JCH-2014, «V» guruhi
| 2-tur, 18 iyun, soat 23:59 | ||
ISPANIYa |
0 : 2 |
CHILIVargas (20)
Arangis (43) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Kasilyas 22.Aspilikueta 15.Ramos 16.Buskets 8.Alba 11.Pedro 4.Xavi Martines 6.Inyesta 14.Alonso 21.Silva 19.Kosta |
1.Bravo 8.Vidal 18.Xara 2.Mena 17.Medel 4.Isla 20.Arangis 5.Silva 21.Dias 7.Sanches 11.Vargas. |
|
Matn
| 90+7' | ![]() |
Bo‘ldi! Tamom! Xayr, Ispaniya! Xayr, chempion! |
| 90+6' | ![]() |
O‘yin tugashiga 30 soniya vaqt qoldi xolos |
| 90+6' | ![]() |
Torres hujumda fol ishlatdi. |
| 90+4' | ![]() |
Torres tomon yetkazilgan to‘pga Fernando yeta olmadi. To‘pga Bravo egalik qildi |
| 90+2' | ![]() |
Ohhhh, Ispaniyadan omad yuz o‘girmoqda! Zarbalar, urinishlardan keyin chililiklar barchasini qaytarishmoqda! |
| 90+1' | ![]() |
Ispaniya burchak to‘pi ishladi |
| 90' | ![]() |
Oho, ikkinchi bo‘limga 6 daqiqa qo‘shib berildi!!! |
| 89' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin Ramos qaychi uslubida zarba yo‘lladi. Noaniq |
| 88' | ![]() |
Kasorla to‘pni darvozaning olis burchagiga yo‘lladi. Bravo bu safar ham to‘pga qo‘l cho‘za oldi |
| 88' | ![]() |
Chilida so‘nggi o‘zgarish: Vidal o‘rniga Karmona tushdi |
| 87' | ![]() |
Torres darvozabon bilan birga-bir vaziyatga qochib borayotnida himoyachi uni qo‘pollik bilan to‘xtatdi. Darvozagacha 25 metr |
| 85' | ![]() |
To‘p burchakdan yetkazilganidan keyin Ramos bosh bilan zarba berdi. Zarba kuchsiz chiqdi va Bravo egallab oldi |
| 85' | ![]() |
Chilida o‘zgarish: Medel o‘rniga Valdiviya tushirildi |
| 84' | ![]() |
Inyeessssttta!!! Bravooooo! Biri 18 metrdan zarba berdi, ikkinchisi ajoyib seyv namoyish qildi! |
| 82' | ![]() |
Chili darvozaboni jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 81' | ![]() |
Vuuuuuhhhh, Silva! David tomonidan berilgan zarba darvoza burchagi tomon yo‘l olayotgandi. Bravo uni maydon tashqarisiga urib yubordi! |
| 80' | ![]() |
Ispanlar qarshi hujumdan foydalana olishmadi. Qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga kirib borishayotganida himoyachi so‘nggi damda to‘pni qaytarib qoldi |
| 77' | ![]() |
Bravo xushyor! Ispanlarning birdaniga o‘yinga kiritgan jarima to‘pini u egallab oldi |
| 75' | ![]() |
Aleksis Sanches o‘ziga motor o‘rnatib qo‘ygandek o‘ynamoqda bugun. U jarima maydonchasi ichida Ramosdan o‘tib ketdi va to‘pni sheriklariga uzatdi. Jamoadoshlari zarba berishga imkon topa olishmadi |
| 72' | Ispaniya vaqt o‘tgan sari "o‘tmaslashib" bormoqda | |
| 71' | ![]() |
Chili yana bir tezkor qarshi hujumga o‘tdi. Aleksis tezlikda bir himoyachidan o‘tib ketdi va to‘pni balandlatib jarima maydonchasining narigi tomniga uzatdi. Bosh bilan zarba bergan futbolchi to‘pni darvozaga aniq yo‘llay olmadi |
| 69' | ![]() |
Ooohhhhhhoohhhoooo!!!! Chili birato‘la Ispaniyani ko‘mib qo‘yardiya! Chili tezkor qarshi hujumga o‘tdi va futbolchi o‘tkir burchak ostida yaqin masofadan to‘pni darvoza ustidan oshirib yubordi! |
| 66' | Maydon markazida to‘p uchun ayovsiz kurash kechmoqda | |
| 64' | ![]() |
Chilida ham o‘zgarish: Arangis o‘rniga Gutyerres tushirildi. |
