Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi.
BAAIsmoil Matar (71)
|
1 : 0 |
O‘ZBEKISTON |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
| 12. Ignatiy Nesterov 2. Akbar Ismatullayev 6. Sahob Jo‘rayev 17. Abduqahhor Hojiakbarov 20. Islom To‘xtaxo‘jayev 8. Sherzod Karimov 18. Temur Kapadze 14. Dilshod Rahmatullayev 13. Oleg Zoteev 11. Temurxo‘ja Abduxoliqov 15. Aleksandr Geynrix |
||
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yinga final hushtagi yangradi. BAA 1:0 hisobida muvaffaqiyat qozondi. O‘tgan marta BAAga yutkazganimizda Qosimov iste’fo bergandi........ |
| 90+1' | ![]() |
BAA shu paytda yana bir o‘yinchi almashtirmoqda. Yusuf Jobir o‘rniga Ali Xamis |
| 90+1' | ![]() |
BAA shu paytda yana bir o‘yinchi almashtirmoqda. Yusuf Jobir o‘rniga Ali Xamis |
| 90' | ![]() |
Geynrixga ham nihoyast sariqa kartochka ko‘rsatildi... So‘kingani uchun bo‘lsa kerak... Harqalay, takroriy lavhada labini cho‘chchaytirib nimalardir deyayotgani ko‘rsatildi... |
| 89' | ![]() |
Bugungi gol ham standartdan kiritildi. Dubaydagi turnirda, o‘rtoqlik uchrashuvlarida futbolchilarimizning ko‘plab oqida buzishlari ko‘zga tashlandi. Hattoki qizil kartochkalar ishlandi. Bularning hammasi Abramov jamoalarida tartibli o‘yin oqsayotganidan darak beradi... Mana hozir raqibning qrshi hujumini o‘tkazib yubordik, faqatgina raqib futbolchisining xatosi evaziga xavf bartaraf etildi. |
| 88' | ![]() |
Vakillarimiz keyingi 2-3 daqiqada tashabbusga ega bo‘lmoqda. Raqib darvozasiga qanotlardan tahdid solinmoqda... |
| 87' | ![]() |
Odil Abdulla o‘riniga Mahmud Xamis maydonga tushdi |
| 86' | ![]() |
Burchakdan Stanislav Andreev to‘pni o‘yinga kiritdi. Xavf bartaraf etilmadi. Yana burchak... |
| 84' | ![]() |
Raqiblarimiz chap qanotdan hujumga o‘tishmqoda... Yo‘q, vakillarimiz xavfni bartaraf etishdi. Endi biznikilar maydon yarmisidan raqib darvozasi tomon qadam tashlashdi. Tup alal oqibat BAA darvozaboniga kelib tushdi... |
| 83' | ![]() |
Oybek Qilichev ogohlantirildi. Raqiblarimiz maydon markaziga yaqin joydan jarima to‘pi tepishadi |
| 82' | ![]() |
Akbar Ismatullayev maydondan olindi |
| 80' | ![]() |
BAAning 15g‘raqamli o‘yinchisi S7 zonadan Nesterov hushrligini sinab ko‘rdi. |
| 78' | ![]() |
Burcha to‘pidan uzatilgan to‘p to‘g‘ri Nesterovga kelib tushdi |
| 77' | ![]() |
Raqiblarimiz yana o‘yinchi almashtirishdi... Titrlarda simi yozilmadi. Bu orada raqiblarimiz hujumga o‘tib jarima to‘pi ishlab olishdi... |
| 75' | Negadir vakillarimiz ikkinchi bo‘limda mutlaqo boshkacha saviyadagi o‘yinni namoyish etishyapti... | |
| 74' | ![]() |
Mahannad Salim o‘rniga Juma’ Abdulla maydonga tushdi |
| 71' | ![]() |
Gol! Ismoil Matar jarima nuqtasidan jonli devor ustidan to‘pni oshirgancha Nesterov darvozasiga joylab qo‘ydi! |
| 70' | ![]() |
