JCH-2014, «A» guruhi
| 1-tur. 13 iyun, soat 21:00. Bosh hakam: Vilmar Roldan (Kolumbiya) | ||
MEKSIKAPeralta (62)
|
1 : 0 |
KAMERUN |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Gilyermo Ochoa 2.Fransisko Rodriges 4.Rafael Markes 7.Migel Layyun 6.Ektor Errera 10.Jovani Dos Santos 15.Ektor Moreno 18.Andres Guardado 22.Paul Agilar 19.Oribe Peralta 23.Xose Vaskes |
16.Sharl Itanj 2.Benua Assu Ekotto 3.Nikolya Nkulu 4.Sedrik Jeju 6.Aleksandr Song 17.Stefan Mbia 18.Eyong Eno 14.Orelyen Sheju 13.Erik Shupo-Moting 8.Benjamin Mukanjo 9.Samuel Eto`O |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Moreno (57)
|
||
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat. Yana bir soatdan keyin bo‘ladigan Ispaniya-Gollandiya uchrashuvidan tashkil etiladigan onlayn translyasiyani ham o‘tkazib yubormang | |
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi! Meksika-Kamerun - 1:0! Meksikaliklar muhim g‘alabani qo‘lga kiritishdi! |
| 90+2' | ![]() |
Vuh, Chicharito jarima maydonchasi ichida to‘pga bosh bilan zarba bera olmadi! |
| 90+1' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Kamerunda juda yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Mukanjo o‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni bosh bilan zarba berdi. Gilyermo Ochoa sakragan holda to‘pni egallab oldi! |
| 87' | ![]() |
Vuhhhh! Kamerun hisobni tenglashtirishi mumkin edi! Hujum o‘ng tomondan jarima maydonchasiga yorib kirgan futbolchi yo‘nalishi bo‘ylab davom ettirildi. Darvozabon maydonchasiga yetkazilgan to‘pni meksikalik himoyachi yon tomonga qaytarib yubordi! |
| 85' | ![]() |
Meksika tezkor qarshi hujumga o‘tishi mumkin edi. Ammo ular to‘xtashdi va to‘pni nazorat qilishmoqda |
| 82' | ![]() |
Chicharito jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va so‘nggi chiziq oldida to‘pni darvozabon maydonchasi tomon yetkazdi. Fabian to‘pga biroz kech qoldi. HImoyachi to‘pni uzoqlashtirishga muvaffaq bo‘ldi |
| 81' | ![]() |
Kamerun burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Shupo-Moting to‘pni darvoza tomon to‘g‘ri bura olmadi |
| 78' | ![]() |
Aleksandr Song maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Pyer Vebo tushirildi |
| 76' | ![]() |
Natijada himoyachi ogohlantirish oldi. Kamerun ushbu standart vaziyatni bartaraf eta oldi |
| 76' | ![]() |
Meksika baribir ancha tartibli va jamoaviy o‘yin namoyish qilmoqda. Hozir shimoliy amerikaliklar hujumni chap qanotdan tashkil qilishib, Fabianni oldinga boshlashdi. HImoyachi Nounkeu esa jarima maydonchasi ostonasida uni qo‘pollik bilan to‘xtatdi |
| 74' | ![]() |
Meksikaliklar Kamerun jarima maydonchasi atrofida tezlikda kombinasiya tashkil etishdi. Chicharito so‘nggi damda himoyachi bilan to‘p uchun kurashda yutqazdi |
| 73' | ![]() |
Xavyer Ernandes maydonga tushdi. U gol muallifi Oribe Peralta o‘rniga o‘yinni davom ettiradi |
| 72' | ![]() |
Nkanju o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasiga yetkazgan to‘pi jamoadoshlariga aniq yetib bormadi |
| 70' | Meksika aslo himoyaga yotayotgani yo‘q. Ko‘proq to‘pni nazorat qilishga e’tibor qaratmoqda. | |
| 69' | ![]() |
Andres Guardado o‘rniga Marko Fabian tushirildi. Meksikada bo‘ldi bu o‘zgarish |
| 67' | ![]() |
Kamerun hujum tashkil etishga urinadi. Hozircha urinishlarda samara ko‘zga tashlanayotgani yo‘q |
