JCH-2014, «D» guruhi
| 2-tur, 19 iyun, soat 23:59 | ||
URUGVAYSuares (39, 85)
|
2 : 1 |
ANGLIYaRuni (75)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Muslera 3.Godin 6.A.Pereyra 7.K.Rodriges 9.L.Suares 13.Ximenes 14.Lodeyro 17.Arevalo 20.Gonsales 21.Kavani 22.M.Kaseres |
1.Jo Xart 2.Jonson 3.Beyns, 4.Jerrard 5.Keyxill 6.Jagelka 10.Runi 9.Starrij 11.Uelbek 14.Henderson 19.Sterling |
|
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat. Mundialni biz bilan birga kuzatishda davom eting! | |
| ' | Ispaniya muddatidan avval ortga qaytayotganida Angliya ham qaytsa nima bo‘libdi? | |
| ' | Yoki Angliya so‘nggi turda Kosta-Rikani mag‘lub etar, ammo Urugvay va Italiya o‘zaro durang o‘ynamasligiga kafolat bormi? XUllas, Angliyaning taqdiri 3ta raqib qo‘lida! | |
| ' | Angliya esa pley-offga chiqa olmaslik xavfi ostida qolmoqda! Masalan, Italiya va Kosta Rika jamoalari o‘zaro durang o‘ynashsa, Angliya guruh bosqichidan ortga qaytadi! | |
| ' | ![]() |
Aqlbovar qilmaydi! Bundan 3 hafta oldin jarohat olib, jarrohlik stoliga yotgan Luis Suares Angliya darvozasiga 2ta gol urib, o‘z jamoasiga 3 ochkoni taqdim etmoqda!!! |
| 90+6' | ![]() |
O‘yin yakunlandi! |
| 90+5' | ![]() |
Angliya burchak to‘pi ishladi. Jo Xart ham jarima maydonchasiga yetib keldi. Ammo bundan naf chiqmadi... |
| 90+3' | Qo‘shib berilgan daqiqalarning yarmi ortda qoldi. Inglizlar qiynalishmoqda... | |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi |
| 87' | ![]() |
Xenderson o‘rniga LAmbert tushirildi Angliyada |
| 86' | ![]() |
Suares o‘rniga himoyachi tushirildi |
| 86' | ![]() |
Suaresning tomirlari tortishib qoldi shekilli, uni zambilda olib chiqib ketishdi |
| 85' | ![]() |
Luis Suares o‘tkir burchak ostida darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqdi va kuchli zarba bilan Jo Xartni ojiz qoldirdi. Dubl! |
| 85' | ![]() |
GOOOOLLLL!!! SUARESSSSSSSSS!!!! |
| 84' | ![]() |
Henderson o‘ng qanotdan to‘pni egallab oldi va darvozabon maydonchasiga uzatdi! Muslera to‘pni egallab oldi! |
| 83' | ![]() |
So‘nggi daqiqalarda Suares-Keyxill to‘qnashuviga ko‘p guvoh bo‘lyapmiz. Hozircha ingliz himoyachisi yaxshi o‘ynamoqda |
| 82' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin to‘p yana Suaresga kelib tushdi va uning uzatmasini yana Keyxill maydondan tashqariga qaytarib yubordi |
| 81' | ![]() |
Darvozabon maydonchasi tomon yetkazilgan to‘pni Keyxill bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pi |
| 78' | ![]() |
Goldan ruhlangan yevropaliklar ketma-ket hujum tashkil qilishmoqda. Starrij 11 metrli nuqta ustida to‘ni qabul qildi va ikki himoyachi ta’qibi ostida darvoza tomon zarba berdi. Muslera to‘pni qaytardi! |
| 75' | ![]() |
Barcha ishni Glen Jonson qildi. O‘ng qanotdan hujumga qo‘shilgan himoyachi avval bir himoyachini aldab o‘tdi va ikkinchi himoyachining oyoqlari orasidan o‘tkazib, to‘pni darvozaning narigi ustuni tomon uzatdi. To‘pga barchadan avval yetib kelgan Ueyn Runi darvozaning bo‘sh qolgan qismiga to‘pni yo‘lladi! 1:1! |
| 75' | ![]() |
GOOOOOOLLLLLL!!! RUUUNIIIIII!!!! |
| 74' | ![]() |
Starrij 2-3 himoyachi orasida aylanib o‘tib ketib, 20 metrlardan zarba yo‘llaydi. Zarbaga kuch yetishmadi. Muslera to‘pni egallab oldi |
| 71' | ![]() |
Uelbek maydonni tark etdi. Uning o‘rnida Adam Lallana paydo bo‘ldi |
| 70' | ![]() |
Angliya bosimni oshirmoqda. Urugvay ularning barcha harakatlarini yo‘qqa chiqarishmoqda |
| 68' | ![]() |
Jerrard Rodriges oyog‘iga xavfli tashlangani uchun ogohlantirish oldi |
| 67' | ![]() |
Urugvayda o‘zgarish: Nikolas Lodeyro o‘rniga Kristian Stuani tushirildi |
| 65' | ![]() |
Starrij jarima maydonchasining chap tomonidan to‘pni darvozabon maydonchasi tomon uzatdi. Muslera to‘pga ega chiqdi |
| 64' | ![]() |
Rahim Sterling maydonni tark etdi. Barkli o‘yinni davom ettiradi |
| 61' | ![]() |
Sterling urugvaylik himoyachi Perreyrani aldab o‘tayotganida yerda yotgan futbolchining boshiga tizzasi bilan tegib ketdi. Perreyra 1-2 daqiqa yerda yotdi. Shifokorlarning yordamidan keyin u o‘ziga keldi |
| 60' | ![]() |
Sterling o‘ng qanotdan ikki himoyachini aldab o‘tib, jarima maydonchasiga kirdi va yiqildi. Penalti yo‘q |
| 58' | ![]() |
Hendersen chap qanotdan darvoza tomon zarba berdi. Muslera o‘z o‘rnida |
| 54' | ![]() |
Ohohoho!!!! Hozir yo Runiga omad kulib boqmadi, yoki Muslera aqlbovar qilmas reaksiya ko‘rsatdi! Beyns chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Runining 7-8 metrdan bergan zarbasini Muslera qaytarib yubordi! |
