Yoshlar o‘rtasida OChga saralash
| «A» guruhi. 3-tur | ||
O‘ZBEKISTONNormurodov (14)
Shomurodov (35, 60, 71) Davlatov (49-pen.) |
5 : 0 |
NEPAL |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
12. Sherzodbek Abduraimov 2. Azizbek Mamazoitov 3. Abbosjon Otaxonov 7. Sardorbek Azimov 10. Eldor Shomurodov 13. Bobur Davlatov 14. Mehroj G‘ulomov 16. Najmiddin Normurodov 17. Durbek Kamolov 19. Zabihillo O‘rinboyev 33. Dostonbek Tursunov. |
||
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat. Yoshlar terma jamoamiz navbatdagi o‘yinni 10 oktyabr kuni Hindistonga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 18:30da boshlanadi. O‘sha o‘yinni ham onlayn translyasiya qilishni rejalashtirganmiz | |
| 90' | ![]() |
O‘YIN TUGADI. Yoshlarimiz musobaqadagi ikkinchi g‘alabasiga erishishdi — 5:0! Tabriklaymiz! |
| 88' | ![]() |
Yarim himoyachilarimiz Sidorovni yakkama-yakka vaziyatga chiqarishdi. "Andijon" hujumchisi to‘pni darvozabon ustidan tashladi. To‘p esa darvozaga kirmadi. |
| 85' | Nepalning navbatdagi zarbasini Sherzod Abduraimov egallab oldi. Osonlik bilan | |
| 81' | ![]() |
Nepal oxiri o‘z muxlislariga yoqadigan hujum tashkil qildi. Sulav Maskeyning so‘nggi zarbasi Abduraimovni otilishga majbur qildi xolos. |
| 76' | Hisob 5:0ga yetganidan keyin o‘yin sur’ati tushdi. Terma jamoamiz asosan to‘pni nazorat qilmoqda | |
| 71' | ![]() |
O‘zbekiston tarkibida so‘nggi o‘zgarish: "A" saralash guruhi to‘purariga aylangan Shomurodov o‘rniga 1-o‘yin qahramoni Andrey Sidorov. |
| 71' | ![]() |
GOOOOLLLL!!! ELDOR SHOMURODOVDA XET-TRIK!!!! |
| 70' | O‘zbekiston U-19ning eng bo‘ydor, Turkmanistonga qarshi o‘yindagi qahramon o‘yinchisi - Andrey Sidorov maydonga tushishga tayyorlanmoqda. | |
| 68' | ![]() |
Eh, Zabihillo, Zabihillo! Umuman omadi kelmayapti bugun bu yigitning. Azimovning pasidan keyin to‘pni to‘xtatib, havoda zarba berdi. Kuchli, aniq. Yo‘q, golmas. |
| 66' | ![]() |
Sardorbek Azimov yaxshi kirib bordi, himoyachini ham mohirlik bilan chalg‘itdi, biroq yakuniy zarbasi darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi.. |
| 65' | ![]() |
Hozir Nepalning juda xafli hujumini deyarli o‘tkazib yubordik, lekin raqib sardori Asim Jung Karkiga hakam xalal berib qoldi... |
| 63' | ![]() |
O‘zbekiston U-19 tarkibida o‘zgarish: uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri Bobur Davlatov o‘rniga Javohir Sohibov maydonga tushdi. |
| 60' | ![]() |
Gooool! Eldor Shomurodoooovvv! "Mash’al" hujumchisi o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirib, darvozani ishg‘ol qildi. Eldor "dubl"ga erishdi |
| 59' | ![]() |
Nepal tarkibida uchinchi o‘yinchi almashtirish majburiy bo‘ldi. Maydonni tark etgan futbolchi jarohat oldi |
| 59' | ![]() |
Yigitlarimiz nimalar qilishyapti???? Ular ochiqchasiga nepalliklarni ayashmoqda! Ushbu vazyatlarga boshqacha ta’rif berib bo‘lmaydi! |
| 58' | ![]() |
O‘zbekiston burchak to‘pi ishladi |
| 56' | ![]() |
Zabihillo O‘rinboyevga biroz omad yetishmayapti, birozgina. Sardorning 1-pasi darvozabondan, 2-si O‘rinboyevning boshidan baland ketdi. |
| 54' | ![]() |
Chap qanotdan yaxshi hujum tashkil etildi, Mahmudov Shomurodovni yakkama-yakkaga chiqardi, deyarli. Shomurodov darvozabonni alday olmadi |
| 52' | ![]() |
Penalti esa O‘rinboyevga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun berildi. O‘sha vaziyatda esa nepallik himoyachiga qizil kartochka ko‘rsatildi. |
| 52' | ![]() |
Terma jamoamizning yana bir hujumi O‘rinboyevning 5-6 metrlardan zarba yo‘llashi bilan yakunlandi. Zaxiradan maydonga tushgan posbon to‘pni egallab oldi. Hozircha u ishonchni oqlamoqda. |
| 50' | ![]() |
Nepal o‘z darvozabonini almashtirdi. Bu narsa foyda berarmikan? Ko‘ramiz |
| 49' | ![]() |
Gooooooooooooooooooooool! Bobur Davlatov penaltidan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 46' | ![]() |
O‘zbekiston tarkibida o‘zgarish: Durbek Kamolov o‘rniga Maqsudjon Mahmudov |
| 46' | ![]() |
Ilk hujumdanoq Nepal darvozasi ustuni nishonga olindi. Ustundan qaytgan to‘pni esa futbolchimiz bo‘sh qolgan darvozaga yo‘llay olmadi |
| 46' | ![]() |
IKKINCHI BO‘LIM BOSHLANDI |
| 47' | ![]() |
