Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

JCH-2014, «E» guruhi

1-tur, 16 iyun, soat 21:00

SHVEYSARIYa

Mehmediy (48)
Seferovich (90+3)

2 : 1

EKVADOR

E.Valensiya (22)
JAMOALAR TARKIBI
1.Benalyo
2.Lixtshtayner
5.fon Bergen
8.Inler
10.Jaka
11.Behrami
13.Rodriges
14.Shtoker
23.Shakiri
19.Drmich.
20.Juru
  22.Dominges
2.Guagua
3.Eraso
4.Paredes
6.Noboa
7.Montero
10.V.Ayovi
11.Kaysedo.
13.E.Valensiya
16.A.Valensiya
23.Grueso

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
'
Qo‘chqorovning xatosi tufayli Shveysariya goldan mahrum bo‘lgandi. Shunga qaramay, bu jamoa o‘yinning so‘nggi daqiqalarida g‘alabani ilib ketdi
90+4'
O‘yin yakunlandi.
90+3'
Ekvador hujum tashkil qilayotganida shveysariyalik himoyachi jarima maydonchasi ichida to‘pni raqibdan olib qo‘ydi va o‘z jamoasining qarshi hujumini boshladi! Yo‘l-yo‘lakay Ekvador futbolchisi maydon markazida to‘p bilan oldinga intilayotgan o‘yinchini yiqitdi. Ammo to‘p shveysariyalik futbolchi o‘rnidan turib, harakatni davom ettirayotganini ko‘rgan Ermatov xushtak chalmadi. Hujum yo‘nalishi o‘ngdan chapga ko‘chirildi. Rodriges tomonidan darvozabon maydonchasiga yetkazilgan to‘pni Seferovich darvozaga yo‘lladi!
90+3'
GOOOOLLLLLLL!!!! O‘yin yakunlanishiga 15 soniya qolganida Shveysariya g‘alabani to‘pini kiritmoqda!!!!
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
86'
Zarba trayektoriyasi posbon uchun ancha noqulay bo‘ldi. Benalyo to‘pni qaytardi, qaytgan to‘pni yevropalik himoyachi darvoza oldidan uzoqlashtirdi
85'
Shveysariya darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi. Darvozagacha 30 metr
84'
Ekvador qarshi hujumga o‘tayotganida hujumchini tortib yiqitgani uchun Juru ogohlantirildi
81'
To‘p jonli devorga tegib qaytdi
80'
Shveysariya jarima zarbasini tepish huquqiga ega bo‘ldi. Darvozagacha 20 metrlar masofa bor
77'
Shveysariya gol urgan vaziyatda Qo‘chqorov xatoga yo‘l qo‘ygan ko‘rinadi. To‘p o‘ng qanotdan uzatilayotganda hujumchi himoyachilar bilan bir chiziqda bo‘lgan ekan. Boshqa shveysariyalik hujumchi to‘pni ataylab oyoqlari orasidan o‘tkazib yubordi va to‘p himoyachining oyog‘iga tegib, darvozaga himoyachilarga nisbatan yaqinroq turgan haligi hujumchiga borib tushdi. XUllas, ofsayd yo‘q edi
76'
Ekvadorda ham o‘zgarish. Montero o‘rniga Roxas tushirildi
75'
Shveysariyada futbolchi almashtirildi. Drmich o‘rniga Seferovich tushirildi
74'
Endi esa shveysariyalik darvozabon Benalyoning xatosidan so‘ng Ekvador darvozani ishg‘ol qilishi mumkin edi. So‘nggi pallada himoyachi to‘pni tepib yubordi
73'
Shveysariya tezkor hujum tashkil qildi. Jerdan Shakiri o‘tkir burchak ostida kuchli zarba berdi. To‘p darvoza to‘rining yon tomoniga kelib tushdi
70'
Shveysariya gol urdi, biroq Bahodir Qo‘chqorov bayroqchasini ko‘tarib turibdi. Takroriy lavhani kutamiz
66'
Vuh, Ekvador qarshi hujumni samarali yakunlashiga bir bahya qoldi! Monterovning jarima maydonchasi ichida, o‘tkir burchakdan bergan zarbasini darvozabon oyoqlari bilan qaytarib qoldi
63'
O‘yin sur’ati tenglashdi. Ehtiyotkorlik birinchi planga chiqmoqda asta-sekinlik bilan
61'
Janubiy amerikalik futbolchining olis masofadan yo‘llagan zarbasini Benalyo egallab oldi
58'