S6 zonadan jarima to‘pi! To‘p oldida Ismoil Matar! |
| 69' | Ayni daqialarda Abdulloh Qosim Nesterov darvozasi tomon aniq zarba berdi S6 zonadan, nesterov to‘pni qaytardi, vakillarimiz to‘pni yiroqlashtira olishmadi. To‘xtaxujayev hujumning ikkinchi to‘lqinida raqib futbolchsini chalishga majbur bo‘ldi... | |
| 65' | ![]() |
Raqib futbolichlaridan kimdir jarohat olib maydonda yumalab yotibdi. |
| 54' | ![]() |
Sahob Jo‘rayev o‘rniga Stanislav 28-raqamda Andreev ham maydonga tushirildi... Shuningdek, 7-raqamli futbolchimiz maydonga tushirildi. Anik Aziz Haydarov emas! |
| 52' | ![]() |
Tarkibimizda Oleg Zoteev urniga Aleksandr Merzlyakov maydonga tushirildi.. |
| 51' | Zoteev chap qanotdan yorib kirdi, biroq V9 zonadan to‘pni jarima maydoniga havolatishda xatoga yo‘l qo‘ydi.... | |
| 50' | Ikkinchi bo‘lim boshlarida BAA futbolchilari o‘ta faol... "Barsa" taktikasida harakat qilayotgan O‘zbekistonga qarshi "Real" taktikasini qo‘llashmoqda, ochig‘i... Bosim va yana bosim... | |
| 48' | ![]() |
Hozir D4 zonadaRahmatullayev Matarga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun jarima to‘pi belgilandi.... Martarning o‘zi zarba bermoqdaaaa!!!! To‘p Nesterov darvozasining chap ustunidan 1 metr chaproqdan o‘tib ketdi.. |
| 47' | ![]() |
Temurxo‘ja Abduxoliqov raqib himoyachidan o‘ta olsa, darvozabon bilan yakkama yakka vaziyatga chiqardi. L7 zonada.Biroq u to‘pni qo‘li bilan o‘ynab qo‘ydi... |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga start berildi. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga hushtak chalindi. Hisob ochilmadi - 0:0! |
| 45' | Burchak to‘pi ijro etilishi asnosida vakillarimiz qoida ham buzishipti... Jarima to‘pi... | |
| 45' | ![]() |
Abduxoliqov V8 zonadan yorib kirayotganda raqiblar to‘pni tashqariga chiqarib yuborishdi. Burchak... |
| 43' | Terma jamoamiz raqiblardan ko‘p yakkakurashlarda ustunlik qilishmoqda. Faqatgina qarshi hujumlar bilan tahdid solishga majbur bo‘lishmoqda arablar... | |
| 41' | ![]() |
Geynrix burchak to‘pini amalga oshirildi. Raqiblarimiz xavfni bartaraf etishdi... (Translyasiyadagi xatolar uchun uzr so‘raymiz, nuotbukda yozilishi barobarida, 2 ta barimog‘imni pichoq bilan kesib ham olganman!)) |
| 40' | ![]() |
Geynrix bu safarch apdan yorib kirib, darvoza tomon zarba berayotgan vaqtda raqib himoyachisi to‘p yo‘liga ko‘ndalang bo‘ldi... |
| 36' | ![]() |
Xozir Oliyeg Zoteev L6 zonada raqibga nisbatan qoida buzdi. O‘ta xavfli jarima to‘pi... ZARBBBAAA! BALAAAAANNNDDD!!! |
| 35' | ![]() |
Geynrix S4 zonadan ikki himoyachini aldab o‘tib kuchli zarba yo‘lladi. Biroz baland! |
| 34' | ![]() |
Temurxuja Abduxoliqov maydon markazida ofsaydga tushib o‘tiribdi... |
| 33' | Abramov o‘ta xotirjam... | |
| 32' | ![]() |
Temurxo‘ja Abduxoliqov darvozabonni olday olmadi va qulay imkoniyat qo‘ldan chiqarildi!!! |