| 66' | Hujumchi o‘rnidan turdi, o‘yin davom etadi | |
| 66' | ![]() |
Eto'O jarohat olgan ko‘rinadi, u maydonda yotibdi |
| 62' | ![]() |
Jamoadoshlari Dos Santosni chiroyli uzatma bilan jarima maydonchasiga ichiga boshlashdi va Jovanni o‘z vaqtida zarba berdi. Kamerunlik posbon zarbani qaytardi. To‘pga birinchi bo‘lib yetib kelgan Itanj esa darvozani ishg‘ol qildi! |
| 62' | ![]() |
GOOOOLLLLL!!!! Nihoyat Meksika hisobni ochmoqda! BU safar gol inobatga olindi! |
| 60' | ![]() |
Afrikaliklar burchak to‘pidan samara chiqara olishmadi! |
| 59' | ![]() |
Vuuuuhhh! Assu Ekotto tomonidan yo‘llangan zarba jonli devorga tegib, shundoqqina darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi! |
| 57' | ![]() |
O‘yindagi dastlabki sariq kartochka. Ektor Moreno o‘zidan o‘tib ketayotgan kamerunlik futbolchini to‘xtatib qoldi |
| 56' | ![]() |
Yashil rangdagi futbolchilar hujumni markazdan chap qanotga ko‘chirishdi. Yarim himoyachi to‘pni jarima maydonchasi tomon yetkazayotganida to‘p himoyachiga tegib, darvozabonga nasib etdi. |
| 55' | ![]() |
Aleks Son oyog‘iga zarba berildi. "Barsa" futbolchisi og‘riqni his qilgan holda o‘rnidan turdi |
| 52' | ![]() |
Afrikaliklarning hujumi xavfli tus olgandek bo‘ldi. Chap qanotdan to‘p darvozabon maydonchasiga yetkazildi, to‘p esa himoyachining oyog‘iga tegib, darvozabonning qo‘liga borib tushdi |
| 48' | ![]() |
Vuuuuhhhhh! Endi Meksikaning o‘zi o‘ta qulay imkoniyatdan foydalana olmadi! Kamerun darvozaboni Itanj jamoasini qutqardi! Oribe Peralta birga-bir vaziyatda gol ura olmadi. Uning zarbasi posbonning oyog‘iga tegib qaytdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | Jamoalar maydonga chiqib kelishdi | |
| ' | ![]() |
Hozircha Meksika-Kamerun - 0:0. Shunga qaramay, qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Meksikaning bitta haqqoniy goli hisobga olinmadi. Tanaffus. |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin Meksika yana bir xavfli vaziyatni yuzaga keltirdi. Hujumchi juda qulay vaziyatda to‘pni bosho bilan darvozaga joylay olmadi. Boz ustiga, u ofsaydda qolgandi |
| 44' | ![]() |
Shunga o‘xshash vaziyatda Jovanni dos Santos to‘pni yo‘qotdi |
| 43' | ![]() |
Eto'O jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va ikki himoyachi orasidan o‘tib ketmoqchi bo‘ldi. Biroq to‘pni yo‘qotdi |
| 37' | O‘yin tempi biroz tushdi. Vaziyat teng hozircha | |
| 32' | ![]() |
Kamerunlik futbolchiga nisbatan fol ishlatildi. Aleks Song tomonidan yetkazilgan to‘p ham, keyinchalik berilgan zarba ham meksikaliklar tomonidan qaytarildi |
| 29' | ![]() |
Yana bosh rolda o‘sha laysnmen! To‘p burchakdan yetkazildi va qaysidir futbolchining boshi orqali to‘p haqiqatda ofsayd holatda turgan Jovanni dos Santosga kelib tushdi. U esa davrozaning bo‘sh qolgan qismini bosh bilan ishg‘ol qildi. Takroriy lavhada esa to‘p burchakdan uzatilganidan keyin kamerunlik futbolchining boshiga tegib, Jovanniga borib tushgandi! Ofsayd hisoblanmaydi bu vaziyatda! Tan olish kerak, laynsmen bu vaziyatda to‘p kimga tekkanini ko‘ra olmasligi mumkin, uni ko‘p futbolchilar to‘sib turgandi! Ammo bosh hakam buni ko‘rishi va hakamlar jamoaviy harakat bilan golni hisoblashlari kerak edi! |
| 28' | O‘yin yomg‘ir ostida davom etmoqda. Braziliyada kun endigina tushdan oqqanini inobatga olsak, bu yomg‘ir havo haroratin salqinlashtiradi. Bu yaxshi | |
