Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

JCH-2014, «A» guruhi,

1-tur. 13 iyun, soat 01:00. Bosh hakam: Yuichi Nishimura (Yaponiya)

BRAZILIYa

Neymar (29, 71-pen.)
Oskar (90+1)

3 : 1

XORVATIYa

Marselo (11-avtogol)
JAMOALAR TARKIBI
Julio Sezar
Dani Alves
David Luiz
Silva
Marselo
Oskar
Paulinyo
L.Gustavo
Neymar
Fred
Xalk
  Pletikosa
Srna
Lovren
Vrsalko
Chorluka
Kovachich
Perishich
Rakitich
Modrich
Olich
Elavich
SARIQ KARTOCHKA
Neymar (27)
Gustavo (88)
 
Lovren (69)

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat!
'
O‘yin taqdirini hal qilgan penalti esa keyinchalik yana muhokama qilinadi
'
Braziliya JChni g‘alaba bilan boshlaydigan bo‘ldi. Ancha qiyin g‘alaba qo‘lga kiritildi.
90+5'
Yuichi Nishimuraning o‘yinni yakunlovchi xushtagi yangradi.
90+4'
Xorvatiyaliklarning zarbasi noaniq chiqdi
90+2'
Braziliya to‘pni egallab olib, qarshi hujumga o‘tdi va OSkar ikki himoyachi orasida bo‘lishiga qaramay, zarba berishning uddasidan chiqdi. Pletikosa esa darvoza burchagi tomon yo‘llangan zarbani qaytara olmadi.
90+1'
GOOOOLLLLLL! Oskar, 3:1!
90+1'
Julio Sezaaaarrr! Olis masofadan yo‘llangan kuchli zarbani qaytardi!
90'
Xorvatlar yaxshi pozision hujum tashkil qilishdi. O‘ng qanotdan hujumga qo‘shilgan futbolchi kerakli joy tanlashga ulgurmagandi...
88'
Dubl muallifi Neymar maydonni tark etdi. Ramires uchrashuvni yakunlab qo‘yadi
88'
Maydon markazida o‘yin qoidasini buzgani uchun Gustavo ogohlantirish oldi.
86'
Vuh! Xorvatiya terma jamoasi futbolchisining olis masofadan yo‘llagan zarbasi darvoza burchagiga tomon borayotgandi. Jelio Sezar to‘pni qaytarib yubordi
83'
Vuh, Julio Sezar hujumchi bilan to‘p uchun kurashda to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi. Nishimura esa ushbu vaziyatni darvozabonga nisbatan hujum deb baholadi
78'
Xorvatiyada so‘nggi o‘zgarish. Yelavich maydonni tark etdi. Ante Rebich o‘yinni davom ettiradi.
77'
Vuhhh, o‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pga David Luiz bosh bilan zarba berishga harakat qildi. Ammo u to‘pni darvozaga aniq bura olmadi
75'
Penalti belgilangan vaziyatga qaytamiz. Mezbonlar to‘pni burchakdan o‘yinga kiritishib, to‘pni jarima maydonchasi ichida darvozaga teskari holatda turgan Oskarga uzatishdi. "Chelsi" yarim himoyachisi o‘zining yelkasida Lourenning qo‘liga sezgan zahoti yiqilishga qaror qildi. Nishimura ham xuddi shuni kutib turgandek darhol 11 metrli nuqtani ko‘rsatdi. Yaponiyalik hakam adashdi. Bu bizning shaxsiy fikrimiz
71'
11 metrli jarima zarbasini Neymar amalga oshirdi. Pletikosa to‘p yo‘nalishini topdi, ammo to‘p uning qo‘liga tegib, darvoza to‘riga borib tushdi! 2:1
69'
Lovren sariq kartochka oldi.
69'
Nishimura Xorvatiya darvoza tomon penalti belgilamoqda va xatoga yo‘l qo‘ymoqda nazarimizda!
68'
Xalk maydonni tark etdi. "Shaxtyor" (Donesk) futbolchisi Bernard o‘yinni davom ettiradi
67'
Dani Alves yo‘llagan zarba darvoza ustidan o‘tib ketdi
66'
Braziliyaliklar maydon markazida xorvatlarga nisbatan pressing uyushtirishdi va to‘pni egallab olishdi. Neymar to‘pni Xalk tomon uzatayotgida Chorluka uni qo‘pollik bilan yiqitdi va ogohlantirish oldi. Darvozagacha 28 metrlardan jarima to‘pi
63'
Skolari ham o‘zgarishga qo‘l urdi. Paulinyo maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Ernanes tushirildi
61'
Xorvatiyada o‘zgarish: Mateo Kovachich o‘rniga Marselo Brozovich tushirildi
59'
Bugun xorvatlar hujumni asosan Olich qanotidan tashkil qilishmoqda. Ivisa faqat va faqat yerlatib uzatmalarni amalga oshirmoqda. Markaziy himoyachilar boshqa xatoga yo‘l qo‘yishmayapti
58'
Xorvatiyadan to‘pni olib qo‘ygan braziliyaliklar xavfli hujum tashkil etishlari mumkin edi. Ammo Neymarning uzatmasi biroz tezroq bo‘lgani uchun Xalq to‘pni to‘xtata olmadi
54'
Ikkinchi bo‘limda jamoalar ochiqchasiga ehtiyotkorlik bilan harakatlanishmoqda. Xorvatiya durangga qarshi emas