BIRINCHI BO‘LIM YAKUNLANDI. HISOB 2:0. |
| 47' | Kompensasiya vaqtida terma jamoamiz 2ta xavfli vaziyat yaratdi. Har ikkala zarba noaniq bo‘ldi | |
| 46' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
Bu safar hujum chap qanotdan rivojlandi. Dastlab to‘pga Eldor yeta olmagan bo‘lsa, O‘rinboyevning zarbasiga esa to‘singa tegdi |
| 43' | ![]() |
O‘ng qanotdan Durbek Kamolov faol. U yetkazib bergan to‘pni boshqa bir muboraklik futbolchi - Shomurodov bosh bilan darvozaga burdi. Salgina noaniq. |
| 43' | ![]() |
O‘ng qanotdan Durbek Kamolov faol. U yetkazib bergan to‘pni boshqa bir muboraklik futbolchi - Shomurodov bosh bilan darvozaga burdi. Salgina noaniq. |
| 42' | ![]() |
Hozir mo‘’jiza tufayli to‘p Nepal darvozasiga kirmay qoldi. O‘ng qanotdan uyushtirilgan hujum darvozabon maydonchasi orqali Sardorbek Azimovga yetib keldi. uning 4-5 metrdan yo‘llagan zarbasi darvozabonga tegdi |
| 41' | ![]() |
Nepal tarkibida futbolchi almashdi |
| 39' | ![]() |
Mehroj G‘ulomov 25 metrdan yo‘llagan zarbani darvozabon ushlab oldi! |
| 37' | ![]() |
Bobur Davlatovning 22 metrdan yo‘llagan zarbasi darvoza ustuniga tegdi. |
| 35' | Terma jamoamiz raqib jarima maydonchasi yaqinida to‘pni oldirib qo‘yishganidan keyin raqibga nisbatan pressingga uyushtirishdi va Nepal darvozaboni to‘pni uzoqlashtirishla qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, to‘pni Shomurodovga uzatib berdi. "MAsh’al" hujumchisi bunday sovg‘adan bajonudil foydalandi! | |
| 35' | ![]() |
gOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLL! |
| 35' | ![]() |
gOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLL! |
| 32' | ![]() |
Nepal burchak to‘pi ishladi. Xavf bartaraf etildi |
| 31' | Markaz bo‘ylab uyutirilgan hujum chap qanotga ko‘chirildi va jarima maydonchasiga yetkazib berilgan to‘pni "Mash’al" hujmchisi bosh bilan darvozaga joylay olmadi! | |
| 31' | ![]() |
Eldor Shomurodov juda qulay vaziyatdan foydalana olmadi! |
| 27' | Nepal maydon markazidan o‘ta olmayapti | |
| 25' | Futbolchilarimiz Zabihillo O‘rinboyevni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarishdi. To‘pga birinchi bo‘lib O‘rinboyev yetib keldi va to‘pni yon tomonga tepib darvozabondan qochayotganida yiqildi. O‘yin qoidasi buzilmagan, deb topdi hakam | |
| 23' | ![]() |
Dostonbek Tursunov ogohlantirildi. Raqib bilan to‘p uchun kurashda uzala tushib oyog‘ini uzatgani uchun |
| 23' | O‘yin tempi biroz tushdi. Yigitlarimiz to‘pni nazorat qilib, nepalliklarni to‘psiz harakat qilishga majbur qilishmoqda | |
| 22' | ![]() |
Termamiznng chap qanot bo‘ylab uyushtirgan hujumi paytida Sardorbek Azimov ofsaydda qolib ketdi |
| 19' | ![]() |
Jarima to‘pi burchak to‘piga aylandi |
| 18' | O‘yin to‘laligicha vakillarimiz ustunligida o‘tmoqda. Kamolov yana jarima to‘pi ishladi. O‘z qanotida | |
| 17' | Bu safar Zabihillo O‘rinboyev 25 metrlardan noaniq zarba yo‘lladi | |
| 15' | Davlatovning kuchli zarbasi biroz noaniq ketdi | |
| 15' | O‘ng qanotdan belgilangan "standart"ni Normurodov to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvoza tomon tepdi. Buni kutmagan nepallik darvozabon to‘pni o‘tkazib yubordi! | |
| 14' | ![]() |
Gooooooooooooollll! Najmiddin Normurodovdan super gol! |
| 10' | ![]() |
Durbek Kamolov o‘ng qanotda jarima to‘p ishladi. Bobur Davlatov jarima maydonchasiga yetkazib bergan to‘pni Mehroj G‘ulomov bosh bilan darvoza tomon yo‘lladi. To‘p shundoqqina darvoza ustidan o‘tib ketdi. Mehrojga hech kim xalal bermayotgandi... |
| 7' | ![]() |
Nepal o‘ng qanotdan tezkor hujum uyushtirdi va burchak to‘pi ishladi. Xavf bartaraf etildi |
| 5' | Darvoqe, Nepal yoshlarining har biri o‘yinida stadionda ularni 5 mingga yaqin nepallik muxlislar qo‘llab-quvvatlashmoqda. Bugun ham bundan mustasno emas | |
| 3' | ![]() |
Terma jamoamiz burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ammo samarasiz |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI |
| ' | Soat 18:30da Yoshlar (U19) o‘rtasida Osiyo chempionatiga saralashining "A" guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Nepal terma jamoalari o‘rtasidagi bahs boshlanadi | |
| ' | ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|