| 31' | ![]() |
Vakillarimiz o‘ng qanotdan juda yaxshi kombinasiya uyushtirib jarima maydoniga urib kirishning uddasidan chiqa olishmadi. Amirlik futbolichlari ko‘pchilik bo‘lib to‘pni olib qo‘yishdi... |
| 29' | ![]() |
Sherzod Karimov raqibiga markazda o‘qpollik ishlatgani uchun ogohlantirildi... |
| 27' | ![]() |
Amirlik futbolchilari chapdan hujum uyushtirayotib o‘yindan tashqari holatda qolib ketishdi. Vakillarimiz darhol qarshi hujumga o‘tishdi... |
| 25' | ![]() |
Ismoil matar D8 zonadan jarima zarbasi ijro etdi va burchak to‘pi ishladi. Xavf bartaraf etildi. |
| 24' | ![]() |
BAA futbolchilari kuchli bosim uyushtirishmoqda. So‘nggi daqiqalarda to‘p jarima maydonimiz yaqinidan uzoqlashmay qoldi |
| 23' | ![]() |
Amirlik futbolchilari o‘ng tomondan burchak to‘pini amalga oshirishdi. Biroq zarbadan so‘ng tup autga chiqib ketdi |
| 22' | Geynrix D4 zonadan jarima to‘pini ijro etdi, kuchli zarba berdi biroz noaniq... | |
| 19' | ![]() |
Hozir Geynrix ikki himoyachini aldab A7 zonadan bostirib kirayotgan edi. Biroq to‘pni oldirdi... |
| 18' | ![]() |
Amirlik futbolchilari pressing uyushtirib, yaxshi imkoniyat hosil qilishgan edi. Biroq... |
| 15' | ![]() |
Vakillarimizda o‘qlay imkoniyat paydo blgan edi. 14-raqamda to‘p surayotgan o‘yinchimiz, jarima maydoni ichida yaxshi fint ishlatib darvozaga zarba berishda paysalladi |
| 13' | ![]() |
Gkenrixning D5 zonadan bergan zarbasiga picha aniqlik yetishmadi. Bu orada qarshi hujumni o‘tkazib yubordik agar Sahob Jo‘rayev aniq o‘ynamaganda gol bo‘lishi muqarrar edi |
| 12' | ![]() |
Ayni daqiqalarda terma jamoamiz tashabbus pallasini o‘z tomoniga og‘dirgan. Mezbonlarning maydon markazidan o‘tishi qiyin bo‘lmoqda. |
| 10' | Terma jamoamiz aralash tarkibda to‘p surmoqda. Darvozada Nesterov. Shuningdek, Geynrix, Kopadze va Saxob Jo‘rayev maydonda... | |
| 9' | ![]() |
Vakillarimiz o‘ngdan juda yaxshi imkoniyat hosil qilishgan edi. Mezbonlar xatoga yo‘l qo‘ygach. Sherzod Karimov to‘pga biroz kechikdi... |
| 8' | ![]() |
Hozir amirlik futbolchilar chap tomondan yaxshi rib kelib Matar tomon to‘pni havolatishdi. Lekin himoyachilarimiz yaxshi o‘ynab to‘pni Nesterovga bosh bilan uzatishdi... |
| 6' | Texnik xatoliklar uchun uzr so‘raymiz. Maqsadimiz imkon qadar batafsil ma’lumot yetkazish | |
| 5' | Terma jamoamiz o‘yinchilari to‘pni nazorat qilishmoqda. Hozir Temurxo‘ja aBDUXOLIQOV YAXSHI VAZIYATGA CHIQIB BORAYOTGAN EDI XAVF BARTARAF ETILDI. mEZBONLAR TOMONIDAN | |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi. Chap tomonda BAA darvozasi, o‘ng tomonda vakillarimiz. 1-daqiqadanoq amirlik futbolchilari o‘ng qanotdan yaxshi xujum oshirishdi. L4 zonadan berilgan aniq zarbani Nesterov to‘sin ustidan o‘tkazib yubordi. |
| 0' | Madxiyalar ijro etilmokda |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|