| 64' | ![]() |
Diyego Kosta o‘rniga Fernando Torres tushirildi |
| 61' | ![]() |
To‘psiz qolgan Pedroni tepib yiqitgani uchun Chili futbolchisi Mena ogohlantirish oldi |
| 53' | ![]() |
Ohhooo! Ispaniyaga bugun omad ham yetishmayapti ochig‘i! Ramos jarima to‘pini to‘g‘ri darvozaga tepdi, Bravo qaytardi. To‘p jarima maydonchasining o‘ng tomonida turgan ispaniyalik futbolchilardan biriga kulib tushdi va u chalqancha uslubda to‘pni darvozabon maydonchasiga qaytardi. Pedro 3 metrdan to‘pni darvozaga joylay olmadi!!! |
| 52' | ![]() |
Vidal bu safar Pedroni ortidan turtib yiqitdi. Jarima maydonchasi tashqarisidagi yarim doira oldidan jarima to‘pi |
| 49' | ![]() |
Ohhhh, Inyesta! Bitta chiroyli uzatma bilan DIYEgo Kostani randevuga chiqarib yubordi. Hujum birgina zarba bilan darvozani ishg‘ol qilsa bo‘lardi. Ammo himoyachi undan avvalroq to‘pni yon tomonga tepib yubordi! |
| 47' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limda ispanlar ijrosida faqat bosimga guvoh bo‘lsak kerak. Ularning jismoniy kuchi qanchaga yetishi boshqa masala |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 46' | ![]() |
Alonso o‘rniga Kokeni tushirdi del Boske |
| ' | Mashhur "MArakana" stadioniga qaytamiz. Bu yerda amaldagi jahon chempionlarining taqdiri hal bo‘lmoqda. Yana 45 daqiqadan keyin nima bo‘lishini taxmin qilish qiyin. O‘yinni kuzatamiz | |
| ' | Ikkinchi bo‘limni kutamiz | |
| ' | Ispaniya yaxshi himoyalanmoqda, yaxshi hujum qilmoqda. Ispaniya deyarli hech narsa qila olmayapti | |
| ' | Haqiqatan ham Ispaniya terma jamoasi JChni tark etish xavfi ostida qoldi! | |
| 45+3' | ![]() |
BIRINCHI BO‘LIM YAKUNLANDI. Ispaniya - Chili - 0:2 |
| 45+2' | ![]() |
Darvozabon maydonchasi sari yetkazilgan to‘pni Bravo egallab oldi. Boz ustiga, Alonso posbonga nisbatan qoida buzdi |
| 45+2' | ![]() |
Evropaliklar jarima maydonchasining chap tomonidan jarima zarbasini tepish huquqiga ega bo‘lishdi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 43' | ![]() |
Aleksis Sanches tomonidan yaqin burchakka aylantirilgan to‘pni Kasilyas urib yubordi. To‘p esa 11 metrli nuqtaning o‘ngrog‘ida turgan Arangisga kelib tushdi. U to‘pni to‘xtatdi va zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Iker bu zarbani qaytara olmadi! |
| 43' | ![]() |
GGOOOOOL!!! Ispaniya - Chili - 0:2!!! |
| 43' | ![]() |
Chili yana bir jarima zarbasini tepishga tayyorlanmoqda |
| 41' | ![]() |
To‘p "standart"dan jarima maydonchasiga yetkazildi. Qizillar xavfni bartaraf etishdi |
| 40' | ![]() |
xabi Alonso xavfli podkat va raqib futbolchisi Islaga jarohat yetkazgani uchun ogohlantirish oldi |
| 39' | ![]() |
Diyego Kosta tomon uzatilgan to‘pni Bravo egallab oldi |
| 39' | O‘yinda temp yuqori. Ammo jamoalar to‘pni tez-tez yo‘qotishmoqda | |
| 35' | Hozircha follar, ofsaydlar... ammo xavfli vaziyatlar va xavfli hujumlar yo‘q... | |
| 31' | ![]() |
Unchalik baland bo‘yli futbolchilarga ega bo‘lmagan Chili mudofaa chizig‘i yuqoridan uzatilgan to‘pni qaytardi |
| 30' | ![]() |
Ispaniya jarima to‘pini tepadi. To‘p oldida Silva |
| 27' | ![]() |