| 53' | Agar Kavani ushbu vaziyatni golga aylantirganida inglizlar juda qiyin ahvolda qolishardi | |
| 52' | ![]() |
Vuuuh, Urugvay, Ehhhh, Kavani! Edinson o‘tkir burchak ostida Xart bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo olis burchakni nishonga olishda noaniq harakat qildi! |
| 50' | ![]() |
Urugvay yana bir burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Angliyaliklar to‘pni qaytarishdi, biroq to‘p o‘ng qanotda yolg‘iz ochilgan Suaresga kelib tushdi. Uning zarba berishiga hech kim xalal bermadi. Biroq yerlatib berilgan zarba ancha noaniq bo‘ldi |
| 49' | ![]() |
Vuuuuhhhh! Suares yana bir marta to‘pni to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvozaga yo‘llashiga sal qoldi! Yaqin burchakka yo‘llangan to‘pni Jo Xart chiziq ustidan qaytarib koldi! |
| 48' | ![]() |
Urugvay burchak to‘pini o‘yinga kiritadi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi! |
| ' | Ikkinchi bo‘lim boshlanish arafasida. Jamoalar maydonda | |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha Urugvay-Angliya - 1:0! |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
Suares gol urganidan keyin borib terma jamoa shifokorini quchoqladi va barchaga mana shu mutaxassis o‘zini davolaganini namoyish qildi! |
| 42' | ![]() |
Sterling o‘ng qanotda bir himoyachini aldab o‘tib, to‘pni jarima maydonchasiga yetkazgandi. Urugvaylik himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pi |
| 41' | ![]() |
Angliyaning javob hujumi! Starrij jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilib oldi va o‘tkir burchak ostida darvozaning yaqin burchagiga kuchli zarba yo‘lladi. Muslera to‘pni maydon tashqarisiga burib yubordi |
| 39' | ![]() |
Urugvay qarshi hujumga o‘tdi va Kavani tomonidan yetkazilgan to‘pni Luis Suares bosh bilan Jo Xart darvozasiga yo‘lladi!!! |
| 39' | ![]() |
GOOOOOLLLL!!! SUAREEESSSSSSSSSSSSSSS!!!! |
| 35' | Starrij ancha olis masofadan zarba yo‘llashga qaror qildi. Noaniq | |
| 32' | ![]() |
Vuuuuuhhhh! Jarimadan yetkazilgan to‘pga Runi bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi!!! |
| 31' | ![]() |
Bu safar Kasares chap qanotda Uelbekni yiqitdi. JArima zarbasi |
| 29' | ![]() |
Diyego Godin ikkinchi sariq kartochkasini olishi mumkin edi. HAkam uni ayadi. Sardor angliyalik futbolchini qo‘pollik bilan to‘xtatdi |
| 28' | ![]() |
Uelbek chap qanotdan oldinga o‘tdi, biroq to‘pni biroz o‘zidan oldinga o‘tkazib yuborgani uchun vaziyatni yo‘qotdi |
| 24' | ![]() |
Urugvay chap qanotdan jarima zarbasini amalga oshirdi. Jo Xart baland sakrab to‘pni egallab oldi |
| 23' | ![]() |
Suares ofsaydda qoldi |
| 21' | O‘yin tempi biroz pasaygandek, maydonda tengkurash kechmoqda | |
| 17' | ![]() |
Starrijning 18 metrlardan yo‘llagan zarbasi rekoshet holatida maydonni tark etdi. Burchak to‘pi |
| 15' | ![]() |
Vuuuuuhhhh! Urugvayning hujumi paytida to‘p jarima maydonchasining chap tomonida ochilgan Rodrigesga kelib tushdi. Uning kuchli zarbasi shundoqqina darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi! |
| 10' | ![]() |
Ueyn Runi tomonidan yo‘llangan zarba darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 9' | ![]() |
Urugvay sardori Diyego Godin sariq kartochka oldi va shunga munosib ish qildi u. Starrij jarima maydonchasi tashqarisidan turib ichkarisiga to‘pni uzatayotganida Godin to‘pni qo‘li bilan to‘xtatib qoldi |
| 7' | ![]() |
Angliya jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘pni urugvayliklar qaytarishdi |
| 5' | ![]() |
Ikkinchi burchak to‘pini yevropaliklar qaytarishdi |
| 5' | ![]() |
Oho! Suares burchak to‘pini darvozaning yaqin burchagiga aylantirdi. Jo Xart qaytargan to‘p himoyachiga tegib, yana maydonni tark etdi |
| 4' | ![]() |
Luis Suares burchak to‘pini ishladi |
| 2' | ![]() |
Dastlabki hujumni inglizlar tashkil etishdi. Muslera to‘pni egallab oldi |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! |
| ' | Demak, bu mag‘lub bo‘lgan jamoa pley-off yo‘llanmasidan mahrum bo‘lishi mumkin | |
| ' | Ushbu jamoalar g‘oliblikka asosiy da’vogar safida bo‘lishsa-da, ular 1-turda mag‘lubiyat alamini tortishdi | |
| ' | Urugvay va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi qiziqarli kechishi kutilayotgan o‘yinni kuzatib borishga barchangizni taklif qilamiz | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, hurmatli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|