JCH-2014, «G» guruhi
| 1-tur, 16 iyun, soat 21:00. Bosh hakam: Milorad Majich (Serbiya) | ||
GERMANIYaMyuller (12-pen., 45+1, 78)
Xummels (32) |
4 : 0 |
PORTUGALIYa |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Noyer 4.Xevedes 5.Xummels 6.Xedira 8.O‘zil 13.Myuller 16.Lam 17.Mertesaker 18.Kroos 19.Gyotse 20.Boateng |
12.Ruy Patrisiu 2.Brunu Alvesh 3.Pepe 4.Migel Velozu 5.Koentrau 7.Krishtianu Ronaldu 8.Moutinyu 9.Ugu Almeyda 16.Meyrelesh 17.Nani 21.Joau Pereyra |
|
| QIZIL KARTOCHKA | ||
|
Pepe (37)
|
||
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat | |
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. Germaniya-Portugaliya - 4:0! |
| 90+2' | ![]() |
Krishtianuning jarima zarbasi ilk marta jonli devordan o‘tdi va Noyer uchun ancha xavfli bo‘ldi. Manuel to‘pni yon tomonga urib yubordi! |
| 90+1' | ![]() |
Ronaldu uchun yana bir imkoniyat. Standart |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
"Evropa Braziliyasi" hech bo‘lmasa bitta gol urishga harakat qilmoqda. Germaniya hech qachon xotirjamlikka berilmaydi. Buni ulardan kutmang! |
| 85' | ![]() |
Krishtianu 30 metrlardan jarima zarbasini tepdi. Ammo to‘p bir kishidan iborat jonli devorga tegdi... |
| 83' | ![]() |
Navbatdagi burchak to‘pi ham Portugaliyaga naf keltirmadi |
| 82' | ![]() |
O‘yin qahramoni Tomas Myuller maydonni tark etdi. Lukash Podolski o‘yinni davom ettiradi |
| 78' | ![]() |
Portugaliya maydonning o‘ziga tegishli qismida to‘pni raqibga oldirib qo‘ydi va buni nemislar kechirishmadi. Avvaliga tashkil etilgan hujumga himoyachi qalqon bo‘ldi. Ammo hujumning ikkinchi to‘lqini gol bilan yakunlandi. Shyurrle o‘ng tomondan to‘pni darvoza tomon tepdi. Patrisiu to‘pni ushlab qola olmadi va Myuller darvozani ishg‘ol qildi. JCH-2014dagi dastlabki xet-trik! |
| 78' | ![]() |
GOOOOOLLLL, Tomas Myuller, 4:0! |
| 75' | ![]() |
Ronalduning keskin noroziligiga sabab bo‘lgan vaziyat yuzaga keldi. Portugaliya futbolchisi olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi. Noyer to‘pni qaytardi. Eder qaytgan to‘pga oyoq qo‘yib, oldinga o‘tayotganida Xevedesning oyog‘iga urilib yiqildi. Penalti belgilamagani uchun Krishtianu Majichga keskin noroziligini izhor qildi. 11 metrli jarima to‘pini bersa ham bo‘lardi... |
| 73' | ![]() |
Xummels o‘rniga Shkodran Mustafiy tushirildi. |
| 73' | ![]() |
Mats Xummels jarohat oldi. Maydon markazida to‘p uchun sakradi va yerga tushayotganda oyog‘idan jarohat oldi. |
| 69' | ![]() |
Bugun Gyotsedan omad yuz o‘girmoqda. Qarshi hujum paytida Shyurrle o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va to‘pni chap tomondan yetib kelgan Gyotsega yozatdi. Marioning zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi |
| 68' | ![]() |
Portugaliya juda yaxshi hujum tashkil qildi. Nanining zarbasini himoyachi qaytardi. Ikkinchi temp orqali berilgan zarba himoyachiga tegib maydonni tark etdi |
| 64' | ![]() |
Koentrau zambilda olib chiqib ketildi. Yaxshiyam Portugaliya hisobida o‘zgarish bor edi. Andre Almeyda maydonga tushirildi |
| 63' | ![]() |
Fabiu Koentrau jiddiy jarohat oldi. Paylari cho‘zildi uni |
| 62' | ![]() |
Germaniyada o‘zgarish. O‘zil chiqib ketdi. O‘rniga Andre Shyurrle maydonga tushdi |
| 60' | ![]() |
Baland sakragan jonli devor Ronalduning zarbasini o‘ziga qabul qildi |
| 60' | ![]() |
