JCH-2014, «V» guruhi
| 1-tur. 13 iyun, soat 23:59 | ||
ISPANIYaXabi Alonso (27-pen.)
|
1 : 5 |
GOLLANDIYaVan Persi (44)
Robben (52, 72, 80) de Vrey (65) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Kasilyas Aspilikueta Pike Serxio Ramos Jordi Alba Buskets Xabi Alonso Xavi Silva Inyesta Diyego Kosta |
Silessen Yanmat de Vrey Vlar Martins Indi Blind de Guzman N.de Yong Sneyder Robben van Persi |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin tugadi! Gollandiya terma jamoasi jahon chempionlarini tor-mor etdi! E’tiboringiz uchun rahmat, sog‘ bo‘ling! |
| 90' | ![]() |
4 daqiqa qo‘shildi. |
| 87' | ![]() |
Iker Kasils ketma-ket ikki marta mahoratini ishga soldi. Avval bir zarbani, ketidan Robbenning kuchli zarbasini qaytardi. |
| 79' | ![]() |
Robben maydon markizidan himoyachidan o‘zib ketdi va Kasilsni yerga qulatib, iiki himoyachi orasidan darvozaga kuchli zarba berib hisobni 1:5ga yetkazdi! |
| 79' | ![]() |
GOOOOOOOOOOL! Robben! 1:5! |
| 78' | ![]() |
Endi ispanlarda o‘zgarish: David Silva o‘rniga Fabregas. Gollandlar safini van Persi tark etdi va uning o‘rniga Lens tushdi. |
| 77' | ![]() |
Gollandiyada o‘zgarish: De Vrey o‘rniga Veltman tushdi. |
| 71' | Van Persi Kasilyas bilan kurashda undan ustun keldi va bo‘sh darvozaga to‘p kiritib, hisobni yiriklashtirdi. | |
| 71' | ![]() |
GOOOOOOOOOOL 1:4. Van Persiiiiiii! |
| 67' | ![]() |
Daid Silvaning goli offsayd tufayli hisoblanmadi. |
| 64' | ![]() |
Iker Kasilyas ogohlantirildi |
| 63' | Chap qanotdan oshirilgan jarima to‘pini Kasilyas egallab olmoqchi bo‘ldi, ammo unga Van Persi halaqit berdiYU o‘tgan to‘pni De Vrey darvozaga yo‘naltirdi. | |
| 63' | ![]() |
Goooooooooooooool! 1:3!De Vrey! |
| 62' | ![]() |
O‘zgarishlar: Golandlarda De Guzman o‘rniga Veynaldum, ispanlarda Diyego Kosta o‘rniga Fernando Torres. |
| 60' | ![]() |
Robben kuchli yurish qilib jarima maydonchasiga yaqinlashdi va to‘pni Uhhhh! Sneyderga oshirdi.Sneyder o‘ngroqda turgan Van Persiga. Van Persining zarbasi darvoza to‘siniga tegdii!!!! |
| 55' | ![]() |
Diyego Kosta Martinsga kishi bilmas qilib kalla qo‘ydi, zarba kuchli bo‘lmasada himoyachi maydonga yiqildi. Hakam Kostani og‘zaki ogohlantirdi. |
| 51' | Yana o‘sha Blindning to‘p oshirishi, bu safar Robbbenga. Robben to‘pni havoda qabil qilib oldi, Pike va Ramoslarni dog‘da qoldirib darvozani ishg‘ol qildi! | |
| 51' | ![]() |
GOOOOOOOOOOL! Robben! 1:2! |
| 49' | ![]() |
Inyesta uzoq masofadan darvozani nishonga olmoqchi bo‘ldi, Silessen o‘z o‘rnida. |
| 46' | Salvador shahrida yomg‘ir boshlandi.Jamoalar tarkibi o‘zgarishsiz. | |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi! |
| 45' | ![]() |
O‘yinga 1 daqiqa qo‘shildi va u ham nihoyasiga yetdi. Tanaffus. |
| 44' | Blindning ajoyib to‘p oshirishidan so‘ng Van Persi boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi! Bu vaziyatda Kasilyas Van Persini to‘pni oyog‘i bilan o‘ynashini kutgan bo‘lsa ajabmasyu Van Persi kutilmaganda boshi bilan 11 metrlik nuqta oldidan bosh bilan zarba berib qo‘ya qoldi! 1:1. | |
| 44' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Van Persidan super-muper gol! |
| 41' | ![]() |
Inbesta David Silvani qulay vaziyatga chiqardi, David esa Silessenning ustidan oshrib gol urmoqchi bo‘ldi,ammo darvozabon qutqardi. |