Jarima maydonchasining chap tomonida Silva to‘pni Kosta tomon uzatdi. Diyegoning zarbasi darvoza to‘riga yon tomondan kelib urildi |
| 26' | ![]() |
Vidal kerakmas joyda sariq kartochka oldi. Ispaniyaliklar jarima to‘pini o‘yinga kiritashayotganida ortga chekinmadi va to‘pga oyoq qo‘ydi |
| 24' | ![]() |
Xabi Alonso 15 metrlardan to‘pni darvozaga aniq yo‘llay olmadi! |
| 23' | Nahotki Ispaniya Mundialni guruh bosqichidan keyin tark etadi, nahotki amaldagi chempion pley-offga ham chiqa olmaydi | |
| 20' | ![]() |
Ohhhhhh, Chili ijrosida qanday nozik hujum a! Oqlar maydon markazida to‘pni egallab olishdi va 3 nafar hujumchi to‘pni biri-biriga shunday uzatdiki, yakunda Vargas darvozabon bilan birga-bir vaziyatda to‘pni darvozaga yo‘lladi! |
| 20' | ![]() |
GOOOOOOLLLLL!!!!, Ispaniya-Chili - 0:1!!!!! |
| 15' | ![]() |
Ispaniya hisobni ochish uchun imkoniyatlar seriyasini qo‘ldan chiqardi. Dastlab Diyego Kosta darvozabon bilan deyarli birga bir vaziyatga chiqib, noaniq zarba berdi. Inyesta to‘pning maydonni tark etishiga yo‘l qo‘ymadi va uni 11 metrli nuqta atrofiga qaytardi. Ramos posbon bilan yuzma-yuz vaziyatda bergan kuchli zarbasini Bravo ko‘kragi bilan qaytardi. Qaytgan to‘p yana Ramosga borgandi, biroq Serxio ofsaydda qolib ketdi! |
| 13' | ![]() |
Vidal Silvaga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Darvozagacha 26 metr masofa |
| 11' | Del Boske shogirdlari to‘pni nazorat qilishga harakat qilishmoqda | |
| 8' | ![]() |
Ramos jarima zarbasini to‘g‘ri jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Chili darvozaboni Bravo to‘pni yon tomonga urib yubordi |
| 7' | Chili aslo himoyaga yotish niyatida emas, imkon bo‘ldi deguncha oldinga intilmoqda | |
| 6' | Chili g‘alaba qozonsaku, bu guruhdan nimchorak finalga chiqqan 2 jamoa nomi muddatidan avval ma’lum bo‘ladi | |
| 5' | Chili esa ilk o‘yinda Avstraliya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongani uchun ularni bugun durang qanoatlantirishi ham mumkin | |
| 4' | Bugungi o‘yinda g‘alaba Ispaniyaga suv va havodek zarur. Boisi, ular 1-turda Gollandiyaga imkoniyatni boy berishgan, boz ustiga, yirik hisobda! | |
| 2' | ![]() |
Burchak to‘pi ham ancha xavfli bo‘ldi. Xara bosh bilan bergan zarba darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 1' | ![]() |
Ohohohoo, Chiliiiii! Janubiy amerikaliklar jarima maydonchasi ichiga dadil kirib kelishdi. Vidal zarba berishga ulgurmadi. Ispaniyalik himoyachi esa o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘yishiga sal qoldi. |
| 1' | Ispaniya qizil, Chili oq rangli formada harakat qilmoqda | |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! |
| ' | O‘yin boshlanishiga barcha narsa tayyor | |
| ' | Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Har ikkala davlat madhiyalari yangraydi | |
| ' | Ushbu bahsdan uyushtirilayotgan matnli onlayn translyasiyamizni kuzatib borishga taklif etamiz | |
| ' | Bugungi bahs nimchorak final yo‘llanmalari borasida ayrim narsalarga oydinlik kiritib beradi | |
| ' | Ispaniya-Chili bahsi bilan "V" guruhi 2-turiga yakun yasaladi | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|