Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

JCH-2014, «H» guruhi

1-tur, 17 iyun, soat 21:00

BELGIYa

Felayni (70)

1 : 1

JAZOIR

Figuliy (25-pen.)
JAMOALAR TARKIBI
1.Kurtua
2.Alderveyreld
4.Kompani (S)
5.Vertongen
6.Vitsel
7.de Bryuyne
9.Lukaku.
10.E.Azar
15.van Beyten
19.Dembele
22.Shadli
  23.Mboli
2.Bugerra (S)
3.G‘ulom
5.Allish
10.Feguliy
12.Mejaniy
14.Bentaleb
15.Sudaniy.
19.Taider
21.Mahrez
22.Mustafo

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
90+4'
Uchrashuv yakunlandi! Belgiya - Jazoir - 2:1.
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
88'
Felayni o‘yinga juda yaxshi qo‘shilib ketdi. Mertens jarima maydonchasining o‘ng qanotidan to‘pni Felayni tomon uzatdi. Maruan to‘pni ko‘kragi bilan to‘xtatdi va zarba berishga chog‘lanayotganda nimagadir yiqilib tushdi. Aks holda gol urish uchun juda qulay pozisiya edi
84'
Vuuuuhhh, Felayni ijrosida yana bir bosh bilan berilgan zarba! BU safar Mboli to‘pni darvoza ustidan oshirib yuborishga ulgurdi. Yaxshi seyv
83'
Bu o‘yinda Belgiya g‘alaba qozonsa, JCH-2014da yana bir irodali g‘alaba qayd etiladi
82'
Belgiya ikkinchi bo‘limda o‘yin sur’atini o‘zgartira oldi
80'
Jazoir maydon markazida to‘pni yo‘qotdi va tezkor qarshi hujumga o‘tgan yevropaliklar Mertensni zarba berish uchun qulay vaziyatga chiqarildi. Uning kuchli zarbasini jazoirlik darvozabon qaytara olmadi!
80'
GOOOOLLLL!!! Mertens, 2:1!
78'
Jazoir to‘laligacha himoyada. Belgiya yana hujum tashkil qilish yo‘llarini axtarmoqda
73'
Burchak to‘pidan keyin van Byuyten bosh bilan zarba berdi. Aniqlik yetishmadi unga
70'
De Bryune chap qanotdan yuqorilatib yetkazib bergan to‘pni Felayni bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi!
70'
GOOOOLLLL, Felayni, 1:1!
66'
Belgiyada chinakamiga golli vaziyat! Origi darvozabon bilan birga bir vaziyatda kuchli zarba yo‘llashga qaror qildi. Mboli to‘pni oyoqlari bilan qaytarib qoldi.
65'
Dembele o‘rniga Fellayni tushirildi.
63'
HIsobda ortda borayotgan Belgiya yaqqol ustunlikka ega bo‘layotgani yo‘q
59'
Belgiyalik himoyachilar to‘pni darvoza oldidan uzoqlashtirishdi
59'
Jazoir bu safar o‘ng qanotdan burchak to‘pini tepadi
58'
Belgiyada ikkinchi o‘zgarish. Lukaku o‘rniga Origi tushirildi
56'
Afrikaliklar gol urishlari mumkin edi. Burchakdan yetkazilgan to‘pni Mejaniy bosh bilan olis ustun tomon burdi. U yerga yaqin turgan Sudaniy esa to‘pga biroz yeta olmadi
56'
Jazoir burchak to‘pini o‘yinga kiritadi
55'
Belgiya o‘ng qanotdan jarima to‘pini ishladi. Mertens yetkazib bergan to‘pni darvozabon mushtlari bilan urib yubordi
51'
Azar va Mexdi to‘qnashib ketishdi. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatildi
50'
BUrchakdan yetkazilgan to‘pni Jazoir darvozaboni qo‘ldan chiqarib yubordi. Vitsel to‘pni darvozaga aniq yo‘llay olmadi
46'
Belgiyada bo‘lim boshida o‘yinchi almashtirildi. Shadli maydondan olindi. Mertens o‘yinni davom ettiradi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
45+1'
Birinchi bo‘lim tugadi. Belgiya-Jazoir - 0:1
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
44'
Shadli jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilib olib, o‘tkir burchak ostida chap oyoqda zarba berdi. Mboli to‘pni egallab oldi
42'
Shadli 30 metrlardan zarba yo‘llashga qaror qildi. Noaniq
39'
De Bryuyne to‘pni Vertongenga yumalatib berdi. Zarba esa kuchli, ammo noaniq bo‘ldi
38'
Alderveyreld jarima maydonchasiga yaqinlashib kelib, zarba bermoqchi bo‘lganida jazoirlik futbolchi unga nisbatan qo‘pollik ishlatdi. Darvozagacha 22 metrlardan jarima to‘pi
34'
Vitsel 30 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Darvazabon to‘pni yon tomonga urib yubordi
31'
Belgiya jarima to‘pini amalga oshirdi. De Bryuynening uzatmasi hech kimga nasib qilmadi
28'
Darvoqe, penalti belgilangan vaziyatda Vertongen ogohlantirish olgandi
28'
Belgiya o‘yin boshidan qandaydir o‘ziga haddan tashqari ko‘p ishongan holda, raqibning kuchiga yetarli baho bermay o‘ynayotgandek tasavvur uyg‘onayotgandi. Endi sal shiddatni oshirar yevropaliklar
25'
Darvozabon o‘zidan chap tomonga, zarba esa markaz bo‘ylab berildi!
25'
GGGOOOLLLLL, Figuliy, 0:1!
24'
Jazoir yarim himoyachisi chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Figuli to‘p tomon intilayotganida Vertongen hujumchini qo‘lidan tortib qulatdi!
24'
Penalti! BElgiya darvozasiga!
22'
Jazoir qarshi hujumga o‘tish uchun raqibning xato qilishini kutmoqda. Belgiya esa unchalik tavakkal qilmayapti
19'
Yopiq o‘yin davom etmoqda. Birinchi goldan keyin temp o‘zgarsa kerak
15'
Dembele jarima maydonchasiga kirib borayotgan Lukaku tomon to‘pni yetkazgandi. Hujumchi to‘pni to‘xtatib qola olmadi
11'
Jaxoirning dastlabki 10 daqiqadagi shiddati biroz pasaydi. Endi belgiyaliklar to‘pni nazorat qilib, payt poylashmoqda
9'
Jazoirliklar to‘pni nazorat qilishayotganiga 1 daqiqadan oshib qoldi
5'
Dastlabki daqiqalarda afrikalar ko‘proq hujumga o‘tishmoqda
3'
Belgiya qizil, Jazoir oq kiyimda o‘ynamoqda
2'
Jazoir jarima zarbasini amalga oshirdi. Belgiyalik himoyachilar to‘pni qaytarishdi
1'
O‘yin boshlandi!
'
JCH-2014. "N" guruhi, 1-tur. Belgiya - Jazoir
'
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.