| 40' | ![]() |
David Silvaning yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lib, tirsaklari bilan uni maydonga yiqitgan de Vrey sariq kartochkali bo‘ldi. |
| 38' | ![]() |
Robben offsaydda qoldi. |
| 35' | ![]() |
Van Persi offsaydda bo‘lishiga qarmay darvoza tomonga kuchli va noaniq zarba berdi. |
| 32' | ![]() |
Blind chap qanotdan jarima maydoni ichiga to‘p oshirdi,Serxio Ramosdan o‘tib ketgan to‘pga Van Perasi ulgurmadi. |
| 29' | ![]() |
Gollandiya hisobni tenglashtirish uchun harakatni boshlab yubordi.Ammo hujum aut bilan yakunlandi. |
| 26' | ![]() |
Penaltiga Diyego Kostani chalib yiqitgan De Vrey sabab bo‘ldi. |
| 26' | ![]() |
Xabi Alonso penaltidan hisobni ochdi. |
| 26' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOOOOOOL! |
| 26' | ![]() |
Diqqat Ispaniya penalti tepadi! |
| 24' | ![]() |
De Guzman Inyestaga qarshi qo‘polligi uchun ogohlantirildi. Birinchi sariq kartochka. |
| 21' | ![]() |
Xavining burchakdan oshirgan to‘pi Serxio Ramosni boshi bilan kuchsiz va xavfsiz zarbasi bilan yakuniga yetdi. |
| 21' | ![]() |
Gol urishni ko‘proq istyotganday tuyulayotgan ispanlar burchak to‘pi tepadilar. |
| 19' | ![]() |
Ispanlar hujumda, golandlarning hamma futbolchisi maydonning o‘zlariga tegishli hududida. |
| 16' | ![]() |
Busketsni yana yiqitishdi, bu safar Sneyder, to‘pga yeta olmay uni maydonga qulatdi. |
| 15' | ![]() |
Maydon markazida De Yong Busketsni qo‘pol ravishda maydonga qulatdi, hakam yo uni ayadi, yo ko‘rmay qoldi va jarima to‘pi belgilash bilan kifoyalandi. |
| 12' | ![]() |
Robben Sneyderni yana qulay vazyatga chiqarmoqchi bo‘ldi, bu safar Kasilyas chaqqonroq harakat qildi. |
| 8' | ![]() |
Bu vaziyatda Kasilyas jamoasini qutqardi deb aytishimiz mumkin. |
| 8' | ![]() |
Aryen Robben Sneyderni Kasilyas bilan birga bir vaziyatga chiqargan edi, ammo Uesli juda qulay imkonitdan foydalana olmadi!!! |
| 4' | ![]() |
Ispan himoyachilari o‘z jarima maydoni oldidan Diyego Kostaga uzoq masofadan to‘p oshirgan edi, biroq hujumchidan ko‘ra to‘pga Silessen yetib keldi. |
| 3' | To‘p ko‘proq maydon markazida. | |
| 1' | ![]() |
To‘pni ispanlar o‘yinga kiritdi. Ispanlar oq kiyimda, Gollandiya ko‘k kiyimda. |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| 0' | Endi esa, Gollandiya madhiyasi. | |
| 0' | Ispaniya madhiyasi chalinmoqda. | |
| 0' | ![]() |
Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda. |
| ' | Eng oxirgi uchrashshuvni yaxshi eslasangiz kerak - 2010 yilgi Jahon chempionati finali. Unda Ispaniya Inyestaning goli evaziga ahon chempioni degan nomga sazovor bo‘lgan edi. | |
| ' | Ispanlar hisobida 16 bor gol urgan, gollandlar 11. | |
| ' | Qisqacha statistika:Bu ikki jamoa shu paytgacha 20 marta to‘qnash kelgan bo‘lib, 5 o‘yinda ispanlarning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 4 o‘yin gollandlarning g‘alabasi bilan tugagan. Bir marta durang qayd etilgan. | |
| ' | Assalomu alaykum, hurmatli futbolsevar do‘stlar! Yana bir necha dqiqalardan so‘ng Jahon chempionati-2014ning V guruhidan o‘rin olgan Ispaniya va Gollandiya trma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan matnli translyasiyani boshlaymiz. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|