Shveysariya terma jamoasi hujumchisi Mehmediy jarima maydonchasi ichida himoyachi bilan to‘qnashuvda yiqildi. Bu vaziyatda ekvadorlik himoyachi to‘pga birinchi o‘ynadi. Shuning uchun penalti yo‘q
55'
Shveysariya tezkor qarshi hujumga o‘tdi. Biroq Mehmediy to‘pni noaniq uzatishi oqibatida hujum yakunlanmay qoldi
53'
O‘zbekistonlik hakam ilk marta kartochkaga murojaat qildi. Maydon markazida Shveysariyaning hujumini qo‘pollik bilan buzgani uchun Paredes ogohlantirish oldi.
52'
Ermatov ushbu o‘yinda ilk marta ko‘pik yordamida jonli devor turadigan joyga chiziq chizdi. Chap qanotdan ekvadorliklar to‘pni jarima maydonchasiga yetkazishdi. Erasoning bosh bilan bergan zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi
50'
Qizillar golning ruhiyati ta’siri ostida ketma-ket hujumlar tashkil qilishmoqda
49'
Gyokxan Inlerning 23 metrdan yo‘llangan zarbasiga aniqlik yetishmadi
48'
Ikkinchi bo‘lim boshida maydonga tushgan Mehmediy burchakdan yetkazilgan to‘pni bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi!
48'
GGOOOOLLLL! Admir Mehmediy, 1:1!
47'
Shveysariya ikkinchi bo‘limni faol boshladi. Shtefan Lixtshtayner 18 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi! To‘p rekoshet holatida darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlanish arafasida. Shtoker maydonga qaytmadi. Uchrashuvni Admir Mehmediy davom ettiradi
'
Birinchi bo‘limdan keyin o‘yin statistikasi:
To‘p nazorati: 60-40%;
Follar soni: 4-10;
Zarbalar soni: 10-4;
Aniq zarbalar: 7-3
'
Hakamlik nuqtai nazaridan hammasi yaxshi ketmoqda. Xatolar yo‘q, o‘yin to‘laligicha nazoratda, jamoalar bir-birlariga nisbatan hurmatni saqlagan holda o‘ynashmoqda. Hozircha kartochkalarga murojaat qilishga hojat bo‘lmayapti
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha Shveysariya - Ekvador - 0:1.
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi. O‘yinda deyarli to‘xtalish bo‘lmadi, faqatgina gol nishonlangan paytda kichik to‘xtalish bo‘ldi
45'
Ekvadorik hujumchi Keysedo jarima maydonchasi ichida bir himoyachini aldab o‘tayotganida to‘p uning baland ko‘tarilgan qo‘lga tegdi. O‘yin to‘xtatildi.
43'
Ekvador hujumga o‘tdi va Monterov jarima maydonchasi ostonasida zarba yo‘lladi. Juru to‘p yo‘liga g‘ov bo‘ldi
41'
Jerdan Shakiri o‘ng qanotdan belgilangan jarima zarbasini muvaffaqiyatsiz amalga oshirdi. To‘p hech kimga tegmay maydonni tark etdi
39'
Yuqoridagi vaziyatni takroran ko‘rdik. Shakiriy jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va darvoza tomon zarba berdi. To‘p 3-4 metr masofadan turgan himoyachining qo‘liga tegdi. Bu yerda masofa yaqin, to‘pning tezligi yuqori. Boz ustiga himoyachining qo‘li badanga yopishib turgandi. Penalti yo‘q. Hammasi to‘g‘ri
37'
Xitsfeld shogirdlari to‘pni jarima maydonchasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri emas, kombinasiya orqali yetkazishdi. Dominges to‘pni yana egallab oldi
36'
Shveysariya sardori Gyokxan Inler kuchli zarba yo‘lladi. Darvoza burchagiga yo‘l olayotgan to‘pni darvozabon to‘pni maydon tashqarisiga burib yubordi
35'
Shveysariyaliklarning e’tiroziga sabachi bo‘lgan vaziyat sodir bo‘ldi. Takroriy lavhani kutamiz
34'
Behramiy burchakdan yetkazilgan to‘pni bosh bilan darvoza tomon burdi. Dominges uni egallab oldi
33'