51'
Mehmonlar himoyachisi Vrsalko o‘ng qanotdagi burchakka yaqin joyda OSkarga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Ushbu standart yevropaliklar uchun xavfli bo‘lmadi
48'
Ikkinchi bo‘lim boshida temp unchalik yuqori emas. Mezbonlar asta-sekin pozision hujumlar tashkil etishmoqda
46'
Ikkinchi bo‘limni Braziliya boshlab berdi
'
Futbolchilar va hakamlar maydonga chiqib kelishmoqda
'
Birinchi bo‘lim statistikasi:
To‘p nazorati: 64-36%;
Follar: 1-8;
Zarbalar: 10-3;
Darvoza tomon aniq zarbalar: 7-1;
'
Hozircha Braziliya-Xorvatiya - 1:1. Tanaffus
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi
45+1'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
45'
Braziliya birinchi bo‘limning o‘zidayoq oldiga o‘tib olishi mumkin edi! Neymar ikki himoyachi orasidan o‘tib keta olmadi. Ammo jarima maydonchasi ichida qaytgan to‘pni qabul qilgan Xalk darvozaga aniq zarba bera olmadi
43'
Braziliyaliklar juda yaxshi hujum tashkil qilishayotgan edi. Biroq Xalk ofsaydda deb topildi
42'
Neymarning zarbasi jonli devorga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to‘pi
41'
Braziliya xavfli nuqtadan jarima zarbasini ishladi. Darvozagacha masofa 22 metr.
39'
To‘p nazorati endi yevropaliklar tomoniga o‘tdi
37'
Mezbonlar 2-3 daqiqadan buyon faqat o‘ng qanotdan hujum tashkil qilishga harakat qilishdi. Ammo so‘nggi uzatmagan aniqlik yetishmadi
35'
Mezbonlar ushbu standartni bartaraf etishda muammoga duch kelishmadi
34'
Endi esa burchak to‘pini Xorvatiya o‘yinga kiritadi
33'
Neymar tomonidan uzatilgan to‘pga Pletikosa ega chiqdi
33'
Xalk chap qanotdan bir himoyachidan o‘tdi va Srnadan o‘ta olmadi. Burchak to‘pi
29'
Neymar jarima maydonchasi tashqarisidan unchalik kuchli bo‘lmagan zarba yo‘lladi. To‘p esa darvoza ustunining ichki ustunini "yalagancha" darvoza to‘riga borib tushdi! Hisob tenglashdi!
29'
GOOOOOOOOOLLL, Neymar, 1:1!
29'
Oho! Xorvatiya dadil! O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pga Yelavich bosh bilan zarba berdi. Sezar uni egallab oldi
27'
JChning dastlabki sariq kartochkasi ham braziliyalik futbolchiga nasib etdi. Maydon markaziga yaqin joyda Neymar tirsagi bilan Luka Modrichning yuziga urgani uchun sariq rangli kartchokaga munosib ko‘rildi
22'
Ohohooooooo!!!! Braziliya endi o‘ziga kelmoqda, endi o‘ziga o‘xshamoqda! Avvaliga Neymar o‘ng qanotda so‘nggi chiziq yonida bir himoyachidan o‘tib ketdi va to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Ammo sariq rangdagi futbolchilarga to‘p aniq bormadi. Qaytgan to‘pni Oskar 18 metrdan to‘pni darvoza tomon tepdi. Pletikosa seyv namoyish qildi!
21'
Paulinyo individual mahorati evaziga bir himoyachidan o‘tib ketdi va jarima maydonchasi ichidan zarba berdi. To‘p to‘g‘ri Pletikosaga borgani uchun posbon uni qaytardi!
19'
To‘p nazorati to‘laligicha "sariq devlar" tomonida. Navbatdagi burchak to‘pi qo‘lga kiritildi
18'
Alves jarima maydonchasinng o‘ng qanotida to‘pni egallab oldi va darvozabon maydonchasi tomon uzatgan to‘pini Pletikosa egallab oldi
16'
Braziliya ikkinchi burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Bu safar ham xorvatlar xushyor harakat qilishdi
16'
Braziliya katta bosim ostida qoldi. Erkin harakat qilayotgan Xorvatiya esa qarshi hujumlarda yanada xavfliroq jamoaga aylanadi
15'
Oskar o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmaga Fred va Neymardan hech biri yeta olmadi
14'
Pentakampeonlar o‘z darvozalaridan JChning dastlabki golini o‘tkazib yuborishlarini hech kim kutmagan bo‘lsa kerak.
11'
VUUUUUHHHH, braziliyalik futbolchilar hayajonni yenga olishmayapti! Olich chap qanotdan oldingi o‘tdi va to‘pni yerlatib jarima maydonchasiga uzatdi. Yelavichning oyog‘iga to‘p yaxshi tegmay qoldi. Marselo esa to‘pni o‘z darvozasiga burib yubordi. Sezar bunga tayyor emasdi!
11'
GOOOOOOOLLLLLL!
10'