Ronaldu jarima zarbasi ishladi. Darvozagacha 25 metrlar... |
| 58' | ![]() |
O‘yin to‘laligacha nemislar ustunligi va nazorati ostida o‘tmoqda |
| 54' | ![]() |
Eder yuqori tezligi orqali Xummelsdan o‘tib ketdi. Natijada jarima to‘pini ishladi. Ammo bu standart portugaliyaliklarga naf keltirmadi |
| 52' | ![]() |
Mesut O‘zil darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo uning zarbasini Patrisiu qaytardi. Bo‘sh qolgan darvozaga esa Myuller bosh bilan to‘pni yo‘llay olmadi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 50' | ![]() |
Portugaliyada hozircha kuch bor, oldinga o‘tmoqda. |
| 47' | ![]() |
Pepening qanday futbolchi ekanini bilamiz. Uning chetlatilishi hech kimni hayron qoldirmadi. Ammo! U birinchi marta Portugaliya terma jamoasi safida qizil kartochka olmoqda, 59-o‘yinga kelib! |
| 46' | ![]() |
Portugaliyada o‘zgarish. Migel Velozu o‘rniga Rikardo Koshta maydonga tushdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | Germaniya bugun juda kuchli o‘yin ko‘rsatmoqda. Bu jamoani to‘xtatish uncha-buncha termaga oson bo‘lmaydi. Boz ustiga, Pepe jamoani qiyin ahvolga solib qo‘ydi. O‘yin taqdiri hal bo‘ldi. Bitta narsa qiziq. Germaniya ikkinchi bo‘limda raqibni ayaydimi yoki yana gollar urishda davom etadimi?! Ko‘ramiz. | |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. |
| 45+2' | ![]() |
Portugaliya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Samarasiz |
| 45+1' | ![]() |
Nemislarning uzoq davom etgan hujumini Myuller muvaffaqiyatli yakunlab, birinchi bo‘limning o‘zidayoq hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. Tomas dublga erishmoqda hozircha |
| 45+1' | ![]() |
GOOOOLLLL! Tomas Myuller, 3:0! |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 42' | ![]() |
Germaniya tezda qarshi hujumga o‘tdi, Gyotsening so‘nggi zarbasi himoyachiga tegib tezligini yo‘qotdi va uni Patrisiu egallab oldi! |
| 38' | ![]() |
Hakam Pepening o‘yin paytidagi harakati uchun uni jazolamoqchi emasdi, ammo uning keyingi harakati ortiqcha bo‘ldi. Myuller sari egilib, deyarli bosh bilan zarba bergandek bo‘ldi. Kerakmasdi bu... |
| 37' | ![]() |
Pepe o‘z uslubida! U maydondan chetlatildi! Pepe yonma-yon o‘yin davomida qo‘li bilan Myullerning yuziga urdi, hakamning xushtagidan keyin esa yerda yotgan Tomasga egilib, bir narsalar deb baqirdi. Milorad Majich darhol qizil kartochka ko‘rsatdi "Real" himoyachisiga! Adashmasak, bu JCH-2014dagi dastlabki chetlatish! |
| 36' | ![]() |
Ehhhh, Koentrau! Jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilib olganida o‘zining ofsaydda emasligiga ishonmadi. Natijada na darvoza tomon zarba berdi, na to‘pni sherigiga uzatdi. Vaziyat qo‘ldan chiqdi. Darvoqe, takroriy lavha ko‘rsatdiki, Koentrauda ozgina bo‘lsa ham ofsayd bor ekan. Laynsmen buni qayd etmagandi |
| 35' | ![]() |
Nani jarima maydonchasigacha yaqinlashib keldi va to‘pni Ronalduga uzatdi. Biroq markazdan yetib kelgan nemis futbolchisi to‘pni egallab oldi |
| 32' | ![]() |
GOOOOOOLLLL! Xummels, 2:0! Burchak yetkazilgan to‘pga barchadan baland sakragan Xummels bosh bilan zarba berdi va darvozani ishg‘ol qildi! |
| 31' | ![]() |
Vuuuuh, nemislar ijrosida o‘ta tezkor hujum! Kroos maydon markazidan birgina pas bilan O‘zilni to‘p bilan ta’minladi. Mesut jarima maydonchasining o‘ng tomonidan to‘pni 11 metrli nuqta atrofida ochilgan Gyotsega uzatdi. Uning zarbasi Pepening oyog‘iga tegib, darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi... |