Shveysariyaliklar qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga yorib kirishdi, faqatgina burchak to‘pi
31 '
Ekvador maydon markazida pressing uyushtirib, raqibdan to‘pni olib qo‘ydi. Biroq yevropaliklar ortga qaytishga ulgurishdi va xavfni bartaraf etishdi
29'
Bahodir Qo‘chqorov yana Ekvador ofsaydini qayd etdi
28'
Burchakdan yetkazilgan to‘pni Shtoker bosh bilan darvozaga burishga harakat qildi. Muvaffaqiyatsiz urinish
27'
Shveysariya burchak to‘pi ishladi
26'
Golga sababchi bo‘lgan jarima zarbasi Ermatov tomonidan juda to‘g‘ri belgilanganini ta’kidlash lozim. Himoyachi hujumchidan ortda qolishni boshlaganidan keyin raqibini yelkasidan mahkam ushab yiqitgandi.
24'
Ekvadorlik Montero bir himoyachi ta’qibi ostida jarima maydonchasiga kirib bordi, biroq himoyachi undan to‘pni olib qo‘ydi
22'
GGGOOOOLLLL!!! Ana shu "standart"dan yetkazilgan to‘pni Ender Valensiya bosh bilan darvozaga yo‘lladi!
21'
Ravshan Ermatov yevropaliklar darvozasi tomon jarima maydonchasining chap tomonida jarima to‘pi belgiladi
19'
Shveysariya yarim himoyachisi Rikardo Rodriges 25 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Dominges to‘pni qaytardi, ammo maydonda saqlab qola bilmadi
18'
Hozirgina ana shunday tezkor hujum natijasi to‘p jarima maydonchasi ichida turgan Valensiyaga bordi. HImoyachini chalg‘itib, darvoza tomon zarba bergan paytda esa to‘p himoyachining oyog‘iga tegib, darvozabonga bordi. Posbon to‘pni urib yubordi
17'
Evropaliklar to‘pni nazorat qilishga o‘tishdi, qisqa va o‘rta paslar orqali o‘ynashmoqda. Ekvador esa kuchli pressing qo‘llamoqda va qarshi hujumda o‘ynamoqda.
16'
Jerdan Shakiriy 22 metrlardan darvoza tomon kuchli zarba berdi. To‘p Domingesning qo‘liga borib tushdi!
14'
Bahodir Qo‘chqorov Ekvador futbolchisining ofsaydda ekanini qayd etdi va bu haqda darhol aloqa vositasi orqali Ermatovga xabar berdi hamda bayrog‘ini ko‘tardi
12'
Shveysariya juda yaxshi imkoniyatga ega bo‘lgandi. Kesib uzatilgan pasdan keyin Drmich jarima maydonchasiga kirib bordi. U zarba berishni lozim topmadi va himoyachini chalg‘itmoqchi bo‘ldi. Ammo maqsadiga yetmadi - to‘p yo‘qotildi
10'
Ekvador asosan uzun paslar orqali o‘ynamoqda. Bu esa bosh hakamdan yuqori tezlik va katta jismoniy kuch talab qiladi. Boisi, hakam hamisha to‘pga yaqin pozisiya tanlashi lozim
9'
Yo "razvedka" biroz cho‘zilib ketdi, yoki jamoalar teng kuchli shekilli, hozircha xavfli vaziyatlar yuzaga kelmadi
6'
Shveysariyaning qarshi hujumi muvaffaqiyatli chiqmadi - o‘ng qanotdan jarima maydonchasi tomon uzatilgan to‘p manzilga aniq bormadi
4'
To‘p ko‘proq maydonning Shveysariya tomonida bo‘lmoqda.
1'
Ermatovning xushtagi yangradi va o‘yin boshlandi! Ketdik!
'
Qanot hakamlari darvozalar to‘rlarini ko‘zdan kechirib chiqishdi
'
Jamoa sardorlari va bosh hakam ishtirokidagi mini-qur’adan so‘ng o‘yinni Ekvador terma jamoasi boshlab beradigan bo‘ldi
'
Shveysariya qizil, Ekvador ko‘k-sariq, hakamlar brigadasi esa yashil rangli formada harakat qilishadi
'
Shveysariya davlat madhiyasi yangradi. Navbat Ekvador gimniga
'
Ravshan Ermatov va terma jamoalar maydonda saf tortishdi
'
JCH-2014ning to‘rtinchi kuni. Shveysariya-Ekvador o‘yini boshlanish arafasida
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.