinida to‘pni qabul qilib oldi va chap oyoqda zarba yo‘ladi. Ali al-Xabsi yaxshigina mehnat qilib to‘pni ushlab oldi
82'
Shavkat Mullajonov o‘rniga Diyor Turopov tushdi
80'
Chap qanotdan Shavkat Mullajonov to‘pni jarima maydoniga uzatdi, lekin juda juda noaniq
78'
Jamshid Iskanderov o‘ng qanotdan oldinga bordi va to‘pni jarima maydoniga uzatmoqchi bo‘ldi, noaniq
76'
Jamshid Iskanderov to‘pni jarima maydoniga uzatdi, lekin raqiblar to‘pni egallab olishdi
74'
Raqib futbolchisi maydonda yotibdi, tibbiy xodimlar unga yordam ko‘rsatishmoqda
72'
Yomg‘ir kuchayib ketdi. Biz jarima zarbasi tepamiz
70'
Hamma yerda Odil, himoyada ham Odil, hujumda ham Odil, yarim himoyada ham Odil. To‘g‘risi Odildan boshqa hech kim o‘ynayapti desa bo‘ladi. Hamma uning yelkasiga osilib olganday. Odil o‘z o‘yinini ko‘rsata olmay qolmoqda. Butun jamoa bilan band
68'
O‘yin haddan tashqari zerikarli ko‘rinish olib ketdi
66'
Anzur Ismoilovga ham sariq kartochka
64'
Yana o‘sha usuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuul: Qanotdan to‘p jarima maydoniga uzatiladi va darvozabon uni ushlab oladi
62'
O‘yinda temp haddan tashqari tushib ketdi
60'
Kozak hamda Jasur Hasanov o‘yindan olindi, ular o‘rniga Jamshid Iskanderov hamda Fozil Musayev tushdi
58'
Odil Ahmedovga sariq kartochka
56'
Odil markazda to‘pni qabul qildi va chap qanotga uzatdi, to‘p yana Odilga qaytib keldi, lekin u to‘pni to‘xtata olmadi
54'
Burchakdan uzatilgan to‘pni Sergeev darvozaga yo‘lladi, lekin noaniq. Juda ko‘p qanotdan hujum qilyapmiz
52'
Uxxxxxxx Anzur Ismoilov ajoyib tarzda to‘pni olib qo‘ydi va qarshi hujumni rivojlantirdi. Sardor to‘pni jarima maydoniga uzatdi, Sergeevning zarbasi noaniq
50'
Vladimir Kozak ajoyib tazrda raqibdan to‘pni olib qo‘ydi va to‘pni Rashidovga uzatdi, Sardor Ofsaydda. Kozak yaxshi o‘ynayapti
48'
Ahmad al-Husni qanotdan oldinga bordi va burchak to‘pi ishlab oldi
47'
Maydon markazida yaqin joyda Ahmedov raqibga qarshi qo‘pol o‘ynadi, fol
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Ikkinchi bo‘lim boshlanmoqda. Shaskix, Karpenko hamda Baqoyev maydonga qaytishmaydi. Ular o‘rniga Sardor Rashidov, Navro‘z Olimov hamda Igor Sergeev tushadi
45+1'
Birinchi bo‘lim tugadi
45'
Gooooooooooooooooool. Uxxxxxxxxxxxxxxx Baqoyevning golini hisoblashmadi. Ofsayddd
44'
Birinchi bo‘limga bir daqiqa qo‘shib berildi
42'
O‘ng qanotdan Maks jarima zarbasini amalga oshirdi, uning uzatgan to‘pni himoyachilar qaytarishdi
40'
Karpenkoning qanotdan uzatilgan zarbani himoyachi qaytardi, burchak to‘pi
38'
Shavkat Mullajonov qanotdan to‘pni jarima maydoniga uzatdi, Kozakning bosh bilan bergan zarbasini Ali al-Xabsi qaytardi
36'
Odil Ahmedov vaziyatni o‘z qo‘liga oldi va qanotdan oldinga bordi, jarima maydoniga uzatilgan to‘pni himoyachi qaytardi
34'
Shunchaki himpoyachilarimizning ustidan kulishdi va hisob ochildi
32'
Himoyamizdagi karvonsaroylikdan keyin Ummon hisobni ochdi. Himoyachilarimiz nima qilayotganini o‘zlari ham bilishaydi. Avvaliga zarbani qaytarishdi, lekin ikkinchi tempdan berilgan fantastik zarba avval to‘singa tegdi va darvozadan joy oldi
30'
Gooooooooooooooool
26'
Vladimir Kozak qanotdan oldinga bordi va to‘pni jarima maydoniga uzatdi, lekin himoyachilarni to‘pni qaytarishdi
24'
Denisov to‘pni autdan jarima maydoniga uzatib berdi. Raqib himoyachilari yaxshi o‘ynashdi
22'
Maksim umuman ko‘rinmayapti maydonda
20'
Jarima maydoni yaqinidan to‘pni olib qo‘ygan Odil oldinga bordi. Qarshi hujumga o‘tib ketayotgan futbolchimizni ushlab qolishdi
18'
Ummonning qanotdan rivojlangan hujumidan keyin Islom to‘pni raqibdan oldib qo‘ydi.
16'
Uxxxxxx Hasanov qanotdan to‘pni jarima maydoniga uzatdi, Baqoyev to‘pga bosh bilan zarba yo‘lladi, noaniq
14'
!!!!!!! Mullajonov klassik podkat namunasini namoyish etdi va to‘pni raqibdan olib qo‘ydi
12'
O‘yinni boshqarib borayotgan Ravshan Ermatov bugun brigadasi bilan tunda Braziliyaga yo‘l oladi.
10'
Jasur Hasanov to‘pni qanotdan jarima maydoniga uzatdi, lekin hech kim yo‘q
8'
Maydonda hech nima bo‘lmayapti. Ma’nosiz harakatlarga to‘la dekada ortda qoldi
6'
Bugun terma jamoamiz 4-4-2 sxemasida maydonga tushgan. Hujumda Maksim Shaskix hamda Ulug‘bek Baqoyev
4'
Denisovning qanotdan uzatgan to‘pni Baqoyev darvozaga yo‘lladi, noaniq
2'
Hozricha terma jamoamiz to‘pni nazorat qilmoqda. Odil Ahmedov qanotdan oldinga o‘tmoqchi edi, lekin o‘xshamadi
1'
O‘yin boshlandi
'
Mamlakatlar madhiyalari yangarmoqda. Stadionda achinarli holat. 10 ming ham muxlis ketmaydigan stadionga juda kam muxlislar tashrif buyurgan. Bunday o‘yinlar uchun stadion bo‘sh desa ham bo‘ladi.
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
'
Assalomu alaykum, qadrli futol muxlislari. Sizlarni O‘zbekiston hamda Ummon terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni onlayn kuzatishga taklif qilamiz.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.