| 27' | ![]() |
Jarima to‘pi chiroyli tarzda jarima maydonchasiga uzatildi. Ammo ikki meksikalik futbolchilar MArkes va Moreno to‘pga baravar sakrashdi va bir-birlariga xalal berishdi. Vaxolanki, Kamerunning birorta futbolchisi ularga xalal bermayotgandi |
| 26' | ![]() |
Meksika o‘ng qanotdan jarima zarbasini tepish huquqini qo‘lga kiritdi |
| 23' | ![]() |
Kamerunning burchak to‘pi xavfli zarba berdi. Bosh bilan berilgan zarba kutilmaganda EtoOga tegib qaytdi |
| 22' | ![]() |
Ohohoho EtoOOOOOOOOOO!!! Kamerunliklar chap qanotdan hujum tashkil qilishdi va to‘p Samuelga yetkazildi. "Chelsi" hujumchisining chap oyoqda 10 metrlardan yo‘llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi! |
| 21' | ![]() |
Kamerun maydon markazida raqibga nisbatan pressing uyushtirib, uni xato qilishshga majbur qildi. HImoyachi maydon markazida o‘yin qoidasini buzish evaziga afrikaliklarning xavfli hujumini oldini oldi |
| 18' | ![]() |
EtoO darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqishi mumkin edi. Meksikalik himoyachi so‘nggi pallada bir amallab maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 16' | ![]() |
Kamerun burchak to‘pini ishladi. To‘p bir necha marotaba havoda aylanganidan keyin kamerunliklar hisobni ochishdi. Biroq hujumchi ofsaydda qolgandi. Bu safar hakam adashmadi |
| 14' | Afrikaliklar jismoniy jihatdan baquvvat hisoblanishadi. Ammo meksikaliklar juda chidamli xalq toifasiga kiradi. Ular tinimsiz bosim uyushtirishmoqda | |
| 11' | ![]() |
Vuhhh, MEksika to‘pni darvozaga yo‘lladi, biroq laynsmen Jovanni dos Santosning golini bekor qildi. 10-raqam egasi o‘ng qanotdan to‘p uzatilayotganda ikki himoyachi bilan bir chiziqda turgan turgani takroriy lavhada ko‘rindi |
| 8' | ![]() |
Meksikalik futbolchi deyarli maydon markazidan birga-bir vaziyatga chiqib borayotgandi, biroq u to‘pni ofsaydda turgan holda qabul qildi deb topildi |
| 7' | ![]() |
Meksika to‘pni jarima maydonchasigacha olib kirdi va darvozabon maydonchasi tomon uzatilgan to‘pni markaziy himoyachi qaytarib yubordi. |
| 5' | ![]() |
Tashabbus ko‘proq meksikaliklarda. Kamerun buni normal qabul qilgan holda, hozircha ishonchli himoyalanmoqda. Kamerun o‘z vaqtini kutmoqda. |
| 3' | Dastlabki daqiqalarga eng qisqa ta’rif - RAZVEDKA! | |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! |
| ' | O‘yinni kolumbiyalik hakamlar boshqarib borishadi | |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi va davlatlar madhiyalari yangradi |
| ' | Meksika-Kamerun o‘rtasidagi durang esa Xorvatiyaga ma’qul kelsa ajabmas | |
| ' | Bugungi o‘yin shunisi bilan har ikkala jamoa uchun muhimki, bugun yutqazgan jamoa amalda nimchorak finalga chiqish imkoniyatini qo‘ldan chiqaradi. Boisi, hali Braziliya bilan o‘yin kutib turibdi. Boz ustiga, Xorvatiya oxirigacha kurashadi. | |
| ' | Barchangizni Meksika-Xorvatiya o‘yinidan tashkil etiladigan onlayn translyasiyanik uzatib borishga taklif etamiz | |
| ' | O‘yin boshlanishiga bir necha daqiqa qolmoqda | |
| ' | Bugun JCH-2014ning ikkinchi kuni. Musobaqadagi ikkinchi o‘yin "A" guruhining boshqa ikki vakili — Meksika va Kamerun o‘rtasida bo‘lib o‘tadi | |
| ' | ![]() |
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL ISHQIBOZLARI! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|