Burchak to‘pini shaxmat formadagi futbolchilar qaytarishdi va tezkor qarshi hujumga o‘tishayotganida mezbonlar to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi
8'
O‘yindagi dastlabki burchak to‘pini Braziliya o‘yinga kiritadi. Paulinyo tomonidan 25 metrlardan yo‘llangan zarba mehmonlardan biriga tegib, maydonni tark etdi
7'
Vuuuuuuhhhhhh!!! Xorvatiya hisobni ochishi mumkin edi! O‘ng qanotdan balandlatib yetkazilgan to‘pni Olich bosh bilan darvoza tomon burdi. Zarba Julio Sezar uchun ancha xavfli bo‘ldi. Uning baxtiga to‘p shundoqqina darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi!
5'
Xorvatlar chap qanot himoyachisi Chorluka Xalkga nisbatan qoida buzdi va Nishimura jarima zarbasini belgiladi. Marselo to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. David Luiz darvoza tomon zarba berdi. Biroq zarba kuchsiz bo‘lgani uchun darvozabon to‘pni egallab oldi!
3'
Ivisa Olich chap qanotdan oldinga o‘tdi va to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. BU sarar mezbonlar markaziy himoyachisi to‘pni qaytardi
2'
Dani Alves o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasi tomon yuqorilatib uzatdi. To‘pni markaziy himoyachi bosh bilan qaytardi
1'
Darvoza tomon dastlabki zarbani xorvatlar berishdi. Kovachichning zarbasi biroz noaniq bo‘ldi
1'
O‘YIN BOSHLANDI!
'
Lekin boshqa bir marosim tashkil etilmoqda. Har ikkala MTJ futbolchilar maydon markazidagi aylana hosil qilishdi. Uch nafar yosh o‘smirlar aylana kirib kelishdi va qo‘llaridagi 3 dona oppoq kabutarlarni uchirishdi.
'
Mini-qur’a natijasiga ko‘ra o‘yinni Xorvatiya boshqarib boradigan bo‘ldi
'
Odatda FIFA va mezbon davlat rasmiylari ochilish o‘yinida jamoalar bilan so‘rashib chiqishardi. Ammo bu safar Blatter bunday odatidan chekinishga qaror qildi. Futbolchilar o‘zaro so‘rashishdi
'
Butun stadion kuylamoqda...
'
xorvatlar oq-qizil "shaxmat"da o‘ynashadi, Braziliya esa o‘zining an’anaviy sariq futbolkalarida maydonga chiqib kelishgan. Shunga monand ravishda butun stadion sariq rangga burkangan. Ayni paytda Braziliya madhiyasiga yangramoqda
'
Xorvatiya davlat madhiyasi ijro etilmoqda
'
Ochilish bahsida ishtirok etish baxtiga muyassar bo‘layotgan futbolchilar maydonda saf tortishdi!
'
Terma jamoalar futbolchilari maydonga chiqishga shay bo‘lib turishibdi
'
Skolari esa maydonga eng kuchli tarkibni tushirmoqda. Neymar jarohatidan forig‘ bo‘ldi va u o‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshlaydi
'
Xorvatiya terma jamoasi bugun Manjukichning xizmatidan foydalana olmaydi. Hujumchi saralashning so‘nggi bahsida qizil kartochka olgandi!
'
Braziliya va Xorvatiya terma jamoalari o‘zaro 2 marta to‘qnash kelgan ekan. 2005 yili bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yini durang bilan intiho topgan. JCH-2006da esa ular guruh bosqichida to‘qnash kelishgan va Kakaning goli pentakampeonlarga g‘alaba keltirgan
'
Bundan 64 yil avval Braziliyada bo‘lib o‘tgan o‘yin Mundialning ochilish o‘yinida mezbonlar Meksika ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi
'
Avvalgi 20ta JChning ochilish o‘yinlarida mezbonlar biror marta ham yutqazishmagan - 14ta g‘alaba va 6ta durang!
'
Bizga yaxshi tanish bo‘lgan yaponiyalik hakamning ochilish bahsini boshlab beruvchi xushtagi yangrashiga 25 daqiqa vaqt qolmoqda
'
Ayni paytda esa Braziliya va Xorvatiya terma jamoalari futbolchilari maydonda chigalyozdi mashg‘ulotlarini boshlab yuborishdi
'
Braziliyaning San-Paulu shahriagi "Korintians Arena" stadionida Mundialning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
'
Futbol ishqibozlari, muxlislari, fanatlari, tiffozilari uchun uyqusiz tunlar oyligi boshlanmoqda. Mana shunday ish rejimiga moslashamiz. Bunga majburmiz
'
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI! BARCHANGIZNI KATTA FUTBOL BAYRAMI BOSHLANAYOTGANI BILAN MUBORAKBOD ETAMIZ!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.