| 28' | ![]() |
Almeyda o‘yinni davom ettira olmadi. Eder maydonga tushirildi. Majburiy o‘zgarish |
| 27' | ![]() |
Portugaliyalik hujumchi Ugu Almeyda jarohat olgan ko‘rinadi. U shifokorlar bilan birga maydonni tark etmoqda |
| 25' | ![]() |
Luish Nani jarima maydonchasigacha yaqinlashib keldi va kuchli zarba berdi. To‘p darvoza to‘sinidan bir necha sm. yuqoridan o‘tib ketdi |
| 24' | ![]() |
Xummels maydon markazidan to‘pni Gyotsega uzatdi. To‘pning tezligi yuqoriroq bo‘lgani uchun hujumchi to‘pga yeta olmadi. |
| 19' | O‘yin maydon markazida. To‘pni nemislar nazorat qilishmoqda | |
| 15' | ![]() |
Ronaldu tomon uzatilgan to‘p markaziy himoyachidan o‘tmay qoldi, aks holda Krishtianu darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketardi |
| 12' | ![]() |
Tomas Myuller darvozani ishg‘ol qildi. Patrisiu to‘p yo‘nalishini topdi, ammo zarba ancha kuchli bo‘ldi. 1:0! |
| 11' | ![]() |
Penalti! Portugaliya darvozasi tomon! Hujumchi (Gyotse) va himoyachi jarima maydonchasi ichida qo‘l bilan tortishdi. HImoyachining so‘nggi tortishi yaqqol ko‘zga tashlanib qoldi va Gyotseni yiqitdi! |
| 8' | ![]() |
Portugaliya darvozaboni Rui Patrisiu "qovun" tushirdi. Ammo Xedira "sovg‘a"dan foydalana olmadi. Himoyachi to‘pni darvozabonga - darvozaning narigi chetiga uzatdi. Patrisiu to‘pni yerlatib uzoqlashtirayotgandi, to‘p esa to‘ppa-to‘g‘ri Xediraga borib tushdi. Sami esa 25 metrdan bo‘sh qolgan 7 metrlik darvozani ishg‘ol qila olmadi! |
| 7' | ![]() |
Portugaliyalik futbolchilar maydonning ikkinchi yarmidayoq to‘pni egallab olib, hujumga o‘tishdi. Ronaldu bir himoyachi ta’qibi ostida jarima maydonchasiga bostirib kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘pni avval Noyer qaytardi, qaytgan to‘pni himoyachilar uzoqlashtirishdi |
| 7' | Portugaliya qarshi hujumda bugun. To‘p germaniyaliklarda | |
| 6' | ![]() |
Ronaldu olis masofadan zarba yo‘llashga qaror qildi. Baland bo‘ldi to‘p yo‘nalishi |
| 5' | ![]() |
Portugaliyaning dastlabki xavfli hujumi, aniqrog‘i, qarshi hujumi. Ugu Almeyda bir himoyachi ta’qibi ostida jarima maydonchasiga kirar-kirmas zarba berdi. Zarba uncha kuchli chiqmadi va Noyer uni osonlik bilan egallab oldi! |
| 4' | ![]() |
Yana Gyotse jarima maydonchasining o‘ng qanotida o‘ziga yetkazilgan to‘pni ko‘kragi bilan qaytardi, bir himoyachini aldab o‘tdi, ammo ikkinchi himoyachi yordamga keldi va to‘pni olib qo‘ydi |
| 2' | ![]() |
Dastlabki yurishni nemislar amalga oshirishdi. O‘ng qanotdan Boateng oldinga o‘tdi va to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Gyotse to‘pga bosh bilan zarba berdi. Himoyachi to‘pni qaytarib yubordi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi. Uni Germaniya terma jamoasi boshlab berdi! |
| ' | Nemislar oq, Portugaliya to‘q qizil rangli formada harakat qilishadi | |
| ' | Jamoalar sardorlari Filip Lam va Krishtianu Ronaldu serbiyalik hakamlar yonida mini-qur’ada ishtirok etishadi | |
| ' | Madhiyalarni tinglaymiz | |
| ' | Jamoalar maydonda saf tortishdi | |
| ' | Germaniya va Portugaliya terma jamoalari maydonga chiqib kelishga tayyor bo‘lib turishibdi | |
| ' | JCH-2014 beshinchi kunining markaziy o‘yini boshlanish arafasida | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|